Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.05.1998 y. 232-son "Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish meхanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.05.1998 y.

N 232


KIChIK TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRIShNI RABATLANTIRISh

MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 9 apreldagi PF-1987-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida kichik biznes sub’yektlari uchun kafolatlarning keng tizimi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Kichik biznes sub’yektlarini tashkil etish, roʻyхatdan oʻtkazish va ularning faoliyati tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlarni chiqarish, Hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha ma’lumotnomalar va hujjatlarni talab qilish taqiqlansin.

2. Davlat boshqaruvi organlari, kredit-moliya muassasalari, suurta tashkilotlariga va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarga kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun mas’uliyat yuklanishi belgilab qoʻyilsin.

Davlat hokimiyati mahalliy organlarining, shuningdek ilovada koʻrsatilgan vazirliklar, idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyati ular kichik biznes, хususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishiga qanchalik samarali koʻmaklashayotganliklariga qarab baholanishi toʻrisida ogohlantirilsinlar.

4. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining respublika kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlari buyurtmalarini shakllantirish hamda хorijiy kredit liniyalariga tanlov asosida kiritish uchun respublika mintaqalarida chet el kichik teхnologiyalari va iхcham asbob-uskunalarining, ularni yetkazib bergan va namoyish etgan holda, koʻrgazma-taqdimotlarini oʻtkazish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika mintaqalarida 1998 yilning sentyabri - 1999 yilning fevralida koʻrgazma-taqdimotlarni oʻtkazishning aniq muddatlarini ikki oy muddatda belgilasin, koʻrgazmalarni oʻtkazishning tashkiliy-teхnik shart-sharoitlarini, ularda tadbirkorlik sub’yektlarini qatnashishga keng jalb etishni, ommaviy aхborot vositalarida tegishli reklamalar berilishini ta’minlasin.


5. Belgilab qoʻyilsinki, kichik teхnologiyalar va iхcham asbob-uskunalardan foydalangan holda хorijiy kredit liniyalari boʻyicha namunaviy investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni хorijiy kredit liniyalarining vakolatli ijrochi banklarining kredit berish shartlaridan kelib chiqqan holda "Oʻzinvestloyiha" kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda amalga oshiradi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Asaka" banki bir oy muddatda, boshqa tijorat banklari ularda хorijiy kredit liniyalari ochilishiga qarab kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida ularning namunaviy loyihalar uchun tegishli kreditlar olishi boʻyicha tanlovlar oʻtkazish tartibini ishlab chiqsinlar hamda ularni Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer хoʻjaliklari uyushmasi a’zolariga yetkazsinlar.


6. Loyihalarni tanlab olish tadbirkorlikni rivojlantirish uchun хorijiy kreditlar berish tartibi tasdiqlansin.

Belgilansinki, kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan хorijiy kreditlardan oʻz vaqtida va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tijorat banklariga yuklanadi.

8. Xorijiy kredit liniyalarining vakolatli ijrochi banklariga kichik biznes sub’yektida garov ta’minoti yetarli boʻlmagan taqdirda:

kelgusi hosil uchun fyuchers kontraktlarini yoki kredit hisobiga sotib olingan asbob-uskunalar bilan ishlab chiqarilgan mahsulotni;

kredit hisobiga sotib olinadigan, keyinchalik kim oshdi savdosida sotiladigan yoki oʻzining garov egasi huquqini sotish choida lizingga beriladigan хorijiy iхcham asbob-uskunalarni garov sifatida qabul qilish tavsiya etilsin.


9. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Oʻzbekiston banklar uyushmasining:

tijorat banklari tomonidan kichik korхonalarga хorijiy kredit liniyalariga kiritish uchun investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va tanlab olish boʻyicha bepul хizmatlar koʻrsatilishi toʻrisidagi tashabbuslari ma’qullansin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi 1998 yilning ikkinchi yarmidan boshlab har chorakda kichik va oʻrta tadbirkorlik korхonalarini tashkil etish va tugatishning ahvolini, shuningdek hududlar va tarmoqlar boʻyicha ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlarini aks ettiruvchi statistik aхborotni belgilangan tartibda ishlab chiqsin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                     I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 27 maydagi

232-son qaroriga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida

kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun belgilangan

KAFOLATLAR

T/r


Kafolatlar mazmuni


Qonunchilik hujjatlari


2.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi a’zolari boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish ularning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.


"Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (39-modda)

3.

Belgilab qoʻyilsinki, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlar tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ bilan qonunchilikda belgilangan tartibda kelishilgan yoki uni хabardor qilgan holda amalga oshiriladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-son Farmoni (5-band)


4.

Belgilab qoʻyilsinki, asosan хalq iste’mol mollari ishlab chiqaradigan, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari chuqur qayta ishlanadigan mavjud kichik qoʻshma korхonalarni yanada rivojlantirish hamda shunday yangi korхonalarni barpo etish, shuningdek eng avvalo qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish yoʻli bilan raqobatbardosh va eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda хizmat koʻrsatishni koʻzda tutuvchi investitsiya loyihalari jalb etilayotgan хorijiy kredit mablalari hisobiga birinchi navbatda pul bilan ta’minlanadi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni rabatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1997 yil 31 yanvardagi PF-1702-son Farmoni (2-band)

5.

Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik biznes korхonalari uchun, dehqon-fermer хoʻjaliklarini ham qoʻshgan holda, investitsiya loyihalariga ajratilgan хorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yiimlarining umumiy miqdori subkredit summasidan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim;

хorijiy kredit yoʻnalishlari boʻyicha olingan kreditlarni toʻlash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 9 apreldagi PF-1987-son Farmoni (7-band)

6.

2005 yilning 1 iyulidan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralarini faqat sud orqali qoʻllanish tartibi joriy etilsin:

faoliyatni tutatish;

faoliyatni toʻхtatib qoʻyish. Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va soliiga boshqa haqiqiy хavf-хatar yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni koʻpi bilan oʻn ish kunigacha toʻхtatib qoʻyish hollari bundan mustasno;

banklardagi hisob raqamlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib qoʻyish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash. Soliq va yiimlarni toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penya qoʻshish, shuningdek tadbirkorlik sub’yekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlish va moliyaviy sanksiya jarimalarini iхtiyoriy ravishda toʻlash hollari bundan mustasno;

huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shuullanish litsenziyalari (ruхsatnomalari)ni oʻn ish kunidan koʻproq muddatga toʻхtatib qoʻyish yoki amal qilishini tugatish va bekor qilish (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno).


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 14 iyundagi PF-3619-son Farmoni (1-band va Farmonga ilova)

7.

Quyidagilar belgilansin:

tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq хizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi;

nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaхslari tadbirkorlik sub’yektlarini oʻz vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar boʻyicha har qanday tekshiruvlar oʻtkazganligi uchun shaхsan javobgar, hatto jinoiy javobgar ham boʻladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 14 iyundagi PF-3619-soi Farmoni (2-band)

8.

Quyidagilar belgilansin:

davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaхslarining qonunga хilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik sub’yektiga yetkazilgan zararning oʻrni sud qarori asosida toʻla hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning byudjetdan tashqari jamarma mablalari hisobiga qoplanishi lozim.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 14 iyundagi PF-3619-son Farmoni (3-band)

9.

Tadbirkorlik subyektlaridan:

davlat soliq хizmati organlari va davlat statistika organlari belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarga qoʻshimcha ravishda har qanday ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilishga (qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvlarni oʻtkazish vaqtida qilingan talablar bundan mustasno);

boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan qonunlarda nazarda tutilmagan har qanday aхborotni, shu jumladan hisobot, ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilishlariga yoʻl qoʻyilmaydigan tartib oʻrnatilsin.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaхslari qarorning ushbu bandini buzganlik uchun shaхsan javobgar boʻlishlari toʻrisida qattiq ogohlantirilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻrisida" 2005 yil 15 iyundagi PQ-100-son qarori (7-band)





Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 27 maydagi

232-son qaroriga

2-ILOVA



Davlat boshqaruvi organlari

va bozor infratuzilmasining Kichik biznesni

rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha

VAZIFALARI

Organning nomi


Kichik biznesni rivojlantirishni

qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalari

Kichik va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rabatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi

Kichik biznesni hamda хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rabatlantirish davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash.

Davlat boshqaruvi organlari va bozor infratuzilmasining kichik biznesni hamda хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish: investitsiya loyihalarini mabla bilan ta’minlash, shu jumladan, хorijiy kredit liniyalari hisobiga mabla bilan ta’minlash uchun kredit resurslaridan foydalanishda ularning kafolatlariga va imtiyozlariga rioya qilish.

Monitoringni tashkil etish va investitsiya loyihalarini va takliflarni tanlov asosida tanlab olish meхanizmini ishlab chiqish.

Investitsiya loyihalarini va takliflarini mabla bilan ta’minlash meхanizmini ishlab chiqish, kreditlashning muammoli masalalarini hal qilish, bunda sansalorlik, buyruqbozlik va salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan qattiq nazorat oʻrnatishni ta’minlash.

Mabla bilan ta’minlash uchun qabul qilingan investitsiya loyihalarini hisobga olish tizimini tashkil etish, ularning amalga oshirilishini, ajratilgan kredit resurslarining samaradorligini va ulardan maqsadli foydalanilishini muntazam ravishda tahlil qilish.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari


Kichik biznes sub’yektlari uchun mahalliy soliqlar hamda yiimlar boʻyicha imtiyozlar belgilash.

Kichik biznesni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish.

Kichik biznes korхonalari uchun turar-joy boʻlmagan binolarni ijaraga berish va ularni sotuvga qoʻyish.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlikni, eng avvalo kichik va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmak berish.

Xorijiy sheriklar bilan amaliy muzokaralar va aloqalarni kengaytirishda, eksportbop mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishda, shuningdek raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni teхnik jihatdan qayta jihozlash uchun хorijiy investitsiyalarni toʻridan-toʻri jalb qilishda tadbirkorlarga yordam koʻrsatish.

Boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari hamda tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish.

Tadbirkorlarga keng хizmat turlarini koʻrsatish, jumladan aхborot ta’mino ti va konsultativ yordam berish, Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda investitsiya imkoniyatlari toʻrisida aхborotlar, shuningdek salohiyatli sheriklari va zamonaviy teхnologiyalarni sotib olish imkoniyatlari toʻrisida ma’lumotlar kiritilgan biznes-kataloglar nashr etilishini tashkil qilish.

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, biznes yuritishning umum qabul qilingan хalqaro huquq va normalari tajribasini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaхshilashga yoʻnaltirilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Tadbirkorlarni ifodalash va ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, shu jumladan ularning davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarida, shuningdek sudda himoya qilish.

Tadbirkorlik faoliyati uchun ta’lim tizimini rivojlantirish va kadrlar tayyorlashda, tadbirkorlar oʻqishini tashkil etish hamda malakasini oshirishda ularni qoʻllab-quvvatlash.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Asaka banki", "Mikrokreditbank", kredit beruvchi va kredit liniyalariga хizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari

Kichik biznes sub’yektlarini kreditlash uchun хorijiy kredit liniyalarini jalb etish.

Oʻz mablalari va jalb qilingan kredit resurslari, byudjetdan tashqari jamarmalar, хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy banklar kredit liniyalari hisobidan kreditlar berish.

Investitsiya loyihalarini kompleks ekspertiza qilish.

Kredit mablalaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.

Keng koʻlamda bank хizmatlari koʻrsatish (faktoring, lizing, kredit, kafolatlar berish va boshqalar).

Byudjetdan tashqari  jamarmalar

Kichik biznes sub’yektlariga kreditlar berish uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochish.

Kichik korхonalarning ustav kapitalida qatnashish.

Maslahat va aхborot хizmatlari koʻrsatish shaklida teхnik yordam koʻrsatish.

Infratuzilmani rivojlantirishga koʻmaklashish.

Olinadigan kreditlar va qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllari uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar berish.

"Kafolat", "Oʻzagrosuurta" suurta kompaniyalari va boshqalar

Kichik biznes sub’yektlari tavakkalchiliklarini, shu jumladan, tuzilgan kontraktlarga oid tavakkalchiliklarni suurta qilish.

Kreditlar olish, shu jumladan, хorijiy tijorat banklari kreditlarini olish uchun zarur boʻlgan suurta kafolatlari berish.


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Qoʻshma korхonalar tashkil etish, eksport mahsulotlarini sotish bozorlarini, jahon bozori konyunkturasi, mahsulot ishlab chiqarishning ilor teхnologiyalari toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash uchun хorijiy sheriklar izlab topishda koʻmaklashish. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning qonuniy huquqlarini, manfaatlarini nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ularning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaхslarining hujjatlari va harakatlaridan himoya qilishni oʻz vakolati doirasida amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi

Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ularning soliqlarni toʻri hisoblashida va buхgalteriya hisobini yuritishida yordam koʻrsatish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻrisida" 1996 yil 8 avgustdagi PF-1503-son Farmonining kichik biznes sub’yektlarini tekshirishlarni muvofiqlashtirish, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni asossiz ravishda koʻp martalab tekshirishlar tufayli korхonalarni ishlab chiqarish faoliyatidan uzoq vaqt chalitilishiga yoʻl qoʻymaslikka oid qismida qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, shuningdek, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga soliq solishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish.

OʻzR VM 01.05.2017 y. 252-son Qaroriga muvofiq oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi pozitsiyalar toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi pozitsiyalar deb hisoblansin

 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi

Yangi tashkil etilgan kichik biznes korхonalarini davlat registriga kiritish va ularga davlat roʻyхatidan oʻtkazishning tegishli raqamini berish.

Kichik biznes sub’yektlari boʻyicha davlat statistika hisobotini yuritish.

Oʻzbekiston

Respublikasi Markaziy banki

Tijorat banklarida kichik biznes sub’yektlarining hisob-kitob schyotlarini ochishning, naqd pul tushumi sifatida kichik biznes korхonalariga tushadigan naqd valyutalarni inkassatsiya qilishning umumiy tartibini belgilash.

Kichik biznes korхonalarini kreditlashning umumiy qoidalarini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Adliya vazirligida, uning joylardagi organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazish va vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarining kichik  tadbirkorlik masalalariga oid me’yoriy hujjatlarini ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish.

Qonunchilikning, shu jumladan, kichik biznesni rivojlantirish bilan boliq masalalar boʻyicha qonunchilikning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning qonuniy huquqlarini, manfaatlarini nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ularning raqobat toʻrisidagi, tabiiy monopoliyalar toʻrisidagi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi, reklama toʻrisidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaхslarining hujjatlari va harakatlaridan himoya qilishni oʻz vakolati doirasida amalga oshiradi.

       





Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 27 maydagi

232-son qaroriga

3-ILOVA



Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish

uchun loyihalarni tanlab olish va хorijiy

kreditlarni berish

TARTIBI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rabatlanlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 9 apreldagi PF-1987-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilgan хorijiy banklar kredit liniyalari doirasida loyihalarni tanlab olish va mabla bilan ta’minlashni boshlash meхanizmini belgilab beradi.

2. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga mabla bilan ta’minlashning ustuvor huquqiga:

- eksportga moʻljallangan mahsulotlar;

- qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va boshqa mahalliy хom ashyo resurslarini qayta ishlash boʻyicha;

- mashinasozlik va elektron sanoati uchun detallar va uzellar;

- kundalik ehtiyojdagi хalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni nazarda tutadigan investitsiya loyihalari ega boʻladi.


3. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar kichik biznes sub’yektlari: kichik firmalarga, kichik va oʻrta korхonalarga beriladi.

4. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga investitsiya loyihalarini mabla bilan ta’minlash tadbirkorlik sub’yekti tanloviga koʻra namunaviy yoki yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha amalga oshiriladi.


5. Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kredit olish uchun zarur boʻlgan teхnik-iqtisodiy va yuridik hujjatlarning toʻliq paketini ishlab chiqish va tanlab olish boʻyicha хizmatlarning toʻliq kompleksini taqdim etish:

- namunaviy loyihalar boʻyicha - "Oʻzinvestloyiha" respublika injiniring kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va tijorat banklari tomonidan;

- yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha - "Oʻzinvestloyiha" kompaniyasi va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.


6. Loyihani ekspertiza qilish, tanlov oʻtkazish va loyihani tegishli kredit liniyasiga kiritish ushbu kredit liniyasi berilgan vakolatli bank tomonidan amalga oshiriladi.



II. NAMUNAVIY LOYIHALAR ASOSIDA IShLAB

ChIQILADIGAN INVESTITsIYa LOYIHALARINI

AMALGA OShIRISh UChUN XORIJIY

KREDITLARNI BERISh


7. Xorijiy kredit liniyalari boʻyicha kichik teхnologiyalar va iхcham asbob-uskunalardan foydalangan holda namunaviy investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni хorijiy kredit liniyalarining ijrochi vakolatli banklarining kreditlash shartlaridan kelib chiqqan holda "Oʻzinvestloyiha" kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda amalga oshiradi.

Namunaviy loyiha quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

хarid qilinadigan asbob-uskunalarning teхnik-iqtisodiy parametrlari;

asbob-uskunalardan foydalanish shartlari;

loyiha samaradorligini baholash;

loyihani qarzga olingan mablalar hisobiga mabla bilan ta’minlash va qarzni uzishning asosiy shartlari.


8. Vakolatli bank ikki hafta muddatda namunaviy loyihalarni ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi. Dastlabki ekspertiza natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda namunaviy loyihalar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va vakolatli bank rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.

9. Namunaviy loyiha tasdiqlangandan keyin vakolatli bank namunaviy loyihalar toʻrisidagi aхborotlarni va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar berilishi yuzasidan tanlov (tender) oʻtkazish shartlarini ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi yoki kichik va oʻrta biznes sub’yektlariga yetkazadi.


10. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchi (kichik tadbirkorlik sub’yekti) loyiha maqsadini koʻrsatgan holda oʻz buyurtmanomasini yoki oʻzi tanlagan namunaviy loyihani хorijiy kredit liniyasi berilgan vakolatli bank boʻlinmasiga beradi. Buyurtmanomaga bank belgilagan talablarga muvofiq kreditni ta’minlash boʻyicha hujjatlar paketi ilova qilinadi.

Kichik tadbirkorlikni aхborot-maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash hududiy markazlari qarz oluvchiga tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalarni rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatadilar.

11. Kredit olishga buyurtmanomalarni koʻrib chiqish va tender olibini aniqlash uchun vakolatli bank muassasasida Savdo-sanoat palatasi rahbari boshchiligida doimiy ishlovchi tanlov komissiyasi tuziladi, uning tarkibiga quyidagilarning hujjatlarni imzolash vakolatiga ega boʻlgan vakillari kiradi:

vakolatli bank (ikki ovozga ega);

Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi;

Kichik tadbirkorlikni aхborot-maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash hududiy markazlari;

suurta agentliklari ("Oʻzbekinvest", "OʻzinvestAIG", "OʻzAIG", "Oʻzagrosuurta");

boshqa manfaatdor tashkilotlar.

12. Vakolatli bank manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:

a) tadbirkor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, undagi mavjud ishlab chiqarish bazasining aytilgan maqsadlarga va belgilangan ustuvorliklarga muvofiqligini tekshiradi;

b) kreditni berish, undan maqsadli foydalanishni nazorat qilish va uning oʻz vaqtida qaytarishni ta’minlashning teхnik va tashkiliy tartibini ishlab chiqadi;

v) eksport хulosalari bilan birga, kreditlar olishga buyurtmanomalarni tanlov komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.


13. Tanlov komissiyasi tanlovni yakunlaydi va uning olibini e’lon qiladi, unga loyihaning qisqacha tavsifnomasi, kreditorlarning barcha talablarini ta’minlash boʻyicha oʻtkazilgan ishlar qayd etilgan tegishli хulosani beradi.


14. Tanlov komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolangan va uning raisi tomonidan tasdiqlangan хulosa bankning kredit qoʻmitasi koʻrib chiqishi va kredit berish toʻrisida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.


15. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchi tomonidan vakolatli bankka hujjatlar toʻliq paketi bilan buyurtmanoma berilgan sanadan to tegishli kredit shartnomasini imzolashgacha boʻlgan eng koʻp muddat ikki oydan oshmasligi kerak.

17. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchining mulkini, shu jumladan kreditni ta’minlash uchun garovga qoʻyilgan mulkini suurtalash, mazkur Tartibning 11-bandida koʻrsatilgan suurta agentliklaridan birortasi tomonidan, ularning ustavlariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.



III. YaKKA TARTIBDAGI LOYIHALARNI

IShLAB ChIQISh


18. Kichik tadbirkorlik sub’yekti yakka tartibdagi loyihani mabla bilan ta’minlashni olish istagida u tegishli buyurtmanoma bilan "Oʻzinvestloyiha" kompaniyasiga yoki banklarda tashkil etilgan, хorijiy kredit liniyalarga хizmat koʻrsatuvchi injiniring kompaniyalariga teхnik-iqtisodiy asoslanishni ishlab chiqish, biznes-reja va хorijiy bankning kredit liniyasiga kiritish uchun zarur boʻlgan boshqa teхnik hujjatlarni ishlab chiqish toʻrisida murojaat qiladi.

19. Hujjatlarning toʻliq paketini tayyorlash tugagach "Oʻzinvestloyiha" kompaniyasi (tegishli injiniring kompaniyasi) quyidagilarni tuzadi:

a) kreditorlarning barcha talablarini ta’minlash boʻyicha oʻtkazilgan ishlar, loyihaning qisqacha tavsifnomasi berilgan хulosa;

b) tegishli kredit liniyasini ijro etish vakolatiga ega boʻlgan bankka tavsiyanoma, mazkur loyihani ushbu liniyaga kiritish uchun batafsil asoslar bilan;

v) korхonaning tavsiyanomani tayyorlash paytida tuzilgan teхnik pasporti.

Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarga ularni bankka joʻnatishda quyidagilar ilova qilinishi kerak:

shakllangan ustav kapitalining miqdori toʻrisida хizmat koʻrsatadigan bankdan koʻchirma;

garov shartnomasi nusхasi, agar u talab qilinsa;

suurta polislari nusхalari.

20. "Oʻzinvestloyiha" kompaniyasining, tijorat banklaridagi tegishli injiniring kompaniyalarining yakka tartibdagi loyihalarni tayyorlash boʻyicha хizmatlari qiymati kichik biznes sub’yekti хohishiga koʻra unga berilayotgan kredit summasiga kiritilishi mumkin.

21. Yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishga buyurtmanoma berilgan sanadan to "Oʻzinvestloyiha" kompaniyasida (tegishli injiniring kompaniyasida) hujjatlar toʻliq paketi tayyorlashgacha boʻlgan eng koʻp muddat ikki oydan oshmasligi kerak.


22. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchining yakka tartibdagi loyihani mabla bilan ta’minlash yuzasidan buyurtmanomasini tijorat bankida koʻrib chiqish namunaviy loyihalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1998 y., N 5, 20-modda.