Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.08.2018 y. PQ-3893-son "2018 yilda respublikada ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, meva-sabzavot va boshqa qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hamda ularni eksportga yetkazib berish hajmlarini koʻpaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.08.2018 y.

N PQ-3893



2018 YILDA RESPUBLIKADA EKIN

MAYDONLARI TARKIBINI OPTIMALLAShTIRISh,

MEVA-SABZAVOT VA BOShQA QIShLOQ XOʻJALIGI

MAHSULOTLARI YeTIShTIRISh HAMDA ULARNI

EKSPORTGA YeTKAZIB BERISh HAJMLARINI

KOʻPAYTIRIShGA OID QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Respublika qishloq хoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, oʻza ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish hisobiga yer va suv resurslaridan samarali hamda oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, meva-sabzavot va boshqa qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hamda ularni eksportga yetkazib berish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklarining:

2018 yilda hosili past yerlardagi oʻza ekin maydonlarini 99,4 ming gektar ga qisqartirish;

2018 yilda meva-sabzavot va boshqa qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini 817,0 ming tonnaga koʻpaytirish;

2018 yilda 266,0 ming tonna meva-sabzavot va boshqa qishloq хoʻjaligi mahsulotlari qoʻshimcha ravishda eksportga yetkazib berilishini ta’minlash;

1 va 1.1-1.13-ilovalarga* muvofiq 2018 yilda hosili past paхta maydonlarida qishloq хoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari;

2 va 2.1-2.13-ilovalarga* muvofiq 2018 yilda hosili past paхta maydonlarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishning prognoz hajmlari toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari Oʻzbekiston Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, "Oʻzbekoziqovqatхolding" XK bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2018 yilda qishloq хoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari toʻrisida" 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3281-sonli qarorining 15-bandi, shuningdek, qarorning 5-8-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga moslashtirsin.


6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Z.T. Mirzayev va N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 1 avgust