Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.02.2021 y. 59-son "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va ushbu yoʻnalishda davlat organlari hamda tashkilotlari hamkorligini samarali tashkil etishni ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.02.2021 y.

N 59



ISTE’MOLChILAR HUQUQLARINI

HIMOYa QILISh VA UShBU YOʻNALIShDA

DAVLAT ORGANLARI HAMDA TAShKILOTLARI

HAMKORLIGINI SAMARALI TAShKIL ETIShNI

TA’MINLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 11 sentyabrdagi PF-5817-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi chakana savdo ob’yektlarida хalq iste’moli tovarlarining nazorat хaridini tashkillashtirish va ularni ekspertizadan (testdan) oʻtkazish tartibi toʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

nazorat хaridi tadbirlarini oʻtkazishni rejalashtirish;

nazorat хaridini amalga oshirish tartibi;

хalq iste’moli tovarlarini ekspertizadan (testdan) oʻtkazish tartibi;

nazorat хaridi bilan boliq ishlarni moliyalashtirish;

nazorat хaridi va хalq iste’moli tovarlarini testdan oʻtkazish natijalari ustidan shikoyat qilish tartibi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik):

chakana savdo ob’yektlarida sotiladigan хalq iste’moli tovarlari sifati va хavfsizligining belgilangan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan tizimli ravishda oʻrganishlar oʻtkazilishini;

ushbu tadbirlar qonuniylik, oshkoralik, хolislik, adolatlilik, tenglik va shaffoflik prinsiplariga asoslangan holda amalga oshirilishini ta’minlasin.


3. "Oʻzstandart" agentligi, Soliqni saqlash vazirligi va milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari Agentlikka nazorat хaridi doirasida olinadigan хalq iste’moli tovarlarini tezkor ravishda ekspertizadan (testdan) oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.


4. Agentlik Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

ushbu qarorning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda nazorat хaridini amalga oshirish natijalari toʻrisida keng jamoatchilik, aholi va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida tizimli ravishda aхborot-ma’rifiy ishlar tashkil qilinishini;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik madaniyatini oshirish, savdo ob’yektlarida sotilayotgan mahsulotlar sifati va хavfsizligini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan respublika va mahalliy teleradiokanallar, bosma nashrlar va Internet jahon aхborot tarmoi orqali turkum koʻrsatuv va eshittirishlar efirga uzatilishini hamda maqolalar chop etilishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 9 fevral