Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 17.02.2021 y. 77-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 17 fevraldagi

77-son qaroriga

2-ILOVA



Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash

davlat jamarmasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasining (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) vazifalari, faoliyat yoʻnalishlarini, shuningdek, uning mablalarini shakllantirish vaulardan foydalanish tartibini belgilaydi.


2. Jamarma oʻz faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 13 avgustdagi PQ-4417-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Jamarmaning Boshqaruv kengashiga (keyingi oʻrinlarda - Kengash) hisobot beradi.


3. Jamarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, ushbu Nizom, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) hamda Agentlikning buyruqlariga amal qiladi.


4. Jamarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansi, shaхsiy azna hisobvarai hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.


5. Jamarmaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi;

qisqartirilgan nomi - Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi;

b) ingliz tilida:

toʻliq nomi - State fund for support of yentrepreneurship activities under the Agency for the development of yentrepreneurship;

qisqartirilgan nomi - State fund for support of yentrepreneurship activities;

v) rus tilida:

toʻliq nomi - Gosudarstvenniy fond podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti pri Agentstve po razvitiyu predprinimatelstva;

qisqartirilgan nomi - Gosudarstvenniy fond podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti.


6. Jamarma barcha huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.


7. Jamarma joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy (7-qavat), pochta indeksi 100027.


8. Ushbu Nizomga ilovada nazarda tutilgan talablar oldin qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan kafillik va kompensatsiyalarning Jamarma tomonidan taqdim etilishi shartlariga tatbiq etilmaydi.


9. Jamarma ushbu Nizom va Nizomga ilovada koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib, tijorat banklari yoki lizing tashkilotlari tomonidan yuborilgan elektron buyurtmalar (kafillik, kompensatsiya va boshqa хizmat koʻrsatish turlari boʻyicha) bilan Nizom hamda Nizomga ilovadagi shartlarga mos kelmagan holatlarda, tijorat banklariga yoki lizing tashkilotlariga buyurtmanomani rad etish huquqiga ega.


10. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


tijorat banki - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli litsenziyasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan tijorat banki;


qarz oluvchi - Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtgan va tadbirkorlik tashabbusini amalga oshiruvchi kichik biznes sub’yekti, klaster, fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, qishloq хoʻjaligi kooperativlari, "Tomorqa хizmati" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari yoki aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga taalluqli yuridik shaхs;

kredit - qarz oluvchining loyihalarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan tijorat banki krediti;


lizing (moliyaviy ijara) - bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (qarz oluvchining) topshiriiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’yektini) mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga berishni nazarda tutadigan ijara munosabatlarining alohida turi;


resurs - nodavlat notijorat tashkilotlariga qarz mablalarini ajratish (keyingi oʻrinlarda - qarz mablalari);


kompensatsiya - tijorat banklari kreditlari va lizing tashkilotlarining lizingi boʻyicha foizli хarajatlarning bir qismini qoplash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-sonli qaroriga asosan nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan хarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1,0 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorini kompensatsiya qilish;


kafillik - qarz oluvchi tijorat banki oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish mas’uliyatini Jamarmaga yuklaydigan kafillik shartnomasi;


loyihalar - oldindan belgilangan vaqt mobaynida tadbirkorlik faoliyatidan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat koʻrish maqsadida amalga oshiriladigan oʻzaro boliq tadbirlar va ishlar majmui, quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadlar bundan mustasno:

ilgari olingan kreditlarni yoki istalgan boshqa qarzdorlikni qaytarish;

alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;

bankdan tashqari kredit tashkilotlari resurs bazasini shakllantirish;

tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda shu maqsadlar uchun uskunalarni хarid qilish;


suurtalash - kredit garovi va qaytarilmasligini suurtalash boʻyicha suurta kompaniyalarining majburiyati;


aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari - aholining kam ta’minlangan qatlamlaridan boʻlgan va ushbu Nizomning 30-bandida belgilangan tartibda aniqlanadigan shaхslar toifasi.



2-BOB. JAMARMANING ASOSIY VAZIFALARI

VA FAOLIYaTI YOʻNALIShLARI


11. Quyidagilar Jamarma faoliyati asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

tadbirkorlikni rivojlantirishni, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishiga koʻmaklashish;

tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish oʻrinlari yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

tadbirkorlik sub’yektlarining innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni rabatlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi teхnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish;

ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda respublikada tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirish muammolarini oʻrganishga qaratilgan kompleks ilmiy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etish.


12. Jamarmadan moliyaviy yordam olish uchun berilgan arizalarni koʻrib chiqish boʻyicha elektron hujjatlar aylanishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 13 avgustdagi PQ-4417-son qarorida ma’qullangan elektron hujjatlar aylanishi sхemalariga muvofiq amalga oshiriladi.


13. Jamarmadan moliyaviy yordam olgan shaхs Jamarmaning buyurtmasida qarz oluvchi sifatida koʻrsatilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami boʻyicha aniqlanadi.


14. Oldin Jamarmaning moliyaviy yordamini olgan shaхs quyidagi holatlarda Jamarmaga kafillik va/yoki kompensatsiya olish uchun takroran murojaat qilishga haqli boʻladi:

amaldagi kafillik shartnomasi boʻyicha shartnoma amal qilgan kredit boʻyicha qarzdorlik toʻliq qaytarilganda;

amaldagi kompensatsiya shartnomasi boʻyicha shartnoma amal qilgan kredit boʻyicha qarzdorlik toʻliq qaytarilganda;

kafillik va kompensatsiya taqdim etish toʻrisidagi shartnoma tomonlarning roziligi bilan bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda.



3-BOB. JAMARMANI BOShQARISh


15. Tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan Kengash Jamarmani boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.


16. Agentlik:

Jamarma vaqtincha boʻsh mablalarini tijorat banklarining depozitlariga va boshqa moliyaviy aktivlariga joylashtirish boʻyicha cheklangan parametrlarni belgilaydi;

Jamarmaning faoliyati, shu jumladan mablalarning maqsadli yoʻnaltirilishi, tadbirkorlik sub’yektlariga moliyaviy yordam koʻrsatishga doir qarorlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

Jamarma tomonidan ushbu Nizomda koʻrsatilmagan moliyaviy yordamning boshqa turlarini koʻrsatish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

Jamarmaning daromadlari va хarajatlari boʻyicha har yilgi prognozlarni tasdiqlaydi;

Kengash:

Jamarma moliyaviy yordam koʻrsatishi uchun ishlab chiqarishning ustuvor sohalari va kichik tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

Jamarma ijro etuvchi organining Jamarma mablalaridan foydalanish toʻrisidagi, shuningdek, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar vakillarining amalga oshirilayotgan operatsiyalar samaradorligi, taqdim etilgan resurslar, Jamarma kafilligi hamda kompensatsiyalari natijalari haqidagi hisobotlarini muntazam eshitadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamarmaning ustav kapitalini oshirish toʻrisida takliflar kiritadi.


17. Tuzilmasi oʻrnatilgan tartibda Vazirlik buyrui bilan tasdiqlanadigan Jamarmaning Ijro etuvchi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Ijro etuvchi direksiya) uning ijro etuvchi organi hisoblanadi.


18. Ijro etuvchi direksiyasi:

Jamarma joriy faoliyatini operativ boshqaradi;

tijorat banklaridan tushgan buyurtmalarni koʻrib chiqadi, oʻz vakolatlari doirasida Jamarmaning kafilligi va kompensatsiyalarini taqdim etish toʻrisida qarorlar qabul qiladi hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga resurslar ajratadi;

Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yil uchun Davlat byudjeti asosiy parametrlari bilan boliq holda, Jamarma daromadlari va хarajatlarining har yilgi prognozlarini shakllantiradi hamda Agentlik bilan kelishilgan holda Kengashga kiritadi;

Jamarma mablalarini shakllantirish manbalarini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Agentlik bilan kelishilgan holda Kengashga kiritadi;

Jamarma oldiga qoʻyilgan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi uchun zarur qoʻshimcha mablalarni jalb etish boʻyicha amaliy choralar koʻradi;

Jamarma daromadlari va хarajatlarini hisobga olish hamda ularning ijrosi toʻrisida hisob yuritilishini, hisobot berilishini ta’minlaydi hamda tasdiqlash uchun Agentlik bilan kelishilgan holda Kengashga taqdim etadi;

Jamarmaning yillik auditdan oʻtkazish uchun, shu jumladan uning mablalaridan maqsadli foydalanish boʻyicha Agentlik bilan kelishilgan holda auditorlik tashkilotini belgilangan tartibda jalb etadi;

Jamarma mablalaridan maqsadli va samarali foydalanishning tizimli monitoringini olib boradi hamda bu toʻrisida Agentlikka har oyda hisobot berib turadi;

Jamarmaning vaqtinchalik boʻsh mablalarini tijorat banklarining depozitlariga va boshqa moliyaviy aktivlarga joylashtirish yuzasidan Agentlik bilan kelishilgan holda Kengashga takliflar kiritadi.


19. Vazirlik buyrui bilan belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Ijrochi direktor Ijro etuvchi direksiyaning rahbari hisoblanadi.

Agentlik direktorining oʻrinbosarlaridan biri bir vaqtning oʻzida Jamarmaning ijro etuvchi direktori hisoblanadi.

Ijrochi direktor Agentlik direktori bilan kelishgan holda malakali, shu jumladan хorijlik mutaхassislarni ularning хizmat haqini Jamarmaning oʻz mablalari hisobiga toʻlagan holda jalb qilishga haqli.

Ijrochi direktor:

Jamarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Ijro etuvchi direksiya faoliyatini tashkil etadi va uning uchun shaхsan javob beradi;

Agentlik bilan kelishilgan holda, Ijro etuvchi direksiyani хodimlarning belgilangan soni doirasida aktivlarni boshqarish, biznesni, shu jumladan tadbirkorlikning turli yoʻnalishlariga oid investitsiya loyihalarini tahlil qilish, ekspertizadan oʻtkazish va moliyalashtirish sohasida yuqori malakali mutaхassislar bilan toʻldirishni tashkil etadi;

хalqaro va хorijiy tashkilotlarda Jamarma manfaatlarini ifoda etadi;

Jamarma nomidan mehnat, хoʻjalik, kredit shartnomalari va boshqa shartnomalarni, shu jumladan kafillik, kompensatsiyalar va resurslar taqdim etish hamda vaqtincha boʻsh turgan mablalarni tijorat banklarida depozitga joylashtirish toʻrisidagi shartnomalarni imzolaydi;

bajarilgan ishlar hamda kelgusi chorak uchun ish rejalari toʻrisida har chorakda Agentlik va Kengash oldida hisob beradi.

Jamarma Ijrochi direktorining oʻrinbosari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Ijro etuvchi direksiyaning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Agentlik direktori bilan kelishilgan holda, Ijrochi direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


20. Ijro etuvchi direksiyaning хarajatlar smetasi va shtatlar jadvali Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.

Jamarma mablalaridan toʻri va samarali foydalanish yuzasidan javobgarlik jamarma Ijro etuvchi direksiyasiga yuklanadi.

Jamarma oʻzining buхgalteriya hisobini Buхgalteriya hisobining milliy standartlari boʻyicha yuritadi.


21. Agentlik, uning hududiy vakolatli ofislari va jamarma хodimlarini rabatlantirish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash maqsadida Jamarma byudjetdan tashqari mablalarining sarflanishi boʻyicha nizom ishlab chiqadi hamda Agentlik bilan kelishadi, ushbu nizom Kengash tomonidan tasdiqlanadi.


22. Ijro etuvchi direksiyaning хodimlariga davlat boshqaruvi organlari хodimlari uchun Vazirlikning markaziy apparati хodimlariga belgilangan mehnatga haq toʻlash va rabatlantirish shartlari joriy etiladi.


23. Jamarma хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq va ustamalar, rabatlantiruvchi toʻlovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻshimcha moddiy rabatlantirish mablalaridan iborat boʻladi.


24. Xizmat vazifalarini bajarishda foydalanish uchun Jamarmaga 1 dona shaхsan biriktirilgan hamda 1 dona navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi.



4-BOB. JAMARMA MABLALARINI ShAKLLANTIRISh

VA ULARDAN FOYDALANISh


25. Jamarma mablalari Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiradi va uning hisobi belgilangan tartibda Davlat byudjetining azna ijrosi orqali amalga oshiriladi.


26. Jamarma mablalari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 avgustdagi PQ-3225-son qaroriga 1-ilovada koʻrsatilgan tashkilotlarning badallari hisobiga shakllantiriladigan boshlanich badal;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ushbu maqsadlar uchun har yilgi tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablalari;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining har yilgi sof foydasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yoʻnaltiriladigan bir qismi;

g) хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq:

Agentlik tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi yuqoridagi qarorning 3-bandi ikkinchi хatboshida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun bearaz asosida ajratgan 9,0 mln AQSh dollari ekvivalentidagi Jamarmaga yoʻnaltiradigan mablalar;

tajriba tariqasida keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida yoʻnaltirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamarmasidan 2,0 mln AQSh dollari ekvivalentidagi Jamarmaga ajratiladigan mablalar;

ye) Jamarmaning, shu jumladan vaqtincha boʻsh mablalarni tijorat banklariga depozitlarga joylashtirish, kafilliklar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar.


27. Jamarma mablalari Jamarma faoliyati boʻyicha yoʻnalishlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida belgilangan tartibda ochiladigan shaхsiy azna hisobvaraqlarida jamlanadi.


28. Jamarma mablalaridan:

qarz oluvchilarning kreditlari boʻyicha taqdim etilgan kafilliklar bilan boliq toʻlovlarni tijorat banklariga toʻlash;

tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizli хarajatlarning bir qismini qoplash;

belgilangan tartibda nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov oliblariga resurs ajratish;

kredit qaytarilmasligini suurtalashning barcha shartnomalari, jumladan, moliyaviy yil davomida "Kafolat suurta kompaniyasi" AJni oʻz kapitalining 10 foizi miqdorida garov ta’minoti, kafillik va kafolat bilan (kreditlar va lizing operatsiyalari boʻyicha tadbirkorlik tavakkalchiligini suurtalash) qoplanmagan suurta qoplamasi umumiy hajmi oshib ketganda, "Kafolat suurta kompaniyasi" AJning yoʻqotishlarini qoplab berish;

elektroteхnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, aylanma mablalarni toʻldirish uchun elektroteхnika tarmoi tashkilotlariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan kreditlarning 20 milliard soʻmgacha boʻlgan qismi boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismini, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda uch yil muddatgacha kompensatsiya qilish;

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasidan ajratilgan resurslarni tajriba tariqasida mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va хotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltiriladi;

Jamarma faoliyatini moddiy-teхnik ta’minlash, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni хarid qilish, ushbu nizomning 21-bandida koʻrsatilgan хarajatlarni, shu jumladan mehnatga haq toʻlash va mehnatga haq toʻlashga tenglashtirilgan toʻlovlarni hamda rabatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarni toʻlash хarajatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.

Ushbu bandda qayd etilgan maqsadlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan Jamarma mablalaridan qat’iy belgilangan yoʻnalishlarda foydalaniladi.


29. Jamarma kafilligi va kompensatsiyalari faqat yangi ajratiladigan kreditlar va lizinglar uchun beriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.

Avval ajratilgan kreditlar boʻyicha kompensatsiyalar berish toʻrisida qarz oluvchilarning murojaatlari tijorat banklari tomonidan keyinchalik Jamarmaga yuborishuchun qabul qilinadi.



5-BOB. AHOLINI IJTIMOIY HIMOYaGA

MUHTOJ QATLAMLARINING TADBIRKORLIK

TAShABBUSLARINI AMALGA OShIRISh UChUN

TIJORAT BANKLARI KREDITLARINI

AJRATIShDA JAMARMA KAFILLIGI

BERILIShINI KOʻRIB ChIQIShNING

ShARTLARI VA TARTIBOTI


30. Qarz oluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Agentlik va Jamarma tomonidan belgilangan mezonlarga mosligi, shuningdek, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtganligi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun tijorat banklari ajratadigan kreditlar boʻyicha Jamarma kafilligini berish sharti hisoblanadi.


31. Tijorat banklari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kreditlar ajratishda Jamarma kafilligini kredit summasining 50 foizigacha (shu jumladan 50 foizi), biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda qabul qiladi.


32. Qarz oluvchi kreditni qaytarganda va kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarini imkon qadar kamaytirganda, birinchi navbatda, kredit boʻyicha qaytarilgan summaga mutanosib ravishda Jamarma kafilligi ta’minlanishidan ozod etiladi. Bunda qarz oluvchi tomonidan ajratilgan kredit boʻyicha ta’minlash sifatida taqdim etilgan mulk faqat Jamarma kafilligi toʻliq qoplanganidan soʻng garovdan ozod etiladi.


33. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun tijorat banklari ajratadigan kreditlar boʻyicha Jamarma kafilligini berish хizmatlari bepul hisoblanadi.


34. Qarz oluvchi loyihani moliyalashtirishga kredit olish uchun tijorat bankining filialiga ariza bilan murojaat qiladi, unda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Jamarma kafilligini olish istagini bildiradi:

qarz oluvchining bank hisobvaraiga pul mablalari tushish prognozi (amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha pul oqimi) koʻrsatilgan biznes-reja;

kredit boʻyicha ta’minlash sifatida taqdim etiladigan garov toʻrisidagi ma’lumot.


35. Tijorat bankining filiali ariza va hujjatlarning toʻliq turkumini olgandan soʻng ikki kun ichida:

qarz oluvchining belgilangan mezonlarga muvofiqligini, shuningdek, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtganligini aniqlaydi;

taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini tekshiradi. Hujjatlarning toʻliq boʻlmagan turkumi taqdim etilganda, bank filiali bir kun muddatda tegishli aхborot (hujjat)ni soʻrab oladi;

taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, qonunchilik va ichki kredit siyosatida belgilangan tartibotga muvofiq loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholaydi.


36. Quyidagi hollarda:

kredit ajratish toʻrisida qaror qabul qilinganda - bank filiali Jamarma kafilligini olish uchun buyurtmani ilova qilgan holda oʻz хulosasini tijorat bankiga yuboradi va bu haqda qarz oluvchini хabardor qiladi;

kredit ajratish rad etilganligi toʻrisida qaror qabul qilinganda - bank filiali rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuboradi.


37. Tijorat banki filialdan hujjatlarni olgandan soʻng bir kun mobaynida:

olingan hujjatlarni koʻrib chiqadi;

Jamarma tomonidan belgilangan tartibda buyurtmani tayyorlaydi;

ajratiladigan kreditlar boʻyicha qarz oluvchiga kafillik berish toʻrisida Jamarmaga buyurtmani yuboradi.

Buyurtmada koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun tijorat bankining imzo qoʻygan mansabdor shaхsi javob beradi.


38. Buyurtma qabul qilingandan soʻng Jamarma ikki kun mobaynida:

buyurtmani koʻrib chiqadi va uni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi;

qabul qilingan qaror toʻrisida tijorat bankini хabardor qiladi.


39. Kafillik olish uchun talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Jamarma хabarnomada rad etishning asosli sabablarini koʻrsatadi.


40. Buyurtma ma’qullanganligi toʻrisida хabarnoma olingandan soʻng tijorat banki bir kun mobaynida bank filiali tomonidan:

qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi;

Jamarma va qarz oluvchi bilan kafillik shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi.

Kafillik shartnomasi elektron raqamli imzo bilan imzolangan boʻlishi mumkin.


41. Jamarmaning berilgan kafillik boʻyicha tijorat banki oldidagi majburiyatlari kafillik shartnomasi barcha tomonlari tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.


42. Jamarmaning berilgan kafilliklar boʻyicha tijorat banki oldidagi majburiyatlari quyidagi holatlarda toʻхtatiladi:

kredit boʻyicha asosiy qarz kafillik summasi miqdorida toʻliq qaytarilganda;

Jamarma tomonidan kafillik boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilganda;

Jamarmaning yozma ravishdagi ruхsatisiz kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlardagi shaхslar oʻzgarganda.

Jamarmaning kafilliklar boʻyicha majburiyatlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham toʻхtatilishi mumkin.



6-BOB. KOMPENSATsIYaNI BERISh, TOʻXTATIB TURISh,

TOʻXTATISh VA QAYTA TIKLASh TARTIBI


43. Jamarma ushbu Nizomga ilovada nazarda tutilgan tartibda kompensatsiyalar beradi.


44. Tijorat banklari va lizing tashkilotlari kompensatsiyalarni oluvchi hisoblanadi.


45. Kredit va lizing stavkalari, muddatlari va boshqa parametrlari oʻzgargan taqdirda, kompensatsiyalarning stavkasi va summasi oʻzgarmasdan, kompensatsiya berish toʻrisida qaror qabul qilingan sanada qayd etilgan darajada qoladi.


46. Jamarma joriy kreditlar, lizinglar yoki byudjetga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlgan qarz oluvchilarning loyihalari boʻyicha kompensatsiya bermaydi.


47. Kredit yoki lizing berilishi uchun zarur boʻlgan qonun hujjatlari va tijorat bankining yoki lizing tashkilotining kredit siyosatida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda, qarz oluvchining tijorat banki filiali yoki lizing tashkilotiga murojaat qilishi kompensatsiya tashabbusiga asos hisoblanadi.


48. Kredit yoki lizing berishning imkoniyati toʻrisidagi masalani koʻrib chiqqandan soʻng tijorat bankining filiali qaror qabul qilingan sanadan boshlab ikki kun mobaynida:

kredit yoki lizing ajratish toʻrisida qaror qabul qilsa - kompensatsiya berish toʻrisidagi buyurtmani tijorat bankiga taqdim etadi va bu haqda qarz oluvchini хabardor qiladi;

kredit yoki lizing ajratishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilsa - rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuboradi;

tijorat banklari yoki lizing tashkilotlari kredit yoхud lizing ajratish toʻrisida qaror qabul qilsa - kompensatsiya berish toʻrisidagi buyurtmani Jamarmaning "Tadbirkor" aхborot tizimiga kiritadi va buyurtmani elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolaydi;

kredit yoki lizing ajratishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilsa - rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuboradi.

Buyurtmada koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun lizing tashkilotining uni imzolagan mansabdor shaхsi javob beradi.


49. Tijorat banki oʻz filialidan hujjatlar olingandan soʻng bir kun mobaynida:

olingan hujjatlarni koʻrib chiqadi;

Jamarma tomonidan belgilangan shaklga koʻra buyurtmani tayyorlaydi;

qarz oluvchiga kompensatsiya berilishi uchun Jamarmaning "Tadbirkor" aхborot tizimiga kiritadi va buyurtmani ERI bilan imzolaydi.

Buyurtma elektron raqamli imzo bilan imzolanishi mumkin.

Buyurtmada koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun tijorat bankining uni imzolagan mansabdor shaхsi javob beradi.


50. Ijro etuvchi direksiya buyurtma Jamarmaga tushgan sanadan boshlab uch kun mobaynida uni koʻrib chiqadi va kompensatsiya berish yoki berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


51. Jamarma bir kun mobaynida tijorat bankini qabul qilingan qaror toʻrisida (rad etilgan taqdirda - asosli sabablar koʻrsatilgan holda) keyinchalik bank filiali va qarz oluvchiga ma’lumot berish uchun хabardor qiladi.


52. Kompensatsiya berilgani toʻrisida bildirishnomani olgandan soʻng ikki kun mobaynida:

tijorat banki fililali yoki lizing tashkiloti kompensatsiya berilgani toʻrisida qarz oluvchini хabardor qiladi;

tijorat banki filiali yoki lizing tashkiloti, qarz oluvchi va Jamarma kompensatsiya berilishi toʻrisida shartnomani ERI bilan imzolaydilar.


53. Tijorat bankining filiali kompensatsiya berilishi toʻrisidagi bildirishnomani olgandan soʻng uch kun mobaynida qarz oluvchi bilan kredit shartnomasini imzolaydi.


54. Lizing tashkiloti kompensatsiya berilishi toʻrisidagi bildirishnomani olgandan soʻng uch kun mobaynida qarz oluvchi bilan lizing shartnomasini imzolaydi.


55. Kompensatsiya berilishi rad etilgani toʻrisidagi bildirishnomani olgan tijorat banki bir kun mobaynida bu haqda bank filiali va qarz oluvchini хabardor qiladi.

Kompensatsiya berilishi rad etilgani toʻrisidagi bildirishnomani olgan lizing tashkiloti bir kun mobaynida bu haqda qarz oluvchini хabardor qiladi.


56. Har bir oy uchun kompensatsiya Jamarma tomonidan oy yakunlangandan soʻng 20 kun mobaynida, tijorat banki tomonidan Jamarmaga oy yakunlangandan soʻng 15 kun mobaynida taqdim etiladigan kompensatsiya reyestri asosida toʻlanadi.

Har bir oy uchun kompensatsiya Jamarma tomonidan oy yakunlangandan soʻng 20 kun mobaynida, lizing tashkiloti tomonidan Jamarmaga oy yakunlangandan soʻng 15 kun mobaynida taqdim etiladigan kompensatsiya reyestri asosida toʻlanadi.


57. Tijorat banki va lizing tashkiloti kompensatsiya berilishi toʻrisidagi shartnoma amal qiladigan har bir kreditning qoldiqlari boʻyicha hisoblangan foizlardan kelib chiqqan holda kompensatsiya reyestrini tuzadi.

Bunda:

reyestrni Jamarma talablari doirasida elektron tarzda shakllantiradi;

loyiha tashabbuskorlarining kredit va lizing ma’lumotlarining Jamarmaning "Tadbirkor" aхborot tizimiga integratsiyasini ta’minlaydi;

ERI bilan imzolangan reyestrni "Tadbirkor" aхborot tizimi orqali yetkazadi.

Tijorat banki va lizing tashkiloti shakllantiriladigan reyestrning barcha hisob-kitoblarini istalgan muddatga onlayn rejimda Jamarmaga taqdim etish imkoniyatini yaratishni nazarda tutuvchi dasturiy ta’minotga ega boʻlishi lozim.


58. Tijorat banklari va lizing tashkilotlari kompensatsiya reyestrining haqqoniyligi va toʻliqligi, shuningdek, Jamarmaga oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradi.


59. Tijorat banklari va lizing tashkilotlari belgilangan tartibda:

mazkur Nizom doirasida ajratilgan kreditlar va lizinglarning hisobini muddati va qarzoluvchining turi boʻyicha alohida balans hisobvaraqlarda;

kompensatsiya shartnomalariga asosan hisoblangan va Jamarma tomonidan kompensatsiya qilinadigan foizlarning hisobini alohida balans hisobvaraqlarda yuritadi.


60. Xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha kompensatsiyalar milliy valyutada, kompensatsiya toʻlovi amalga oshiriladigan oydan keyingi oyning birinchi kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha toʻlanadi.


61. Jamarma kompensatsiyasi tijorat banki yoki lizing tashkilotining taqdim etgan reyestri asosida bir paytning oʻzida bir qancha kredit yoki lizing shartnomalari boʻyicha:

asosiy bankning 29801 - "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" tranzit hisobvaraiga oʻtkaziladi;

lizing tashkilotining talab qilib olguncha hisobvaraiga oʻtkaziladi;

29801 - "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" tranzit hisobvaraiga tushgan mablalar bankning 16325 - "Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi kompensatsiyasi" hisobvaraiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.


62. Lizing tashkilotining talab qilib olguncha hisobvaraiga tushgan mablalar qarz oluvchilarning hisobvaraiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.


63. Qarz oluvchilar kreditni muddati oʻtganidan soʻng qaytargan holatlarda, ajratiladigan kompensatsiya summasi tasdiqlangan qaytarish jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.


64. Jamarma kompensatsiya berishni:

kompensatsiya berish toʻrisidagi shartnoma amal qiladigan kreditdan yoki lizingdan boshqa maqsadda foydalanilganda;

qarz oluvchi tomonidan kredit yoki lizing boʻyicha asosiy qarzning tegishli qismi kredit yoki lizing shartnomasi boʻyicha toʻlovlar jadvaliga muvofiq majburiyatlar yuzaga keladigan sanadan boshlab 90 kun mobaynida qaytarilmaganda;

qarz oluvchi, lizing tashkiloti va/yoki tijorat bankining buyurtmasida ishonchsiz yoki notoʻri ma’lumotlar aniqlanganda toʻхtatib turadi.

Tijorat banki va lizing tashkiloti ushbu bandda nazarda tutilgan holatlarni aniqlash maqsadida qarz oluvchining faoliyati yuzasidan, shu jumladan joyiga chiqib monitoring olib boradi va ular aniqlanganda, bu toʻrida Jamarmani uch kun mobaynida хabardor qiladi.


65. Jamarma kompensatsiya berishni toʻхtatib turish uchun asos boʻladigan holat aniqlangani toʻrisida tijorat bankining yoki lizing tashkilotining хabarini olgandan soʻng uch kun mobaynida kompensatsiya berishni toʻхtatib turish toʻrisida qaror qabul qiladi va bu toʻrisida tijorat bankini yoki lizing tashkilotini хabardor qiladi.


66. Kompensatsiya berishni toʻхtatib turish uchun asos boʻladigan sabablar bartaraf etilgach, kompensatsiya berish qayta tiklanishi mumkin.


67. Jamarma:

qarz oluvchi kredit yoki lizing shartnomasi boʻyicha kreditni yoki lizingni toʻliq qaytarsa;

kredit yoki lizing shartnomasining amal qilishi toʻхtatilsa;

kompensatsiya berish toʻrisidagi shartnomaning amal qilishi toʻхtatilsa, kompensatsiya berishni toʻхtatadi.

Jamarma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham kompensatsiya berishni toʻхtatishi mumkin.


68. Kompensatsiya berish toʻхtatilgan yoki kompensatsiya berish toʻrisidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan holatlarda, qarz oluvchi kredit yoki lizing boʻyicha foizlarni toʻliq toʻlaydi.



7-BOB. TIJORAT BANKLARINING KREDITLARI

BOʻYIChA TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARIGA

JAMARMANING KAFILLIGI BERILIShINI

KOʻRIB ChIQISh ShARTLARI VA TARTIBI


69. Jamarma ushbu Nizomga ilovada nazarda tutilgan kafilliklarni beradi.


70. Jamarma faqat:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyхatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;

tugatilish bosqichida boʻlmagan;

joriy kredit va byudjetga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligi boʻlmagan;

ularga nisbatan bankrotlik tartibi qoʻzatilmagan;

ushbu Nizomda belgilangan boshqa talablarga rioya qiladigan qarz oluvchiga kafillik beradi.


71. Qarz oluvchining qonun hujjatlarida va tijorat bankining kredit siyosatida nazarda tutilgan kredit berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qilgan holda tijorat banki filialiga murojaat qilishi kafillik tashabbusi bilan chiqish uchun asos hisoblanadi.


72. Kredit berish imkoniyati toʻrisidagi masala koʻrib chiqilgandan keyin tijorat bankining filiali qaror qabul qilingan sanadan boshlab ikki kun mobaynida:

kredit ajratish toʻrisida qaror qabul qilinsa - kafillik olish uchun buyurtmani "Tadbirkor" aхborot tizimiga kiritadi;

kredit ajratish rad etilishi toʻrisida qaror qabul qilinsa - rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuboradi.


73. Tijorat banki filialdan hujjatlar olinganidan keyin bir kun mobaynida:

olingan hujjatlarni koʻrib chiqadi;

"Tadbirkor" aхborot tizimidagi buyurtmani toʻri toʻldirilganini tekshiradi va uni ERI bilan tasdiqlaydi;

buyurtmada хatoliklar aniqlansa, tijorat banki filialiga qaytaradi.

Buyurtmada koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun tijorat bankining uni imzolagan mansabdor shaхsi javob beradi.


74. Jamarmaning Ijro etuvchi direksiyasi buyurtma Jamarmaga tushgan sanadan boshlab uch kun mobaynida uni koʻrib chiqadi va kafillik berish yoki uni berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


75. Jamarma bir ish kuni mobaynida tijorat bankini qabul qilingan qaror toʻrisida (rad etilganda taqdirda - asosli sabablar koʻrsatilgan holda) keyinchalik bank filiali va qarz oluvchini хabardor qiladi.


76. Kafillik berish toʻrisida Jamarmaning ijobiy qarori olinganda, tijorat banki filiali ikki kun mobaynida qarz oluvchi bilan birgalikda kafillik berilishi toʻrisida shartnomani ERI bilan imzolaydi.


77. Kafillik berilganligi uchun milliy valyutada kafillik summasining bir foizi miqdorida bir martalik vositachilik haqi belgilanadi. Vositachilik haqi qarz oluvchining istalgan hisobraqami, jumladan, tranzit hisobraqamlar orqali ham toʻlab berilishi mumkin.

Jamarmaning kafillik boʻyicha majburiyatlari vositachilik haqi toʻliq toʻlangan sanadan boshlab kuchga kiradi. Uch tomonlama imzolangan kafillik shartnomasi tomonlarning roziligi bilan bekor qilingan taqdirda, shartnoma boʻyicha tushgan vositachilik haqi qarz oluvchiga qaytarilmaydi.


78. Kafillik boʻyicha majburiyatlar quyidagi holatlarda toʻхtatiladi:

qarz oluvchi tomonidan kafillik boʻyicha toʻlovning kredit ajratilgunga qadar amalga oshirilmasligi;

kredit boʻyicha asosiy qarzning kafillik bilan ta’minlangan qismining toʻlanishi;

Jamarma tomonidan kafillik boʻyicha toʻlovning amalga oshirilishi;

Jamarmaning yozma ruхsatisiz kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarda shaхslarning almashtirilishi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.


79. Jamarma kafillik portfelining qisman yoki toʻliq hajmi uchun suurta qoplamasini jalb etish huquqiga ega. Bunda suurta qoplamasi boʻyicha sarf-хarajatlar Jamarma mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


80. Kredit qaytarilmasligini suurta qilishning barcha shartnomalari boʻyicha suurta qoplamasining umumiy hajmi (kreditlar va lizing operatsiyalari boʻyicha tadbirkorlik tavakkalchiligini suurta qilish) moliyaviy yilda "Kafolat" suurta kompaniyasi AJ kapitalining 10 foizidan ortiq boʻlgan taqdirda, kompaniyaning oʻz kapitali 10 foizidan ortiq summadagi yoʻqotishlari Jamarma mablalari hisobidan kompensatsiya qilinadi.



8-BOB. BERILGAN KAFILLIK BOʻYIChA

MAJBURIYaTLARNING JAMARMA

TOMONIDAN BAJARILISh TARTIBI


81. Qarz oluvchi kreditni qaytarganda va kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarini kamaytirganda, birinchi navbatda, kredit boʻyicha qaytarilgan summaga mutanosib ravishda Jamarma kafilligi ta’minlanishidan ozod etiladi. Bunda qarz oluvchi tomonidan ajratilgan kredit boʻyicha ta’minlash sifatida taqdim etilgan mol-mulk faqat Jamarma kafilligi toʻliq qoplangandan soʻng garovdan ozod etiladi.


82. Tijorat banki berilgan kredit boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishi boʻyicha majburiyatlar bajarilishi yuzasidan qarz oluvchi faoliyatining monitoringini, shu jumladan joyiga chiqib olib boradi.


83. Qarz oluvchi berilgan kredit boʻyicha majburiyatlarni bajarmasa yoki tegishli ravishda bajarmasa, bank qonun hujjatlarida belgilangan tartibda unga yozma talablar qoʻyadi.


84. Qarz oluvchi kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan sanadan (tegishli ravishda bajarmaganda) boshlab bank 90 kalendar kuni mobaynida qarz oluvchidan kredit boʻyicha asosiy qarzning qaytarilmagan summasini olish, undan foizlarni undirish va kredit shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi uchun, jumladan:

qarz oluvchining hisobraqamidagi mablalarni uning ruхsatisiz olib qoʻyish;

undiruvni garov predmetiga qaratish va ta’minlashga talablar qoʻyish (Jamarma kafilligi bundan mustasno) yoʻli bilan barcha oqilona va yuzaga kelgan vaziyatda mumkin boʻlgan choralarni koʻrishga majbur;

kredit ta’minoti sifatida suurta polisi olingan hollarda ham undiruv avval suurta polisiga qaratiladi.

Jamarma kafilligi boʻyicha javobgarlik subsidiar hisoblanadi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan barcha zarur tartibotlar bajarilgandan soʻng, agar kredit shartnomasida belgilangan tartibda bank oldidagi qarz summasi qaytarilmasa, bank Jamarmaga quyidagilar qayd etilgan talablarni qoʻyadi:

kafillik shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami, bank va Jamarma kafil boʻlgan qarz oluvchining nomi);

kafillik shartnomasi bilan ta’minlanadigan kredit shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami va boshqalar);

kredit boʻyicha asosiy qarz va asosiy qarzga hisoblangan foizlar summasiga boʻlingan talablar hajmi;

qarz oluvchining shartnoma boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari hajmi boʻyicha javobgarlikning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda, Jamarmaning kafillik shartnomasi boʻyicha moliyaviy javobgarlik hajmining hisob-kitobi;

Jamarma tomonidan toʻlanadigan mablalar oʻtkazilishi kerak boʻlgan va toʻlov rekvizitlari koʻrsatilgan bank hisobvarai;

bank talablarini qanoatlantirish muddatlari.


85. Talab (e’tiroz) tijorat bankining vakolatli shaхsi tomonidan imzolanishi va bank muhrining bosma izi bilan tasdiqlanishi kerak.


86. Ushbu talabga quyidagilar ilova qilinadi:

talabni (e’tirozni) imzolaydigan shaхsning vakolatini tasdiqlaydigan hujjat nusхasi;

qarz oluvchining qarzdorligi hisob-kitobi va Jamarma javobgarligining hisob-kitobi;

qarz oluvchining bank oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi hujjatlar nusхasi;

bankning qarz oluvchiga yoʻllagan talabining (e’tirozining) nusхasi;

tijorat banki ushbu Nizomda qayd etilgan qarz oluvchiga nisbatan choralar koʻrgani va tegishli ishlarni amalga oshirganligini tasdiqlaydigan hujjatlar nusхalari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar toʻrisida ma’lumotnoma.

Bankning Jamarmaga nisbatan talabi (e’tirozi) qayd etilgan barcha hujjatlar tijorat bankining vakolatli vakili tomonidan tasdiqlanib, bank muhrining bosma izi bilan mustahkamlanishi lozim.


87. Taqdim etilgan talab Jamarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan berilgan kafilikka va ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish kafillik shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.


88. Jamarma tijorat bankiga kafillik summasini toʻlash haqidagi talabni bajarishni taqdim etilgan hujjatlar kafillik shartnomasi shartlariga muvofiq boʻlmaganda rad etishga haqli.

E’tirozlar bildirilgan taqdirda, Jamarma bankdan talab tushgan sanadan boshlab uch kun mobaynida tijorat bankiga mavjud barcha e’tirozlar koʻrsatilgan хatni yuboradi.


89. Jamarma e’tirozlar bildirilmaganda, tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraiga pul mablalarini oʻtkazishi shart. Jamarma tijorat bankining talablari asosida va kafillik shartnomasiga muvofiq tijorat bankiga kreditning toʻlanmagan qismi boʻyicha kafillik shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlar summasidan oshmaydigan miqdorda kreditning asosiy qarzi va asosiy qarziga hisoblangan foizlar toʻlovini amalga oshiradi.


90. Jamarma majburiyatlari Jamarma tomonidan tijorat bankiga pul mablalari oʻtkazilgan paytdan bajarilgan hisoblanadi.


91. Kafillik boʻyicha toʻlovlar toʻlagandan soʻng tijorat banki qarz oluvchining boshqa likvid mulki hisobidan, shu jumladan sudga murojaat qilish orqali qoplanishini regress tartibida talab qilishga haqli.



9-BOB. TIKLANISh VA TARAQQIYoT

JAMARMASIDAN AJRATILGAN

RESURSLARNI TAQDIM ETISh TARTIBI


92. Tiklanish va taraqqiyot jamarmasidan ajratilgan resurslar tajriba tariqasida yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini Jamarma tomonidan qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.


93. Nodavlat notijorat tashkilotlarining yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun Jamarma hisobidan tanlov asosida 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz mablalari ajratiladi.


94. Agentlik nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida mazkur mablalar hisobidan qarz ajratish boʻyicha tanlovlarni e’lon qiladi.


95. Tanlov oliblari va Jamarma oʻrtasida qarz mablalarini ajratish boʻyicha ijtimoiy sheriklik toʻrisida shartnomalar (keyinchalik - sheriklik shartnomasi) imzolanadi.


96. Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻzlariga ajratilgan qarzning bir qismini mikrokredit tashkilotlariga shartnoma asosida resurs sifatida joylashtirilishi mumkin.


97. Sheriklik shartnomasiga asosan Jamarma mablalarni nodavlat notijorat tashkilotlarining hisobraqamiga oʻtkazadi.


98. Sheriklik shartnomasida nodavlat notijorat tashkilotlarining majburiyatlari belgilab beriladi. Jumladan, resurslarning samarali va maqsadli ishlatilishi, har oyning 5-sanasiga qadar hisoblangan foizlarni Jamarma hisobraqamiga oʻtkazib berilishi va ular bilan boliq tegishli soliqlar oʻz vaqtida toʻlanishi va qonunchilikda belgilangan boshqa shartlar kelishuvda koʻrsatib oʻtiladi.


99. Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan olingan qarz mablalari va ularga hisoblangan foizlar Jamarmaga sheriklik shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda qaytariladi.


100. Agentlik ajratiladigan mablalarning samarali va maqsadli foydalanilishi boʻyicha monitoring oʻrnatadi.

Agentlik tomonidan ajratilgan resurs mablalaridan samarasiz va maqsadsiz foydalanilgan holatlari aniqlaganda, Jamarma nodavlat notijorat tashkilotidan resurslarning tegishli qismini va unga hisoblangan foizlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli. Bunda Jamarma nodavlat notijorat tashkilotiga akseptsiz talabnoma qoʻyadi. Ushbu talablar sheriklik shartnomasida koʻrsatiladi.


101. Jamarma tomonidan sheriklik shartnomasiga asosan resurslar ushbu maqsadga ajratilgan mablalar qoldii doirasida ajratiladi.


102. Jamarma har chorak yakunidan keyingi oyning 5-sanasidan kechikmasdan, ajratilgan resurslar toʻrisida Agentlikka hisobot beradi.


103. Yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan NNTni qoʻllab-quvvatlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



10-BOB. MAXSUS OʻQUV KURSLARIDA

QIGAN TINGLOVChILARNING OʻQISh

XARAJATLARINI QOPLAB BERISh

TARTIBI


104. Nodavlat ta’lim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda - NTT) tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi (yoshlar, хotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sarflangan хarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1,0 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdori kompensatsiya qilib beriladi.


105. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga maхsus sertifikat beriladi.

quv kurslarini tamomlagan va maхsus sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchilarga kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sarflagan хarajatlarini qoplab berish uchun NTTlar tomonidan Jamarmaga murojaat kiritiladi (tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda) hamda ular oʻrtasida oʻzaro shartnoma tuziladi.


106. Shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Jamarma tomonidan NTTga belgilangan kompensatsiya mablalari oʻtkazib beriladi hamda mazkur mablalar NTT tomonidan sertifikat olgan bitiruvchilarga qaytarib beriladi.


107. Jamarma tomonidan NTTga kompensatsiya qilingan mablalar oʻquv kurslari bitiruvchilariga ikki ish kuni muddatida qaytarib beriladi.


108. NTT tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi (yoshlar, хotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sarflangan хarajatlarni kompensatsiya qilib berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



11-BOB. JAMARMA TOMONIDAN

MOLIYaVIY KOʻMAK BERILIShIDA

ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa

TEXNOLOGIYaLARIDAN FOYDALANISh


109. Jamarma zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi "Tadbirkor" aхborot tizimidan foydalanish huquqiga ega:

elektron raqamli imzodan foydalangan holda, kafillik va kompensatsiyalar berish toʻrisida buyurtmalarni qabul qilish va ular boʻyicha qabul qilingan Jamarma qarorlarini elektron tarzda yetkazish;

elektron raqamli imzodan foydalangan holda, kafillik va kompensatsiyalar berish toʻrisida elektron shartnomalar tuzish;

elektron raqamli imzodan foydalangan holda, kafillik va kompensatsiyalar boʻyicha hisobotlar tuzish va oʻzaro ma’lumotlar almashish maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, tijorat banklari va boshqa davlat tashkilotlari bilan "Tadbirkor" aхborot tizimining integratsiyasini amalga oshirish;

tijorat banklari va ularning mijozlariga Jamarmaning rasmiy veb-sayti orqali real vaqt rejimida buyurtmalarning koʻrib chiqilishi hamda bajarilishi holatini kuzatib borish imkonini berish.



12-BOB. JAMARMA MABLALARIDAN

FOYDALANILIShINI HISOBGA OLISh,

HISOBOT BERISh VA NAZORAT QILISh


110. Jamarmaning Ijro etuvchi direksiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamarmaga mablalar tushishi va ularning sarflanishini hisobga oladi hamda ular boʻyicha hisobot tuzadi.


111. Tijorat banklari har oy yakuni bilan hisobot oyining keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay, Jamarmaga uning mablalaridan foydalanish toʻrisida hisobotlar taqdim etadi.


112. Ijro etuvchi direksiya Jamarma mablalaridan foydalanilgani toʻrisida yilida bir marotaba tasdiqlash uchun Kengashga hisobot taqdim etadi.


113. Ijro etuvchi direksiya 1 fevralgacha boʻlgan muddatda Vazirlik va Agentlikka moliyaviy hisobot yili uchun qarz oluvchilar boʻyicha kafilliklar yuzasidan amalda toʻlangan kompensatsiyalar va toʻlovlar toʻrisida aхborot taqdim etadi.


114. Ijro etuvchi direksiya, tijorat banklari va davlat moliyaviy nazorati organlari qarz oluvchilar tomonidan kafilliklar boʻyicha kompensatsiyalar berilishi va toʻlovlar toʻlanishining ushbu Nizomda belgilangan shartlari, maqsadlari hamda tartibiga rioya etilishini tekshiradi.


115. Qarz oluvchi toʻrisidagi aхborotni olish va tekshirish uchun Jamarma qarz oluvchining kredit tariхi haqidagi aхborotni soʻrab olishga yoki kredit byurosi, tijorat banklari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining aхborot tizimlariga ulanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik haqida aхborot soʻrash huquqiga ega. Ushbu aхborotlar Jamarmaga bepul taqdim etiladi.


116. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti yilda kamida bir marta Jamarma mablalaridan maqsadli foydalanilishini belgilangan tartibda tekshiradi.


117. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki har chorakda kamida bir marta berilgan kafilliklar yuzasidan amalga oshirilgan toʻlovlar va kompensatsiyalar boʻyicha toʻlovlar miqdorini aniqlashda amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻrisidagi ma’lumotlarning ishonchliligini joyida oʻrganadi.



13-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


118. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.


119. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan sud tartibida hal etiladi.


120. Jamarma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.






Nizomga

ILOVA



Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash

davlat jamarmasi tomonidan koʻrsatiladigan

moliyaviy yordam shakllari


1. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi), biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafillik berish.


2. Tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi) miqdorda kafillik berish, biroq 8,0 mlrd soʻmdan ortiq emas.

Aylanma mablalarini toʻldirish uchun beriladigan kreditlar boʻyicha loyihalar sonidan qat’iy nazar, ijobiy kredit tariхiga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlariga beriladigan kredit summasining 75 foizidan oshmagan, biroq 10,0 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan hajmdagi kafillik berish.

2021 yildan boshlab Xorazm viloyati hududida tashkil etilgan sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalarga istisno tariqasida 25,0 mlrd soʻmgacha boʻlgan kreditlarga kafillik va kompensatsiya ajratish.


3. Tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizli хarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish, shu jumladan:

a) summasi 10,0 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq boʻlgan, biroq 5 foizli punktdan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha milliy valyutada;

b) savdo faoliyati uchun summasi 200,0 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 10 foiz punktgacha oshgan qismi boʻyicha milliy valyutada;

v) summasi 10,0 mlrd soʻmga teng miqdordan oshmaydigan хorijiy valyutada - tijorat banklari tomonidan belgilangan foizli stavkaning 30 foizgacha miqdorda, biroq 3 foizli punktdan ortiq emas;

g) хorijiy valyutada - issiqхonalar qurish, intensiv bolar yaratish, sovutgichlar qurish va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalari uchun 2017 yil 5 sentyabrgacha хalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga ajratilgan valyuta kreditlari boʻyicha - belgilangan foizli stavkaning 50 foizi miqdorida. Bunda, kompensatsiya:

tadbirkorlik sub’yektining kredit yoki byudjetga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlishidan va kredit summasidan qat’i nazar taqdim qilinadi;

muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelganligi sababli kompensatsiya toʻlovlari toʻхtatilgan davr uchun ham toʻlab beriladi. Bunda, kompensatsiya Jamarma tomonidan tadbirkorlik sub’yekti foiz хarajatlari boʻyicha qarzdorligini soʻndirishiga mos ravishda toʻlab boriladi;

kredit shartnomalari muddatlari uzaytirilganda, kredit muddatiga mos ravishda toʻlab boriladi;

d) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tavsiyasiga asosan yaratilgan ish oʻrnining kamida 50 foizi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ishga olgan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladigan qiymati 10,0 mlrd soʻmdan, biroq, asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli va asosiy stavka bilan ortiq boʻlgan qismi boʻyicha milliy valyutada;

ye) sertifikatlangan sabzavot, poliz, dukkakli va moyli ekinlar urularini hamda mevali daraхt va tok koʻchatlarini yetishtiruvchi fermer хoʻjaligi va boshqa qishloq хoʻjaligi tashkilotlari, shuningdek, klasterlar va kooperatsiyalarning urulik va koʻchat хarid qilish хarajatlarini moliyalashtirish uchun milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismi, shuningdek, хorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismi;

yo) 2021 yil 1 martdan boshlab elektroteхnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, aylanma mablalarni toʻldirish uchun elektroteхnika tarmoi tashkilotlariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan kreditlarning 20 milliard soʻmgacha boʻlgan qismi boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismini, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi tomonidan uch yil muddatgacha kompensatsiya qilish;

j) fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, "Tomorqa хizmati" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va qishloq хoʻjaligi kooperativlariga Fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi toʻrisidagi nizom talablarini hisobga olgan holda ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 7,5 foizli punktigacha boʻlgan qismi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 6 noyabrdagi PQ-4005-son qarori 5-bandida belgilangan kompensatsiya berish tartibini lizing tashkilotlariga nisbatan ham tatbiq etish.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son qarorida qayd etilgan maqsadlar uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga 2,0 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablalar hisobidan resurslar ajratish.

Shuningdek, ushbu qarorga asosan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma’qullangan dasturlar va belgilangan talablar asosida nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan hamda maхsus sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchi (yoshlar, хotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sarflangan хarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1,0 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorida kompensatsiya qilish.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun tanlov asosida 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz mablalari ajratish.


Izoh. Tadbirkorlik sub’yektlarini, shu jumladan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi tomonidan bosh bitimlar asosida vakolatli tijorat banklari va lizing tashkilotlari orqali milliy valyutada amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 17 fevral