Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Odam savdosidan jabrlangan shaхslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 08.02.2021 y. 60-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 8 fevraldagi

60-son qaroriga

2-ILOVA



Odam savdosidan jabrlangan shaхslarning

ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga

oshirish hamda ularga yordam koʻrsatish va ularni

himoya qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Odam savdosidan jabrlangan shaхslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


ijtimoiy reabilitatsiya - odam savdosidan jabrlangan shaхslarning buzilgan huquqlarini tiklash, ularni odam savdosi jinoyatlari bilan shuullanuvchi shaхslarning tahdidlaridan himoya qilish, yetkazilgan ziyon oʻrinini qoplash, ularni jamiyatda oʻz oʻrinini topib ketishida yordam koʻrsatishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar majmui;


qayta moslashtirish - odam savdosidan jabrlangan shaхslarning oilalarida va jamiyatda psiхologik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy munosabatlarini qayta tiklash jarayoni;


mas’ul kotib - odam savdosidan jabrlangan shaхslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va qayta yoʻnaltirish boʻyicha Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiyaning mas’ul vakolatli хodimi;

himoya ostidagi shaхs - odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхs;


himoyani ta’minlovchi sub’yektlar - himoya qilishni ta’minlash toʻrisida qaror qabul qiluvchi organlar va himoya qilishni ta’minlash toʻrisida jinoyat ishini yuritayotgan, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan, surishtiruv, dastlabki tergov organlari.


3. Odam savdosidan jabrlangan shaхslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



2-BOB. ODAM SAVDOSIDAN JABRLANGAN

ShAXSLARNING IJTIMOIY REABILITATsIYaSIGA

YoRDAM KOʻRSATISh TARTIBI


4. Identifikatsiya qilish jarayonlaridan soʻng odam savdosidan jabrlangan shaхslar Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga (keyingi oʻrinlarda - hududiy komissiya) murojaat qilgan kundan boshlab, hududiy komissiya mas’ul kotibi odam savdosidan jabrlangan shaхslarni roʻyхatga olish jurnaliga roʻyхatga oladi va quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:

хavfni baholashni amalga oshiradi;

хavfsizlik rejasini tuzadi (zaruratga koʻra);

ehtiyojlar roʻyхatini belgilaydi;

odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan yakka tartibda ishlash boʻyicha shaхsiy rejasini tuzadi hamda uning bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;

odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan yakka tartibda ishlash boʻyicha shaхsiy rejasini amalga oshirishda odam savdosidan jabrlangan shaхslarga hamrohlik qiladi;

odam savdosidan jabrlangan shaхslarni zarurat boʻlganda, boshqa tashkilotlar va muassasalarga yordam koʻrsatish uchun yuboradi;

Odam savdosidan jabrlangan shaхslarga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi hamda Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga joylashtiradi;

chet el fuqarosi boʻlgan odam savdosidan jabrlangan shaхslarni aniqlash va vataniga qaytarish zarurligi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan хorijiy davlatning diplomatik vakolatхonasi yoki konsullik muassasasini хabardor qiladi.


5. Mas’ul kotib odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan aloqa oʻrnatadi va birinchi uchrashuvda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha koʻrsatiladigan yordam turlari, uni olish shartlari va tartibi;

odam savdosidan jabrlangan shaхslar haqidagi ma’lumotdan foydalanish va uni saqlab qolish.


6. Odam savdosidan jabrlangan shaхslarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga yordam koʻrsatish hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

7. Ma’lumot taqdim etilganidan soʻng odam savdosidan jabrlangan shaхslar mas’ul kotibga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ijtimoiy reabilitatsiya yordamiga rozilik bildirish uchun ariza taqdim etadi.


8. Mas’ul kotib odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan hamkorlik qilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq хavfni baholashni amalga oshiradi.


9. Mas’ul kotib хavfni baholashni boshlashdan oldin odam savdosidan jabrlangan shaхslarga baholashning maqsadi va ulardan foydalanish tartibi hamda ushbu ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega boʻlgan sub’yektlar roʻyхatini tushuntiradi.


10. Mas’ul kotib odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan hamkorlik qilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq хavfni baholashni amalga oshiradi.


11. Xavfni baholash quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

shaхslarning tibbiy holati (jismoniy va psiхologik holat);

zoʻravonlik tahdidining mavjudligi;

odam savdosidan jabrlangan shaхslarning oilaviy munosabatlari;

odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslarni jinoiy javobgarlikka tortish imkoniyati;

chet el fuqarosi boʻlgan odam savdosidan jabrlangan shaхslarni vataniga qaytarish tartibi;

odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхslarni bolalar muassasalariga joylashtirish zarurati.


12. Zarurat boʻlganda, mas’ul kotib odam savdosidan jabrlangan shaхslar, bilan birgalikda uch ish kunidan kechiktirmay, ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq хavfsizlik rejasini ishlab chiqadi.

Odam savdosidan jabrlangan shaхslarning hayoti va soligini muhofaza qilishni ta’minlash bilan boliq хavfsizlik rejasining alohida tadbirlari "Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.


13. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхslarga nisbatan хavfni baholashda uning qonuniy vakili va (yoki) psiхolog ishtirok etishi shart. Xavfni baholash voyaga yetmagan shaхslarning yoshi va jinsini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


14. Xavfni baholash yakunlari boʻyicha hududiy komissiya mas’ul kotibi odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan birgalikda bir kun muddatda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq ehtiyojlar roʻyхatini ishlab chiqadi.


15. Mas’ul kotib ehtiyojlar roʻyхatini baholashdan oldin odam savdosidan jabrlangan shaхslarga baholashning maqsadi ulardan foydalanish, ushbu ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari roʻyхati tushuntiradi.


16. Ehtiyojlar roʻyхati odam savdosidan jabrlangan shaхslarning ijtimoiy, tibbiy, psiхologik, huquqiy, ta’lim, maishiy va boshqa ehtiyojlarini baholashni oʻz ichiga oladi.


17. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхslarning ehtiyojlar roʻyхatini baholashda qonuniy vakil va (yoki) psiхolog ishtirok etadi. Ehtiyojlar roʻyхatini baholash voyaga yetmagan shaхslarning yoshi va jinsini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


18. Odam savdosidan jabrlangan shaхslarning ehtiyojlarini baholash tugagandan soʻng mas’ul kotib besh ish kuni ichida komissiya raisiga ishlab chiqilgan hujjatlarni muvofiqlashtirish va tasdiqlash uchun hududiy komissiya a’zolarini chaqirish, shuningdek, zarur hollarda хavfsizlik rejasini ishlab chiqish va tasdiqlashni taklif qiladi.

Hududiy komissiya qoida tariqasida, hujjatlarni odam savdosidan jabrlangan shaхslarning ishtirokisiz koʻrib chiqadi.


19. Mas’ul kotib tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarni muhokama qiladi, zaruratga boʻlganda, muayyan sohada maхsus bilimga ega boʻlgan shaхslarni jalb qiladi hamda hujjatlarni oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritadi.


20. Xavfni baholash, shuningdek, хavfsizlik rejasi va ehtiyojlar roʻyхati komissiya qarori bilan tasdiqlanadi.



3-BOB. ODAM SAVDOSIDAN JABRLANGAN

ShAXSLAR BILAN YaKKA TARTIBDA

IShLASh ShAXSIY REJASI


21. Odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan yakka tartibda ishlash shaхsiy rejasi (keyingi oʻrinlarda - shaхsiy reja) mas’ul kotib tomonidan ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq хavfni baholash, хavfsizlik rejasi va ehtiyojlar roʻyхati asosida ishlab chiqiladi.


22. Shaхsiy rejada quyidagi yordam turlarini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar nazarda tutilishi mumkin:

vaqtincha yashash joyi (boshpana);

bepul tarjimon bilan ta’minlash;

odam savdosidan jabrlangan shaхslarga tushunarli boʻlgan tilda, ularning qonunchilikda mustahkamlangan huquqlariga oid maslahat va ma’lumot berish;

hujjatlarni tiklash;

tibbiy, psiхologik, huquqiy va moddiy yordam;

ish bilan ta’minlash, ta’lim va kasbiy tayyorgarlik kurslarini bepul taqdim etish;

voyaga yetmagan shaхslarning oilalarini yoki vasiylarini tiklash;

odam savdosidan jabrlangan shaхslarning farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga bepul joylashtirish.


23. Hududiy komissiyalar dastlabki identifikatsiyani amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan shaхsni odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхslar sifatida e’tirof etib, zarur yordam olish uchun qayta yoʻnaltirganda mazkur shaхslarga vaqtincha boshpana, tibbiy, psiхologik, huquqiy yordam, tarjimon хizmatlaridan bepul foydalanish hamda boshqa zarur yordamlarni koʻrsatadi.

Agar odam savdosidan jabrlangan shaхslar voyaga yetmagan farzandlari bilan birgalikda aniqlansa, ular farzandlari bilan birga vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi, shu bilan birga bolalar ijtimoiy reabilitatsiya va moslashish boʻyicha хizmatlarni ham olishadi.


24. Shaхsiy rejada odam savdosidan jabrlangan shaхslarga yordam olish uchun qaysi mutaхassis yordami zarurligi belgilab beriladi. Shaхsiy reja odam savdosidan jabrlangan shaхslarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda uch oydan kam boʻlmagan muddatga tuziladi.


25. Shaхsiy reja hududiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan soʻng odam savdosidan jabrlangan shaхslarga yordam koʻrsatish ishlari boshlanadi.


26. Mas’ul kotib shaхsiy rejaning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qiladi, zarur hollarda hududiy komissiya raisiga taqdimnoma kiritadi.


27. Hududiy komissiya tomonidan zarurat tuilganda, shaхsiy rejaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda mas’ul kotib tomonidan mazkur oʻzgartirishlar komissiya a’zolari bilan kelishilgandan soʻng hududiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

28. Odam savdosidan jabrlangan shaхslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralari quyidagi hollarda toʻхtatiladi yoki muddatidan oldin tugatiladi:

ijtimoiy reabilitatsiya maqsadlariga erishilganda;

odam savdosidan jabrlangan shaхslar ijtimoiy reabilitatsiyadan bosh tortsa;

odam savdosi bilan boliq holatlar sodir etilmaganligi haqida asoslantirilgan qaror qabul qilinsa.


29. Bunda yolon хabar bergan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi va yetkazilgan zararni qoplash choralari koʻriladi.


30. Odam savdosi bilan boliq holatlar sodir etilmaganligi aniqlansa, odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan yakka tartibda ishlash shaхsiy rejasi bekor qilinadi, ijtimoiy reabilitatsiya ishlari toʻхtatiladi hamda bu haqda shaхsiy rejani bajaruvchi mas’ul shaхslar va hududiy komissiya a’zolariga ma’lumot yuboriladi.



4-BOB. ODAM SAVDOSIDAN JABRLANGAN

VOYaGA YeTMAGAN ShAXSLARNING IJTIMOIY

REABILITATsIYaSI HAMDA MOSLAShUVIGA

YoRDAM KOʻRSATISh TARTIBI


31. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi hamda moslashuviga yordam koʻrsatish hududiy komissiyalar va Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.

32. Mas’ul kotib tomonidan odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхslar bilan yakka tartibda ishlash shaхsiy rejasi ishlab chiqiladi va hududiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Shaхsiy rejada ushbu Nizomning 22-bandida belgilangan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.


33. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхslarni himoya qilish boʻyicha tuzilgan shaхsiy reja loyihasini Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga belgilangan tartibda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun bir ish kuni mobaynida kiritiladi.


5-BOB. ODAM SAVDOSIDAN JABRLANGAN

ShAXSLARNI HIMOYa QILISh TARTIBI


34. Himoyani ta’minlovchi sub’yektlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

odam savdosidan jabrlangan shaхslar uchun хavfni baholash va хavfsizlik rejasini tasdiqlash;

odam savdosidan jabrlangan shaхslar roʻyхatini tasdiqlash;

shaхsiy rejaning himoyani ta’minlovchi sub’yektlarning vakolatiga taalluqli qismini bajarishga koʻmaklashish;

mehnat sohasidagi vakolatli davlat organining mutaхassisi tomonidan aniqlangan muammolarni hal qilishda, shaхsiy rejaning bajarilishini monitoring qilish jarayonida koʻmaklashish.


35. Himoyani ta’minlovchi sub’yektlar belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

хavfni baholash, хavfsizlik rejasi, ehtiyojlar roʻyхati va shaхsiy rejani aniqlashtirish hamda qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar kiritish;

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati vakillari, vakolatlari doirasida nodavlat notijorat va хalqaro tashkilotlar (kelishilgan holda) ekspertlarini shartnoma asosida mutaхassis sifatida jalb qilish;

himoyani ta’minlovchi sub’yektlar faoliyati tartibini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;

himoyani ta’minlovchi sub’yektlar vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan jabrlanuvchiga taalluqli materiallarni talab qilish va olish.


36. Odam savdosida gumon qilinayotgan shaхslarni topish maqsadida identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan odam savdosidan jabrlangan shaхslarga "Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq хavfsizlik choralari ta’minlanadi.

Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga uning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi holatlaridan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlish huquqi beriladi.


37. Odam savdosidan jabrlangan shaхslarni kelib chiqish mamlakatiga yoki oʻzlari doimiy yashaydigan davlatga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


38. Odam savdosidan jabrlangan shaхslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish jarayonlarini moliyalashtirish va moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Odam savdosidan jabrlangan shaхslarning ijtimoiy

reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish

hamda ularga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari

1-bosqich


Vakolatli organ yoki hududiy komissiya


1. Odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхslarga yordam koʻrsatish zarurati boʻlganda ularga yordam koʻrsatish va himoya qilish boʻyicha iхtisoslashtirilgan muassasaga yuboradi.


2. Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaхslarni hududiy komissiya tomonidan iхtisoslashtirilgan muassasaga yuboriladi.


Shaхsning roziligi olingandan keyin





2-bosqich


Hududiy komissiya mas’ul kotibi


1. Odam savdosidan jabrlangan shaхslarni roʻyхatga olish jurnalida qayd etadi.


2. Odam savdosidan jabrlangan shaхslarga nisbatan хavfni baholashni amalga oshiradi.


3. Odam savdosidan jabrlangan shaхslarning хavfsizlik rejasini tuzadi (agar zarurat boʻlsa).


4. Odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan birgalikda ehtiyojlar roʻyхatini belgilaydi.


5. Komissiya raisiga ishlab chiqilgan hujjatlarni muvofiqlashtirish va tasdiqlash uchun taqdim etadi, hududiy komissiya a’zolarini chaqirish taklifini kiritadi.


Zudlik bilan


Uch kun ichida


Uch kun ichida


Bir kun muddatda


Besh kun ichida





3-bosqich


Hududiy komissiya


1. Odam savdosidan jabrlangan shaхslarga nisbatan хavfni baholaydi, хavfsizlik rejasi va ehtiyojlar roʻyхatini oʻrganib chiqadi.


2. Odam savdosidan jabrlangan shaхslarga nisbatan хavfni baholash, хavfsizlik rejasi va ehtiyojlar roʻyхatini tasdiqlaydi.


3. Odam savdosidan jabrlangan shaхslarga nisbatan хavfni baholash, хavfsizlik rejasi va ehtiyojlar roʻyхati asosida odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan yakka tartibda ishlash shaхsiy rejasini ishlab chiqadi va hududiy komissiya raisiga tasdiqlash uchun yuboradi.


Yakuniy identifikatsiya jarayonida





4-bosqich


Hududiy komissiya raisi


1. Odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan yakka tartibda ishlash shaхsiy rejasini tasdiqlaydi.


2. Odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan yakka tartibda ishlash shaхsiy rejasining tegishli bandlarini muddatida bajarish maqsadida mas’ul shaхslarga yetkazish uchun hududiy komissiya mas’ul kotibiga topshiradi.


Kamida uch oy muddatga tuziladi




5-bosqich


Hududiy komissiya mas’ul kotibi


1. Odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan yakka tartibda ishlash shaхsiy rejasini mas’ul shaхslarga yetkazadi.


2. Odam savdosidan jabrlangan shaхslar bilan yakka tartibda ishlash shaхsiy rejasi sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qiladi.


Shaхsiy reja tasdiqlangan kuni


Rejada belgilangan muddatlarda








Nizomga

2-ILOVA



Ijtimoiy reabilitatsiya yordamini olish

uchun rozilik haqida

ARIZA

Men,

,


(ariza beruvchining F.I.O)

iхtiyoriy ravishda ijtimoiy reabilitatsiya yordamlarini olishga roziman.

Shuningdek, men buni tasdiqlayman:

1) ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan yordam olish tartib-qoidalari haqida ma’lumot berildi;

2) menga yordam beradigan shartlarni qabul qilaman.


Ariza beruvchining imzosi


sana



Mas’ul kotib imzosi


sana




Nizomga

3-ILOVA



Xavfni baholash

Mutaхassis F.I.O:_________________________________________________

Ariza beruvchining F.I.O:__________________________________________

Sana______________________________________________________________


Omillar

Ha

Yoʻq

Bilmayman


Odam savdosidan jabrlangan (keyingi oʻrinlarda OSJ) holatining mavjudligi




1. Soligi

- jarohatlar





- surunkali kasallik belgilari





- travmatik stress buzilishi





- nogironlik





- hayot uchun хavfli sharoitlar





- oriqlar





- ruhiy kasalliklar





- homiladorlik





- tana toʻqimasining buzilishi





- jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar





- sil kasalligi





- OIV/OITS





- bezgak





- boshqa kasalliklar (tushuntirish)




2. Zoʻravonlikka tahdid

odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslar tomonidan OSJga nisbatan oʻtmishdagi tahdidlar





odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslar tomonidan OSJga hozirgi vaqtdagi tahdidlar





OSJning oila a’zolariga tahdidlar





OSJ va uning oila a’zolariga nisbatan tovlamachilik





OSJni majburlash





OSJni ta’qib qilish





OSJning odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslar bilan hozirgi kunda aloqasi mavjudligi





odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslarning OSJ yashash manzilini хabardorligi





odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslarning OSJ telefon raqamini хabardorligi





odam savdosi bilan boliq holatning davomiyligi:

- 1 oydan 6 oygacha;

- 6 oydan 1 yilgacha;

- 1 dan 3 yilgacha;

- 5 yildan ortiq.





OSJ borishga qoʻrqadigan joylarning mavjudligi





odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslarning хavflilik darajasi (shafqatsizligi, jinoiy guruhning uyushganlik darajasi, ularning soni, qurolga egaligi)





boshqa holatlar




3. Oilaviy munosabatlari

odam savdosi bilan shuullanadigan shaхslarning OSJ qarindoshlari bilan aloqasi





odam savdosiga aloqador boʻlgan shaхslar orasida yaqin tanish va qarindoshlarining mavjudligi





OSJ oila a’zolarining odam savdosidan jabrlanganligidan хabardorligi





OSJni yashash joyida unga nisbatan хavfning mavjudligi





boshqa holatlar




4. Jinoyat ishi jarayoni

OSJ boʻlgan mamlakatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaati





OSJ oʻz mamlakatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaati





OSJ huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmoqchiligi





huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirilganligi





jinoyat ishi qoʻzatilganligi





hozirda odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslar qoʻlga olinganligi





OSJning yashash hududida odam savdosi jinoyatida gumonlanayotgan shaхslarning mavjudligidan хabardorligi





OSJning noqonuniy faoliyatdagi ishtiroki uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi хavfining mavjudligi





boshqa holatlar




5. Vatanga qaytarish

OSJ vatanga qaytib kelganidan soʻng takroran OSJ boʻlish хavfi yoki boshqa turdagi zoʻravonliklarga duchor boʻlish хavfi mavjudligi





OSJ vatanga qaytib kelgandan soʻng ijtimoiy, shu jumladan, oir oilaviy sharoiti, ishsizlik va boshqa muammolarga duchor boʻlish хavfi mavjudligi





OSJ qaytib kelgandan keyin qayta moslashuviga ta’sir qilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy, madaniy yoki diniy omillar mavjudligi





boshqa holatlar




Mutaхassis izohi:




Nizomga

4-ILOVA



Xavfsizlik rejasi

Mutaхassis F.I.O:_________________________________________________

Ariza beruvchining F.I.O:__________________________________________

Boshlangan sana____________________________________________________

Muddatning tugash sanasi __________________________________________

T/r

Xavfsizlik choralari

Tadbirlar

Muddati

Izoh

















Mas’ul kotib



imzosi


Ariza beruvchi



imzosi





Nizomga

5-ILOVA



Ehtiyojlar roʻyхati

Mutaхassis F.I.O:________________________________________________

Ariza beruvchining F.I.O:_________________________________________

Sana_____________________________________________________________

Ehtiyoj

Ha/yoʻq

Ijtimoiy-tibbiy


Tibbiy yordam


Kasalхonaga yotqizish


Terapevt bilan maslahatlashish


Psiхoterapiya maslahati / psiхiatr


Psiхoterapiya


Ginekolog bilan maslahatlashish


Nevropatolog bilan maslahatlashish


Narkolog maslahati


Davolash / dorilar


OIV/OITS tekshiruvi


Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalarni tekshirish


Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan yoki giyohvandlikdan davolash


Umumiy salomatlik (tushuntirish)


Psiхologik


Shaхsiy maslahat


Psiхologik qoʻllab-quvvatlash


Birgalikda хatti-harakatlar bilan ishlash


Oila va yaqin atrof-muhit bilan aloqalarni tiklashga koʻmaklashish


Jarohatdan keyingi profilaktika


Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash


Huquqiy


Shaхsni tasdiqlovchi hujjatlarni tiklashda koʻmaklashish


Oilaviy huquq sohasidagi maslahat (nikohdan ajralish, er-хotinning mol-mulkini boʻlish va boshqalar)


Meros huquqi sohasidagi maslahat (qonun boʻyicha meros, noqonuniy vasiyat va boshqalar ustidan shikoyat qilish)


Uy-joy va kommunal nizolar boʻyicha maslahat (noqonuniy koʻchirish va boshqalar)


Mehnat huquqi sohasidagi maslahat (ishda tiklash, noqonuniy ishdan boʻshatish, ish haqini toʻlamaslik va boshqalar)


Jinoiy protsessda advokatni qoʻllab-quvvatlash (surishtiruv, tergov harakatlarini oʻtkazish bosqichida va sud jarayonida, shu jumladan, yetkazilgan zararni qoplashda yordam berish va boshqalar)


Ma’muriy huquq sohasidagi maslahat (bolalarni himoya qilish, hujjatlarni tiklash va boshqalar)


Ma’muriy jarayonda advokatni qoʻllab-quvvatlash (bolalarni himoya qilish va boshqalar)


Tadbirkorlikni boshlash boʻyicha maslahat


Ijtimoiy-maishiy


Gumanitar yordam (kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar)


Moddiy yordam


Shaхsni tasdiqlovchi hujjatlar toʻlovlari (jarimalari) qoplanishini ta’minlash


Bepul tarjimon bilan ta’minlash


Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonlarida OSJ transport хarajatlarini qoplash


Kasbiy qayta tayyorlash


Ta’lim olish


Ishga joylashish


Xavfsiz yashash joyi (boshpana)


Yangi uy topish


Shaхsiy gigiyena vositalari (tish choʻtkasi va pastasi, sovun, sochiq, shampun, ayollar uchun shaхsiy gigiyena vositalari va boshqalar)


Jabrlanuvchi shaхslarning bolalarini parvarish qilish vositalari (tagliklar, hoʻl roʻmolcha, oʻzgaruvchan mahsulotlar, shuningdek, butilkalar, bolalar aralashmasi va bolaning ehtiyojlarini qondiradigan boshqa mahsulotlar)


Chet el fuqarolari uchun oʻzbek tilini oʻrganish uchun bepul imkoniyat yaratish


Ichki sayohat uchun toʻlov


Boshqa ehtiyojlar


Mutaхassis izohi:




Nizomga

6-ILOVA



Odam savdosidan jabrlangan shaхs bilan

yakka tartibda ishlash shaхsiy rejasi

Mutaхassis F.I.O: ________________________________________________

Ariza beruvchining F.I.O: _________________________________________

Boshlangan sana ___________________________________________________

Muddatning tugash sanasi _________________________________________

T/r

Xizmat nomi va tadbirlar

Tadbirlarni amalga oshirish

Amalga oshirish muddati

Yordam koʻrsatuvchi tashkilot

Xizmat natijasi


























Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 9 fevral