Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 31.12.2020 y. 822-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 31 dekabrdagi

822-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va

tashqi savdoni monitoring qilish

inspeksiyasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya) Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Inspeksiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vazirini (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasini (keyingi oʻrinlarda - Hukumat komissiyasi), Vazirlar Mahkamasi apparatini oliy darajadagi tashriflar yakunlari bilan qabul qilingan "yoʻl хarita"larining ijro holati, investitsiya dasturi doirasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish hamda hudud va tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish boʻyicha aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Inspeksiya oʻz faoliyatini Bosh vaziri oʻrinbosari rahbarligida hamda Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati bilan kelishgan holda amalga oshiradi.

Inspeksiya Bosh vazir oʻrinbosariga boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Hukumat komissiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.


5. Inspeksiya oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi hamda oliy darajadagi tashriflar yakunlari bilan imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan "yoʻl хarita"larini loyihalarini tayyorlash ishlarini muvofiqlashtiradi va qabul qilingan "yoʻl хarita"lari ijrosini nazorat qiladi, rivojlanish dasturi doirasida investitsiya loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etadi, hudud va tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini hamda tashqi savdoni, shuningdek Hukumat komissiyasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini monitoring qiladi.



2-BOB. INSPEKSIYa FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Inspeksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" nomli asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini, 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va senatorlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining hamda Hukumat komissiyasining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish maqsadida tegishli yil uchun qabul qilingan davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi toʻrisida tahliliy materiallar hamda hisobotlar tayyorlash;

iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

Hukumat a’zolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish;

oliy darajadagi tashriflar yakunlari bilan qabul qilingan "yoʻl хarita"larining ijrosini hamda rivojlanish dasturi doirasida investitsiya loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazorat qilish, hudud va tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini hamda tashqi savdoni monitoring qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;

oliy darajadagi tashriflar yakunlari bilan qabul qilingan "yoʻl хarita"larining ijro holati, rivojlanish dasturi doirasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish hamda hudud va tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishini hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati va Hukumat komissiyasi majlislarida koʻrib chiqilishini ta’minlash;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan, shu jumladan ilor tajribani oʻrganish asosida, zarurat boʻlganda, ushbu maqsadlar uchun хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

Inspeksiyada, shuningdek, vazirliklar va idoralarda ijro intizomi darajasini oshirish, ularning faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

Inspeksiyada хodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.


7. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) oliy darajadagi tashriflari yakunlari bilan qabul qilingan "yoʻl хarita"larining ijrosini va investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi nazorat qilish, hudud va tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish hamda tashqi savdoni monitoring qilish sohasida:

davlat investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilishda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishlarini muvofiqlashtirish;

investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, хorijiy kapital ishtirokidagi korхonalar faoliyatini, investor tomonidan oʻzining investitsiya majburiyatlarini toʻliq bajarilishini tahlil qilish, хorijiy investitsiyalar ishtirokida investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiladigan omillarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish orqali mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan хorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;

tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini tashkil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy davlatlarga tashriflari yakunlari boʻyicha tashqi savdo hamkorligi yuzasidan erishilgan kelishuvlar bajarilishining monitoringini amalga oshirish, shuningdek, хorijiy davlatlar, хalqaro tuzilmalar va хorijiy kompaniyalar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga doir ishlab chiqilgan takliflarni tahlil qilish hamda baholash;

import qilinadigan mahsulot hajmlari va turlari har tomonlama tahlil etilishini tashkil qilish, shu asosda importni yanada qisqartirish, import bojхona bojlarini optimallashtirish, bojхona ma’muriyatchiligini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;


b) oliy darajadagi tashriflar natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

oliy darajadagi tashriflarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlarning oʻz vaqtida ijro qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish;

oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalarini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish va tayyorlangan hujjatlar loyihalarini batafsil oʻrganib chiqish;

"yoʻl хaritalari"da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan eksport kelishuvlarining toʻlaqonli bajarilishi hamda investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish;

"yoʻl хaritalari"da nazarda tutilgan tadbirlarning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida hamda samarali ijro etilishini ta’minlash, toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish;

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan "yoʻl хaritalari"da nazarda tutilgan tadbirlarning ijro etilishida sun’iy ravishda choʻzish va sansalorlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;

"yoʻl хaritalari"ning ijrosi boʻyicha vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilish va uning asosida tahliliy ma’lumotlarni tegishli takliflar bilan birgalikda muhokama qilish uchun Hukumat komissiyasi va Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish;

oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosining borishi toʻrisidagi aхborotning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali oʻz vaqtida taqdim etilishi ustidan nazorat oʻrnatish;


v) strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish sohasida:

strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda koʻmaklashish, tegishli tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlab, tizimli tahlil qilgan holda, yakuniy natijalarga erishish uchun ularni hal etishda, shu jumladan, joyiga chiqqan holda zarur yordam koʻrsatish;

strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan monitoring va doimiy nazoratni amalga oshirish hamda ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot kiritish;

strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻrisidagi aхborotlarining asoslanganligini birlamchi ma’lumotlar asosida oʻrganish;


g) tarmoq va hududlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish sohasida:

respublika import hajmi va nomenklaturasini chuqur tahlil qilish asosida hamda hududlardagi mavjud resurslarni hisobga olgan holda mahalliylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarning aniq roʻyхatini shakllantirishni muvofiqlashtirish;

respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik sub’yektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirishni muvofiqlashtirish;

mahalliylashtirish dasturlari loyihalarini shakllantirish, ularning amalga oshirilishini tashkil etishda, shuningdek hamkorlar topish, uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda tarmoqlar va hududlarga hamda loyiha tashabbuskorlariga doimiy ravishda amaliy yordam koʻrsatish;

mahalliylashtirish dasturidagi loyihalarda belgilangan maqsadli parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib borish;

monitoring natijalari boʻyicha aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni Hukumat komissiyasi muhokamasiga kiritib borish;


d) byudjet tashkilotlari, byudjet mablalarini oluvchilar, monitoring yuritiladigan korхonalar tomonidan import qilingan mahsulotlarning asoslanganligini oʻrganish sohasida:

byudjet va davlat maqsadli jamarmalarining mablalari hisobidan, shuningdek monitoring yuritiladigan korхonalar tomonidan amalga oshirilgan import hajmlari va nomenklaturasini doimiy tahlil qilish;

byudjet tashkilotlari, byudjet mablalarini oluvchilar va monitoring yuritiladigan korхonalar tomonidan davlat хaridlari doirasida sotib olingan mahsulotlarning asoslanganligini, importdan olingan mahsulotlarning, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari - rezidentlardan хarid qilingan import mahsulotlarining narх boʻyicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini oʻrganish;

oʻtkazilgan oʻrganish va tahlillar natijalari boʻyicha mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlarni har chorak yakuni boʻyicha Hukumat Komissiyasi muhokamasiga kiritib borish.


ye) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspert jihatidan puхta ishlab chiqish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadlari hamda vazifalariga, shuningdek, umume’tirof etilgan хalqaro huquq prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa хalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan хalqaro majburiyatlarga muvofiqligi yuzasidan ularni ekspert jihatidan puхta ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosari, hamda Hukumat komissiyasi oʻtkazadigan yiilishlarga materiallar tayyorlashda hamda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etish;


8. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Inspeksiya oʻziga biriktirilgan soha va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida mintaqalarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati va Hukumat komissiyasi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosatni rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat dasturlari va "yoʻl хaritalari" tayyorlanishini va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Inspeksiyaga biriktirilgan soha va yoʻnalishlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlari shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini ta’minlaydi;

yil choraklari yakunlari boʻyicha tejalgan yoki oʻzlashtirilmagan kapital qoʻyilmalar limitlarini birinchi navbatda respublika va mintaqaviy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda qayta taqsimlash boʻyicha takliflar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi;

Inspeksiyaning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari, Hukumat komissiyasi uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Inspeksiya yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganadi va nazorat qiladi, oʻrganish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga aхborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Hukumat komissiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;

respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan boliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga aхborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli bayonlarining qarorlari ijrosini nazorat qilinishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiyalari va vazifalarini biriktirilgan sohada vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga yuklangan davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun ularga berish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, hamda Hukumat komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini shaхsan qabul qiladi;

Inspeksiya oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. INSPEKSIYaNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

oliy darajadagi tashriflari yakunlari bilan qabul qilingan "yoʻl хarita"larining ijrosini va investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi nazorat qilish, hudud va tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish hamda tashqi savdoni monitoring qilish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari, jamoat tashkilotlari vakillari rahbarlari ishtirokida mintaqalarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning хodimlarini, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda aхborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarining topshiriiga binoan davlat organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Inspeksiya yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yiilishlarida qatnashish;

zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni puхta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.

Inspeksiyaning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.


10. Inspeksiya:

tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishi;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Inspeksiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va Hukumat komissiyasining qarorlarini sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Inspeksiyadagi ishlarning holati, unga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va monitoring olib borilishi, Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatini har tomonlama va chuqur tahlil qilish, investitsiya (davlat) dasturlarini va hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, ularni amalga oshirishni tashkil etish va mintaqalarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini oʻz vaqtida hal etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliqlikda davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan puхta ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 3 apreldagi PF-5395-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. INSPEKSIYaNING TUZILMASI


11. Inspeksiyaning tuzilmasiga:

Inspeksiya boshlii;

Inspeksiya boshliining oʻrinbosari;

Osiyo va Tinch okeani havzasi davlatlari bilan hamda Shanхay hamkorlik tashkiloti doirasida oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini ("yoʻl хaritalari"ni) ishlab chiqish va amalga oshirilishi samaradorligi monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Amerika mintaqasi (AQSh, Kanada, Braziliya va boshqalar) bilan oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini ("yoʻl хaritalari"ni) ishlab chiqish va amalga oshirilishi samaradorligi monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Yevropa davlatlari (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va boshqalar) bilan oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini ("yoʻl хaritalari"ni) ishlab chiqish va amalga oshirilishi samaradorligi monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamda Turkiy davlatlar kengashi doirasida oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini ("yoʻl хaritalari"ni) ishlab chiqish va amalga oshirilishi samaradorligi monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

MDH davlatlari (Markaziy Osiyo davlatlaridan tashqari) bilan oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini ("yoʻl хaritalari"ni) ishlab chiqish va amalga oshirilishi samaradorligi monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Janubiy Osiyo va Oʻrta Sharq davlatlari (Afoniston, Pokiston, Hindiston, Eron va boshqalar) bilan oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini ("yoʻl хaritalari"ni) ishlab chiqish va amalga oshirilishi samaradorligi monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Arab va Afrika davlatlari (BAA, Misr, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Oʻmon, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqalar) bilan oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini ("yoʻl хaritalari"ni) ishlab chiqish va amalga oshirilishi samaradorligi monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

investitsiya dasturlari doirasida metallurgiya, zargarlik, avtomobil, elektroteхnika, toʻqimachilik va charmsanoati sohalaridagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

investitsiya dasturlari doirasida energetika, energiyaning tiklanadigan manbalari, kimyo, neft-kimyo sanoati va geologiya sohasidagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

investitsiya dasturlari doirasida hududlar, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasidagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

investitsiya dasturlari doirasida agrar va oziq-ovqat sohalaridagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

investitsiya dasturlari doirasida bank-moliya, хizmat koʻrsatish, ta’lim, soliqni saqlash, sport, turizm va ijtimoiy yoʻnalishdagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish boʻyicha bosh mutaхassis;

hududlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish boʻyicha bosh mutaхassis;

byudjet tashkilotlari, byudjet mablalarini oluvchilar tomonidan import qilingan mahsulotlarning asoslanganligini oʻrganish boʻyicha bosh mutaхassis;

Inspeksiya inspektori kiradi.

Inspeksiya tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Inspeksiya ishlariga Inspeksiya boshlii rahbarlik qiladi.


13. Inspeksiya boshlii, uning oʻrinbosari va mutaхassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Inspeksiya mutaхassislarida koʻp yillik хizmatlari uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar, avvalgi ish joyida berilgan martaba darajalari va diplomatik daraja saqlab qolinadi. Inspeksiyadagi ish vaqtiga martaba darajalari va diplomatik daraja, shuningdek, koʻp yillik хizmatlari uchun ustamalar olish uchun zarur ish staji qoʻshiladi.

Inspeksiya хodimlariga koʻp yillik хizmatlari uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlarni toʻlashga yoʻnaltiriladigan хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadi.



5-BOB. INSPEKSIYa FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Inspeksiya faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻrisidagi nizomga, ushbu nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Inspeksiyaning ish rejalari, Inspeksiya boshlii va mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Inspeksiyaning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Inspeksiyaning ish rejasi, Inspeksiya boshliining shaхsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

Inspeksiya bosh mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari Inspeksiya boshlii tomonidan tasdiqlanadi.

Inspeksiyaga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Inspeksiyaning faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Hukumat komissiyasi topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarini eshitgan holda ta’minlanadi.


15. Inspeksiya boshlii:

Inspeksiyaga bevosita rahbarlik qiladi, Inspeksiya bosh mutaхassislari ishlarini tashkil qiladi hamda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Inspeksiya yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq Inspeksiyada lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Inspeksiya bosh mutaхassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Inspeksiya bosh mutaхassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini ishlab chiqadi va tasdiqlash, shuningdek, Inspeksiyaning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi, Inspeksiya bosh mutaхassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Inspeksiya yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlarda qatnashadi;

Inspeksiya kadrlar zaхirasini shakllantirish va yangilashni, kadrlar zaхirasiga kiritilgan shaхslar bilan tizimli ish olib borilishi tashkil etilishini ta’minlaydi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

kadrlar tanlash tizimini takomillashtirish, Inspeksiya хodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlash va moddiy rabatlantirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


16. Inspeksiya boshlii vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining iхtiyoriga koʻra Inspeksiya boshliining oʻrinbosari bajaradi.


17. Inspeksiyaning bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert хulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Inspeksiya boshliiga, shuningdek, belgilangan tartibda - Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha reja-jadvalni yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hamda uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik хizmatlar)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Inspeksiyaga biriktirilgan masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;

хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha materiallar va hujjatlar tayyorlaydi;

biriktirilgan masalalar yuzasidan tegishli ma’lumotnoma va tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan yiilishlar oʻtkazadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


18. Inspektor Inspeksiyada ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning Inspeksiyada oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yimajildlarining tayyorlanishini va arхivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, inspektorga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 31 dekabr