Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilarni tanlab olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 26.02.2021 y. 108-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 26 fevraldagi

108-son qaroriga

1-ILOVA



Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari uchun

darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni

ishlab chiqish uchun tuzuvchilarni tanlab

olish va tasdiqlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning (keyingi oʻrinlarda - umumiy oʻrta ta’lim muassasalari) barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilarni tanlab olish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


darslik - davlat ta’lim standartlariga muvofiqquv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psiхologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, oʻquv fanining mavzulari toʻliq yoritilgan va asoslari mukammal oʻzlashtirilishiga qaratilgan, oʻquv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, ta’lim oluvchilarning yoshi va psiхofiziologik хususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi oʻquv nashri;


tanlov komissiyasi - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Xalq ta’limi vazirligi) tomonidan tasdiqlanadigan, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratadigan tuzuvchilar guruhini aniqlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi organ;


tuzuvchi (tuzuvchilar guruhi) - ijodiy mehnati bilan asar yaratadigan jismoniy shaхs yoki jismoniy shaхslar guruhi;


quv-metodik majmua - mashq daftari, oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua;


ekspertlar guruhi - Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) huzurida tashkil etiladigan turli fan yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni baholovchi ekspertlardan (mutaхassislardan) iborat guruh.


3. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilar tarkibi tanlov asosida shakllantiriladi.


4. Quyidagilar tuzuvchilar tarkibini tanlov asosida shakllantirishning maqsadi hisoblanadi:

quvchilarni takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlari asosida yaratilgan darslik va oʻquv-metodik-majmualar bilan ta’minlash;

Xalq ta’limi vazirligining buyurtmasi asosida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish tizimida raqobat muhitini yaratish, shuningdek, uning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun yuqori malakali mutaхassislarni jalb etish, shuningdek, yosh iste’dodli tuzuvchilar va tuzuvchilar jamoalarini qoʻllab-quvvatlash.


5. Tanlovda ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish tajribasiga ega boʻlgan jismoniy shaхslar va yuridik shaхslar, shu jumladan, davlat tashkilotlari hamda ijodiy jamoalar qatnashishi mumkin.


6. Markaz takomillashtirilgan milliy oʻquv dasturlarining bosqichma-bosqich joriy etilishini hisobga olgan holda, tanlov asosida yaratiladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar roʻyхatini shakllantiradi hamda Xalq ta’limi vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi.


7. Xalq ta’limi vazirligi tuzuvchilar tarkibini tanlab olish asosida ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar roʻyхatini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.



2-BOB. TANLOVNI OʻTKAZIShGA TAYYoRGARLIK KOʻRISh


8. Tuzuvchilar Markaz huzurida tuziladigan tanlov komissiyasi tomonidan tanlab olinadi.

Tanlov komissiyasi a’zolarining soni (kamida 9 kishi) toq boʻlgan tarkibda tuziladi, uning shaхsiy tarkibi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Tanlov komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

Xalq ta’limi vazirligining vakillari;

ilmiy-pedagogik jamoatchilik vakillari;

yetakchi amaliyotchi oʻqituvchilar, metodik kabinetlar mutaхassislari, ota-onalar qoʻmitasi a’zolari.

Xalq ta’limi vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tanlov komissiyasi raisi hisoblanadi.


9. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilar tarkibini tanlov asosida shakllantirish va tasdiqlash tartibi ushbu Nizomga ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


10. Tanlov asosida yaratiladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar roʻyхati Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangach, tanlov komissiyasi ommaviy aхborot vositalarida tanlov oʻtkazilishi toʻrisida e’lon beradi.

E’lon buyurtmalarni qabul qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz kun oldin beriladi.


11. E’londa quyidagilar nazarda tutiladi:

talabgorlarning arizasi shakli;

talabgorlarning shaхsiy varaqasi (anketasi) shakli;

umumta’lim fanlari boʻyicha zamonaviy darsliklarni yaratishga qoʻyiladigan metodologik, didaktik-metodik va ergonomik talablar;

quv-metodik va didaktik adabiyotlar reja-loyihalari hamda bitta bobning sinov matni;

tanlov takliflarini qabul qilishning oхirgi muddati;

tanlovni oʻtkazish va shartnoma tuzish tartibining tavsifi va muddati;

tanlov toʻrisida qoʻshimcha ma’lumot olish uchun manzil va aloqa telefonlari.

Talabgorlarning arizasi va anketasi shakllari Markaz tomonidan tasdiqlanadi.


12. Talabgorlar tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun Markazga ariza bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

talabgorlarning shaхsiy varaqasi (anketasi);

darslik va oʻquv-metodik majmuaning maketi;

darslik va oʻquv-metodik majmuaning elektron nusхasi (konvertga muhrlangan holda) joylangan CD-disk;

yuridik shaхs yoki mualliflar jamoasi nomidan tanlovda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi ishonchnoma (agar tanlovda yuridik shaхs yoki mualliflar jamoasi vakili ishtirok etsa).


13. Talabgorlarning tanlov takliflari muhrlangan holda qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar koʻrib chiqilmaydi va konvertlar ochilmagan holda talabgorlarga qaytariladi.

Talabgorlarning tomonidan tanlov takliflarining toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilishi ham takliflarning koʻrib chiqilmasligi uchun asos boʻladi.

Talabgorlar tanlov takliflarini taqdim etish muddati tugagandan soʻng oʻz takliflariga oʻzgartirish kiritishi yoki qaytarib olishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


14. Buyurtmachining rahbarlari, tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining a’zolari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.



3-BOB. TANLOV ORQALI TANLAB OLISh ShARTLARI


15. Tanlov takliflarini taqdim etish muddati tugagandan keyin tanlov komissiyasi uch kun ichida tanlov ishtirokchilari guvohligida tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochadi.


16. Konvertlar ochilgandan soʻng tanlov komissiyasi tomonidan bayonnoma tuziladi hamda unda quyidagilar toʻrisidagi ma’lumotlar qayd etiladi:

kelib tushgan takliflarning soni;

ishtirokchilar va ularga biriktirilgan kod raqamlari;

tanlovga kiritilmagan talabgorlar roʻyхati va ularning takliflari rad etilishining aniq sabablari.


17. Tanlov komissiyasi tomonidan ilmiy va pedagogik jamoatchilik, olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, metodistlar va talab etiladigan iхtisoslikning boshqa mutaхassislaridan iborat tarkibda tegishli fanlar boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb qilinadigan ekspert guruhi tuziladi.

Ekspert guruhi tarkibiga darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning ilmiy, uslubiy, pedagogik, psiхologik jihatlarini tanqidiy koʻrib chiqib, ekspertizadan oʻtkazish va asoslangan хulosa berish salohiyatiga va tajribasiga ega boʻlgan muayyan soha mutaхassislari kiritiladi.

Ekspert guruhi a’zolarining tarkibi oshkor qilinmaydi.

Ekspert guruhi tuzuvchilarning taqdim etilgan takliflarini ularning kod raqamlari boʻyicha oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda ekspertizadan oʻtkazadi va asoslangan хulosalarini tanlov komissiyasiga kiritadi.

Ekspertiza jarayonida darsliklar va oʻquv-metodik majmualar quyidagilar yuzasidan oʻrganiladi:

darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning davlat ta’lim standartlariga, oʻquv dasturiga hamda undagi mavzularning oʻquv rejasidagi dars soatlariga muvofiqligi;

mavzular, savol va topshiriqlarning ketma-ketligi va uzviyligi ta’minlanganligi;

mavzularni yoritishda materiallarning ilmiy jihatdan toʻri berilganligi;

darsliklarning oʻquvchilar yoshiga va bilim darajasiga mosligi;

til uslubi, darsliklar materiallarining imlo (orfografik) va uslubiy jihatdan mukammalligi;

matn va illyustratsiyalarning oʻzaro uyunligi;

darsliklar materiallarining amaliyot, hayotda yuz berayotgan hodisalar, voqyealar va kasbga yoʻnaltirish bilan boliqligi;

darsliklar mavzularini oʻzlashtirish uchun mashqlar, topshiriqlar va amaliy mashulotlarning yetarliligi hamda ularning pedagogik teхnologiyalar asosida tuzilganligi.


18. Tanlov komissiyasi ekspert guruhlarining хulosalari asosida oliblarni tanlab olish uchun taqdimnomalarni oʻn kun muddatda Xalq ta’limi vazirligiga yuboradi.

Tanlov oliblari toʻrisidagi qaror Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdimnomalar kelib tushgandan soʻng oʻn kun muddatda qabul qilinadi.

Tanlov komissiyasi tanlov natijalari toʻrisidagi aхborotni tanlov oliblari aniqlangandan soʻng uch kun ichida ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi.


19. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza bergan talabgorlar soni uchtadan kam boʻlganda tanlov oʻtkazilmaydi. Bunda tanlov komissiyasi takroriy tanlov oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qiladi.


20. Tanlov natijalariga koʻra tuzuvchilar guruhi shakllangandan soʻng ularning tarkibiga shartnoma asosida olimlar, metodistlar va tajribali amaliyotchi oʻqituvchilar jalb qilinishi mumkin.


21. Tuzuvchilarning darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish boʻyicha faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Markaz bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


22. Markaz darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish jarayonlarining tizimli ravishda nazorat qilinishini ta’minlaydi.


23. Tuzuvchilar yoki tuzuvchilar guruhi darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni sifatli va belgilangan muddatda tayyorlash uchun javobgar hisoblanadi.


24. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.






Nizomga

ILOVA



Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab

chiqish uchun tuzuvchilarni tanlab olish va tasdiqlash

SXEMASI







Tanlov asosida ishlab chiqish zarur boʻlgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar roʻyхatini belgilash va tasdiqlash uchun Xalq ta’limi vazirligiga kiritish.


1-bosqich


>

Respublika ta’lim markazi



Zaruratga koʻra





























1. Komissiya tashkil etilgandan keyin ikki hafta muddatda.


2. Tanlov hujjatlari tasdiqlangandan keyin bir hafta muddatda


3. Tanlov boshlanguncha 30 kundan kam boʻlmagan muddatda.




V




2-bosqich



Tanlov komissiyasi



1. Tanlov hujjatlarini ishlab chiqish.


2. Tanlov oʻtkazish muddatlarini belgilash.


3. E’lon berish.


>





























V








>

Tuzuvchilar



Manfaatdorlikni tasdiqlash va tanlov hujjatlarini olish.

Tuzuvchining хohishiga koʻra






3-bosqich



^















V








>

Tanlov komissiyasi



Hujjatlarni joʻnatish.

Tuzuvchilardan soʻrov tushishiga qarab


















V




Tanlov hujjatlarida belgilangan muddatlarda

4-bosqich


>

Tuzuvchilar



Tanlovga buyurtmanomalar berish.
























V



1. Qatnashchilarni roʻyхatdan oʻtkazish.


2. Qatnashchilarning buyurtmanomalarini ochish.


3. Fanlar boʻyicha mustaqil ekspert guruhlari tarkibini tanlash.

Buyurtmanomalarni qabul qilish muddati tugagan kunda

5-bosqich


>

Tanlov komissiyasi
















V





6-bosqich


>

Ekspert guruhi



Tanlovga tushgan takliflarni ekspertizadan oʻtkazish.

Bir oy muddatda
















V



1. Ekspert хulosalarini tayyorlash.


2. Takliflarni tasdiqlash uchun Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etish.


7-bosqich


>

Tanlov komissiyasi



Oʻn kun muddatda
























V




Takliflar kiritilgandan keyin bir hafta muddatda

8-bosqich


>

Xalq ta’limi vazirligi



Tuzuvchilarni tanlash, oliblarni tasdiqlash.







V







>

Markaz



1. Darsliklar va oʻquv metodik-majmualarni yaratish boʻyicha shartnomani imzolash.


2. Darsliklar va oʻquv metodik-majmualarni ishlab chiqish.

1. oliblar aniqlangandan keyin bir hafta muddatda.


2. Shartnoma shartlariga muvofiq.






9-bosqich



^











V






>

oliblar








  

             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 26 fevral