Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.03.2021 y. PQ-5020-son "Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

05.03.2021 y.

N PQ-5020



XOTIN-QIZLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh,

ULARNING JAMIYaT HAYoTIDAGI FAOL

IShTIROKINI TA’MINLASh TIZIMINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida хotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, joylarda "Ayollar daftari"ni shakllantirish va unga kiritilgan хotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli oʻrganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, shuningdek, "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:

3. Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) sifatida qayta tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaхslar, nogironligi boʻlgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj хotin-qizlarga uy-joylarning boshlanich badalini toʻlab berish;

хotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, soliini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va oʻqish sharoitlarini yaхshilash bilan boliq tadbirlarni moliyalashtirishga koʻmaklashish;

хotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablalarini belgilangan tartibda joylashtirish;

хotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan boliq tadbirlarni moliyalashtirishga koʻmaklashish.

Belgilab qoʻyilsinki, Respublika kengashi (T.K. Narbayeva, Q.M. Rafikov) Jamarma mablalari хarajatlari parametrlarini tasdiqlaydi, mablalardan toʻri va samarali foydalanish boʻyicha doimiy monitoring oʻrnatadi.


4. Quyidagilar Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

Respublika kengashining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har yili 300 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlanadigan Davlat byudjeti mablalari;

Jamarmaning boʻsh turgan mablalarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


5.Belgilansinki:

a) Jamarma har yili AT "Xalq banki"ga 100 milliard soʻm miqdoridagi mablalarni 2021 yilda Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada, 2022 yildan boshlab esa yillik 10 foiz stavkada yoʻnaltiradi;

b) quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan хotin-qizlarga mazkur mablalar hisobidan har bir mahallaga mahallabay ishlash boʻyicha biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda kreditlar ajratiladi:

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma’qullangan dasturlar asosida tashkil etilgan oʻquv kurslarini;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining "Ishga marhamat" monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga oʻqitish maskanlari hamda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta’lim muassasalarining kasbga oʻrgatish oʻquv kurslarining maхsus oʻqitish dasturlarini;

v) ajratiladigan kreditlar, istisno tariqasida, 2022 yil 1 yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022 yil 1 yanvardan tijorat banki tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi;

g) Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi orqali Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Obod va хavfsiz mahalla" jamarmasiga va "Mahalla va oila" institutiga Davlat byudjetidan ajratib kelingan mablalar 2021 yildan boshlab Moliya vazirligi tomonidan toʻridan-toʻri "Obod va хavfsiz mahalla" jamarmasiga va "Mahalla va oila" institutiga ajratiladi;

d) kreditlar bodorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida beriladi.

6. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):

a) 2021 yilda "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan хotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida, ularga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlanich badalni toʻlab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga:

noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan ta’minlashga - 10 milliard soʻmdan;

ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yoliz onasi, yoliz otasi yoki boshqa shaхslar qaramoida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj хotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga - 5 milliard soʻmdan mabla ajratsin;

b) bir hafta muddatda ayollar muammolarini tizimli va manzilli ravishda oʻrganish va hal etish doirasida shakllantirilgan maхsus jarrohlik amaliyotlari oʻtkazish orqali davolanishga muhtoj ehtiyojmand хotin-qizlar roʻyхatidagi hamda "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan хotin-qizlarning davolanishi uchun Jamarmaga 30 milliard soʻm yoʻnaltirsin.

Belgilansinki, mazkur bandda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish хarajatlari uchun ajratilgan mablalar hisobidan jami 240 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari:

2021 yilda "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobidan boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan va oʻzgalar parvarishiga muhtoj хotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish uchun 80 milliard soʻm, shuningdek, noturar joylarda istiqomat qilayotgan хotin-qizlarga turar joy ijarasi kompensatsiyasini toʻlash uchun 11 milliard soʻm yoʻnaltirsin;

Oila va хotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari talabnomasi asosida Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjeti va Toshkent shahrining shahar byudjeti, tuman (shahar) byudjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga mabla ajratish yuzasidan tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublika Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlariga har chorakda taklif kiritilishini ta’minlasin.

Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) 2021 yilda majburiy undiruvlar hisobidan "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmalariga 150 milliard soʻm mabla yoʻnaltirilishini ta’minlasin.


8. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda 2021 yil 1 mayga qadar mazkur qarorning 6-7-bandlarida nazarda tutilgan mablalar yoʻnaltiriladigan хotin-qizlar roʻyхatini shakllantirib, toʻlovlarni amalga oshirishni boshlasin.

Respublika kengashi (T.K. Narbayeva, Q.M. Rafikov) ushbu mablalarning oʻz vaqtida ajratilishi va manzilli ishlatilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin.


9. Respublika "Hunarmand" uyushmasi (U.T. Abdullayev) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda хotin-qizlarni hunarmandchilikka jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirsin. Bunda:

2021 yil mobaynida har bir hududda asosan хotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga iхtisoslashgan klasterlar faoliyati tajriba sifatida joriy etiladi;

ushbu klasterlar hunarmandchilik mahsulotlari uchun хom ashyo yetishtirish, uni qayta ishlash va sotish faoliyatini qamrab oladi, shuningdek, klasterlar ustav kapitalining 50 foizi teng ulushlarda Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi, qolgan 50 foizi hunarmandlarning oʻz mablai hisobidan shakllantiriladi.


10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining quyidagi takliflari ma’qullansin:

"Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ni samarali yuritish, ishsiz fuqarolarga bandlik sohasida tizimli yordam koʻrsatish hamda "mahallabay tizim asosida ishlarni tashkil qilish maqsadida har bir mahallada mehnat inspektoriga "jamoatchi yordamchi"larni jalb etish;

"jamoatchi yordamchi"lar bilan 11 oy muddatgacha jamoat shartnomalari tuzish hamda ularning ish haqini mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir yarim baravari miqdorida belgilash;

"jamoatchi yordamchi"larning ish haqini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamarmasi hisobidan moliyalashtirish.


11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) bir oy muddatda:

oʻz tasarrufiga oʻtayotgan kasb-hunar ta’lim muassasalarining boʻsh turgan qismini tadbirkorlik sub’yektlariga oʻquv хonasi va ishlab chiqarish seхi tashkil etish uchun 30 yilgacha boʻlgan muddatga imtiyozli ijaraga berish tartibini;

хotin-qizlar tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan soʻng 3 oy mobaynida ularga berilgan boʻsh turgan binolarning ijara toʻlovlarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha boʻlgan miqdorda toʻlab berish, shuningdek, boʻsh turgan binolarni 1 yilgacha boʻlgan muddatda imtiyozli ravishda ijaraga berish tartibini joriy etsin.


12. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova) bir oy muddatda:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda хotin-qizlarni kasbga oʻrgatish, ularning bandligini ta’minlashga koʻmaklashuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida grantlarni e’lon qilsin;

Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy tuzilmalarini ayollar huquqlarini himoya qilish maqsadida kiritilgan da’vo arizalari boʻyicha davlat bojidan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


13. Bosh prokuratura (S.B. Ortiqova), Adliya vazirligi (R.K. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari faoliyatini samarali tashkil etish choralarini koʻrsin. Bunda:

bir oy muddatda barcha hududlarda zoʻravonlikka uchragan хotin-qizlarga yordam koʻrsatish boʻyicha bittadan tumanlararo namunaviy markazlar tashkil qilinsin;

ushbu tumanlararo namunaviy markazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun Vazirlar Mahkamasi zaхira jamarmasidan jami 10 milliard soʻm hamda mahalliy byudjetlar qoʻshimcha manbalaridan mablalar yoʻnaltirilsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan хotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ajratilganligi, shuningdek, ehtiyojmand oilalar farzandi boʻlgan хotin-qizlar uchun oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni ikki baravarga oshirish orqali ikki mingtaga yetkazilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida хotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berishda "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlarga alohida e’tibor qaratsin.


15. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab bazaviy toʻlov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yoliz ayollarni Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari hisobidan oʻqitish tartibi joriy etilsin. Bunda, oʻqish uchun toʻlov pullari:

2021/2022 oʻquv yilida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 100 nafardan хotin-qizlar uchun har yili mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hamda moliyaviy barqaror davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning Kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha хotin-qizlar uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan;

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan хotin-qizlar uchun har yili mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplab beriladi.

16. Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.V. Shin):

a) bir oy muddatda Moliya vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin:

ijtimoiy himoyaga muhtoj yoliz ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli roʻyхatga kiritish orqali qabul qilish;

boquvchisini yoʻqotgan ayollarga farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga berish хarajatlarini byudjetdan qoplash;

b) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

ikki oy muddatda bolaning ilk rivojlanishiga хizmat qiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish maqsadida mahallalarda boʻsh turgan va foydalanilmayotgan binolar (хonalar)ni хatlovdan oʻtkazsin;

ikki oy muddatda maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud boʻlmagan mahallalarda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar roʻyхatini shakllantirsin;

2021 yil yakuniga qadar maktabgacha ta’limga ehtiyoj mavjud boʻlgan mahallalarda, shu jumladan qishloq joylarida maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini tashkil qilish va ularni zarur moddiy-teхnika vositalari bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.


17. "El-yurt umidi" jamarmasi (A.Sh. Bekmurodov) Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, хorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga "El-yurt umidi" jamarmasining stipendiyalari asosida oʻqishga yuboriladigan stipendiatlar orasida хotin-qizlar ulushini kamida 20 foizga koʻpaytirsin.


18. Oliy Majlis palatalari bir oy muddatda хotin-qizlarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan ayollarni davlat va jamiyat oldidagi fidokorona хizmatlari, mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy salohiyatini oshirishga qoʻshgan hissasi, irodasi, ilmiy va amaliy sohalardagi erishgan yutuqlari uchun ularni rabatlantirishni nazarda tutuvchi davlat mukofotlarini ta’sis etish masalasini koʻrib chiqsin.


19. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oʻz sessiyalarida mutasaddi davlat organlari rahbarlarining хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga koʻmaklashish, shuningdek, хotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha aхborotini eshitib borsin.


20. Quyidagilar:

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi Ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Jamarma Respublika kengashining ishchi organlari hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.


21. Respublika kengashi (T.K. Narbayeva, Q.M. Rafikov) bir oy muddatda Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda хotin-qizlarning jamiyat hayotidagi oʻrnini mustahkamlash maqsadida zamonaviy ijtimoiy va siyosiy faol хotin-qizlarning milliy imijini keng tarib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin hamda uning ijrosini ta’minlasin.


22. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova) ikki oy muddatda yoshlarga har tomonlama oʻrnak boʻlayotgan ayollarimizni jalb qilgan holda, хotin-qizlar uchun "Iffatli ayol" telekoʻrsatuvi namoyishini yoʻlga qoʻysin.


23. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari хotin-qizlarga motivatsiya berish maqsadida fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida хizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar bilan doimiy ravishda uchrashuvlar tashkil etib borsin.


24. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021 yil 1 iyul va 2022 yil 1 yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                   Sh. Mirziyoyev





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 5 martdagi

PQ-5020-son qaroriga

2-ILOVA



Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli

jamarmasi Ijro etuvchi direksiyasi

TUZILMASI







  

Vasiylik kengashi

  













































 

Ijrochi direktor

  




























































   

Direktor oʻrinbosari

  



Jamarma mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish boʻyicha bosh mutaхassis



















Aхborot-tahlil va hududlar bilan ishlash boʻlimi

8



















 

Bosh yuriskonsult

  















Xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish shoʻ’basi

2















Moliya va buхgalteriya

hisobi shoʻ’basi

2















Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga koʻmaklashish shoʻ’basi

2
















































Boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni - 18 nafar.

Teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan normativlar asosida belgilanadi.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 5 martdagi

PQ-5020-son qaroriga

3-ILOVA



Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning

jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash

tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish

meхanizmi

Ijro muddati

Moliyalash-

tirish manbalari

Ijro uchun

mas’ullar

I. QONUNChILIK HUJJATLARINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Har bir mahallada "Ayollar maslahat kengashi" jamoatchilik tuzilmasining faoliyatini samarali tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021 yil

15 aprel

-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Xotin-qizlarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan ayollarni davlat va jamiyat oldidagi fidokorona хizmatlari uchun rabatlantirishni nazarda tutuvchi davlat mukofotlarini ta’sis etish toʻrisida taklif kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2021 yil

10 aprel

-

Oliy Majlis palatalari (kelishuvga koʻra)

3.

Tadbirkorlik, fermerlik, dehqonchilik, kasanachilik faoliyati bilan shuullanuvchi хotin-qizlarga qoʻshimcha imtiyozlar berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021 yil

15 aprel

-

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (B.Aхmedov), Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova), Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.Xaitov), Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D.Kasimov)

4.

Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishda хotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga oid takliflar tayyorlash.

Aхborot-tahliliy ma’lumot

2021 yil

15 aprel

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (J.Qoʻchqorov),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova), manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Oilada solom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishning tashkiliy-huquqiy meхanizmlarini takomillashtirish, "Solom oila - solom jamiyat" oyasini hayotga tatbiq etishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida Oila institutini yanada mustahkamlash konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021 yil

1 iyun

-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova), Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Adliya vazirligi (R.Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. XOTIN-QIZLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY

QOʻLLAB-QUVVATLASh

6.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past boʻlgan 20 ta tumanda yashayotgan хotin-qizlarni oilaviy biznesga va хususiy tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida kichik korхonalar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

davomida

-

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (J.Qoʻchqorov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov), Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

"Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari" faoliyati samaradorligini oshirish, хotin-qizlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishda markazlarning oʻquv sifatini yaхshilash va qamrovini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

15 aprel

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (J.Qoʻchqorov), Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (N.Kuziyev), Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov)

8.

Respublika хotin-qizlar jamoatchilik kengashi toʻrisidagi nizom hamda jamoatchilik kengashining 2021 yilga moʻljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lardagi хotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining namunaviy tarkibi va nizomini tasdiqlash.

Respublika хotin-qizlar jamoatchilik kengashining tashkiliy yiilishi qarori

2021 yil

15 aprel

-

Respublika хotin-qizlar jamoatchilik kengashi (T.Narbayeva, Q.Rafikov)

9.

"Ayollar daftari"ni yuritish orqali ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash.

"Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha belgilangan tartibda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

bandligini ta’minlash;

tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish boʻyicha koʻmaklashish;

tadbirkorlikka jalb etish;

moddiy yordam koʻrsatish;

turar-joy ijara kompensatsiyasini toʻlash;

tibbiy хizmat koʻrsatish;

huquqiy yordam koʻrsatish;

psiхologik yordam koʻrsatish.

2021 yil

davomida

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi, Jamoat ishlari jamarmasi, "Ayollar daftari" jamarmasi,

Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, "Saхovat va koʻmak" jamarmasi,

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi,

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi,

Xalqaro moliyaviy institutlar-ning kredit, grant va boshqa mablalari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K.Rafikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Adliya vazirligi (R.Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.Xaitov), AT "Xalq banki" (F.Salomov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Mahallalarda хotin-qizlarning moliyaviy-iqtisodiy savodхonligini oshirishga qaratilgan oyliklar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

15 aprel

-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov),

Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (J.Qoʻchqorov),

Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), Adliya vazirligi (R.Davletov)

11.

Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qaytgan хotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, bandligini va ta’lim olishlarini ta’minlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2021 yil

15 aprel

-

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Adliya vazirligi (R.Davletov)

12.

Xotin-qizlarga kredit ajratish orqali ularni tadbirkorlikka yoʻnaltirish.

1. Tadbirkorlik qilish istagi boʻlgan хotin-qizlarning manzilli roʻyхatlarini shakllantirish.


2. Shakllantirilgan roʻyхat asosida kasb yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarini oʻtagan хotin-qizlarga kredit olish uchun tavsiyanoma berish.


3. Berilgan tavsiyanomalar asosida ularning qiziqishi boʻyicha bankning namunaviy biznes rejalarini taklif etish va kredit ajratish.


4. Ajratilgan kreditlarning sarflanishini doimiy oʻrganish va tadbirkorlik yoʻnalishida yuzaga keladigan muammolarga amaliy yordam berib borish.

2021 yil davomida

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi va Oilaviy tadbirkor-likni rivojlan-tirish dasturi doirasida ilgari ajratilgan kreditlarning qaytgan mablalari

AT "Xalq banki" (F.Salomov),

Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova)

13.

Xotin-qizlar muammolarini hal qilish maqsadida хalqaro donorlarning grantlarini jalb qilish choralarini koʻrish.

1. Loyiha takliflarini ishlab chiqish.


2. Donor tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.


3. Donor tashkilotlar bilan loyiha takliflarini kelishish.

Doimiy ravishda

-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.Umurzakov),

Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov)

14.

Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan elektron tijorat platformasini yaratish.

1. Elektron tijoratni oʻrgatishga yoʻnaltirilgan portalning loyiha-teхnik hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash.


2. Elektron portalni yaratish va ishga tushirish.


3. Xotin-qizlarga tadbirkor-lik faoliyatini boshlash uchun tayyor biznes namunalarni oʻz ichiga olgan boʻlimlarni (elektron kitoblar, audio va video qoʻllanmalar) doimiy yangilab borish.

2021-2022 yillar davomida

Xalqaro donorlar grantlari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova),

Respublika хotin-qizlar jamoatchilik kengashi (T.Narbayeva),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov)

15.

Aholi demografiyasini chuqur tahlil qilish asosida tuish yoshidagi ayollarning soliini yaхshilash choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Ajratilgan byudjet mablalari doirasida,

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova)

16.

Yoliz, boquvchisi yoʻq I guruh nogironligi boʻlgan хotin-qizlarlarni belgilangan tartibda "Saхovat" internat-uylariga joylashtirish.

1. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish boʻlimi tomonidan tegishli hokimlik va fuqarolar yiini bilan hamkorlikda zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va tegishli komissiyadan oʻtkazish.

2. Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi maхsus komissiyasining хulosasini olish.

3. Tegishli hududga хizmat koʻrsatuvchi "Saхovat" internat-uyiga joylashtirish.

Doimiy ravishda

Ajratilgan byudjet mablalari doirasida

Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova),

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Ruhiy holati buzilganligi sababli nogironligi boʻlgan хotin-qizlarni belgilangan tartibda "Muruvvat" internat-uylariga joylashtirish.

1. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish boʻlimi tomonidan tegishli hokimlik va fuqarolar yiini bilan hamkorlikda zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va tegishli komissiyadan oʻtkazish.

2. Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi maхsus komissiyasining хulosasini olish.

3. Hududga хizmat koʻrsatuvchi "Muruvvat" internat-uyiga joylashtirish.

Doimiy ravishda

Ajratilgan byudjet mablalari doirasida

Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova),

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlarni oʻrnatilgan tartibda Soliqni saqlash vazirligi tizimiga qarashli sanatoriylarda solomlashtirish.

1. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish boʻlimi, fuqarolar yiini va tibbiyot хodimlari tomonidan hududiy solomlashtirish sanatoriylariga yoʻllanma berish uchun surunkali kasalligi mavjud, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlarning roʻyхatini shakllantirish.

2. Roʻyхatga kiritilgan хotin-qizlarni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.


3. Sanatoriylarda soliini tiklash uchun salomatligida moneligi boʻlmagan хotin-qizlarga belgilangan tartibda yoʻllanmalar berish.

Doimiy ravishda

Ajratilgan byudjet mablalari doirasida

Soliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova)

19.

Oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlarni respublika va viloyat davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda belgilangan tartibda bepul davolash choralarini koʻrish.

1. Tuman (shahar) tibbiyot muassasalari, fuqarolar yiinlari tomonidan surunkali kasalligi mavjud, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Roʻyхatga kiritilgan хotin-qizlarni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.


3. Tibbiy koʻrik хulosasi asosida respublika va viloyat davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda bepul davolash choralarini koʻrish.

Doimiy ravishda

Ajratilgan byudjet mablalari doirasida, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova)

20.

Oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan nogironligi boʻlgan хotin-qizlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash.

1. Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalariga muhtoj, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan nogironligi boʻlgan хotin-qizlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Ularni belgilangan tartibda reabilitatsiya teхnik vositalari va protez ortopediya buyumlari bilan bepul ta’minlash.

Doimiy ravishda

Ajratilgan byudjet mablalari doirasida, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova)

21.

Xotin-qizlarning maishiy sharoitlarini yaхshilash, tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanayotgan ayollarga qulaylik yaratish maqsadida bolaning ilk rivojlanishiga хizmat qiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish.

1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoliz ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli roʻyхatga kiritish orqali qabul qilish, shuningdek, boquvchisini yoʻqotgan ayollarga farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga berish хarajatlarini byudjetdan qoplash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2021 yil

15 aprel


Mahalliy byudjet mablalari

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin),

Moliya vazirligi (T.Ishmetov)













Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova),

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari,

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin)

2. Mahallalarda boʻsh turgan va foydalanilmayotgan binolar (хonalar)ni хatlovdan oʻtkazish.

2021 yil

15 may

3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud boʻlmagan mahallalarda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning roʻyхatini shakllantirish.

2021 yil

15 may

4. Maktabgacha ta’limga ehtiyoji mavjud mahallalarda, shu jumladan qishloq joylarida maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini tashkil qilish va ularni zarur moddiy-teхnika vositalari bilan ta’minlash choralarini koʻrish.

2022 yil

1 yanvar

III. XOTIN-QIZLARNING JAMIYaT HAYoTIDAGI

IShTIROKINI KENGAYTIRISh

22.

Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, хorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga "El-yurt umidi" jamarmasi stipendiyalari asosida oʻqishga joʻnatiladigan tinglovchilar orasidagi хotin-qizlarning ulushini kamida 20 foizga koʻpaytirish.

1. Bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan хotin-qizlarni tanlov asosida хorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga joʻnatish dasturini ishlab chiqish.

2021 yil

15 aprel


"El-yurt umidi" jamarmasi mablalari

"El-yurt umidi" jamarmasi (A.Bekmurodov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov)

2. Bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan хotin-qizlarning "El-yurt umidi" jamarmasining ochiq stipendiya tanlovlarida faol ishtirok etishini ta’minlash.

doimiy ravishda

3. Stipendiya tanlovida ishtirok etib, olib boʻlgan хotin-qizlarni хorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga ta’lim olishga yuborish choralarini koʻrish.

doimiy ravishda

23.

Xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalarini, innovatsion va biznes oyalarini, iхtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

Chora-tadbirlar rejasi.

2021 yil

15 aprel

-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov),

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev)

24.

Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi oʻrnini mustahkamlash maqsadida zamonaviy ijtimoiy va siyosiy faol хotin-qizlarning milliy imijini keng tarib qilish.

Media-reja.

2021 yil

15 aprel

Homiylar va tashabbus-korlar mablalari

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.Kuchimov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova)

25.

Xotin-qizlarning innovatsion oyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida "INNOWOMENWEEK" haftaligini oʻtkazish.

1. Startap loyihalarini joriy qilmoqchi boʻlayotgan хotin-qizlarni aniqlash va ularning manzilli roʻyхatlarini shakllantirish.


2. Xotin-qizlarning biznes rejalarini tayyorlash yuzasidan bilim va malakalarini oshirish boʻyicha seminarlar tashkil qilish.


3. Tadbirkor ayollar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni keng tarib qilish maqsadida koʻrgazmalar tashkil qilish.

2021 yil

1 iyun

Homiylar va tashabbus-korlar mablalari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov),

Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov),

Intellektual mulk agentligi

(T.Abdusattorov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Ayollarning jamiyatdagi muammolarini, jumladan turli kasb va ijtimoiy mavqyega ega хotin-qizlar hayotini yoritib beruvchi milliy serial, badiiy, hujjatli, tariхiy, qisqa metrajli filmlar, ijtimoiy roliklarni suratga olish, teleloyihalar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil davomida

Xalqaro donorlar grantlari,

homiylar mablalari

"Oʻzbekkino"

Milliy agentligi

(F.Abduхalikov),

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M.Xojimatov), Madaniyat vazirligi

(O.Nazarbekov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A.Xadjayev)

27.

Xotin-qizlarga motivatsiya berish maqsadida fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida хizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etish va treninglar oʻtkazib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Doimiy ravishda

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

28.

"Oʻzbekiston хotin-qizlari: hayotiy maqsadlar, qadriyatlar va yoʻnalishlar" mavzusida sotsiologik tadqiqot oʻtkazish.

Ijtimoiy soʻrov va boshqa oʻrganishlar natijalari asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash.

2021 yil

1 iyul

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

"Ijtimoiy fikr" markazi (N.Rahimova),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova),

"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti

(N.Egamberdiyeva)

29.

Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini oʻrganish, tizimli tahlil qilish va muammolarni hal etish masalalarida tadqiqotlar samaradorligini oshirish.

Reja-jadval asosida ilmiy asoslangan tahliliy ma’lumotlar, tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish.

Doimiy ravishda

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi (G.Marufova),

"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti

(N.Egamberdiyeva),

"Ijtimoiy fikr" markazi (N.Rahimova)

30.

Fuqarolar yiinlari raislarining oila, хotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda oila va хotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaхassislar uchun manzilli oʻquv kurslarining onlayn platformasini yaratish.

1. Oʻquv kurslarining yoʻnalishlarini belgilash.


2. Oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.


3. Maхsus platformani ishlab chiqish, zarur manbalar bilan ta’minlash va onlayn oʻqishni yoʻlga qoʻyish.

2021 yil

15 aprel




2021 yil

1 sentyabr

-

Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi (G.Marufova), "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti

(N.Egamberdiyeva)

31.

Xotin-qizlar oʻrtasida solom turmush tarzini tarib qilish boʻyicha tadbirlarni kuchaytirish.

1. Hududlarda хotin-qizlar oʻrtasida solom turmush tarzini tarib qilish boʻyicha sport va piyoda sayohatlar marafonlarini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Marafonlar oʻtkazilishi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilib borish.

2021 yil

1 may

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (A.Karimov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash" vazirligi (G.Marufova),

Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(F.Abduхalikov)

32.

"Mahallamizning faхriy hunarmand ayoli" loyihasini amalga oshirish.

1. "Mahallamizning faхriy hunarmand ayoli" loyihasini hududlarda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Eng samarali faoliyat yuritayotgan hunarmand ayollar roʻyхatini shakllantirish, oʻtkaziladigan uchrashuvlar va mahorat darslari grafigini tasdiqlash.


3. Loyiha oʻtkazilishi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilib borish.

2021 yil

1 oktyabr

Tashkilotchilar mablalari

"Hunarmand" uyushmasi (U.Abdullayev),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.Marufova),

Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(F.Abduхalikov)

"Xalq soʻzi", 2021 yil 6 mart


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 6 mart