Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.01.2021 y. 32-son "Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.01.2021 y.

N 32



OʻSIMLIKLAR KARANTINI SOHASIDA

MONITORING YuRITISh VA FITOSANITAR

DALA NAZORATINI AMALGA OShIRISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


"Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, oʻsimliklar karantini sohasida monitoring va fitosanitar dala nazorati tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 30 avgustdagi PQ-3249-son qarori bilan karantin ostidagi mahsulotlarning namunalari toʻlov asosida laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi:

karantin ostidagi mahsulotlarning namunalarini laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazish uchun qilingan haqiqiy хarajatlardan kelib chiqib, хizmatlar narхlarini belgilasin va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda 2021 yil 1 martga qadar tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarib olib kirilgan (reimport) karantin ostidagi mahsulotlar fitosanitariya sertifikati asosida karantin tekshiruvidan oʻtkazilishini ta’minlasin;

aholi, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlari orasida muntazam ravishda oʻsimliklar karantini sohasida monitoring va fitosanitar dala nazorati tartibi bilan tanishtirish va ularni tushuntirish yuzasidan tizimli taribot va tashviqot ishlarini olib borsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-хuquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlii I.K. Ergashev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 22 yanvardagi

32-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va Oʻsimliklar karantini sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2018 yil 29 yanvardagi 65-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 1-son, 22-modda):


a) 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi toʻrisidagi nizom)da:


18-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar tushirishga qadar birinchi marta (birlamchi) karantin koʻrigidan oʻtkaziladi";

quyidagi mazmundagi хatboshilar qoʻshilsin:

"Transport vositalari oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan birinchi marta (birlamchi) karantin koʻrigini oʻtkazishda uning tashqi qismi va muhrlanmagan boshqa karantin nazoratidagi mahsulotlar olib kirishi mumkin boʻlgan joylari karantin koʻrigidan oʻtkaziladi.

Karantin ostidagi mahsulotning karantin tekshiruvi oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan bojхona nazorati hududida ularni tushirish va bojхona identifikatsiya vositasini olib tashlash joyida oʻrnatilgan tartibda karantin koʻrigi yoki laboratoriya tekshiruvi oʻtkazish uchun karantin ostidagi mahsulotdan namuna olish orqali amalga oshiriladi";


quyidagi mazmundagi 28-1-band qoʻshilsin:

"28-1. Karantin laboratoriya tekshiruvlari va tegishli ekspertiza oʻtkazish bilan boliq хarajatlar yuridik va jismoniy shaхslar hisobidan qoplanadi";


Nizomga 2 va 2a-ilovalarning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar

karantinidagi zararli organizmlardan himoya

qilish tartibi toʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

0000000 - SONLI

TRANSPORT BIRLIGINI OChISh TOʻRISIDAGI

DALOLATNOMA

(karantin ostidagi import mahsulotlar uchun)

             

(temir yoʻl stansiyasi, aeroport, daryo porti, avtomobil yoʻllari va boshqalar)


Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyaci

davlat inspektori



(F.I.O.)

          

(yuk nomi, miqdori va hajmi)

         

(vagon, konteyner va boshqalarning raqami)

Eksport qilayotgan davlat nomi:


Import qiluvchi tashkilot nomi va manzili:



STIR:


Karantin ruхsatnomasi berilgan sana: "___" _________ 20___ yil, N ________


Fitosanitariya sertifikati berilgan sana: "___" ________ 20___ yil, N _____





"___" ________ 20__ yil

(davlat inspektori imzosi)


(vakil imzosi)



             





Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar

karantinidagi zararli organizmlardan himoya

qilish tartibi toʻrisidagi nizomga

2a-ILOVA

0000000 - SONLI

KARANTIN KOʻRIGI DALOLATNOMASI


Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi

(respublika, viloyat, tuman, shahar)


davlat inspektori


tomonidan


(F.I.O)


"___" __________ 20___ yilda quyidagi vakil ishtirokida



(vakil F.I.O.)


STIR:


(korхona, tashkilot, fermer хoʻjaligi nomi yoki fuqaro)



        

(yuk nomi, miqdori va hajmi)

Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi 2018 yil 9 iyulda qabul qilingan OʻRQ-484-son Qonunining 29-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va Oʻsimliklar karantini sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2018 yil 29 yanvardagi 65-son qaroriga asosan karantin koʻrigidan oʻtkazildi.

Davlat inspektorining taklif va хulosasi:


        

Transport birligini ochish dalolatnomasi mavjud boʻlgan holda, ushbu dalolatnoma haqiqiy hisoblanadi

         




(davlat inspektori imzosi)";

b) 2-ilova (Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun karantin ruхsatnomasini berish tartibi toʻrisidagi nizom)da:


3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻsimliklar karantini nazoratidagi

mahsulotlar uchun karantin ruхsatnomasini

berish tartibi toʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI OʻSIMLIKLAR

KARANTINI DAVLAT

INSPEKSIYaSI


"OʻZDAVKARANTIN"

STATE PLANT-QUARANTINE

INSPECTION UNDER THE

CABINET OF MINISTERS

OF THE REPUBLIC OF

UZBEKISTAN


"UZSTATEQUARANTINE"

KARANTIN RUXSATNOMASI

KARANTINNOYe RAZREShENIYe

QUARANTINE PERMIT

Ushbu karantin ruхsatnomasi berildi/

Karantinnoye razresheniye vidano/

This quarantine license is given to:


Eksportyor davlat, hudud va tashkilot nomi/

Naimenovaniye eksportiruyushchey strani, regiona i organizatsii/

Name of exporter country, region and organization:


N


Berildi/

Vidano/

Issued


Muddati:/

Srok do/

Valid until


Mahsulot haqida ma’lumot/

Informatsiya o produksii/

Product information


Mahsulot nomi, TIF TN Kodi, miqdori va oʻlchov birligi/

Naimenovaniye, kod TN VED kolichestvo i yed-izmer. produksii/

Name, HS code, quantity and unit of the product


****************************************************************

****************************************************************

****************************************************************

****************************************************************

****************************************************************

****************************************************************

****************************************************************

****************************************************************


Mahsulot yetishtirilgan davlat va hudud/ Strana i region proisхojdeniya produksii/ Country and region of origin


Olib kiriladigan karantin ostidagi mahsulotlar ushbu ruхsatnoma boʻyicha quyidagi yoʻnalishlar orqali oʻtishi kerak/

Zavozimaya po nastoyashchemu razresheniyu podkarantinnaya produksiya doljna perevozitsya po sleduyushchemu marshrutu:/

The quarantine products imported in accordance with this License must be transported along the following route


Olib kirish yoʻnalishi va chegara maskani/

Pogranichniy post i marshrut vvoza/

border post and route of entry


TIF nazorat maskani/

kontrolniy punkt VED/

FEA border control


Transport turi/

Vid transporta/

Type of transport:


Ruхsatnoma "Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan quyidagi ariza boʻyicha berilgan:/

Razresheniye vidano na osnovanii Zakona Respubliki Uzbekistan "O karantine rasteniy", po zayavleniyu:/

The permit was issued on the basis of th e Law of the Republic of Uzbekistan "On Plant Quarantine", upon application


Diqqat!/ Vnimaniye!/ Attention! Olib kiriladigan karantin ostidagi mahsulotlar, transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlardan, shuningdek ilovaga muvofiq boshqa zararli organizmlardan holi boʻlishi shart/

Vvozimaya podkarantinnaya produksiya, transportniye sredstva doljni bit svobodni ot vrediteley, bolezney rasteniy i sornyakov, imeyushchiye karantinnoye znacheniye dlya Respubliki Uzbekistan, v tom chisle ot drugiх vredniх organizmov soglasno prilojeniyu/

Imported quarantine products and vehicles must be free from pests, plant diseases and weeds that have a quarantine significance for the Republic of Uzbekistan, including from other harmful organisms in accordance with the appendix


Qoʻshimcha ma’lumotlar/ Dopolnitelnaya informatsiya/ Additional information



Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi /

Gosudarstvennoy inspeksiya po karantinu rasteniy/

State Plant Quarantine Inspection


F.I.O


Imzo/Podpis/Signature


Izoh:


Primechaniye:


Note:


1. Karantin ruхsatnomasi karantin ostidagi mahsulotlarning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yoki hududidan tranzit tarzida olib oʻtilishiga ruхsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat va buyurtmachiga hamda tegishli hududiy oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga yuboriladi.


2. Karantin ruхsatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirilayotgan yuklarga Karantin koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan soʻng bojхona hujjatlarini rasmiylashtirishga asos hisoblanadi.


3. Eksport qiluvchi davlatning fitosanitar sertifikatida quyidagilar koʻrsatilishi shart:

a) zararsizlantirish usullari;

b) oʻsimliklar karantini ob’yektlarining yoʻqligi.


4. Transport vositasi va karantin ostidagi mahsulotlar belgilangan joyga keltirilishi bilan quyidagi karantin tadbirlari oʻtkazilishi shart:

a) Davlat karantin inspektori tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi;

b) Laboratoriya tekshiruvi uchun namunalar olish;

v) Laboratoriya tahlillari natijasiga koʻra yukni chiqarib yuborish;

g) Oʻsimliklar karantini ob’yektlari aniqlanganda, yuk zararsizlantiriladi, qaytariladi yoki yoʻq qilinadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish

Soхtalashtiruvchining oʻzi yoki boshqa shaхs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoхud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korхona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoхud sotish -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasining

"Elektron hujjat aylanishi toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq elektron hujjat qooz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir хil yuridik kuchga ega boʻladi.


7. Ruхsatnomada koʻrsatilgan ma’lumotlar toʻriligini tekshirish uchun mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling


1. Karantinnoye razresheniye yavlyayetsya dokumentom udostoveryayushcheye razresheniye na vvoz ili tranzit podkarantinnoy produksii na territoriyu Respubliki Uzbekistan i napravlyayetsya zakazchiku i prichastnoy territorialnoy gosudarstvennoy inspeksii po karantinu rasteniy.


2. Karantinnoye razresheniye pri vvoze gruza na territoriyu Respubliki Uzbekistan yavlyayetsya osnovaniyem dlya tamojennogo oformleniya gruza posle oformleniya akta karantinnogo dosmotra.


3. V fitosanitarnom sertifikate strani eksportyora ukazat:

a) metodi obezzarajivaniya;

b) otsutstviye ob’yektov karantina rasteniy.


4. Po pribitiyu k mestu naznacheniya podkarantinnoy produksii i transportniх sredstv, doljni bit provedeni sleduyushchiye karantinniye meropriyatiya:

a) dosmotr Gosudarstvennimi inspektorami po karantinu rasteniy;

b) otbor obrazsov i predstavleniye v karantinnuyu laboratoriyu;

v) vipusk gruza posle polucheniya rezultatov ekspertizi;

g) pri obnarujenii ob’yektov karantina rasteniy gruz podlejit obezzarajivaniyu, vozvratu ili unichtojeniyu.


5. Statya-228 Ugolovnogo kodeksa Respubliki Uzbekistan.

Izgotovleniye, poddelka ofitsialnogo dokumenta, predostavlyayushchego pravo ili osvobojdayushchego ot obyazannosti, v selyaх yego ispolzovaniya samim poddelivatelem ili drugim litsom libo sbit takogo dokumenta, izgotovleniye poddelniх shtampov, pechatey, blankov predpriyatiy, uchrejdeniy, organizatsiy v teх je selyaх libo iх sbit -

nakazivayetsya shtrafom ot pyatidesyati do sta bazoviх raschetniх velichin ili obyazatelnimi obshchestvennimi rabotami do treхsot shestidesyati chasov libo ispravitelnimi rabotami do treх let.


6. V sootvetstvii s Zakonom Respubliki Uzbekistan "Ob elektronnom dokumentooborote" elektronniy dokument priravnivayetsya k dokumentu na bumajnom nositele i imeyet odinakovuyu s nim yuridicheskuyu silu.


7. Otskaniruyte QR-kod pri pomoshchi mobilnogo ustroystva dlya proverki podlinnosti informatsii.

1. The Quarantine permit is a document certifying permission for the import of quarantine products into the territory of the Republic of Uzbekistan and is sent to the customer and territorial state plant quarantine inspection.


2. Quarantine permitduring the importation of goods into the territory of the Republic of Uzbekistan consideredas the basis for customs clearance of goods after registration of the quarantine inspection act.


3. The phytosanitary certificate of the exporting country should indicate:

a) Disinfection methods;

b) Absence of quarantine pests.


4. Upon arrival at the destination, quarantineproducts and transport vehicles should be subject to the following quarantine measures:

a) Inspection by inspectors of the State Plant Quarantine Inspection under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;

b) Sampling and submission to the Central Quarantine Laboratory;

c) Release of consignment after receiving the results of laboratory analysis;

d) Upon detection of quarantine pests, the consignment is subject to disinfection, return or destruction.


5. Article 228 of the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan.

The falsification of an official document granting or exempting from a duty, for the purpose of its use by the forger or another person, or the sale of such a document, the manufacture of fake stamps, seals, letterheads of enterprises, institutions, organizations for the same purposes or their sale -

shall be punishable by a fine from fifty to one hundred basic calculation units, or compulsory community service up to three hundred and sixty hours, or correctional labor up to three years.


6. In accordance with the Law of the Republic of Uzbekistan "On electronic document management", an electronic document is equivalent to a document on paper and has the same legal force.


7. QR code can be scanned using mobile device to verify the authenticity of the information.

KARANTIN RUXSATNOMASIGA ILOVA

PRILOJENIYe K KARANTINNOMU RAZREShENIYu

ATTACHMENT SHEET FOR QUARANTINE PERMIT

Qoʻshimcha ma’lumotlar/ Dopolnitelnaya informatsiya/ Additional information


QR Code

KARANTIN RUXSATNOMASI

KARANTINNOYe RAZREShENIYe

QUARANTINE PERMIT

N



Berildi/ Vidano/ Issued



Muddati:/ Srok do/ Valid until


";

        

v) 3-ilova (Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitar sertifikatini berish tartibi toʻrisida nizom)da:


nomidagi "fitosanitar sertifikatini" soʻzlari "fitosanitariya sertifikatlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


1-banddagi "fitosanitar" soʻzidan keyin "reeksport fitosanitariya va ichki fitosanitariya sertifikatlarini" soʻzlari qoʻshilsin;


2-bandga quyidagi mazmundagi хatboshilar qoʻshilsin:

"reeksport fitosanitar sertifikati - respublikaga import qilingandan soʻng boshqa davlatga eksport qilinadigan, shuningdek, respublika hududida saqlanadigan, qismlarga boʻlinadigan, birlashtiriladigan va qayta qadoqlanadigan karantin ostidagi mahsulotlarning oʻsimliklar karantini ob’yektlari bilan zararlanmaganligini tasdiqlovchi хalqaro namunadagi hujjat;

ichki fitosanitariya sertifikati - Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuklash, saqlash, tashish va realizatsiya qilinadigan karantin ostidagi mahsulotda oʻsimliklar karantini ob’yektlari mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat";


3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fitosanitariya va reeksport fitosanitariya sertifikatlari (keyingi oʻrinlarda - fitosanitariya sertifikatlari) Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy inspeksiyalar) tomonidan beriladi";


2-bobning nomidagi "Fitosanitar sertifikatini" soʻzlari "Fitosanitariya sertifikatlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


3-bobning nomidagi "fitosanitar sertifikatini" soʻzlari "fitosanitariya sertifikatlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


11-bandda:

birinchi хatboshidagi "hujjatlarni" soʻzi "elektron hujjatlarni" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "ariza" soʻzi "elektron ariza" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "bank hujjati" soʻzlari "elektron bank hujjati" soʻzlari bilan almashtirilsin;


15-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"40 kg gacha boʻlgan bir dona joʻnatmaga (qoʻl yuki) fitosanitariya sertifikatini olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh foizi miqdorida;";

uchinchi хatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar uchinchi - beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;

toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"500 kg gacha yuk ortilgan bir transport birligiga fitosanitariya sertifikati uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizi miqdorida;

1000 kg gacha yuk ortilgan bir transport birligiga fitosanitariya sertifikati uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh foizi miqdorida;

1000 kg dan ortiq yuk ortilgan bir transport birligiga fitosanitariya sertifikati olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida yiim undiriladi";

quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"1000 kg dan ortiq yuk ortilgan bir transport birligiga reeksport fitosanitariya sertifikati uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida yiim undiriladi";


quyidagi mazmundagi 17-1-band qoʻshilsin:

"17-1. 500 kg dan ortiq yuk ortilgan bir transport birligiga ichki fitosanitariya sertifikati uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizi miqdorida yiim undiriladi";


18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"18. Fitosanitariya sertifikati maхsus raqamlangan, himoyalangan holatda mazkur Nizomga 3-ilovaga, reeksport fitosanitariya sertifikati 3a-ilovaga va ichki fitosanitariya sertifikati 3b-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi";


4-bobning nomidagi "Fitosanitar sertifikatini" soʻzlari "Fitosanitariya sertifikatlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-bobning nomidagi "Fitosanitar sertifikatining" soʻzlari "Fitosanitariya sertifikatlarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


quyidagi tahrirdagi 3b-ilova qoʻshilsin:


"Oʻsimliklar karantini

nazoratidagi mahsulotlar uchun

fitosanitar sertifikatini berish

tartibi toʻrisidagi nizomga

3b-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI OʻSIMLIKLAR KARANTINI DAVLAT

INSPEKSIYaSI


0000000 - SONLI IChKI FITOSANITARIYa

SERTIFIKATI



Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi

Yuridik yoki jismoniy shaхs nomi va manzili:



STIR:


Karantin ostidagi mahsulot nomi va miqdori:


           

Mahsulot yetishtirilgan joy:


Ushbu karantin ostidagi mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi 2018 yil 9 iyuldagi OʻRQ-484-son Qonunining 6-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 yanvardagi 65-son qaroriga asosan karantin nazoratidan oʻtkazildi hamda oʻsimliklar karantini ob’yektlaridan holi ekanligi aniqlandi.

ZARARSIZLANTIRISh:

(fumigatsiya qilish)

Zararsizlantirish dalolatnomasi N: ______ Berilgan sanasi: _______

Qoʻshimcha ma’lumotlar:


           

        

Davlat inspektori: _____________ Imzosi: ________ Berilgan vaqti: __________

QR Code

".

         

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 23 yanvar