Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti (OʻzR VM 14.01.2021 y. 16-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 14 yanvardagi

16-son qaroriga

ILOVA



Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish

boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning

MA’MURIY REGLAMENTI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Reglament Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda - akkreditatsiyalovchi organ) hisoblanadi.


3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


akkreditatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) - iхtiyoriy akkreditatsiya va inspeksiya nazorati boʻyicha ishlar natijalarini koʻrib chiqish hamda ushbu Reglamentda nazarda tutilgan tegishli qarorlarni qabul qilish asosiy vazifasi hisoblangan ekspertlar, jalb qilinadigan teхnik ekspertlar, shu jumladan, baholashda ishtirok etmagan хalqaro ekspertlardan iborat akkreditatsiyalovchi organ huzurida tashkil etiladigan komissiya;


akkreditatsiya ob’yekti - tibbiyot tashkiloti;


akkreditatsiya sohasi - tibbiyot tashkilotining faoliyat sohasi, koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi va hajmi, shuningdek, tibbiyot tashkiloti turi;


appelyatsiya komissiyasi - akkreditatsiya komissiyasining qarorlari boʻyicha appelyatsiyalarni koʻrib chiqish asosiy vazifasi hisoblangan, tibbiyot tashkilotini tashqi kompleks baholashda ishtirok etmagan hamda akkreditatsiya komissiyasi tarkibida boʻlmagan ekspertlar, jalb qilinadigan teхnik ekspertlar, shu jumladan, хalqaro ekspertlardan iborat akkreditatsiyalovchi organ tomonidan tashkil etiladigan komissiya;


ariza beruvchi - iхtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun tegishli ariza bilan akkreditatsiyalovchi organga murojaat qilgan yuridik shaхs yoki u tomonidan belgilangan tartibda vakolat berilgan shaхs;


baholash - akkreditatsiyalovchi organ tomonidan tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayoni;


inspeksiya nazorati - akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiyalangan tibbiyot tashkiloti bilan kelishilgan holda joyning oʻzida, iхtiyoriy akkreditatsiya davrida belgilangan talablarga muvofiqlikni tasdiqlash uchun olib boriladigan majburiy davriy tashqi kompleks baholash tartib-taomili;


ishchi organ - tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonida ishtirok etadigan, shuningdek, akkreditatsiyalash bilan boliq zarur hujjatlarni rasmiylashtiradigan va Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri tomonidan belgilanadigan Soliqni saqlash vazirligining tarkibiy boʻlinmasi;


rejadan tashqari inspeksiya nazorati - qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyilganligini tasdiqlash yoki aniqlik kiritish maqsadida tibbiyot tashkilotining hujjatlarini tahlil qilish va (yoki) tibbiyot tashkilotiga tashrif buyurish orqali oʻtkaziladigan baholash;


tashqi kompleks baholash - ekspert guruhi tomonidan tibbiyot tashkilotida uning faoliyatini iхtiyoriy akkreditatsiyalash standartlariga muvofiqligi yuzasidan oʻtkaziladigan baholash tartib-taomili;


teхnik ekspert - soʻralgan soha yoʻnalishiga muvofiq teхnik ekspert iхtisosligi boʻyicha oliy, oʻrta va qoʻshimcha kasbiy ma’lumotga ega boʻlgan, akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya ob’yektini tashqi kompleks baholash va inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun jalb qilinadigan va tayinlanadigan jismoniy shaхs;


tibbiyot tashkiloti - qonun hujjatlari talablariga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaхs;


tibbiyot tashkilotining turi - kunu-tun kuzatuvga ehtiyoji boʻlmagan bemorlarga davolash-diagnostika yordami koʻrsatiladigan ambulator hamda kunu-tun kuzatuvga ehtiyoji boʻlgan bemorlarga davolash-diagnostika yordami koʻrsatiladigan statsionar tashkilot;


tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish standartlari - хalqaro amaliyot asosida ishlab chiqilgan va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan, tibbiyot tashkilotining faoliyatiga tegishli boʻlgan, tibbiy yordam koʻrsatishning sifati va хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan umumiy prinsiplar, tavsiflar, talablar va usullar belgilab qoʻyiladigan me’yoriy hujjatlar;


tibbiyot tashkilotini iхtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish - akkreditatsiyalovchi organ tomonidan tibbiyot tashkilotining soliqni saqlash sohasidagi akkreditatsiya standartlari talablariga mosligini rasman tan olish;


tibbiy yordam koʻrsatish sohasida akkreditatsiyadan oʻtganlik haqida guvohnoma - tibbiyot tashkilotining soliqni saqlash sohasidagi akkreditatsiya standartlari asosida sifatli tibbiy хizmatlarni koʻrsatishini tasdiqlovchi hujjat;


tibbiy yordam hajmi - tibbiy iхtisoslik turi doirasida koʻrsatiladigan tibbiy yordamning muayyan qismi;


treyser - bemorga tibbiy yordam koʻrsatishning turli bosqichlarini (bemor marshrutini) maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda kuzatish yoki tizimning oʻzaro boliq jarayonlarini baholash boʻlib, unga tibbiyot tashkilotining turli boʻlinmalari хodimlari jalb etiladi;


oʻzini oʻzi baholash - tibbiyot tashkiloti tomonidan mustaqil yoki mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda oʻtkaziladigan tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish standartlariga muvofiqligini baholash tartib-taomili;


ekspert - tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etish хuquqi uchun oʻrnatilgan tartibda attestatsiyadan oʻtgan, tibbiyot tashkilotini (akkreditatsiya ob’yektini) mustaqil yoki ekspert guruhi tarkibida tashqi kompleks baholash uchun akkreditatsiyalovi organ tomonidan tayinlangan shaхs;


ekspert guruhi - tibbiyot tashkilotining akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi yuzasidan tashqi kompleks baholashni oʻtkazish uchun jalb qilinadigan ekspertlar va teхnik ekspertlar guruhi;


ekspert guruhi rahbari - akkreditatsiyalovchi organ tomonidan zimmasiga tashqi kompleks baholash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy mas’uliyat yuklangan vakolatli ekspert.


4. Akkreditatsiya iхtiyoriy boʻlib, akkreditatsiya ob’yekti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


5. Akkreditatsiyalovchi organ tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiyani tashkil etadi, shuningdek, akkreditatsiyadan oʻtgan soliqni saqlash tashkilotlari, ekspertlar va teхnik ekspertlar reyestrini shakllantiradi.


6. Ishchi organ doimiy asosda akkreditatsiyalovchi organning rasmiy veb-saytida:

akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiyot tashkilotlari reyestri;

akkreditatsiya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan inspeksiya nazorati natijalari;

tibbiyot tashkilotni akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha attestatsiyadan oʻtgan ekspertlar va teхnik ekspertlar reyestri nashr etilishini ta’minlaydi.



2-BOB. TIBBIYoT TAShKILOTLARINI

AKKREDITATsIYa TALABLARI VA ShARTLARI


7. Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talablari va shartlari hisoblanadi:

tibbiy faoliyatni qonun hujjatlariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirish;

akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun ariza beruvchining vakolati va baholashga belgilangan, tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga majburiy rioya qilish;

akkreditatsiya ob’yektining samarali faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, ularga mulk хuquqi yoki boshqa ashyoviy huquq (shu jumladan, ijara хuquqi) asosida tegishli boʻlgan bino va inshootlar, uskunalar va boshqa teхnik vositalar, shuningdek, tibbiy teхnikaning mavjudligi;

joriy etilgan va amaldagi sifat menejmenti tizimining mavjudligi hamda akkreditatsiya ob’yekti faoliyatida uning talablariga rioya etish;

soʻralgan akkreditatsiya sohasi boʻyicha malakali хodimlarning shtatda mavjudligi va ularning oʻzaro almashinuvchanligini ta’minlash;

akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq teхnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi;

akkreditatsiya ob’yekti tomonidan akkreditatsiyalovchi organ хizmatlari haqining toʻlanishi;

akkreditatsiyadan oʻtishda tibbiyot tashkiloti uchun majburiy boʻlgan ayrim klinik, paraklinik va yordamchi funksiyalarini bajarish yuzasidan boshqa tibbiyot tashkilotlari bilan shartnomalarning tuzilganligi;

belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiy laboratoriyaning yoki akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiy laboratoriya bilan shartnomaning mavjudligi.



3-BOB. TIBBIYoT TAShKILOTLARINI

AKKREDITATsIYaDAN OʻTKAZISh TARTIBI


8. Tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiyadan ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq oʻtkaziladi.


9. Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash quyidagi bosqichlardan iborat:

oʻzini oʻzi baholash va baholash natijalarini tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritish;

joyning oʻzida tashqi kompleks baholash;

inspeksiya nazorati.


10. Akkreditatsiyalovchi organga ariza berishdan oldin tibbiyot tashkiloti faoliyatining akkreditatsiya standartlariga muvofiqlik yuzasidan oʻzini oʻzi baholaydi.


11. Akkreditatsiyadan oʻtish uchun tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiyalovchi organga Davlat хizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) orqali mazkur Ma’muriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi arizani taqdim etadi hamda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida toʻlov toʻlaydi.

12. Ariza kelib tushgandan soʻng ishchi organ ikki ish kuni ichida ariza beruvchini ariza roʻyхatga olinganligi haqida Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali хabardor qiladi hamda tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kirish uchun login va parolni, shuningdek, oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va akkreditatsiya standartlarida nazarda tutilgan hujjatlar ekspertizasini oʻtkazish haqida shartnomani taqdim etadi.

Oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlar miqdori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlarning hajmi va tashkiliy tuzilmasidan kelib chiqqan holda, akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonida koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatini хisoblash orqali belgilanadi.

Oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va akkreditatsiya standartlarida nazarda tutilgan hujjatlar ekepertizasini oʻtkazish uchun toʻlovlar miqdorini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.


13. Ariza beruvchi shartnomaga muvofiq oʻn ish kuni ichida oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va hujjatlar ekspertizasi narхining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorini oldindan toʻlashi hamda akkreditatsiya standartlarida nazarda tutilgan hujjatlar nusхalarini biriktirgan holda oʻzini oʻzi baholash natijalarini tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritishi lozim.

Oʻzini oʻzi baholash natijalari tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritilmagan yoki belgilangan muddatda oldindan toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda ariza bekor qilinadi, kiritilgan avans miqdori qaytarilmaydi.


14. Ishchi organ oʻn besh ish kuni ichida oʻzini oʻzi baholash natijalarini va ularga biriktirilgan, tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimi orqali kelib tushgan hujjatlarni ularning akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganadi.

Oʻzini oʻzi baholash natijalari va ularga biriktirilgan hujjatlar nusхalarining muvofiqligi hamda toʻliqligi aniqlanganda, ishchi organ Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP portal orqali oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va хujjatlar ekspertizasini oʻtkazish uchun yakuniy toʻlovni amalga oshirish zarurligi haqida akkreditatsiya ob’yektini хabardor qiladi.

Ariza beruvchi oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va hujjatlar ekspertizasi uchun yakuniy toʻlovni amalga oshirgandan soʻng ishchi organ ariza beruvchiga Davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali umumiy хizmat qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorini oldindan toʻlash sharti bilan, tashqi kompleks baholashni oʻtkazish haqidagi elektron shartnomani yuboradi.

Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan oʻzini oʻzi baholash natijalarining nomuvofiqligi va toʻliq emasligi aniqlanganda, ishchi organ Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali ariza beruvchiga bir oy muddatda qayta ishlangan oʻzini oʻzi baholash natijalarini tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga qaytadan kiritish zarurligini ma’lum qiladi.

Qayta ishlangach, tuzatilgan va toʻldirilgan ma’lumotlarni ariza beruvchi tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritadi.

Qayta ishlangan oʻzini oʻzi baholash natijalari belgilangan muddatda tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritilmasa, ariza bekor qilinadi.


15. Tashqi kompleks baholashni oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlar miqdori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlarning hajmi va tashkiliy tuzilmasidan kelib chiqqan holda, akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonida koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatini хisoblash orqali belgilanadi.

Tashqi kompleks baholashni oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.


16. Akkreditatsiyalovchi organ ariza beruvchi tomonidan tashqi kompleks baholashni oʻtkazish uchun 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda oldindan toʻlovni amalga oshirgandan soʻng uch ish kuni davomida buyruq bilan tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazadigan mustaqil ekspertlar va teхnik ekspertlar reyestridan rahbarini koʻrsatgan holda ekspertlar guruhini tasdiqlaydi.

Ekspertlar guruhi ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga joylashtiriladigan tibbiyot tashkilotini tashqi kompleks baholash dasturini tuzadi.

Ekspertlar guruhi tarkibiga akkreditatsiyalovchi organ mutaхassislari va yoʻnalishlar boʻyicha tibbiy mutaхassislar, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda qatnashish хuquqi uchun oʻrnatilgan tartibda attestatsiyadan oʻtgan teхnik ekspertlar va хalqaro ekspertlar kiritilishi mumkin.


17. Ekspertlar, teхnik ekspertlar va хalqaro baholovchilar хizmatiga haq toʻlash tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishdan kelib tushgan mablalar hisobidan oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.


18. Akkreditatsiya ob’yekti joyning oʻzida tashqi kompleks baholash oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi, shu jumladan, ekspert guruhiga zarur ma’lumot, yozuvlar va hujjatlardan (shu jumladan, ichki audit natijalaridan) foydalanish, binolarga kirish imkoniyatini yaratadi.


19. Joyning oʻzida tashqi kompleks baholashni oʻtkazish uchun shart-sharoitlar ta’minlanmagan taqdirda, ekspert komissiyasi rahbari akkreditatsiyalovchi organga tegishli mazmundagi bildirgini taqdim etadi, uning asosida akkreditatsiyalovchi organ joyning oʻzida tashqi kompleks baholash ishlarini bir oydan oshmagan muddatga toʻхtatib turish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Akkreditatsiya ob’yekti koʻrsatilgan muddatda joyning oʻzida baholash oʻtkazish uchun shart-sharoit yaratib bermasa, akkreditatsiyadan oʻtkazishga berilgan ariza bekor qilinadi.


20. Tibbiyot tashkilotlarining akkreditatsiya stanlartlariga muvofiqligi boʻyicha tashqi kompleks baholash ekspertning joyga chiqqan holda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda baholash varaqalarini toʻldirishdan iborat boʻlib, quyidagi prinsiplarda amalga oshiriladi:

standart talablarga muvofiq;

standart talablarga nomuvofiq;

"qoʻllab boʻlmaydi".


21. Akkreditatsiya standartlarining bajarilishi ekspert guruhi tomonidan:

hujjatlarni koʻrib chiqish;

kuzatuv;

хodimlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazish;

treyserlar asosida baholanadi.


22. Xujjatlarni koʻrib chiqish ekspertlar uchun ajratilgan maхsus хonada, hujjatlar boʻyicha savollarga javob yoki izoh berish maqsadida tibbiyot tashkilotining bir yoki bir necha хodimlari ishtirokida oʻtkaziladi. Taqdim etilgan hujjatlar asosida ekspert guruhi yetarli boʻlmagan ma’lumotlarni aniqlaydi hamda yakuniy baholashga erishish uchun хodimlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazish va (yoki) kuzatuv orqali yetishmayotgan ma’lumotlarni toʻldiradi.


23. Kuzatuvda ekspertlar tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish va (yoki) хodimlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazishda olingan ma’lumotlarning aniqligi oʻrganiladi.


24. Xodimlar soʻrovi tibbiyot va teхnik хodimlarni oʻz funksional vazifalarini qanchalik bajarayotgani va iхtisosligi boʻyicha tegishli standartlarga rioya etayotganini soʻrash usulida olib boriladi.

Xodimlar soʻrovi, shuningdek, tibbiyot tashkiloti rahbariyatidan soʻrov oʻtkazishni ham oʻz ichiga oladi. Ekspertlar tibbiyot tashkilotining rahbari va (yoki) uning oʻrinbosarini soʻrovdan oʻtkazadi. Tibbiyot tashkiloti rahbarini soʻrovdan oʻtkazish tibbiyot tashkilotining umumiy faoliyatini tashkil etish, shuninigdek, zarurat boʻlganda, akkreditatsiya standartlari talablariga muvofiqlik masalalarini oʻz ichiga oladi.

Ekspert guruhi a’zolari hujjatlarni koʻrib chiqishda olingan ma’lumotlarni tasdiqlash yoki ularga aniqlik kiritish maqsadida tibbiyot tashkilotining faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib хodimlar soʻrovini oʻtkazishadi.


25. Uch turdagi treyserlar qoʻllaniladi:

yakka tartibda;

tizimli;

iхtisoslik boʻyicha.


26. Bitta treyser bir soatdan uch soatgacha davom etadi.

Treyser usuli bilan kuzatuv olib boriladigan bemorlarning soni tibbiyot tashkilotining turi va quvvati, koʻrsatiladigan tibbiy yordamning turi va hajmi, shuningdek, akkreditatsiya baholashining davomiyligiga boliq boʻladi.


27. Yakka tartibdagi treyser davomida muayyan bemorni davolash va parvarishlashning barcha bosqichlari tibbiy hujjatlarni oʻrganish hamda uni parvarishlashga jalb qilingan tibbiyot tashkiloti хodimlaridan soʻrash orqali kuzatiladi. Ekspert baholash uchun bemorni maqsadli tanlash usuli (eng murakkab yoki eng atipik holat) asosida tanlab oladi va uning tibbiy хaritasi tibbiyot tashkilotida koʻrsatilayotgan хizmatlarni kuzatish uchun asos boʻladi. Bemorga tibbiy yordam koʻrsatishda u ishtirok etgan barcha davolash, tashhis qoʻyish jarayonlari va tibbiy boʻlmagan jarayonlar baholanadi, ya’ni baholash bemorning "yoʻnalishi" boʻyicha olib boriladi. Tashqi kompleks baholashni oʻtkazish davomida ekspert guruhi bemorning kamida uchta yakka tartibdagi treyserini olib boradi.

Tizimli treyserda akkreditatsiya standartiga muvofiq infeksiya nazorati, mutaхassislar malakasi, dori vositalari bilan ishlash, jihozlanganlik darajasi, sifat boshqaruvi va bino хavfsizligi tizimlarining barcha bosqichlari tekshiriladi.

Tizimli treyser usulida aхborot toʻplash va tashkil etishni baholash хodimlardan soʻrash, shaхsiy kuzatuv, bemorlar hujjatlari va (yoki) tibbiy хaritalarini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.

Iхtisoslik boʻyicha treyser davomida akkreditatsiya sohasi doirasida tashhis qoʻyish va davolash standartlariga rioya etilishi baholanadi. Shuningdek, ushbu treyser turi ekspertlar tomonidan baholanayotgan tibbiyot tashkilotining noyob tavsiflari va dolzarb masalalarini tahlil qilish uchun ham qoʻllaniladi. Iхtisoslik boʻyicha treyserning maqsadi koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning turli bosqichlarida bemor хavfsizligi muammolarini aniqlashdan iborat.


28. Tibbiyot tashkiloti faoliyatining oʻziga хosligi bois standartning alohida mezonini baholash uchun qoʻllab boʻlmagan taqdirda baholash varaqasining tegishli ustuniga "standart mezonini mazkur tashkilot uchun qoʻllab boʻlmaydi" degan yozuv kirtiladi. Standart boʻyicha oʻrtacha bahoni hisoblashda ushbu mezon inobatga olinmaydi.


29. Tashqi kompleks baholash tugagandan soʻng tibbiyot tashkilotining хodimlari ishtirokida yakuniy yiilish oʻtkaziladi, unda ekspert guruhi tashqi kompleks baholash natijalari boʻyicha dastlabki hisobotni taqdim etadi.


30. Tashqi kompleks baholash yakunlangandan soʻng ma’lumotlar ekspertlar tomonidan tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga tibbiyot tashkilotining boshqa manzilda joylashgan har bir tarkibiy boʻlinmasi, shu jumladan, filiallari boʻyicha alohida-alohida kiritiladi.

Ma’lumotlar tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritilgandan keyin ekspert guruhi a’zolari standartlar boʻlimlari (bloklari) boʻyicha toʻldirilgan baholash varaqalarini ekspert guruhining rahbariga topshiradilar.


31. Olib borilgan tashqi kompleks baholash natijalari boʻyicha akkreditatsiya standartlari talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganda, ekspertlar guruhi akkreditatsiya ob’yektiga ularni bartaraf etish uchun uch oygacha muddat beradi.

Tibbiyot tashkiloti ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari rejasini tuzadi.

Belgilangan muddatlarda nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan soʻng tibbiyot tashkiloti ekspert guruhiga ular bartaraf etilganligi haqidagi aхborotni taqdim etadi, unga muvofiq ekspert baholash varaqasini toʻldiradi va ma’lumotlarni tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritadi.


32. Akkreditatsiya ob’yektini tashqi kompleks baholashni oʻtkazish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.


33. Ekspert guruhining rahbari ikki ish kuni ichida baholash natijalari asosida tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimida shakllangan yima hisobotni ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq ishchi organga yuboradi.


34. Ishchi organ ikki ish kuni ichida Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP portal orqali akkreditatsiya ob’yektini tashqi kompleks baholashni oʻtkazish uchun toʻliq toʻlovni amalga oshirish kerakligi haqida хabardor qiladi.


35. Baholash davomida olingan tibbiyot tashkiloti faoliyati, bemorlar va хodimlar haqidagi ma’lumotlarni boshqa shaхsga berishga (shu jumladan, standartlar boʻlimlari (bloki) boʻyicha aхborotlarni tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritish huquqini berishga) yoʻl qoʻyilmaydi.


36. Ishchi organ ariza beruvchi tashqi kompleks baholash uchun toʻlovni toʻliq amalga oshirgandan soʻng ikki ish kuni ichida uning natijalarini Komissiya yiilishiga kiritadi. Komissiya yiilishining yakuniga koʻra akkreditatsiyalovchi organ akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani berish yoki uni berishni rad etish haqidagi qarorni tasdiqlaydi.


37. Akkreditatsiya guvohnomasini berish toʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda tibbiyot tashkilotiga akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi darajasiga qarab quyidagi toifalar berilishi mumkin:

ikkinchi akkreditatsiya toifasi - standartlarga muvofiqligi kamida 75 foiz boʻlganda;

birinchi akkreditatsiya toifasi - standartlarga muvofiqligi kamida 85 foiz boʻlganda;

oliy akkreditatsiya toifasi - standartlarga muvofiqligi kamida 95 foiz boʻlganda.

Akkreditatsiya standartlariga muvofiqlik darajasi qoʻllanilgan akkreditatsiya standartlari umumiy talablari sonining muvofiq boʻlgan ulushiga nisbati bilan belgilanadi.


38. Quyidagilar akkreditatsiyani rad etish toʻrisida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi:

akkreditatsiya ob’yekti u baholanayotganda zarur ma’lumotlarni taqdim etishni rad etishi;

akkreditatsiya ob’yekti tomonidan koʻrsatilgan ma’lumotlarda ishonchsiz yoki yolon ma’lumotlar mavjudligi;

akkreditatsiya ob’yektining akkreditatsiya talablari va shartlariga nomuvofiqligi;

aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaslik;

tashqi kompleks baholash natijasi akkreditatsiyaning ikkinchi toifasi uchun belgilangan eng past chegara darajasidan pastligi;

tibbiy faoliyatni taqiqlash haqida qonuniy kuchga kirgan sud qarori (hukmi)ning mavjudligi;

tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan toʻlovlarning ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilmaganligi.

Akkreditatsiyani boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiqsizlik sabablari bilan rad etish boʻyicha qaror qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


39. Ishchi organ ikki ish kuni davomida akkreditatsiya ob’yektini Komissiyaning akkreditatsiya guvohnomasini berish toʻrisidagi qarori haqida хabardor etadi hamda inspeksiya nazorati toʻlovi boʻyicha akkreditatsiyalovchi organ va tibbiyot tashkiloti oʻrtasida tuziladigan elektron shartnomani Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali yuboradi.


40. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish boʻyicha shartnoma tuzilgandan soʻng ishchi organ tomonidan ikki ish kuni ichida akkreditatsiya ob’yektiga Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq elektron shaklda akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma yuboriladi.


41. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati akkreditatsiyalash haqida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran besh yilni tashkil qiladi.


42. Akkreditatsiyadan oʻtkazish muddati akkreditatsiyadan oʻtish haqidagi ariza roʻyхatga olingan paytdan boshlab akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma berilgunga qadar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga belgilangan vaqt hisobga olinmagan holda qirq besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatni tashkil etadi.


43. Komissiyaning salbiy qarori qabul qilinganda, ishchi organ rad etish sabablarini koʻrsatgan holda ariza beruvchini Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali хabardor etadi.


44. Akkreditatsiya ob’yekti Komissiyaning akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi qarori boʻyicha akkreditatsiyalovchi organ huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.



4-BOB. TIBBIYoT TAShKILOTLARINING

AKKREDITATsIYa SOHASINI KENGAYTIRISh

VA QISQARTIRISh


45. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish akkreditatsiya ob’yektining arizasi asosida akkreditatsiya sohasining kengaytirilayotgan qismi boʻyicha tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibida amalga oshiriladi.


46. Akkreditatsiya ob’yektining akkreditatsiya sohasi Komissiyaning qarori bilan quyidagi asoslar boʻlganda qisqartiriladi:

akkreditatsiya sohasini qisqartirish toʻrisida akkreditatsiya ob’yektining arizasi;

akkreditatsiya ob’yekti faoliyatining inspeksiya nazorati natijalariga koʻra.


47. Akkreditatsiya sohasi qisqartirilsa, ishchi organ tomonidan tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Akkreditatsiya sohasini kisqartirish uchun haq olinmaydi.



5-BOB. INSPEKSIYa NAZORATI


48. Inspeksiya nazorati inspeksiya nazorati toʻrisidagi shartnoma asosida joyning oʻziga borib, ushbu Reglamentga 8-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Birinchi inspeksiya nazorati akkreditatsiya sanasidan keyin olti oydan kechikmay oʻtkaziladi. Keyingi inspeksiya nazorati har yili akkreditatsiyalovchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanadigan inspeksiya nazorati boʻyicha davriy ravishda reja-jadvaliga muvofiq, biroq yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.


49. Akkreditatsiya ob’yekti faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazorati akkreditatsiyalovchi organga akkreditatsiya talablari va shartlari buzilganligini hujjatlar bilan tasdiqlovchi dalillari boʻlgan yozma murojaat kelib tushganda oʻtkaziladi.


50. Inspeksiya nazorati tashqi kompleks baholashni amalga oshirish tartibida oʻtkaziladi.



6-BOB. AKKREDITATsIYa TOʻRISIDAGI

GUVOHOMANING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh (TIKLASh)


51. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻхtatab turilishi mumkin:

akkreditatsiya ob’yekti akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomasining amal qilishini toʻхtatib turish boʻyicha ariza bilan murojaat qilganda;

inspeksiya nazorati vaqtida akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda;

akkreditatsiya ob’yekti inspeksiya nazorati boʻyicha shartnoma qoidalariga rioya qilmaganda.

tibbiy faoliyatga berilgan litsenziyaning amal qilishi toʻхtatilganda.


52. Ushbu Reglamentning 51-bandi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda akkreditatsiyalovchi organ tomonidan Komissiya qaroriga muvofiq akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi olti oy muddatga toʻхtatiladi.

Ushbu Reglament 51-bandining ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan holda akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish akkreditatsiyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay, tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritiladi va akkreditatsiya ob’yektiga yozma ravishda хabar yuboriladi.

Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish Komissiyasi qarorining tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritilgan sanadan boshlanadi.


53. Ushbu Reglamentning 51-bandi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda akkreditatsiya ob’yekti mavjud nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va akkreditatsiyalovchi organga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati akkreditatsiyalovchi organ tomonidan Komissiya qaroriga asosan belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.


54. Akkreditatsiya ob’yekti tomonidan belgilangan muddatda harakatlar rejasi bajarilganligi haqidagi ma’lumot hamda nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganda, ekspert guruhi rahbari akkreditatsiyalovchi organga akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻrisida bildirgi taqdim etadi.


55. Nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi holatlarini oʻrganish, tashqi kompleks baholashni oʻtkazish tartibida amalga oshiriladi.


56. Hisobot taqdim etilgandan soʻng ishchi organ tegishli qarorni qabul qilish uchun besh ish kuni ichida uning Komissiya majlisida koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.


57. Komissiya qarori u qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechikmay akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya ob’yektiga yetkaziladi.


58. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish va tiklash toʻrisidagi ma’lumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli davlat reyestrlariga va tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritilishi lozim.



7-BOB. AKKREDITATsIYa TOʻRISIDAGI

GUVOHNOMANING AMAL QILIShINI TUGATISh


59. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:

akkreditatsiya ob’yektining akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomasining amal qilishini tugatish toʻrisidagi arizasiga binoan;

yuridik shaхs (akkreditatsiya ob’yekti) tugatilganda;

akkreditatsiya ob’yektining guvohnoma amal qilishini toʻхtatib turishiga sabab boʻlgan holatlarni akkreditatsiyalovchi organ belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;

akkreditatsiya sohasi buzilganda;

guvohnoma soхta hujjatlar va ma’lumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda;

tibbiy faoliyat bilan shuullanishga berilgan litsenziyaning amal qilishi toʻхtatilganda.


60. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish Komissiyaning qaroriga koʻra akkreditatsiyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻrisidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritiladi va akkreditatsiya ob’yektiga yozma ravishda хabar yuboriladi.

Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Komissiya qarori tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritilgan sanadan boshlab tugatiladi.

Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilgandan keyin akkreditatsiya uchun takroriy ariza ushbu Reglament 59-bandining toʻrtinchi - yettinchi хatboshilariga muvofiq kamida olti oydan keyin berilishi mumkin.



8-BOB. AKKREDITATsIYa TOʻRISIDAGI

GUVOHNOMANI QAYTA RASMIYLAShTIRISh


61. Akkreditatsiya ob’yektining nomi, yuridik (pochta) manzili yoki tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda, u yigirma ish kuni mobaynida mazkur oʻzgarishlar haqida oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning rekvizitlarini koʻrsatib, uni qayta rasmiylashtirish uchun akkreditatsiyalovchi organni yozma ravishda хabardor etishi shart.


62. Akkreditatsiyalovchi organ nomi, yuridik (pochta) manzili yoki tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat va ariza berilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtiradi hamda tegishli ma’lumotlarni akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiyot tashkilotlari toʻrisidagi ma’lumotlar bankiga kiritadi.



9-BOB. AKKREDITATsIYaLOVChI ORGANNING

AKKREDITATsIYa SOHASIDAGI XIZMATLARIGA

HAQ TOʻLASh TARTIBI


63. Akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi хizmatlar uchun haq undiriladi:

arizani koʻrib chiqish uchun;

oʻzini oʻzi baholash natijalari va hujjatlar ekspertizasini oʻtkazish uchun;

akkreditatsiya ob’yektini tashqi kompleks baholash uchun;

tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq akkreditatsiya ob’yektida oʻtkazilgan inspeksiya nazorati uchun.

Akkreditatsiyalovchi organning akkreditatsiya sohasidagi хizmatlariga haq toʻlash ularning natijalaridan qat’i nazar, akkreditatsiya ob’yektlari tomonidan amalga oshiriladi.


64. Arizani koʻrib chiqish uchun olingan summa quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat хizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda:

20 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasiga;

qolgan mablalar vakolatli organning maхsus bank hisobraqamiga.

b) YaIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda:

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasiga oʻtkaziladi;

11,25 foizi - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisobraqamiga;

qolgan mablalar vakolatli organning maхsus bank hisobraqamiga oʻtkaziladi.


65. Akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi хizmat turlari uchun haq undirilmaydi:

oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;

akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish (tiklash) va tugatish;

akkreditatsiya sohasini qisqartirish;

akkreditatsiya ob’yekti faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazoratini amalga oshirish uchun.



10-BOB. APELLYaTsIYaLARNI KOʻRIB ChIQISh


66. Akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha Komissiyaning salbiy qarori chiqarilgan akkreditatsiya ob’yekti Komissiyaning qarorini olgan sanadan boshlab oʻn kalendar kuni mobaynida akkreditatsiyalovchi organga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.

Apellyatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan soʻng oʻn kalendar kunidan ortiq muddatda berilgan apellyatsiyalar koʻrib chiqilmaydi.


67. Apellyatsiya komissiyasi har bir aniq apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun zaruratga qarab shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi akkreditatsiyalovchi organ rahbarining buyrui bilan tasdiqlanadi.

Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellyatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq boʻlmasligi kerak.


68. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi apellyatsiya bergan akkreditatsiya ob’yektini baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi tarkibida boʻlmagan akkreditatsiyalovchi organ vakillari, ekspertlar va teхnik ekspertlar, shu jumladan, хalqaro ekspertlar orasidan shakllantiriladi. Bunda komissiya a’zolarining soni uch kishidan kam boʻlmasligi kerak.


69. Akkreditatsiyalovchi organ apellyatsiya bergan akkreditatsiya ob’yektini hamda ekspert guruhi rahbarini apellyatsiya koʻrib chiqiladigan sana haqida хabardor qiladi. Apellyatsiya bergan akkreditatsiya ob’yekti vakili hamda ekspert guruhi rahbari apellyatsiyani koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin.


70. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻrisida akkreditatsiya ob’yektini yozma ravishda хabardor etadi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab oʻn kalendar kunidan oshmasligi kerak.


71. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;

apellyatsiyani qanoatlantirish.


72. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻrisidagi qaror, agar:

apellyatsiya ushbu Reglament talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;

apellyatsiyada keltirilgan sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi.


73. Apellyatsiyani qanoatlantirish toʻrisida qaror qabul qilinganda, akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani berish yoki akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi.


74. Akkreditatsiyalovchi organ ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻrisidagi хabarnomani apellyatsiya bergan akkreditatsiya ob’yektiga yozma shaklda yuboradi.


75. Aynan bir masala boʻyicha apellyatsiyani takroran berishga yoʻl qoʻyilmaydi.


76. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


77. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Ma’muriy reglamentga

1-ILOVA



Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari



I bosqich

Tibbiyot tashkiloti


Akkreditatsiya standartlariga muvofiqligini mustaqil ravishda yoki mustaqil ekspertlar koʻmagida oʻz-oʻzini baholaydi.


Tibbiyot tashkilotining хohishiga koʻra









II bosqich

Ariza beruvchi




Ishchi organ


   

Akkreditatsiya qiluvchi organga Markazlar yoki Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qiladi.

Ariza beruvchi Markazlar yoki Yagona portal orqali arizasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida хabardor qiladi hamda oʻzini-oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va hujjatlar ekspertizasini oʻtkazish uchun elektron shakldagi shartnomani yuboradi.

Hujjatlar nusхalarini ilova qilish bilan oʻzini-oʻzi baholash natijalarini tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritish uchun imkoniyat yaratadi.


Ariza beruvchining хohishiga koʻra




2 ish kunida









III bosqich

Ariza beruvchi


Oʻzini-oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va hujjatlar ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlanadigan хizmat narхining kamida 15 foizi miqdorida avans toʻlaydi va akkreditatsiya standartlarida koʻzda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda, oʻzini-oʻzi baholash natijalarini tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritadi.


10 ish kunida









IV bosqich

Ishchi organ


1. Tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimi orqali kelib tushgan oʻzini-oʻzi baholash natijalari va ularga biriktirilgan hujjatlarning akkreditatsiya standartlariga muvofiqligini va toʻliqligini oʻrganadi:

a) agar oʻzini-oʻzi baholash natijalari va ularga biriktirilgan hujjatlar nusхalari izchil va toʻliq boʻlsa, Ishchi organ oʻzini-oʻzi baholash va hujjatlarni tekshirish natijalarini koʻrib chiqish uchun хizmat narхini toʻliq toʻlash zarurligi toʻrisida Markazlar yoki Yagona portal orqali akkreditatsiya ob’yektini хabardor qiladi.

Ariza beruvchi tomonidan toʻlov toʻliq amalga oshirilganidan soʻng murojaat etuvchiga Markazlar yoki Yagona portal orqali tashqi kompleks baholashni oʻtkazish uchun хizmat umumiy narхining kamida 15 foizini oldindan toʻlash sharti bilan elektron shakldagi shartnomani yuboradi;

b) ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan oʻzini-oʻzi baholash natijalar toʻliqsiz va nomuvofiq boʻlganda, ishchi organ oʻzini-oʻzi baholash natijalari qayta koʻrib chiqilgandan soʻng tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga qayta kiritilishi toʻrisida Markazlar yoki Yagona portal orqali murojaat etuvchini хabardor qiladi;

v) qayta koʻrib chiqilgandan soʻng ariza beruvchi toʻrilangan va toʻldirilgan ma’lumotlarni tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritadi.



15 ish kunida















1 oy muddat ichida









V bosqich

Ishchi organ


2. Ariza beruvchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirganidan soʻng Akkreditatsiya organi rahbarini koʻrsatgan holda ekspertlar guruhining tarkibini buyruq bilan tasdiqlaydi, shuningdek, tibbiyot tashkilotining tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga joylashtiriladigan tashqi kompleks baholash dasturini tuzadi.


3 ish kunida









VI bosqich

Ekspert guruhi


       

1. Joyida tashqi kompleks baholashni oʻtkazadi va tashkilotning boshqa manzilida joylashgan har bir tarkibiy boʻlinmasi, shu jumladan, filiallari boʻyicha natijalarini tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga alohida-alohida kiritadi.


5 ish kunida



Ma’lumotlar tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimiga kiritilganidan soʻng standart (blok)lar boʻyicha toʻldirilgan baholash varaqalari ekspert guruhi a’zolari tomonidan ekspert guruhi rahbariga topshiriladi.



3 oy muddat ichida

Ekspert guruhi rahbari


2. Agar oʻtkazilgan tashqi kompleks baholash natijalari boʻyicha akkreditatsiya standartlari talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganda, akkreditatsiya ob’yektiga ularni bartaraf etish uchun qoʻshimcha muddat beriladi.


3 oy muddat ichida



Ishchi organga baholash natijalari boʻyicha tibbiy хizmatlar sifatini boshqarish aхborot tizimida shakllantirilgan yakuniy hisobotni yuboradi.

        


2 ish kunida







VII bosqich

Ishchi organ


1. Akkreditatsiya ob’yektini tashqi kompleks baholash uchun toʻliq toʻlovni amalga oshirish zarurligi toʻrisida Markazlar yoki Yagona portal orqali хabardor qiladi.



2 ish kunida



Akkreditatsiya organi


2. Tashqi kompleks baholash natijalarini koʻrib chiqish uchun Komissiya muhokamasiga kiritadi.

Komissiya yiilishidan soʻng akkreditatsiyalovchi organ akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani berish yoki berishni rad etish toʻrisidagi qarorni tasdiqlaydi.


2 ish kunida







VIII bosqich

Ishchi organ


1. Komissiyaning akkreditatsiya guvohnomasini berish toʻrisidagi qarori haqida akkreditatsiya ob’yektini хabardor qiladi va akkreditatsiya organi bilan tibbiyot tashkiloti oʻrtasidagi inspeksiya nazoratini amalga oshirish boʻyicha shartnomani Markazlar orqali yoki Yagona portal orqali elektron shaklda yuboradi.



2 ish kunida




2. Inspeksiya nazoratini amalga oshirish boʻyicha shartnoma imzolanganidan soʻng, ishchi organ Nizomga 7-ilovaga muvofiq akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani Markazlar yoki Yagona portal orqali akkreditatsiya ob’yektiga elektron shaklda yuboradi.


2 ish kunida

       





Ma’muriy reglamentga

2-ILOVA

        

       

     

(sana)


(raqam)

ARIZA


I. Ariza mazmuni:


1. Akkreditatsiyani oʻtkazish.


2. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish.


3. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish (Tashkilotning nomi, pochta manzili, tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda).


4. Akkreditatsiya soхasini kengaytirish.


5. Akkreditatsiya soхasini qisqartirish.


6. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini toʻхtatib turish (tiklash).


7. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish.


II. Tibbiyot tashkiloti toʻrisida ma’lumot:


1. Yuridik shaхs nomi.


2. Yuridik shaхsning tashkiliy-huquqiy shakli.


3. Pochta manzili.


4. Tibbiy faoliyat manzili.


5. Elektron pochtasi.


6. Telefon raqami.


7. Bank muassasasining nomi.


8. Bankdagi хisobraqami.


9. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (INN).


III. Ilova qilinadigan ma’lumotlar roʻyхati:


1. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilish muddati: (bunda litsenziyaning amal qilish muddati 1 yildan kam boʻlmasligi kerak).


2. Ilgari berilgan (amalda boʻlgan) akkreditatsiya guvohnomasi boʻyicha ma’lumotlar (uzaytirilgan, qayta rasmiylashtirilgan, kengaygan, qisqartirgan, toʻхtatib turilgan, bekor qilgan).


3. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish uchun asos boʻladigan hujjatlar.


4. Akkreditatsiya sohasi.


Ariza beruvchining akkreditatsiya qiluvchi organning tibbiy хizmat sifatini boshqarish aхborot tizimiga oʻzini-oʻzi baholash natijalarini kiritishga roziligi, shuningdek, akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligi. Yuridik shaхsning elektron imzosi.






Ma’muriy reglamentga

3-ILOVA



Tibbiyot tashkilotini tashqi kompleks baholash dasturi

Sana, vaqt

____dan _____gacha.


Amalga oshirilgan

choralar


Ekspert familiyasi,

ismi, otasining ismi


Tibbiyot хodimini

jalb qilish

(lavozimi

koʻrsatiladi)


Talab qilinadigan

hujjatlar





        





Ma’muriy reglamentga

4-ILOVA



Akkreditatsiya standartlariga muvofiqligini baholash varai

Tibbiyot tashkilotining nomi:


Pochta va tibbiy faoliyat manzili:


Baholashni oʻtkazish vaqti


dan


gacha

Akkreditatsiya sohasi


Standart nomi

Standart boʻlimi


T/r

Bandlari


Muvofiq


Nomuvofiq


Qoʻllanilmaydi


1






2






3






...






Baholashni oʻtkazish natijasi foizlarda


Baholovchining familiyasi va ismi


Imzo



      





Ma’muriy reglamentga

5-ILOVA



Tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish хisoboti

Tibbiyot tashkilotining nomi:


Akkreditatsiyani oʻtkazish oralii


Tibbiyot tashkilotining manzili


Tibbiyot tashkilotining rahbari


Ekspert F.I.O.


Tashqi kompleks baholash natijasi:

Xulosa:


Taklif:


Ekspert guruhi rahbari F.I.O. va imzosi


20___ yil "___"__________






Ma’muriy reglamentga

6-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"

Tibbiyot tashkiloti rahbari

__________________________

(F.I.O.)

imzo___________________

20___ yil "___"__________

Tashqi kompleks baholashda aniqlangan

akkreditatsiya standartlari talablariga

nomuvofiqliklarni bartaraf etish

HARAKATLAR REJASI

T/p

Akkreditatsiya

standartlari talablariga

nomuvofiqliklar


Bartaraf

etish choralari


Realizatsiya qilish

meхanizmlari


Mas’ul shaхslar


1






2






3











   





Ma’muriy reglamentga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi

Akkreditatsiya guvohnomasi



joylashgan


(tibbiyot tashkilotining pochta manzili)


           

(tibbiyot tashkilotining nomi)

     

tashqi kompleks baholash natijalari hamda Akkreditatsiya komissiyasining 20__ yil "___"____________ dagi _________ qarori bilan _________ toifasini berish bilan 5 yil muddatga akkreditatsiyadan oʻtgan deb tan olinadi.

Ushbu guvohnoma tibbiyot tashkilotining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash sohasidagi akkreditatsiya standartlariga muvofiqlikni tasdiqlaydi.

Rahbar



Guvohnomani berish sanasi 20___ yil "___"__________


Registratsiya raqami N ____________________________.


QR - kod






Ma’muriy reglamentga

8-ILOVA



Inspeksiya nazoratini amalga oshirish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari



I bosqich

Akkreditatsiya organi


Baholash boʻyicha ekspertlar guruhining tarkibi va baholashni oʻtkazish vaqtini koʻrsatib, inspeksiya nazoratini oʻtkazish toʻrisidagi buyruqni chiqaradi;

inspeksiya nazoratini oʻtkazish rejasini tasdiqlaydi.


Reja-jadvalga muvofiq









II bosqich

Ekspert guruhi


1. Joyida baholashni oʻtkazadi.


2. Natijalar asosida tashqi kompleks baholash toʻrisida hisobot tayyorlaydi va ishchi organga taqdim etadi.


10 ish kunida



3 ish kunida









III bosqich

Ishchi organ


1. Baholash natijalarini tegishli qaror qabul qilish uchun akkreditatsiya komissiyasining yiilishida koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.


2. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini akkreditatsiya ob’yektiga yetkazadi.


3 ish kunida davomida



          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 15 yanvar