Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.02.2021 y. 56-son "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.02.2021 y.

N 56




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

JOYLAShTIRILGAN MABLALAR

HISOBIDAN IPOTEKA KREDITLARI

AJRATISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ipoteka krediti meхanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga va "Aholining uy-joy sharoitini yaхshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 1 maydagi PQ-4701-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidai joylashtirilgan mablalar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga uzoq muddatli mablalarni joylashtirish tartibi;

tijorat banklari va qarz oluvchilarga nisbatan belgilanadigan muvofiqlik mezonlari;

ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish va ajratish tartibi;

ipoteka krediti monitoringini olib borish va kreditlarni qaytarish tartibi.


2. Manfaatdor tijorat banklariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablalar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish boʻyicha ichki tartiblarni ishlab chiqish tavsiya etiladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 5 fevraldagi

56-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2007 yil 3 yanvardagi 2-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 26 oktyabrdagi 280-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2010 yil 9 noyabrdagi 248-son qaroriga ilovaning 13-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 25 maydagi 151-son qaroriga 2-ilova.


5. Vazirlar Mahkamasining "Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol katnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 8 sentyabrdagi 250-son qarorining 7-bandi va qarorga 2-ilova.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2014 yil 6 noyabrdagi 309-son qaroriga ilovaning 3-bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2017 yil 12 sentyabrdagi 712-son qaroriga ilovaning 6-bandi.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 17-bandi.


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2020 yil 1 apreldagi 195-son qaroriga ilovaning 2-bandi.


10. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiniig ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2020 yil 7 iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 6 fevral