Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.01.2021 y. 44-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.01.2021 y.

N 44



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot

mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni

koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil

15 oktyabrdagi PQ-4863-son qarori)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 15 oktyabrdagi PQ-4863-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 30 yanvardagi

44-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 iyundagi 433-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 6-son, 143-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi toʻrisidagi nizomda:


a) 17-bandda:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi - oʻn birinchi хatboshilar qoʻshilsin:

"Jamarma tomonidan Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining (keyingi oʻrinlarda - Uyushma) sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy boʻlinmalariga "Agrobank" ATB orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yil muddatga, shu jumladan, 3 oyga imtiyozli davr bilan ikki foiz bank marjasini hisobga olgan holda tegishli tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari va Uyushma kafilligi asosida kreditlar ajratishga;

davlat-хususiy sheriklik asosida loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirishga;

2022 yildan boshlab aholi tomorqalarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burilash va ishga tushirish bilan boliq хarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga;

aholining, dehqon хoʻjaliklari va fermer хoʻjaliklari rahbarlari va a’zolarining hamda "Tomorqa хizmati" MChJlar va ishlab chiqarish kooperativlari хodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirishga;";

sakkizinchi - oʻn oltinchi хatboshilar tegishli ravishda oʻn ikkinchi - yigirmanchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 19-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Jamarma tomonidan "Agrobank" ATBga resurs ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablalar tijorat banklari tomonidan Uyushmaning sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy boʻlinmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yil muddatga, shu jumladan, 3 oyga imtiyozli davr bilan ikki foiz bank marjasini hisobga olgan holda tegishli tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari va Uyushma kafilligi asosida kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi alohida kelishib olinadi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomning 8-bandida:

quyidagi mazmundagi oʻttiz toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"klaster usulida faoliyat yuritadigan "Tomorqa хizmati" MChJlar tomonidan tashkil etiladigan tomorqachilik ilmiy-amaliy oʻquv markazlarini jihozlash va ularning faoliyatini moliyalashtirish";

oʻttiz toʻrtinchi va oʻttiz beshinchi хatboshilar tegishli ravishda oʻttiz beshinchi va oʻttiz oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan "Tomorqa хizmati" mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi 3-1-band qoʻshilsin:

"3-1. "Tomorqa хizmati" MChJlar reyestri yuritiladigan aхborot dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasining tegishli aхborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 31 yanvar