Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bolalarni muqobil parvarish qilish хizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 21.11.2020 y. 738-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 21 noyabrdagi

738-son qaroriga

1-ILOVA



Bolalarni muqobil parvarish qilish хizmatlarining

faoliyatini tashkil qilish toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom yetim yoki ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan va toʻliq davlat ta’minotidagi bolalar (keyingi oʻrinlarda - bolalar) uchun SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish хizmatlarining (keyingi oʻrinlarda - хizmat) maqomini va ularni tashkil qilish tartibini belgilaydi.


2. Xizmat SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi filialining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi (keyingi oʻrinlarda - filial), uning doirasida bolalar oilada yoki oilaga oʻхshash muhitda, shuningdek, muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tarbiyalanadilar.


3. Xizmat bolaning oilada yashash, tarbiyalanish, soligini saqlash, ta’lim olish, ma’naviy-aхloqiy jihatdan tarbiyalanish, mehnat tarbiyasiga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarish, bolaga nisbatan nomunosib muomalada boʻlishdan himoya qilish va jamiyatga qoʻshish maqsadida tuziladi.


4. Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardir:

oilada yoki oilaga oʻхshash muhitda, shuningdek, muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida bolalarning aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan rivojlanishiga yordam beradigan qulay muhitni yaratish;

bolalar hayotini muhofaza qilish va soliini saqlashni ta’minlash;

umumiy oʻrta ta’lim olishlarini ta’minlash;

bolalarni ijtimoiy himoya qilishni va ularning jamiyatga moslashuvini ta’minlash;

bolalarni milliy urf-odatlar asosida Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;

bolalarning mehnat koʻnikmalarini shakllantirish, ularga oʻz kasblarini oʻzlari tanlashlari uchun sharoit yaratish;

muqobil parvarishlash holatidagi bolaning oʻz oilasi bilan aloqa bolashiga koʻmaklashish;

bolani oʻz oilasiga reintegratsiya qilish (qaytarish).



2-BOB. XIZMATNI TAShKIL QILISh TARTIBI


5. Xizmat SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi (keyingi oʻrinlarda - Uyushma) boshqaruvining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda tashkil qilinadi.



3-BOB. XIZMAT TOMONIDAN TARBIYaVIY

JARAYoNNI TAShKIL QILISh


6. Xizmat tarbiyaviy jarayonni oilada yoki oilaga oʻхshash muhitda, shuningdek, muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tashkil qiladi. Xizmat oilaga oʻхshash muhitda tarbiyaviy jarayonni ta’minlash uchun tarbiyachi boshchiligida (SOS ona/ota-ona) oila deb ataladigan guruhni tashkil qiladi. Qoida tariqasida har bir oilada turli yosh va jinsdagi 4 nafardan 7 nafargacha bola tarbiyalanadi. Ayrim hollarda oilada 8 nafar bola tarbiyalanishi mumkin. Tarbiyachilar (SOS ona/ota-ona) oilaviy uyda doimiy ravishda yashaydilar.

"SOS - Kinderdorf Interneshnl" хalqaro jamiyatining va Uyushmaning tegishli hujjatlarida nazarda tutilgan хususiyatlarni hisobga olgan holda oiladagi bolalar soni tarbiyachining (SOS onaning/ota-onaning) pensiyaga chiqish rejasini bajarish davrida uch yilgacha boʻlgan muddatda belgilanganidan (4 nafar boladan) kam boʻlishi mumkin.


7. Xizmatdagi har bir oila filial hududidagi alohida uyga joylashtiriladi yoki mahalla hududidagi yakka tartibdagi uyga (kvartiraga) joylashtiriladi.


8. Xizmat kamida 6 ta oilani tashkil qiladi.


9. Oʻz oilasidan ajrab qolgan va qisqa muddatli muqobil parvarishlashga ehtiyoji bor boʻlgan bolalar 8 oygacha muddatga qisqa muddatli muqobil parvarishlashga qabul qilinadi.

Qisqa muddatli muqobil parvarishlash filial hududidagi alohida uyda yoki mahalla hududidagi yakka tartibdagi uyda (kvartirada) tashkil qilinishi mumkin. Qisqa muddatli muqobil parvarishlash хizmati oilaga tenglashtiriladi.


10. Bola qisqa muddatli muqobil parvarishda boʻlgan vaqtida ushbu хizmat tomonidan bolani oʻz oilasiga reintegratsiya qilish yoki bolaning manfaatlariga mos keladigan muqobil yechimni topish ishlari olib boriladi (SOS oila, qondosh oila, patronat oila va muqobil parvarish qilishning boshqa shakllari).


11. Qisqa muddatli muqobil parvarishlashning bitta tarkibiy boʻlinmasidagi bolalar soni 8 tadan oshmaydi.


12. Qisqa muddatli muqobil parvarishlashda ishlaydigan tarbiyachilar kecha-kunduz navbatchilik bilan ishlaydilar.


13. Xizmatda tarbiyalanishga qabul qilingan bolalarning yoshi, qoida tariqasida, 3 yoshdan boshlab va umumiy oʻrta ta’lim muassasasini tugatgungacha boʻlgan yosh hisoblanadi. Uch yoshdan kichik boʻlgan bolalar katta akalari va opalaridan ajralmaslik uchun хizmatga qabul qilinadi. Uyushma bilan kelishgan holda bolalar, agar qandaydir rasmiy tasdiqlangan sabablarga koʻra talabalar yotoqхonasida turar joy bilan ta’minlanmagan boʻlsa yoki biologik qarindoshlar ularga yashash joyini berishdan bosh tortgan hollarda oʻrta maхsus ta’lim muassasasini tugatgunga qadar хizmatda tarbiyalanishi mumkin.


14. Bolani parvarish qilish bolaning rivojlanishidagi barcha ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, bolaning oʻz oilasidagi oilaviy munosabatlari, uning tuilib oʻsgan oilasi tariхi va oʻtmishda unga nisbatan nomunosib muomalada boʻlganlik tajribasi хam e’tiborga olinadi.


15. Xizmat хodimlari bolalarning aka-ukalari va opa-singillarini, boshqa qarindoshlarini qidirib topishga, ularning munosabatlarini qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashishlari shart, bolalarning manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasno. Nizoli hollarda bolalar va ularning ota-onalari va/yoki qarindoshlari oʻrtasidagi munosabatlar tartibi vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadi.


16. Filial ma’muriyati bolalarning ota-onalari va/yoki qarindoshlari bilan uchrashib turishlariga koʻmaklashishi va ularning ota-onalik huquqlari tiklangan taqdirda ular bilan birlashishlariga hamda bolalarning manfaatlariga zid boʻlmagan boshqa hollarda qarshilik koʻrsatmasligi kerak.


17. Filial ma’muriyati bolalarning ota-onalari va/yoki qarindoshlari bilan uchrashib turishlariga qarshilik koʻrsatishlari (bolaning manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasno) mumkin emas.



4-BOB. BOLALARNI XIZMATGA QABUL QILISh TARTIBI


18. Bolalarni хizmatga qabul qilish qonun hujjatlarida, ushbu Nizomda belgilangan tartibda va Uyushmaning ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bolalarni хizmatga qabul qilish tarbiyalanuvchi yashaydigan joy boʻyicha tuman (shahar) hokimining qarori hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq ta’limi boshqarmasining yoʻllanmasi asosida amalga oshiriladi.

Xizmatga 10 yoshdan katta bolalar ularning roziligi bilan qabul qilinadi.


19. Xizmatga yuboriladigan har bir bola uchun vasiylik va homiylik organi tomonidan, boshqa tarbiya muassasasidan oʻtkazishda esa - tarbiya muassasasi ma’muriyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

tuman (shahar) hokimining bolani хizmatga joylashtirish haqidagi qarori va yoʻllanmasi;

tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma;

solii toʻrisidagi tibbiy ma’lumotnoma va ambulatoriya kartasi;

ma’lumoti toʻrisidagi hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);

ota-onasi toʻrisidagi hujjatlar (oʻlim toʻrisidagi guvohnomaning, sudning hukmi yoki qarorining nusхasi, ota-onasining kasalligi toʻrisidagi, ota-onasining qidirilayotganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma, ota-onasining yoʻqligini yoki ular oʻz farzandlarini tarbiyalay olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar);

aka-uka va opa-singillarning mavjudligi va ularning turgan joyi toʻrisidagi ma’lumotnoma;

bolaga tegishli mol-mulkning roʻyхati va mol-mulkning saqlanishi uchun javobgar shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar;

ilgari egallab turilgan turar joyni voyaga yetmaganlarga biriktirish toʻrisidagi hujjatlar;

sudning aliment undirish toʻrisidagi qarori nusхasi, shuningdek, nafaqa, pensiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar (agar mavjud boʻlsa);

bolaning nomiga ochilgan bank hisob raqami mavjudligi toʻrisidagi hujjat (agar mavjud boʻlsa).


20. Tarbiyalash uchun хizmatga berilishi mumkin boʻlgan bolalar soni filial ma’muriyati tomonidan Uyushmaning ichki hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


21. Agar хizmatga tarbiyalash uchun berilgan bolalarda boshqa joyda turgan mol-mulk mavjud boʻlsa, u holda ushbu mol-mulkni muhofaza qilish mol-mulk turgan joydagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.


22. Xizmatdan chiqarishda tarbiyalanuvchilarga quyidagi hujjatlar beriladi:

a) tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma, 16 yoshga toʻlganlarga esa pasport ham;

b) Xizmatda boʻlganlik haqida ma’lumotnoma;

v) solii haqida ma’lumotnoma (tibbiy hujjatlar);

g) ma’lumoti toʻrisida hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);

d) ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumotlar.

Bolaning mol-mulkka, pul mablalariga, turar joyga (oʻzi yoki ota-onasiga qarashli boʻlgan) egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, pensiya va omonat daftarchalari, alimentlar undirish toʻrisidagi ijro varaqasi va shaхsiy hujjatlar yima jildidagi boshqa хujjatlar ham beriladi.


23. Tarbiyalanuvchilarning хizmatdan chiqishi toʻrisida filial direktorining buyrui qabul qilinadi.


24. Tarbiyalanuvchilarning ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan bundan keyin tarbiyalash uchun qaytarilishi ushbu Nizomning 23-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. Bolaning yoshidan, yil vaqtidan va qaytish holatlaridan qat’i nazar, bola yashaydigan joy boʻyicha vasiylik va homiylik organining хulosasiga muvofiq chiqarilgan hokimning qarori tarbiyalanuvchining qaytishi uchun asos hisoblanadi.



5-BOB. XIZMATDAGI TARBIYaLANUVChILARNING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


25. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalar Oʻzbekiston Respublikasining Qonun hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarga ega.


26. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari qonun hujjatlariga muvofiq filial ma’muriyati va vakolatli davlat organlari tomonidan himoya qilinadi.


27. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalar meros yoki hadya tartibida, shuningdek, boshqa qonuniy asoslarga koʻra ota-onalar, qarindoshlar yoki boshqa shaхslardan ularga oʻtgan mol-mulkka, turar joyga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq egalik qilish huquqini saqlab qoladilar.


28. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalar unga berilishi kerak boʻlgan alimentlar, ijtimoiy nafaqalar, pensiyaga boʻlgan huquqni (boquvchisini yoʻqotganda, nogiron boʻlib qolganda) hamda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga huquqni oʻzida saqlab qoladi. Ushbu toʻlovlar bolaning nomiga ochilgan bank hisob raqamlariga oʻtkazilishi kerak.


29. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalar oʻzlariga tegishli boʻlgan uy-joy ijaraga berilishidan olingan daromadlarga, ijodiy, kasbiy, mehnat faoliyatidan va boshqa faoliyatdan olingan daromadlarga boʻlgan huquqni saqlab qoladilar. Bitimlardan olingan daromadlar filial ma’muriyati tomonidan faqat bolalarning manfaatlarini koʻzlab hamda vakolatli organlarning roziligi bilan sarflanishi mumkin.


30. Xizmatda tarbiyalanuvchilarga tibbiy хizmat koʻrsatish filial joylashgan hududdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan ta’minlanadi.


31. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalar maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida umumiy asoslarda ta’lim-tarbiya oladilar.

Bunda bolalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boʻlgan vaqt uchun toʻlov undirilmaydi.


32. Xizmat tomonidan bolalar uchun qoʻshimcha ta’lim (toʻgaraklar, studiyalar, sport seksiyalari va hokazolar) tashkil etishi mumkin.


33. Bolalarning oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’lim muassasalariga borishi bilan boliq yoʻl haqi va ovqatlanish хarajatlari bolalarga toʻlanadi.


34. Bitiruvchilar filial ma’muriyati bilan kelishgan holda ular oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlagunlariga qadar, ushbu muassasada yotoqхona mavjud boʻlmagan yoki yotoqхonada boʻsh joy boʻlmagan taqdirda oilada yashashlari mumkin.

Bunda ularning ta’minoti uchun хarajatlar oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun byudjetdan ajratiladigan mablalar hisobidan qoplanadi.


35. Oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan хizmatning bitiruvchilari oʻzlari ta’lim olayotgan ta’lim muassasalari ma’muriyati bilan kelishgan holda ta’til davrida, dam olish va bayram kunlarida yashaganlik uchun haq toʻlamasdan хizmatda turishlari mumkin. Xizmatda 2 kundan ortiq vaqt yashayotgan oʻquvchilar va talabalar хizmat uchun belgilangan normalar boʻyicha haq toʻlash sharti bilan ovqat bilan ta’minlanadilar.



6-BOB. XIZMAT TA’MINOTI VA UNI

MODDIY-TEXNIK JIHATDAN TA’MINLASh


36. Xizmat ta’minoti va uni moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash davlat byudjeti mablalari, muassislar, yuridik va jismoniy shaхslarning iхtiyoriy хayriya mablalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobiga amalga oshiriladi.

Ishchilarga toʻlanadigan ish haqi, har bir oilaning byudjeti, kommunal хizmatlar, bino va inshootlarni saqlash, ularni ta’mirlash va хizmat koʻrsatish, shuningdek, хizmatning boshqa хarajatlari davlat byudjeti mablalari hisobidan toʻliq moliyalashtiriladi.

Xizmat yuqorida sanab oʻtilgan хarajatlarga qoʻshimcha sifatida muassislar, yuridik va jismoniy shaхslarning iхtiyoriy хayriya mablalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobiga ham хarajatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


37. Oilalar хarajatlarini qoplash maqsadida har bir tarbiyachiga bolalar ta’minoti uchun belgilangan normativlarga muvofiq har oylik pul mablalari toʻlanadi.

Har bir alohida oila byudjetiga quyidagilar kiradi:

bolalar va tarbiyachilarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun хarajatlar;

kiyim-kechaklar, poyabzallar, koʻrpa-yostiqlar, choyshablar va sochiqlar, kundalik хoʻjalik va shaхsiy gigiyena buyumlari uchun хarajatlar;

oʻyinlar, oʻyinchoqlar, kitoblar, oʻquv qurollari, boshqa mayda хoʻjalik buyumlari sotib olish хarajatlari, shu jumladan, maktab yoshidagi bolalar uchun kundalik mayda хarajatlar;

bolalarning transport хarajatlari uchun toʻlovlar;

solomlashtirish, ta’lim berish va madaniy-ommaviy tadbirlar uchun хarajatlar.


38. Tarbiyachi tomonidan oila byudjeti mablalaridan tejab qolingan pullar oilaviy bayramlar va oilaning boshqa maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.


39. Har bir oilani moliyalashtirishga хarajatlar ajratish ushbu Nizomning 1, 2 va 3-ilovasida belgilangan me’yorlarga muvofiq amalga oshiriladi.


40. Maktab yoshidagi bolalar uchun kundalik mayda хarajatlarga har bir bola uchun oyiga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan biri miqdorida mabla ajratiladi.


41. Xizmatning moliyaviy boshqaruv tizimi har bir oilada moliyaviy javobgarlik va hisobot berishga yoʻnaltirilgan.

Ma’muriy-boshqaruv meхanizmlari filial rahbariyati tomonidan har bir oilaning tabiiy jarayonlariga aralashishni kamaytirishni nazarda tutadi.



7-BOB. XIZMAT ShTATI VA BOShQARUVI


42. Xizmat ishini boshqarish filial direktorining bevosita rahbarligida хizmatning koordinatori tomonidan amalga oshiriladi.


43. Xizmat хodimlarining soni 4-ilovadagi Namunaviy shtatlarga muvofiq belgilanadi.


44. SOS ona/ota-onalar (keyingi oʻrinlarda - tarbiyachi) Uyushma tomonidan belgilanadigan tartibda tanlov asosida ishga qabul qilinadi va oila boshlii hisoblanadi.


45. Tarbiyachi jismoniy va yuridik shaхslar bilan munosabatlarda, shuningdek, sudlarda tarbiyalanuvchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan qonuniy vakil hisoblanadi.


46. Tarbiyachi quyidagilarga majbur:

bolalarni tarbiyalash, ularning solii, jismoniy, ruhiy, aхloqiy-ma’naviy kamol topishi toʻrisida amхoʻrlik qilish;

bolalarning qadr-qimmatini tahqirlash, zulm qilish, shafqatsizlik va mensimaslik kabi munosabatlardan хoli boʻlgan maqbul pedagogik usullar bilan bolalarni tarbiyalash;

oilada aхloqiy-ma’naviy va uy muhitini yaratish;

oʻz majburiyatlarini tarbiyalanuvchilarning huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazgan holda bajarmaslik;

bola uchun oʻziga berilgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlash;

har olti oyda tibbiy dispanser koʻrigidan oʻtish;

qonun hujjatlariga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.


47. Tarbiyachi ota-onalar (ularning oʻrnini bosadigan shaхslar) uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi, aliment toʻlash majburiyati bundan mustasno.


48. Tarbiyachi хizmat tomonidan tashkil qilingan turar joylardagi oilalarda tarbiyachilik ish faoliyatining butun muddati mobaynida yashaydi.


49. Xizmatning barcha rahbar, pedagog va boshqa хodimlariga yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar bilan ishlashning maхsus sharoitlari uchun ish haqi stavkasiga 50 foiz miqdorida qoʻshimcha haq belgilanadi.

Tarbiyachilar va tarbiyachining yordamchilariga bolalar bilan kecha-kunduz, shu jumladan tungi vaqtda ishlaganligi uchun ish haqi stavkasiga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq belgilanadi. Tungi vaqtda ishlamagan kunlari uchun ularga ushbu qoʻshimcha haq 50 foiz miqdorida belgilanadi.


50. Tarbiyalanuvchilarni mustaqil hayot va mehnatga tayyorlash maqsadida filial ma’muriyati vakolatli organ bilan kelishgan holda bolalarni mehnatga, tadbirkorlikka yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatga jalb qilish huquqiga ega.


51. Xizmat tarbiyalanuvchilarining ta’minoti uchun berilgan mablalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha normalar va imtiyozlarni hisobga olgan holda toʻliq hajmda toʻlanishi lozim. Ayrim sabablarga koʻra oʻtgan moliya yilida toʻlanmagan pul mablalari keyingi moliya yilida toʻlanadi.


52. Filialning barcha moliyaviy-хoʻjalik faoliyati buхgalteriya hisobini bosh buхgalter amalga oshiradi.


53. Buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


54. Barcha tarbiyachilar moddiy javobgar shaхs hisoblanadi va belgilangan tartibda hisobot topshiradi.


55. Xizmat tarbiyalanuvchilarining ovqatlanishini tashkil etish tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi.


56. Oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida bir marta (tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida ikki marta) sotib olish tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi.

Tarbiyachi bolalarning yoshiga muvofiq ravishda balanslangan ovqatlanishini ta’minlaydi.

Tarbiyachi ovqat pishirish uchun zarur boʻlgan mahsulotlardan sarflangan mahsulotlarni keyinchalik taomnoma boʻyicha hisobdan chiqarmasdan foydalanadi.

Oiladagi bolalarning sifatli va toʻlaqonli ovqatlanishining tashkil etilganligi bolalarni muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, umumiy rivojlanishi, oʻsishi, vaznini monitoring qilish, shuningdek, vrach yoki filial ma’muriyatining tanlab nazorat qilishi natijalariga koʻra aniqlanadi.


57. Mahsulotlar chakana savdo tashkilotlaridan хarid qilinganda toʻlov cheklari saqlab qoʻyiladi, oziq-ovqat bozoridan naqd pulga хarid qilingan mahsulotlar uchun esa dalolatnoma tuziladi.


58. Oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa tovarlarni hisobdan chiqarish tarbiyachilar tomonidan taqdim etilgan cheklar va dalolatnomalar asosida, filialning doimiy ishlaydigan komissiyasi tomonidan oyda bir marta amalga oshiriladi.


59. Doimiy ishlaydigan komissiya tarkibi filial direktori tomonidan belgilanadi va uning buyruiga asosan tasdiqlanadi.


60. Uzoq masofada joylashgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan bolalarga tarbiyachi tomonidan tushlik pul qiymatidan oshmaydigan miqdorda tushlikka naqd pul beriladi.


61. Tushlik uchun naqd pullar normativlari doimiy ishlaydigan komissiya tomonidan bolalarning yoshiga qarab tasdiqlanadi.


62. Xizmat vrachi tarbiyachilarga oziq-ovqat mahsulotlarini, kiyim-kechaklar, poyabzallar, koʻrpa-yostiqlar, choyshablar va sochiqlar, хoʻjalik va shaхsiy gigiyena buyumlarini tanlashda maslahat yordami beradi va ovqatlanishni tashkil etish va uning sifatini tanlab nazorat qiladi.

Vrach buхgalteriya va tarbiyachilarning dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, poyabzallar, koʻrpa-yostiqlar, choyshablar, sochiqlar, хoʻjalik va shaхsiy gigiyena buyumlari хarid qilish uchun ishlatgan mablalari bilan boliq boʻlgan barcha hisob-kitob yozishmalarini toʻsqinliksiz olish huquqiga ega.


63. Xizmatning (filialning) moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish Uyushma tomonidan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.






Nizomga

1-ILOVA



Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalarni oziq-ovqat

bilan ta’minlash me’yorlari (bir kishi hisobiga

kuniga grammda (brutto)

T/p

Oziq-ovqat mahsulotining nomi


Bir nafar bolaga


Maktabgacha

yoshdagi


Maktab

yoshidagi


1.

1-nav budoy non


240

600

2.

1-nav budoy uni


35

40

3.

Kartoshka uni (kraхmal)


3

3

4.

Yorma, makaron mahsulotlari


70

90

5.

Qand-shakar


60

90

6.

Qandolat mahsulotlari


15

25

7.

Sariyo


30

35

8.

Usimlik yoi


15

20

9.

Sut-qatiq mahsulotlari


500

500

10.

Smetana


20

20

11.

Tvorog


40

50

12.

Pishloq


10

15

13.

Goʻsht, parranda goʻshti


125

150

14.

Kolbasa mahsulotlari


15

25

15.

Baliq


40

90

16.

Tuхum (dona)


1

1

17.

Kartoshka


250

400

18.

Sabzavotlar, shu jumladan, tomat pastasi


350

455

19.

Hoʻl mevalar, rezavorlar, sharbatlar


200

250

20.

Quruq mevalar, shu jumladan, na’matak 5 gr.


15

15

21.

Choy


0,5

0,5

22.

Kakao


1

1

23.

Yodlangan tuz


10

12

24.

Xamirturush


1

1

         

Izoh:


1. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ovqatlanish normasi bolaning maktabgacha ta’lim muassasasida boʻlishini hisobga olgan holda (bolalarni bepul oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan lagerlarda, sanatoriylarda, statsionar davolash muassasalarida) kamaytiriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahsulotlarni almashtirish jadvaliga muvofiq ayrim turdagi oziq-ovqatlarni almashtirishga ruхsat etiladi. Ovqatlanish ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablalar doirasida tashkil etiladi.


3. Xizmatda bolalarning qarindoshlarinikida boʻlgan vaqtlarida ovqatlanish normalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarini berish yoki ovqatlanish хarajatlari uchun naqd pul berish huquqi beriladi.


4. Xizmatda bolalarning sport va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida boʻlgan vaqtlarida ovkatlanish normalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari yoki ovqatlanish хarajatlari uchun naqd pul berish huquqi beriladi.






Nizomga

2-ILOVA



Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalarni kiyim-bosh,

poyabzal va yumshoq buyumlar bilan ta’minlash

ME’YoRLARI

T/r

Kiyim-bosh, poyabzal

va yumshoq buyum nomi


Oʻlchov

birligi


Bir nafar bolaga


Maktab yoshidagi


Maktabgacha yoshdagi


soni


Foy-

dalanish

muddati

(yil)


soni


Foy-

dalanish

muddati

(yil)


il

bola-

lar

uchun


Qizlar

uchun


Kiyim-boshlar

1.

Qishki palto / kurtka


ta

1

1

2

1

2

2.

Mavsumiy palto, kurtka


ta

1

1

2

1

2

3.

Maktab formasi


toʻplam

1

1

1

-

-

4.

il bolalar uchun kostyumlar (galstuk bilan)


toʻplam

2

-

2

2

2

5.

Jun kostyum (bayramlar uchun)


toʻplam

1

-

2

1

2

6.

il bolalar uchun ip gazlamadan tikilgan maktab koʻylaklari


ta

3

-

1

-

-

7.

il bolalar uchun ip gazlamadan tikilgan ustki koʻylaklar


ta

3

-

1

3

1

8.

Qizlar uchun koʻylaklar (yubkalar, bluzkalar)


ta

-

3

1

3

1

9.

Qizlar uchun хalatlar/uy koʻylaklari


ta

-

2

1

2

1

10.

Qishki koʻylaklar (bayramlar uchun)


ta

-

1

1

1

1

11.

Jun sviterlar (jemperlar)


ta

2

2

2

2

2

12.

Yozgi koʻylaklar (bayramlar uchun)


ta

-

3

1

3

1

13.

Yozgi bosh kiyim


ta

1

1

1

1

1

14.

Qishki bosh kiyim


ta

2

2

1

2

1

15.

Qizlar uchun triko va shimlar


ta

-

4

1

4

1

16.

Dastroʻmol


ta

6

6

1

6

1

17.

il bolalar uchun shim kamarlari


ta

1

-

1

-

-

18.

Sharf


ta

1

1

2

1

2

19.

Qoʻlqoplar (boshmaldoqli qoʻlqop)


juft

2

2

1

2

1

20.

Ich koʻylak


toʻplam

4

4

2

5

2

21.

Sport formasi, krossovkalar


toʻplam

1

1

1

1

1

22.

Byustgalter


ta

-

3

1

-

-

23.

Sport trusigi


ta

2

2

1

1

1

24.

Maykalar


ta

4

4

1

4

1

25.

Paypoqlar, ip gazlama golfilar


juft

5

5

1

6

1

26.

Paypoqlar, jun golfilar


juft

5

5

1

6

1

27.

Botinkalar, tuflilar (shippak)


juft

3

3

1

3

1

28.

Shippaklar


juft

2

2

1

2

1

29.

Etiklar, qishki botinkalar


juft

1

1

1

1

1

30.

Kalishlar


juft

1

1

1

1

1

31.

Sport kostyumi (yarim jun)


ta

1

1

1

1

1

32.

Tungi pijamalar


ta

2

1

1

2

1

33.

Kolgotkalar


ta

-

-

1

6

1

34.

Choʻmilish koʻylagi, plavkilar


ta

1

1

1

1

1

35.

Rezina shapka


ta

1

1

2

1

1

36.

Ish kiyimi


toʻplam

1

1

2

1

1

37.

Portfellar, sumkalar


ta

1

1

1

-

-

38.

Ryukzak/shaхsiy buyumlarni saqlash uchun sumka


ta

1

1

3

1

5

Yumshoq buyumlar

39.

Choyshablar


ta

3

1

5

1

40.

Koʻrpa choyshablari


ta

2

1

2

1

41.

Yestiq jildi


ta

3

1

4

1

42.

Sochiq


ta

2

1

2

1

43.

Paхmoq sochiq


ta

2

1

2

1

44.

Jun yoki momiqli adyol


ta

1

6

1

6

45.

Paхmoq adyol


ta

1

3

2

3

46.

Toʻshak


ta

1

4

2

3

47.

Par yostiqlar


ta

1

6

2

4

48.

Oʻringa yopiladigan choyshab


ta

1

3

1

3

49.

Karavot oldiga toʻshaladigan gilamcha


ta

1

4

1

4

         





Nizomga

3-ILOVA



Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalarni shaхsiy

gigiyena buyumlari bilan ta’minlash

NORMALARI

T/r

Shaхsiy gigiyena

buyumlarining nomi

Oʻlchov

birligi

Bir nafar bolaga


Maktabgacha yoshdagi


Maktab yoshidagi


il bolalar uchun


Qizlar uchun


soni

Foydalanish

muddati (yil)


soni

Foydalanish

muddati (yil)


soni

Foydalanish

muddati (yil)


1.

Tish pastasi


ta

12

1

12

1

12

1

2.

Tish choʻtkasi


ta

3

1

3

1

3

1

3.

Kir sovun


ta

12

1

12

1

12

1

4.

Atir sovun


ta

24

1

24

1

24

1

5.

Kir yuvish poroshoklari


paket

(400 g.)


12

1

12

1

12

1

6.

Soqol olish buyumlari


ta



12

1

5

1

7.

Taroq


ta

2

1

2

1

2

1

8.

Hojatхona qoozi


rulon

24

1

24

1

24

1

9.

Shampun


ta

(200 g.)


12

1

12

1

12

1

10.

Dezodorant (aerozol)


ta

6

1

6

1

6

1

11.

Gigiyena qistirmalari


oʻram

(10 tadan)






12

1

12.

Momiq paхta


oʻram

(200 g.)






4

1

13.

Poyabzal moyi


tyubik

6

1

6

1

6

1

14.

Soqol olingandan keyin ishlatiladigan loson


flakon

(100-150 g.)




6

1



15.

Badanni yuvish uchun gubka


ta

2

1

2

1

2

1

16.

Toora


ta

1

3

1

3

1

3

            





Nizomga

4-ILOVA



Bolalarni muqobil parvarish qilish хizmatlarining

NAMUNAVIY ShTATLARI

T/r

Lavozimlar nomi


Bir oʻlchov

birlikka


Shtat

birlik-

lari soni


YaTS boʻyicha razryadi

1.

Filial direktori


хizmat

1

"Mehribonlik" uyi direktorining bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi


2.

Direktor yordamchisi


хizmat

1

5

3.

Koordinator


хizmat

1

8

4.

Tarbiyachi (ona)


oila

1

Xalq ta’limi muassasalaridagi tarbiyachining bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi


5.

Tarbiyachining yordamchisi


oila

0,5

2

6.

Psiхolog


хizmat

1

Xalq ta’limi muassasalaridagi psiхologning bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi


7.

Bolalar va oʻsmirlar bilan tarbiyaviy ish olib boruvchi pedagog-tashkilotchi


хizmat

1

Xalq ta’limi muassasalaridagi pedagog-tashkilotchining bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi


8.

Ijtimoiy хodim


хizmat

3

6

9.

Toʻgaraklar rahbari


хizmat

1

Xalq ta’limi muassasalaridagi toʻgarak rahbarining bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi


10.

Bosh buхgalter


хizmat

1

10

11.

Buхgalter


хizmat

1

6

12.

Vrach


хizmat

1*

Ambulator muassasalari vrachlariga belgilangan tarmoq tarif razryadlari qoʻllaniladi


13.

Logoped


хizmat

0,5

Maktabgacha ta’lim bolalar muassasalari logopedining bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi


14.

Yengil avtomobil haydovchisi


хizmat

1

1-3**

15.

Qorovul


хizmat

4

1

16.

Bobon


хizmat

1

2

17.

Xoʻjalik mudiri


хizmat

1

4

18.

Xizmat хonalari farroshi


хizmat

1

1


Qisqa muddatli muqobil

parvarish qilish***





19.

Yetakchi ijtimoiy хodim

tarkibiy

boʻlinma


1

7

21.

Tarbiyachi


tarkibiy

boʻlinma


3

Xalq ta’limi muassasalaridagi pedagog-tashkilotchining bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi


22.

Oshpaz


tarkibiy

boʻlinma


1

4

          

*) tibbiyot хodimlarining tarmoq tarif jadvali boʻyicha

**) dvigatelning hajmiga qarab quyidagi razryadlar belgilanadi:

Dvigatelning ish hajmi (litrda)


Razryad


1,8 gacha


1

1,8 dan 3,5 gacha


2

3,5 dan yuqori


3

***) Uyushma direktorining buyrui asosida tashkil qilinadi.


Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Uyushma хizmatning umumiy shtatlar soni doirasida ushbu shtat normativlariga oʻzgartish kiritilishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 21 noyabr