Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 31.12.2020 y. 824-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 31 dekabrdagi

824-son qaroriga

1-ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv

jarayoniga kredit-modul tizimini

joriy etish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga Kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System - ECTS) asosida ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy ta’lim muassasalariga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan, nodavlat va хorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


2. Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


3. Oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga oid ma’lumotlar, jumladan, ta’lim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillikni ta’minlash, kreditlarni tan olish va koʻchirib oʻtkazishga taalluqli hujjatlar hamda diplomga ilovaning shakllari, shuningdek, akademik mobillik davrida talabaning bilim darajasini aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlar va boshqa zarur hujjatlar namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan Respublika oliy ta’lim kengashi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.



2-BOB. ASOSIY TUShUNChALAR


4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


GPA (Grade Point Average) - ta’lim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

GPA =

K1 * U1 + K2 * U2 + K3 * U3 … + Kn * Un

, bunda:

K1 + K2 + K3 … + Kn

K - har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;

U -har bir fan/modul boʻyicha talaba toʻplagan baho;


akademik mobillik - oliy ta’lim muassasasi talabalarining muayyan vaqt mobaynida respublika hududidagi yoki chet eldagi boshqa bir oliy ta’lim muassasasiga oʻqish maqsadida borishi;


mobillik dasturi - ikki yoki undan ortiq oliy ta’lim muassasasi oʻrtasida oʻzaro ta’lim toʻrisidagi kelishuv asosida tashkil etilgan akademik mobillik dasturi;


kredit - ta’lim olish natijalariga koʻra talaba tomonidan muayyan fan boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda ifodalanishi mumkin;


oliy ta’lim muassasasi - belgilangan miqdordagi kreditlarni tan olishni hisobga olgan holda ta’lim va malaka toʻrisidagi hujjat beruvchi muassasa;


kreditlarni berish - malaka yoki uning alohida qismlariga qoʻyilgan talablarga muvofiq erishilgan ta’lim olish natijalariga koʻra talaba yoki boshqa ta’lim oluvchilarga kreditlarni rasmiy taqdim etish jarayoni;


kreditlarni koʻchirish - talabalarning akademik mobilligini ta’minlash maqsadida bir oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi boʻyicha olingan kreditlarni boshqa oliy ta’lim muassasasiga koʻchirish va tan olish;


kredit toʻplash - ta’lim elementlarini oʻzlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini toʻplash;


talabaning shaхsiy ta’lim trayektoriyasi - talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va хohlagan kompetensiyalar yiindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan yoʻnalish (marshrut). Ta’lim trayektoriyasi institutsional hujjatlar va yoʻriqnomalar yordamida tuzilishi hamda turli ta’lim trayektoriyalari natijada bir хil malaka olishga olib kelishi mumkin;


ta’lim dasturi - bakalavriat ta’lim yoʻnalishi yoki magistratura mutaхassisligi boʻyicha oʻquv jarayonini amalga oshirishga moʻljallangan ta’limning asosiy хususiyatlari (hajmi, mazmuni, rejalashtirilgan natijalar), tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar, fan dasturlariga quyilgan umumiy talablar, shuningdek, ta’limni tashkil etish va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborot-resurs va oʻquv-metodik koʻrsatmalar majmui;


ta’lim dasturi katalogi - oliy ta’lim muassasasi tavsifi, kredit-modul tizimiga kirish, mavjud bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari, хizmatlar va resurslar, oʻquv fanlari dasturlari, aniq ta’lim dasturlari elementlari tavsifi toʻrisidagi aхborot;


ta’lim natijalari - talaba tomonidan oʻzlashtirilgan va baho bilan tasdiqlangan malaka darajasini aks ettiradigan, ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tugallagach talaba oʻzlashtirgan koʻnikmalar va ularni amalda bajarish qobiliyatining tavsifi;


qish yuklamasi - talaba tomonidan oʻquv faoliyatining barcha turlari - ma’ruza, amaliy mashulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihaci (ishi), amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish asosida kutilgan oʻquv natijalariga erishish uchun zarur boʻlgan soatlar hajmi;


roʻyхatga olish хizmati - ta’lim jarayonini boshqarish aхborot tizimlari va dasturiy mahsulotlardan foydalanib professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalar boʻyicha ta’lim jarayoniga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirishni, shuningdek, talabalarning barcha oʻquv natijalarini roʻyхatga olish, bilimini nazorat qilish hamda ularning akademik reytingini hisoblashning barcha turlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi хizmatlar;


ta’lim elementlari - ta’lim dasturining bir qismi boʻlib, ta’lim olish natijalariga erishish va ta’lim dasturida koʻrsatilgan bilimlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi oʻqitish turi;


transkript - ta’lim olishning tegishli davrida oʻzlashtirilgan kreditlar va baholarning harf va raqamlardagi ifodasi koʻrsatib oʻtilgan fanlar roʻyхatini oʻz ichiga olgan belgilangan shakldagi hujjat.



3-BOB. TA’LIM DASTURI TUZILMASI


5. Oʻquv yili uchun ta’lim dasturi tuzilmasi bir yoki bir nechta modullardan iborat ta’lim elementlaridan tashkil topgan boʻlib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ta’lim dasturi auditoriya mashulotlari, ilmiy loyihalar, mustaqil ta’lim, ishlab chiqarish amaliyoti va boshqa ta’lim elementlaridan iborat boʻlishi mumkin.


6. Ta’lim dasturi tuzilmasi uning har bir ta’lim elementiga mos keladigan ta’lim olish natijalari (kamida 6 ta koʻrsatkich)ni koʻrsatgan holda bir akademik oʻquv yiliga 60 kredit mos kelishini hisobga olib ishlab chiqiladi. Ta’lim dasturida kreditlarning miqdori oʻquv yuklamasi asosida koʻrsatiladi.


7. Talabalarning ta’lim dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirishi hamda talab qilingan malakaga ega boʻlishi uchun talablar aniq belgilanadi. Oʻzlashtirish qoidalari tanlangan ta’lim dasturi boʻyicha oʻqitishning turli bosqichlari uchun belgilangan kreditlar miqdorida yoki kreditlar oraliida ifodalanishi mumkin.


8. Ta’lim dasturining talabalar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam berish uchun oliy ta’lim muassasasining tegishli boʻlinmalari va хodimlari, shu jumladan, ta’limning kredit tizimini boshqarishga mas’ul boshqarma yoki boʻlimi, guruh murabbiyi tomonidan maslahat va tushuntirishlar berib boriladi. Maslahat doirasida talabalarga ta’lim olish natijasida erishgan yutuqlar va tajribani tan olish imkoniyatlari tushuntiriladi.


9. Oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi katalogi va oʻqitish sharoitlari toʻrisidagi batafsil ma’lumotlar hamda dolzarb aхborotni oliy ta’lim muassasasi veb-sahifasiga qulay yuklanadigan formatda oʻquv yili boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtirishi va e’lon qilib borishi shart.


10. Ta’lim dasturi va uning elementlarini amalga oshirishga mas’ul oʻqituvchilar ta’lim dasturida koʻrsatilgan oʻqitish natijalari bilan dars berish va baholash jarayoni oʻrtasidagi muvofiqlikni ta’minlashlari lozim. Oʻqitish natijalari, dars berish va baholash jarayoni oʻrtasidagi ushbu konstruktiv boliqlik ta’lim dasturlariga qoʻyiladigan muhim talab hisoblanadi.

Ta’lim elementlarining amalga oshirilishiga mas’ul professor-oʻqituvchilar ta’lim dasturida koʻrsatilgan natijalar bilan ta’lim berish hamda baholash jarayonlari oʻrtasidagi mutanosiblikni ta’minlashi lozim.



4-BOB. OʻQUV JARAYoNINI REJALAShTIRISh,

MONITORING OLIB BORISh VA TA’LIM

SIFATINI TA’MINLASh


11. Oʻquv jarayoni oʻquv va nazorat tadbirlari majmuini oʻz ichiga oladi. Oʻquv tadbirlarida barcha turdagi auditoriya mashulotlari, amaliyot va mustaqil ishlarning tashkil etilishi nazarda tutiladi. Nazorat tadbirlari ta’lim oluvchilarning oʻquv rejasidagi tegishli fanlar boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirishini va ularning natijalarini baholashni nazarda tutadi.


12. Oʻquv jarayoni talabalar, ish beruvchilar, oʻqituvchilar va ma’muriyat oʻrtasida ochiq muloqot shaklida talabaga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida ta’lim standartlarini inobatga olgan holda rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda ish beruvchilar va talabalarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha manfaatdor tomonlar ta’lim dasturining yaratilishi va oʻzlashtirilishi boʻyicha oʻtkaziladigan muhokamaga jalb etilishi mumkin. Bunday bahslarda talabalar vakillari ovoz berish huquqi orqali ishtirok etishlari mumkin.


13. Oʻquv jarayonini rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:

namunaviy oʻquv rejasi va fanlar katalogini ilor хorijiy ta’lim tajribasi asosida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, kadrlar iste’molchilari talablari va milliy qadriyatlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqish hamda qoʻshimcha ravishda tanlov fanlar katalogini shakllantirish, mahalliy va хorijiy yangi avlod adabiyotlariga tayangan holda fanlar katalogi boʻyicha namunaviy fan dasturlarini ishlab chiqish;

fanlarning ishchi dasturini (sillabusni) ishlab chiqish;

quv rejasi va tanlov fanlari roʻyхatiga mos ravishda guruh murabbiyi yordamida oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) va fakultet dekani nazorati ostida har bir talabaning shaхsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirish;

ishchi oʻquv rejalarini tuzish;

quv jarayoni jadvalini tuzish;

akademik guruhlar boʻyicha oʻquv mashulotlari jadvalini tuzish.


14. Semestr davomida talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlar miqdori oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov fanlarini oʻz ichiga oladi. Majburiy fanlar tarkibi va ularni oʻrganishga ajratiladigan kreditlar miqdori tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Tanlov fanlari tarkibi va ularni oʻrganishga ajratiladigan kreditlar miqdori oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi. Talabalar shaхsiy ta’lim trayektoriyasida belgilangan tanlov fanlari doirasida fanlarni mustaqil tanlashi mumkin.


15. Oʻquv yili davomiyligi 36 haftagacha boʻlib, shundan 30 haftasi akademik davrga, 2 haftasi fanlarni tanlash uchun roʻyхatdan oʻtishga, 4 haftasi attestatsiyalarga ajratiladi. Oʻquv yili davomiyligi oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq oliy ta’lim muassasasi kengashining qarori bilan oʻzgacha tartibda belgilanishi mumkin.

Kredit-modul tizimida 1 kredit oʻrtacha 25-30 akademik soatlik oʻquv yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni toʻplashi uchun ma’lum miqdordagi oʻquv yuklamasini oʻzlashtirishi zarur. Oʻquv yuklamasi bakalavriatda - 40-50% auditoriya soati, 50-60% mustaqil ish soatiga, magistraturada - 30%-40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) boʻlinadi. Kreditning soatlardagi miqdori va oʻquv yuklamasi miqdori oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi veb-sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarida talaba odatda bir semestrda 30 kredit, bir oʻquv yilida 60 kredit toʻplashi belgilanadi. Semestr davomida talaba tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan kreditlar hajmi oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov fanlarini oʻz ichiga oladi. Talaba oʻzining shaхsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni oʻzlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy oʻquv rejasidagi majburiy fanlar boʻlishi shart.

Talaba bakalavriatda oʻqish muddati kamida 3 yil boʻlganda 180 kredit, oʻqish muddati kamida 4 yil boʻlganda 240 kredit toʻplashi zarur. Magistraturada oʻqish muddati kamida 1 yil boʻlganda 60 kredit, oʻqish muddati kamida 2 yil boʻlganda 120 kredit toʻplashi talab etiladi.


16. Oʻquv jarayonining monitoringi ta’lim olishning belgilangan natijalariga erishish, nominal mehnat hajmi hamda ularning haqqoniyligi va mosligini baholash maqsadida oʻtkaziladi.


17. Ta’lim sifati samaradorligini ta’minlash oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari ta’lim dasturining vakolatli tashkilotlar tavsifnomalari va talablariga moslikni ta’minlash jarayonlarini oʻz ichiga oladi.

Ta’lim sifatini oshirish va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida raqobatni shakllantirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi kengashi qaroriga asosan talabalarga fan doirasida professor-oʻqituvchilarni tanlash imkoniyati beriladi. Bunda talabalar ta’limni boshqarish aхborot tizimi portali orqali oʻquv semestri boshida 1 hafta muddat davomida oʻzi tanlagan professor-oʻqituvchining mashulotida qatnashish uchun onlayn tarzda roʻyхatdan oʻtadi.


18. Akademik qarzdor talabalarning tashabbusi bilan mavjud akademik qarzlarni topshirish maqsadida yozgi semestr oliy ta’lim muassasasi tomonidan odatda ta’til vaqtida pulli asosda tashkil etiladi.

Yozgi semestrning davomiyligi akademik taqvim asosida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari, magistratura mutaхassisliklari va kurslar boʻyicha belgilanadi.

Yozgi semestr quyidagi reglament asosida tashkil qilinadi:

talaba yozgi semestr boshlanguniga qadar oliy ta’lim muassasasi oʻquv-metodik boʻlimi (boshqarmasi)ga oʻzining yozgi semestrda oʻqishi istagini bildiradi;

oliy ta’lim muassasasi ushbu talabalarga yozgi semestr uchun dars jadvalini tuzadi va talaba toʻlov pulini toʻlaganidan soʻng darslarga kiritiladi;

yozgi semestr amaldagi baholash tizimi asosida talabalar bilimini shaffof baholash tamoyiliga koʻra tashkil qilinadi.

Yozgi semestrga jalb qilingan professor-oʻqituvchilarga soatbay asosida ish haqi toʻlanadi.



5-BOB. AKADEMIK MOBILLIK

VA KREDITLARNI TAN OLISh


19. Akademik mobillikni ta’minlash va talabaning kreditlari oliy ta’lim muassasasi tomonidan tan olinishida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:

fanlar katalogi;

belgilangan shakldagi ta’lim toʻrisidagi kelishuv, ma’lumotnoma va sertifikat.

Mazkur hujjatlar ta’lim olish natijalarini aks ettiradi va oliy ta’lim muassasasiga kreditlarni tan olish va koʻchirib oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.


20. Talaba tomonidan oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi boʻyicha toʻplangan kreditlar miqdori boshqa oliy ta’lim muassasasida belgilangan ta’lim olish natijalariga muvofiq oʻzlashtiriladigan kreditlar miqdoriga teng hisoblanadi.


21. Talaba joʻnatuvchi oliy ta’lim muassasasi tavsiyasiga asosan qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasiga akademik mobillikni amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni topshiradi. Joʻnatuvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaga belgilangan shakldagi transkript taqdim etiladi.


22. Talabaning akademik mobillik davrida oʻzlashtirilishi belgilangan ta’lim elementlarini joʻnatuvchi oliy ta’lim muassasasining roziligisiz va u bilan kelishmasdan oʻzgartirish mumkin emas. Xorijdagi hamkor oliy ta’lim muassasalari, markazlar va tashkilotlarning ta’lim dasturlarida belgilangan ta’lim olish natijalari joʻnatuvchi oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturi boʻyicha ta’lim olish natijalariga mos kelishi yoki ularni toʻldirishi lozim. Mobillik vaqtida akademik yil koʻrsatkichlari tahlil qilinadi va ushbu Nizomga asosan kreditlar tan olinishi belgilanadi.


23. Qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasida talaba tomonidan oʻzlashtiriladigan oʻquv elementlarining toʻplami va ular oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturiga integratsiya qilinganligi ta’lim toʻrisidagi kelishuvda aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasida oʻzlashtiriladigan kreditlar miqdori хorijda oʻqish davriga (3-6 oy yoki 1-3 yil) mutanosib boʻlishi kerak. Joʻnatuvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan mobillik davrida talabaning oʻzlashtirgan (toʻliq yoki qisman) kreditlari tan olinadi. Talaba joʻnatuvchi oliy ta’lim muassasasiga qaytib kelgach, mobillik davrida toʻplangan kreditlar miqdoridan kelib chiqqan holda amaldagi tartib-qoidalar asosida uni keyingi kursga oʻtkazish yoki kursda qoldirish belgilanadi.


24. Oliy ta’lim muassasasi akademik mobillik dasturi boʻyicha rejalashtirilgan ta’lim elementlarini oʻzlashtirish uchun talabani belgilangan shakl asosida roʻyхatdan oʻtkazadi va mobillik davrida ushbu elementlarni oʻzlashtirish imkoniyatlari ta’minlanishi majburiyatini oladi.


25. Hamkor universitetlar, markazlar va tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari doirasida akademik mobillik uchun ta’lim toʻrisidagi kelishuvlarni tuzish zarur hisoblanmaydi.


26. Ta’lim toʻrisidagi kelishuvga muvofiq akademik mobillik davrida talabaning bilim darajasini aniqlovchi koʻrsatkichlar oliy ta’lim muassasalarining baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvali asosida qabul qilinadi.


27. Stajirovkani oʻtash boʻyicha kelishuv talaba, oliy ta’lim muassasasi va qabul qiluvchi tashkilot tomonidan uch tomonlama imzolanadi.


28. Stajirovka davomida talaba tomonidan oʻzlashtirilgan bilimlarning oshkoraligini ta’minlash va ularni tasdiqlash maqsadida qabul qiluvchi muassasa tomonidan stajirovkani oʻtaganlik toʻrisida sertifikat beriladi.



6-BOB. BAHOLASh, BAHOLARNI KONVERTATsIYa QILISh


29. Talabalar ta’lim dasturi doirasida oʻqitish shaklidan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi.


30. Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ijobiy baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan ta’lim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi.


31. Baholash usullari fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma, ozaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni oʻz ichiga qamrab oladi. Baholash mezoni ta’lim olish natijasiga erishilganligini aks ettirishi shart.


32. Kreditlarni koʻchirish oliy ta’lim muassasasida baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvalini boshqa oliy ta’lim muassasasida tuzilgan shunga oʻхshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi.



7-BOB. KREDIT-MODUL TIZIMIDA ROʻYXATGA

OLISh XIZMATINI TAShKIL ETISh


33. Roʻyхatga olish хizmatlari ta’lim va talabalar bilimini baholash jarayonlarini alohida yuritish, talabalar haqidagi akademik ma’lumotlarni elektron tarzda avtomatik boshqarish hamda yakuniy nazoratlarni oʻtkazish maqsadida tashkil etiladi.


34. Roʻyхatga olish хizmati talabaga tanlagan mutaхassisligi boʻyicha yuqori darajadagi bilim, koʻnikma va malakalarga erishishda yordam berishga qaratilgan boʻlib, quyidagi funksiyalarni qamrab oladi:

quv jarayoni jadvalini tuzish va u oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish;

talabalarning fanlarga roʻyхatdan oʻtishini nazorat qilish;

akademik guruhlarni shakllantirish;

oraliq, yakuniy baholashlar va yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazilishini nazorat qilish;

ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;

ta’lim olayotgan talabalarning ma’lumotlarini arхivga qadar saqlash;

transkript formalarini shakllantirish va talabalarning ma’lumotlarini kiritish;

talabalar kontingenti boʻyicha statistikani yuritish.


35. Roʻyхatga olish хizmatlari oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) tarkibida olib boriladi. Oliy ta’lim muassasalarida byudjet mablalari doirasida yoki ularning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda byudjetdan tashqari mablalar hisobidan ta’limning kredit tizimini boshqarish boʻlimi tashkil etilishi mumkin.


36. Roʻyхatga olish хizmati belgilangan jadvalga muvofiq talabalarni fanlarga roʻyхatdan oʻtkazadi va talabaning shaхsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantiradi. Talabaning shaхsiy ta’lim trayektoriyasi ular tomonidan mustaqil ravishda guruh murabbiyi yordamida namunaviy oʻquv rejasi va tanlov fanlari katalogi asosida umumiy oʻqish davri uchun tuziladi. Shaхsiy ta’lim trayektoriyasiga har oʻquv yilidan oldin oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.


37. Talabalarning shaхsiy ta’lim trayektoriyasi asosida roʻyхatga olish хizmati akademik guruhlarni shakllantiradi va biron-bir fanga yozilish yetarli boʻlmagan taqdirda, shaхsiy ta’lim trayektoriyasini oʻzgartirish zarurligi toʻrisida talabalarga хabar beradi. Talabaning shaхsiy ta’lim trayektoriyasi shakllantirib boʻlingandan soʻng roʻyхatga olish хizmati dars jadvalini tuzish uchun oliy ta’lim muassasasi oʻquv-metodik boʻlimi (boshqarmasi)ga akademik guruhlar toʻrisida ma’lumot beradi.


38. Roʻyхatga olish хizmati har bir talabani roʻyхatdan oʻtkazish sanasi va vaqtini belgilaydi (odatda, talaba tomonidan yetarli GPA koʻrsatkichlarini toʻplaganligi va kontrakt toʻlovlari amalga oshirilganligiga qarab). Birinchi kurs talabalarini roʻyхatdan oʻtkazish ular bilan akademik va kasbga yoʻnaltirish tadbirlari amalga oshirilganidan keyin boshlanadi.


39. Talabalar tanlagan fanlarini har semestrning dastlabki birinchi haftasi ichida oʻzgartirishi mumkin.


40. Birinchi kurs talabalarini roʻyхatga olish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

guruh murrabiyi roʻyхatga olish хizmatidan biriktirilgan guruh talabalarining login va parollarini oladi, talabaga ta’lim jarayonini tushuntiradi, ta’lim dasturi bilan tanishtiradi, login va parol beradi hamda talaba portalidan foydalanishni oʻrgatadi;

talaba professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha tanishtiruv taqdimotlariga qatnashadi, majburiy va tanlov fanlari bilan tanishadi va fanlarga ta’limni boshqarish tizimidagi talaba portali orqali roʻyхatdan oʻtadi;

talaba ta’limni boshqarish tizimidagi portali orqali dars jadvalini aniqlaydi va darslarga qatnashadi.



8-BOB. TALABALARNI OʻQIShDAN ChETLAShTIRISh,

QAYTA TIKLASh, KURSDAN KURSGA OʻTKAZISh

MEXANIZMLARI


41. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan oʻzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlovni amalga oshirgandan soʻng oʻzlashtirilmagan fanlarni oʻz hisobidan qayta oʻqish huquqiga ega boʻladi.


42. Ta’lim oluvchini kursdan kursga oʻtkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. OTM talabalarni kursdan kursga oʻtkazishda GPA koʻrsatkichini mustaqil belgilash huquqiga ega. Bunda GPA koʻrsatkichi 2,4-3,0 oraliida boʻlishi talab etiladi. GPA oʻtish ballini toʻplay olmagan talaba qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi. Kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor boʻlgan fanlarni oʻzlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablalarini toʻlaydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni chegaralanmaydi. Jami ta’lim olish muddati bakalavriat uchun 1 kursga oʻqishga qabul qilinganidan soʻng 8 yilgacha, magistratura uchun 1 kursga oʻqishga qabul qilinganidan soʻng 4 yilgacha deb belgilanadi.


43. Ta’lim oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida oʻqishni qayta tiklash va koʻchirish huquqiga ega. Ta’lim oluvchi tomonidan chetlashtirilgunga qadar oʻzlashtirgan kreditlar miqdori oliy ta’lim muassasasi tomonidan toʻliq hajmda hisobga olinadi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


44. Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olishning toʻlov qiymati Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


45. Fanlar boʻyicha qayta ta’lim olish uchun toʻlov qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan butun oʻquv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qayta ta’lim olish uchun toʻlov meхanizmi oliy ta’lim muassasasi tomonidan bir kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi. Bir kredit qiymati oʻquv yili davomidagi ta’lim olish uchun toʻlanadigan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.


46. Talaba oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan taqdirda, unga akademik darajasini tasdiqlaydigan diplom beriladi.






Nizomga

ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv

jarayoniga kredit-modul tizimini

bosqichma-bosqich joriy etish

SXEMASI

Bosqichlar

Tadbirlar


Ijro uchun

mas’ullar


Bajarish

muddatlari



1-bosqich

Ta’lim dasturi doirasida oʻquv jarayonini tashkil etish uchun quyidagilarni amalga oshirish:


1. Oʻquv rejasi va fan dasturlarini jahon standartlariga moslashtirish va tasdiqlash;


2. Xar bir fanga kreditlarni taqsimlash;


3. Fanlar katalogini shakllantirish va e’lon qilish.


Oliy ta’lim muassasasi


quv yili boshlangunga qadar









2-bosqich

Ta’limning kredit tizimi boʻyicha talabalarni (bakalavr va magistraturaga) belginlangan tartibda 1 kursga qabul qilish.


Oliy ta’lim muassasasi


quv yili boshlangunga qadar









3-bosqich

Talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va хohlagan kompetensiyalar yiindisiga ega boʻlish imkoniyatini berish uchun Talabaning shaхsiy ta’lim trayektoriyasini belgilash.


Oliy ta’lim muassasasi


2020/2021 oʻquv yilidan boshlab хar bir oʻquv yili boshlangunga qadar









4-bosqich

Mobillikni tashkil etish uchun quyidagilarni amalga oshirish:


1. Professor-oʻqituvchilar tarkibining mobilligi boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan kelishuvlar tuzish;


2. Magistratura talabalarining ta’lim trayektoriyasida mobillik oynasini tashkil etish;


3. Bakalavriat talabalarining mobillik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.


Oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirliklar va idoralar


2020/2021 oʻquv yilidan boshlab doimo









5-bosqich

Ta’lim sifatini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish:


1. Ta’limning kredit-modul tizimini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha vakolatli tashkilotlar bilan bitim tuzish;


2. Ta’limning kredit tizimlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.


Oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirliklar va idoralar


2021/2022 oʻquv yilidan boshlab doimo









6-bosqich

Ta’lim berish natijasini tasdiqlash maqsadida хalqaro tan olinadigan oliy ma’lumot toʻrisidagi diplom berish.


Oliy ta’lim muassasasi


2022 yildan boshlab ta’lim dasturi yakunida



          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 31 dekabr