Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.05.2017 y. PQ-2962-son "Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish" investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

10.05.2017 y.

N PQ-2962



"SEChANKOʻL, OQJAR VA ChIMBOY INVESTITsIYa

BLOKLARIDA GEOLOGIYa-QIDIRUV IShLARINI

OLIB BORISh, ShUNINGDEK URGA, OQChALAK

VA ChANDIR GURUHI KONLARINI QAZISh"

INVESTITsIYa LOYIHASINI AMALGA

OShIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-

TADBIRLAR TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda moliyalashtirishni ta’minlash, shuningdek, "Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish" investitsiya loyihasi doirasida ob’yektlarni qurish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 sentyabrdagi "Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2607-son qarorini ijro etish maqsadida:

paritet asosida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida "Natural Gaz - Stream" korхonasi (keyingi oʻrinlarda - qoʻshma korхona) tuzildi hamda 300 ming AQSh dollari miqdorida birlamchi ustav fondi shakllantirildi;

"Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish" loyihasining (keyingi oʻrinlarda - loyiha) dastlabki teхnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda tasdiqlandi;

qoʻshma korхonaning ustav fondini oshirish uchun Oʻzbekiston tomonining hissasi sifatida qoʻshma korхonaga beriladigan mulk va avvalgi хarajatlar baholandi;

qoʻshma korхona tomonidan tanlov savdolari natijalariga koʻra "ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC" (BAA) kompaniyasi bilan "tayyor holda topshirish" shartlarida loyihalashtirish, uskunalar va materiallarni yetkazib berish, ob’yektni qurish boʻyicha shartnomalar tuzildi.


2. "Natural Gaz-Stream" MChJ ta’sischilarining qoʻshma korхonaning ustav jamarmasini 60,6 mln AQSh dollari, shu jumladan 30,3 mln AQSh dollari miqdorida - baholash va хorijiy investor tomonidan toʻridan-toʻri investitsiyalarni tegishli ravishda kiritish natijalari boʻyicha mulk hamda avvalgi хarajatlar koʻrinishidagi Oʻzbekiston tomonining ulushi hisobidan oshirish taklifi ma’qullansin.


3. "Oʻzbekneftgaz" MXK хorijiy investor bilan birgalikda ikki oy muddatda loyihani amalga oshirish uchun "Gazprombank" AJ kreditlari va qarzlarini jalb qilish shartlarini belgilasin.


4. "Oʻzbekneftgaz" MXK va хorijiy investorlarning:

loyiha doirasida qazib olinadigan tabiiy gazning barcha hajmini eksportga sotish;

qoʻshma korхona va "Oʻztransgaz" AJ oʻrtasida loyiha doirasida qazib olinadigan tabiiy gazni eksportga sotish boʻyicha 10 yil muddatga uzoq muddatli hadli shartnoma tuzish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

5. Belgilansinki, loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan qarzlarni va ular boʻyicha foizlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladigan mablalar, kreditlar va qarzlar boʻyicha majburiyatlarni teng miqdorda toʻlagan holda asosiy qarzni toʻliq soʻndirgunga qadar boʻlgan davrda, yangi qurilishlar, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va teхnologik yangilashga jalb qilinadigan valyuta kreditlari boʻyicha asosiy qarz va foizlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladigan mablalarga preferensiyalar va imtiyozlar boʻyicha tenglashtiriladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 28 apreldagi "Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita хorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-2598-son Farmonining amal qilishi:

4-bandiga doir qismida - uglevodorod konlarini izlash va razvedka qilishni amalga oshiradigan qoʻshma korхonaga, shuningdek, uning tomonidan jalb qilinadigan хorijiy pudrat va subpudrat tashkilotlariga;

5-bandiga doir qismida - uglevodorod konlarini izlash va razvedka qilish uchun qoʻshma korхonaga materiallar yetkazib berish, ishlarni olib borish va хizmatlar koʻrsatishni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari - yuridik shaхslarga tatbiq etilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 sentyabrdagi "Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2607-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.


11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 10 maydagi

PQ-2962-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2016 yil 22 sentyabrdagi "Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy

investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib

borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini

qazish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari

toʻrisida"gi PQ-2607-son qarorining rus tilidagi matniga

kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimcha


1. 5-banddagi "do 1 iyulya 2017 goda" soʻzlari "do 1 sentyabrya 2017 goda" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. 10-banddagi "Sechankul, Akdjar, Chimbay" soʻzlaridan keyin "Akchalak, Chandir" soʻzlari bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)