Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2021 y. PQ-4987-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan хizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy хizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

11.02.2021 y.

N PQ-4987



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLARINING MUDDATLI HARBIY

XIZMATGA NAVBATDAGI ChAQIRUVI HAMDA

BELGILANGAN XIZMAT MUDDATINI

OʻTAB  BOʻLGAN  MUDDATLI  HARBIY

XIZMATChILARNI QUROLLI KUChLAR

REZERVIGA BOʻShATISh TOʻRISIDA



"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:


1. Chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2021 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqirilsin.

Harbiy хizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli boʻlgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatiga olinsin.


2. Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilar 2021 yilning mart-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilsin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                       Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 12 fevral


"Xalq soʻzi", 2021 yil 12 fevral