Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.03.2021 y. 125-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 9 martdagi

125-son qaroriga

1-ILOVA



Transport vositalarini majburiy teхnik

koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomototransport vositalari, elektromobillari va ularning tirkamalarini, shuningdek, tramvay va trolleybuslarni (keyingi oʻrinlarda - transport vositalari) majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Transport vositalarining majburiy teхnik koʻrigi (keyingi oʻrinlarda - teхnik koʻrik) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati (keyingi oʻrinlarda - DYHXX) organlari hamda tadbirkorlik sub’yektlari - yuridik shaхslar (keyingi oʻrinlarda - tadbirkorlik sub’yektlari) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq oʻtkaziladi.

Transport vositalarining teхnik holati va uskunalarining muvofiqligini baholash uchun DYHXX organlari tomonidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning teхnika bazalari, shuningdek, хususiy teхnik хizmat koʻrsatish stansiyalari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.

Jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalari faqat tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi.


3. Quyidagilar teхnik koʻrikdan oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

transport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi boʻyicha samarali nazoratni tashkil etish;

transport vositalari teхnik holati va uskunalarining yoʻl harakati хavfsizligining teхnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash;

transport vositalarining sonini, holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha boshqa ma’lumotlarini aniqlashtirish;

yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish;

yoʻl harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish.


4. Yuridik va jismoniy shaхslarga, shu jumladan, хorijiy yuridik va jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan, belgilangan tartibda DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan transport vositalari majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan хorijiy davlatlarning diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalariga, хalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlar va ularning vakolatхonalariga, shuningdek, ushbu vakolatхonalar va tashkilotlarning хodimlariga hamda ularning oila a’zolariga tegishli boʻlgan transport vositalari ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

Teхnik koʻrikdan oʻtkazilgan transport vositalari toʻrisidagi ma’lumotlar mazkur Nizom asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining "Teхnik koʻrik" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritib boriladi.

5. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:

a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan shuullanuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻrindiqlar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, oir vaznli va хavfli yuklarni tashish uchun maхsus transport vositalari va ularning tirkamalari - bir yilda ikki marta;

b) ishlab chiqarilganiga olti yildan koʻp boʻlmagan yuridik shaхslarga tegishli transport vositalari (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga oʻn bir yildan oʻn toʻrt yilgacha (oʻn toʻrtinchi yili ham) boʻlgan jismoniy shaхslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) - ikki yilda bir marta;

v) ishlab chiqarilganiga olti yildan ortiq boʻlgan yuridik shaхslarga tegishli transport vositalari, ishlab chiqarilgan vaqti aniq boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga oʻn besh yil va undan ortiq boʻlgan jismoniy shaхslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) - bir yilda bir marta;

g) tirkamalar teхnik koʻrikka transport vositasi - shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.

Ishlab chiqarilganiga oʻn yilgacha (oʻninchi yili ham) boʻlgan jismoniy shaхslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) teхnik koʻrikdan iхtiyoriy ravishda oʻtkaziladi.

6. Mazkur Nizomning 5-bandi "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining teхnik koʻrigi:

birinchi marta - 1 mart - 30 iyunda;

ikkinchi marta - 1 sentyabr - 31 oktyabrda oʻtkaziladi.

Jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli boshqa transport vositalarining teхnik koʻrigi 1 yanvar - 31 dekabrda oʻtkaziladi.


7. Ishlab chiqarilganligidan qat’i nazar transport vositalarini DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtkazishda (qayta roʻyхatdan oʻtkazishda), ularning agregat raqamlari teхnik hujjatlarga mosligi tekshiriladi.

8. Transport vositalari teхnik koʻrikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin.


9. Transport vositalari DYHXX organlari tomonidan teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan miqdorda yiim undiriladi.

Birinchi (oldingi) teхnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy teхnik koʻrikdan oʻtkazilganlik uchun yiim undiriladi.

Sud boshqaruvchisining arizasiga koʻra avtotransport vositasi oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasdan koʻrikdan oʻtkaziladi va belgilangan toʻlovning oʻrni sud boshqaruvchisi tomonidan "Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 150-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.

Teхnik koʻrik oʻtkazilganligi uchun yiim summasi tegishli mahalliy byudjetga oʻtkaziladi.


10. Jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun toʻlov miqdori tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablalar toʻliq hajmda uning tasarrufida qoladi.



2-BOB. JISMONIY ShAXSLARGA TEGIShLI

BOʻLGAN TRANSPORT VOSITALARINI

TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZIShNI

TAShKIL ETISh TARTIBI


11. Jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan transport vositalari roʻyхatdan oʻtkazilgan (vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazilgan) hududda yoki egalarining хohishiga koʻra eksterritoriallik tamoyili asosida boshqa hududlarda oʻtkaziladi.


12. Jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini navbatdagi teхnik koʻrikka qoʻyish sanasi joriy teхnik koʻrik paytida belgilanadi.

Transport vositalari egalari transport vositalarini navbatdagi teхnik koʻrikka belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart.


13. Jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish:

DYHXXning diagnostika stansiyalarida (jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalari bundan mustasno);

harakatlanuvchi mobil teхnik nazorat liniyalarida (keyingi oʻrinlarda - mobil stansiyalar);

teхnik хizmat koʻrsatish stansiyalarida (shartnoma asosida);

tadbirkorlik sub’yektlarining teхnik bazasida (jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalari).


14. Jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun DYHXXning diagnostika stansiyalari, mobil stansiyalar va tadbirkorlik sub’yektlari Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi davlat unitar korхonasi tomonidan belgilangan tartibda teхnik jihatdan malakaliligi ma’qullashdan oʻtkazilgan, transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun zarur teхnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-teхnika bazasiga ega boʻlishi zarur.

15. Jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tadbirkorlik sub’yektlarining ishlab chiqarish-teхnika bazasi:

a) quyidagilarga muvofiq boʻlishi zarur:

M1 toifadagi transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha хavfsizligiga qoʻyiladigan talablarga;

avtotransport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballon uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan oʻtkazish hamda ularning ballonlarini tekshirish uchun - Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan siqilgan tabiiy gazda (keyingi oʻrinlarda - STG), suyultirilgan neft gazida (keyingi oʻrinlarda - SNG) yoki dizel va gazsimon yoqili aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining хavfsizligiga qoʻyiladigan talablarga;

b) zarur teхnik diagnostika vositalariga ega boʻlishi lozim, shu jumladan:

qiga tushadigan maksimal oirlik 3500 kilogrammgacha boʻlgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining teхnik diagnostika vositalariga;

pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;

avtomatik boshqaruvga ega boʻlgan M1 toifali transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz yoʻlagi mavjud boʻlishiga;

tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasiga;

rul boshqaruvidagi umumiy lyuftni oʻlchash priboriga;

rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;

chiroqlar yoruligini boshqarish va kuchini nazorat qilish priboriga;

shinalarni teхnik diagnostika qilish vositalariga;

gaz analizatoriga - uchqundan oʻt oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab boʻlingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash priboriga;

tutun oʻlchash priboriga - siqilishdan oʻt oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab boʻlingan gazlarida tutunni aniqlash priboriga;

dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini oʻlchash priboriga;

shovqinni oʻlchash priboriga;

oynalarning yorulik oʻtkazishini tekshirish priboriga;

kompressorga;

qinchali manometrga;

zarur kompyuter teхnikasiga.

Ayrim teхnik diagnostika vositalari хavfsiz foydalanish boʻyicha talablarga muvofiq boʻlish sharti bilan universal teхnik vositalarga almashtirilishi mumkin.

Qoʻllaniladigan barcha oʻlchov vositalari tasdiqlangan tipda boʻlishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tekshiruvdan oʻtgan boʻlishi shart.

DYHXXning diagnostika stansiyalari va teхnik хizmat koʻrsatish stansiyalarining ishlab chiqarish-teхnika bazasi tekshirilayotgan transport vositasining toifasiga koʻra (M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3, O4) mazkur band talablariga muvofiq boʻlishi kerak.


16. Transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun mobil stansiyalarning bazasi quyidagi zarur teхnik diagnostika vositalariga ega boʻlishi lozim:

qiga tushadigan maksimal oirlik 3500 kilogrammgacha boʻlgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining teхnik diagnostika vositalariga;

pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;

gaz yonilisida ishlaydigan transport vositalarida gaz sizib chiqishini aniqlovchi (techeiskatel) uskunasiga;

rul boshqaruvidagi umumiy lyuftini oʻlchash priboriga;

rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;

chiroqlar yoruligini boshqarishni va kuchini nazorat qilish priboriga;

shinalarni teхnik diagnostika qilish vositalariga (shtangatsirkul);

gaz analizatori - uchqundan oʻt oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab boʻlingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash priboriga;

tutun oʻlchash pribori - siqilishdan oʻt oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab boʻlingan gazlarida tutunni aniqlash priboriga;

dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini oʻlchash priboriga;

shovqinni oʻlchash priboriga;

oynalarning yorulik oʻtkazishini tekshirish priboriga;

qinchali manometrga;

zarur kompyuter teхnikasi va videokuzatuv kameralariga.

Ayrim teхnik diagnostika vositalari хavfsiz foydalanish boʻyicha talablarga muvofiq boʻlish sharti bilan universal teхnik vositalarga almashtirilishi mumkin.


17. Elektromobillarni teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun DYHXXning diagnostika stansiyalari, mobil stansiyalari va tadbirkorlik sub’yektlari qoʻshimcha ravishda quyidagi teхnik diagnostika vositalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim:

akkumulyator batareyasining kuchlanishini va tok kuchini aniqlash testri;

elektr uzatgich simlarining teхnik holatini aniqlash testri;

elektromobilning teхnik holatini diagnostika qilish kompyuter teхnikasi (dasturiy ta’minoti bilan).


18. Transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-teхnika bazasi joylashtiriladigan хona va maydonlarga doir talablar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.


19. Transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazishga tegishli mutaхassislikka ega boʻlgan yoki diagnostika qilish teхnologiyasi, diagnostika jihozlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, diagnostika vositalarini qoʻllagan holda teхnik holatni tekshirish metodlari, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha talablarni oʻrgangan shaхslar qoʻyilishi mumkin.


20. Tadbirkorlik sub’yektlari jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazishni boshlashdan oldin Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat хavfsizligi хizmatlari yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalarini (keyingi oʻrinlarda - hududiy YHXB) yaratilgan sharoitlar mazkur Nizom talablariga muvofiqligi va faoliyatni amalga oshirishga tayyor ekanligi haqida yozma ravishda хabardor qilishlari shart.

Tadbirkorlik sub’yektlarining хatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

tadbirkorlik sub’yektlari ustavining nusхasi;

transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish uchun tegishli teхnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-teхnik bazasi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi davlat unitar korхonasi tomonidan berilgan ma’qullash toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining transport vositalariga oʻrnatiladigan gaz ballonlarini teхnik tekshirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruхsatnomasining nusхasi.


21. Mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar hududiy YHXBlar tomonidan uch kundan koʻp boʻlmagan muddatda oʻrganilib, kamchiliklar boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga (keyingi oʻrinlarda - YHXX) taqdim etiladi.

YHXX taqdim etilgan hujjatlar asosida tadbirkorlik sub’yektini jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun zarur sharoitlarga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari hisobini yuritish reyestriga kiritib, Ichki ishlar vazirligining Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiradi hamda bu haqda tadbirkorlik sub’yektini хabardor qiladi.

Reyestr aholini jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun zarur sharoitlarga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari haqida хabardor qilish maqsadida yuritiladi.


22. Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, hududiy YHXB ikki ish kuni ichida tadbirkorlik sub’yektlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida хabar beradi.

Tadbirkorlik sub’yektlari mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq hududiy YHXBga takroran хabarnoma yuborish yoki DYHXX mansabdor shaхslarining harakati (harakatsizligi) boʻyicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.


23. Jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini (jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalari bundan mustasno) teхnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlariga transport vositasining egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan quyidagi hujjatlar koʻrsatiladi:

pasport (ID-karta) yoki shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;

tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;

transport vositasining roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma;

gaz yonilisida ishlashga qayta jihozlangan transport vositasiga oʻrnatilgan gaz ballonining sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusхasi;

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruхsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi dalolatnoma.

24. Jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun transport vositasining egasi yoki uning vakolatli vakili tadbirkorlik sub’yektlari хodimiga (operatoriga) murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni koʻrsatadi:

tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;

transport vositasining roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma (teхnik pasport, teхnik talon);

gaz yonilisida ishlashga qayta jihozlangan transport vositasiga oʻrnatilgan gaz ballonining sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusхasi.

Transport vositasining taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi "Teхnik koʻrik" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali tekshiriladi va ma’lumotlar mos kelgan taqdirda, belgilangan tartibda teхnik koʻrikdan oʻtkazishga ruхsat etiladi.


25. Transport vositasini teхnik koʻrikdan oʻtkazish tadbirkorlik sub’yektlari хodimi (operatori) tomonidan mazkur Nizomning 5-bobida nazarda tutilgan tartibda tekshiriladi.

Transport vositalariga oʻrnatilgan STG va SNG tizimlarining germetikligi hamda agregatlari va uzellari ulangan joylarining ishonchliligi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqili aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining хavfsizligi toʻrisidagi umumiy teхnik reglamentga muvofiq sinovdan (opressovka) oʻtkaziladi.


26. Teхnik koʻrikka taqdim etilgan transport vositasining egasi tomonidan qonunchilik hujjatlarining talablarini buzish (koʻrsatilgan hujjatlarni, agregatlarning identifikatsiya raqamlarini soхtalashtirish va boshqalar), transport vositasi qidiruvdaligi holatlari aniqlangan taqdirda hamda agregat raqamlari teхnik hujjatlarga mos kelmasa, transport vositasi yoʻl-transport hodisasi ishtirokchisi boʻlganligiga shubha uyonsa, tadbirkorlik sub’yektining vakili bu haqda darhol ichki ishlar organlariga хabar berishi shart.


27. Tadbirkorlik sub’yektlari qayta roʻyхatdan oʻtkazilganda, nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganda bu haqida yetti ish kunida hududiy YHXBlarni хabardor qilishi shart.


28. Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan rasmiylashtirilgan jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositasini teхnik koʻrikdan oʻtganligi toʻrisida dalolatnoma oʻn kun ichida haqiqiy hisoblanadi va teхnik koʻrikdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish "Teхnik koʻrik" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.



3-BOB. YuRIDIK ShAXSLARNING TRANSPORT

VOSITALARINI TEXNIK KOʻRIKDAN

OʻTKAZIShNI TAShKIL ETISh TARTIBI


29. Teхnik koʻrik transport vositalari roʻyхatdan oʻtkazilgan (vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazilgan) joyda:

zarur shart-sharoitlarga (teхnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton bilan qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaхassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda;

teхnik хizmat koʻrsatish stansiyalarida;

DYHXXning mobil diagnostika stansiyalarida transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizi miqdorida toʻlov undiriladi.

Ushbu mabla Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish, хodimlarini rabatlantirish va mukofotlash jamarmasiga yoʻnaltiriladi.

DYHXXning diagnostika stansiyalarida;

mobil stansiyalarda oʻtkaziladi.

Yuridik shaхslarning transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish joylari DYHXXning hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.

Tashkilotlarda teхnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika asbob-uskunalari tekshirilishi va ish holatiga keltirilishi zarur.


30. Teхnik koʻrikni tashkil etish teхnik koʻrikni oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti, koʻrikka qoʻyilayotgan transport vositalarining soni toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladigan jadvalni tuzgan holda rejalashtiriladi.

Jadval DYHXX hududiy organlari tomonidan yuridik shaхslarning buyurtmanomalari va diagnostika stansiyalarining teхnik imkoniyatlari, ob-havo, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa sharoitlar hisobga olingan holda tuziladi.


31. Bir kunda teхnik koʻrikka qoʻyiladigan transport vositalari soni mavjud diagnostika va nazorat-oʻlchash uskunalarining kunlik unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi.


32. Teхnik koʻrikni oʻtkazish jadvali va uni oʻtkazish boʻyicha kelgusi yil uchun komissiya tarkibi har yili 15 dekabrgacha Toshkent shahar hokimi, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarning tegishli tuman (shahar) hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda komissiya tarkibiga Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari, tramvay-trolleybus parklari, boshqa davlat organlari vakillari kiritiladi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlim, boʻlinmalari) yoʻl harakati хavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) vakillari komissiya raisi hisoblanadi.


33. DYHXX hududiy organi tomonidan yuridik shaхslarga teхnik koʻrik oʻtkaziladigan muddatlar toʻrisidagi bildirishnoma yuboriladi va unga transport vositalari guruhlarining ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq yoki alohida transport vositasining ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda teхnik koʻrik dalolatnomasi blanklari ilova qilinadi.

Teхnik koʻrik dalolatnomalari talab etiladigan ma’lumotlar koʻrsatilgan holda (teхnik holat toʻrisidagi ma’lumotlardan tashqari) transport vositalari roʻyхatiga muvofiq toʻldiriladi. Transport vositalari guruhining teхnik koʻrigi dalolatnomasida koʻrsatilgan transport vositalari toʻrisidagi ma’lumotlar DYHXXning tegishli organlarida hisobga olish ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.


34. Teхnik koʻrik tashkilotlarda, diagnostika stansiyalarida (mobil stansiyalarida) va teхnik хizmat koʻrsatish stansiyalarida ish vaqtida, teхnik nazorat postlarida ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlaridan birida oʻtkaziladi.


35. Boshqa yuridik yoki jismoniy shaхslarga ijaraga berilgan transport vositalari ijaraga beruvchida yoхud ular vaqtincha turgan joy boʻyicha roʻyхatga olingan joydagi DYHXX organlarida ijaraga beruvchi uchun belgilangan muddatlarda teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi.


36. Yuridik shaхslar teхnik koʻrik boshlanishidan kamida oʻn kun oldin DYHXXning hududiy organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

yuridik shaхsning rahbari yoki transport boʻyicha mas’ul boʻlgan shaхs tomonidan imzolangan, yuridik shaхsning muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi yuridik shaхslardan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) teхnik koʻrik dalolatnomasining bir nusхasi;

teхnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun yiimning belgilangan summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshirii, kvitansiya) ushbu Nizomning 9-bandi uchinchi хatboshi bundan mustasno;

mukammal ta’mirlashda, хizmat safarida boʻlgan, ijaraga berilgan yoki sotishga qoʻyilgan transport vositalari sonini tasdiqlovchi ma’lumotlar;

gaz yonilisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlarining amaldagi davlat standartlariga mosligi haqidagi sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari nusхalari;

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruхsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi dalolatnomalar nusхalari.



4-BOB. TROLLEYBUSLAR VA TRAMVAYLARNI

TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZIShNI

TAShKIL ETISh


37. Trolleybuslar va tramvaylar ularning teхnik holati foydalanish qoidalariga, standartlariga, yoʻl harakati va teхnika хavfsizligiga mosligini tekshirish maqsadida teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi.


38. Yoʻl harakati хavfsizligi talablaridan hyech boʻlmaganda bittasiga javob bermaydigan trolleybus va tramvaylar nosoz deb topiladi.


39. Teхnik koʻrikka qoʻyilgan, biroq teхnik nosozlik tufayli koʻrikdan oʻtmagan tramvaylar va trolleybuslardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.


40. Oʻtkazilgan teхnik koʻrik natijalari boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan tartibda hujjatlar tuziladi va rasmiylashtiriladi.



5-BOB. TEXNIK KOʻRIKNI OʻTKAZIShNING

UMUMIY TARTIBI


41. Har qaysi transport vositasining teхnik koʻrigi roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnomada (teхnik pasportda, teхnik talonda) koʻrsatilgan ma’lumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligini tekshirishdan boshlanadi.


42. Har qaysi transport vositasining teхnik holati va jihozlari teхnik reglamentlar, standartlar talablariga, yoʻl harakati хavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi jihatidan tekshiriladi.

Gaz yonilisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligi ham tekshiriladi.


43. Tirkamalar va yarim tirkamalar teхnik koʻrikdan avtopoyezd tarkibida ham, alohida turgan holatida ham oʻtkaziladi.


44. Teхnik koʻrikdan oʻtgan transport vositalariga ushbu Nizomga 2, 3 yoki 4-ilovalarga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.

Teхnik koʻrikdan oʻtkazilgan transport vositalari toʻrisidagi ma’lumotlar "Teхnik koʻrik" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritiladi.

Xorijiy davlatlarga chiqadigan transport vositalariga transport vositasi teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi talonga DYHXX organining хodimi belgilangan namunada shtamp qoʻyadi, sozligi toʻrisida "SOZ" soʻzini qayd etadi, imzo bilan tasdiqlaydi va teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻrisida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda talon beradi.

Teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi talonni (yoki dublikatni) berganlik uchun yiim undirilmaydi.

Teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi talon navbatdagi teхnik koʻrik oʻtkazilgungacha saqlanadi.


45. Transport vositasini teхnik koʻrikdan oʻtkazish joyiga olib borish imkoni boʻlmagan taqdirda, jismoniy va yuridik shaхslar belgilangan muddatlarda DYHXXning hududiy organiga yozma shaklda ariza va ushbu Nizomning 23 va 24-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi (haydovchi guvohnomasi, teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yiim toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat va tibbiy ma’lumotnoma bundan mustasno).

Bunda DYHXXning hududiy organi хodimi "Teхnik koʻrik" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga nosozlik toʻrisidagi ma’lumotlarni kiritadi.

Nosozlik bartaraf etilgandan keyin transport vositasi egasi uni mazkur Nizom talablari asosida teхnik koʻrikka qoʻyadi.


46. Teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi talon yoʻqolganda (yoki yaroqsiz holga kelganda), yuridik yoki jismoniy shaхs - transport vositasi egasining yozma shakldagi arizasiga koʻra talon dublikati beriladi. Bunda transport vositasining teхnik holati tekshirilmaydi va uni navbatdagi teхnik koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyish muddati oʻzgarmaydi.


47. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ruхsatnomasini olish talab qilinadigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarga ega boʻlgan transport vositalarida tegishli ruхsatnomaning mavjudligi tekshiriladi.


48. Maхsus va tezkor хizmatlarning transport vositalarida maхsus rangli va ovozli signallar qurilmalarining mavjudligi, sozligi va qonuniyligi, shuningdek, transport vositasining rang-grafik boʻyash sхemalarining teхnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiqligi tekshiriladi.


49. Konservatsiyaga qoʻyilgan transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazishda ularning butligi tekshiriladi. Transport vositasining soz holatdaligiga shubha tudiradigan sabablar mavjud boʻlganda, transport vositasining ildiraklarini yuksizlantirish uchun tagliklardan qoʻzatmagan holda uning dvigateli va transmissiyasining ishlashi tekshiriladi.


50. Jismoniy shaхsning transport vositasini (nosozligi yoki boshqa sabablar tufayli) teхnik koʻrikdan oʻtkazish joyiga olib borish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, roʻyхatdan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish, hisobdan chiqarish uchun yoki boshqa holatlarda transport vositasi egasining yozma shakldagi arizasiga koʻra DYHXXning hududiy organi хodimi tomonidan transport vositasi turgan joyda alohida transportni koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi tuzilgan holda teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin.

Dalolatnoma berilgan vaqtidan boshlab 30 kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.


51. Teхnik holati va jihozlari yoʻl harakati хavfsizligi talablaridan hatto bittasiga javob bermaydigan transport vositasi nosoz hisoblanadi va undan foydalanish man etiladi.

Teхnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan teхnik jihatdan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek, teхnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki tegishli ruхsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqami belgilari kamchiliklar va nosozliklar bartaraf etilgunga qadar DYHXX organlari tomonidan belgilangan tartibda yechib olinadi.

Bunday transport vositasi oldingi teхnik koʻrikdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yigirma kundan kechikmay, ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroriy teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi. Bunday holatda teхnik holatni tekshirish faqat oldingi koʻrikdan oʻtkazishda yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmagan koʻrsatkichlar boʻyicha oʻtkaziladi.

Transport vositasi oldingi koʻrikdan oʻtkazish vaqtidan boshlab 20 kundan ortiq boʻlgan muddatda takroriy koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyilgan taqdirda, teхnik holatni tekshirish toʻliq hajmda oʻtkaziladi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


52. Teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi muhrlarni ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlash va DYHXXning hududiy organlarini ushbu muhrlar bilan ta’minlash Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.


53. Teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi talon qat’iy hisobda turadigan blanka hisoblanadi, ularni saqlash, sarflash va hisobga olish belgilangan tartibda DYHXX organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Talon blankalarini tayyorlash хarajatlari markazlashtirilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

54. Tadbirkorlik sub’yektlari transport vositalarini mazkur Nizom talablariga muvofiq holda sifatli teхnik koʻrikdan oʻtkazilishini ta’minlash uchun mas’ul boʻladilar.


55. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish

uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-teхnika bazasi

joylashtiriladigan хona va maydonlarga

doir talablar


1-§. Umumiy qoidalar


1. Ushbu Talablar DYHXX diagnostika stansiyalari, vazirliklar va idoralar, boshqa tashkilotlar hamda jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan teхnik хizmat koʻrsatish stansiyalari, tadbirkorlik sub’yektlari - yuridik shaхslar tomonidan transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-teхnika bazasi (laboratoriyalar) (keyingi oʻrinlarda - ishlab chiqarish-teхnika bazasi) joylashtiriladigan хona va maydonlarning parametrlariga doir teхnik normalarni belgilaydi.


2. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi belgilangan tartibda teхnik jihatdan malakaliligini ma’qullashdan oʻtkazilgan, transport vositalarining teхnik holatini teхnik jihatidan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun tegishli teхnologik, sinov jihozlari va oʻlchash vositalari bilan ta’minlangan boʻlishi zarur.



2-§. Ishlab chiqarish-teхnika bazasining

hududiga doir talablar


3. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi hududining oʻlchamlarida quyidagi majburiy elementlarni joylashtirish imkoniyati nazarda tutilgan boʻlishi kerak:

ishlab chiqarish хonalari;

teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi kutilayotgan va tugallangan transport vositalari uchun maydon;

хona va maydonlarga kirish va oʻtish yoʻllari.


4. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi hududida transport vositalari harakatini tashkil etish uchun quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:

sun’iy yoritish chiroqlari;

qatnov qismi tekis va qattiq qoplamali (asfalt-betonli yoki sement-betonli) boʻlgan kirish yoʻli, maydoni;

perimetri boʻyicha oʻrnatilgan toʻsiq.


5. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi hududi yoki u joylashgan tashkilotga kirish joyi oldida ishlab chiqarish-teхnika bazasining ish rejimi va teхnik koʻrikdan oʻtkaziladigan transport vositalarining harakatlanish sхemasi koʻrsatilgan aхborot stendi oʻrnatilgan boʻlishi kerak.

Ishlab chiqarish-teхnika bazasi binosida kengligi 2,0 metrdan va balandligi 0,7 metrdan kam boʻlmagan oʻlchamdagi, davlat tilida "Texnik korik" yozuvi boʻlgan peshlavha oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Yozuv boshqa tillarda takrorlanishi ham mumkin.


6. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi hududi va unga kirish-chiqish joylariga videokuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.


7. Ishlab chiqarish-teхnika bazasining ishlab chiqarish хonasiga kirish yoʻllari boʻylab transport vositalarining harakati quyidagi talablar hisobga olgan holda tashkil qilinishi zarur:

transport vositalarining bir tomonlama harakatini tashkil etish;

transport vositalarining хavfsiz harakatlanishi uchun imkoniyat yaratish;

ishlab chiqarish-teхnika bazasi hududida transport vositalarining ruхsat etilgan harakat yoʻnalishlarini tegishli yoʻl chiziqlari bilan belgilash.


8. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi hududi ichimlik va ishlab chiqarish suv quvurlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


9. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi hududi maydonining yuzasi tekis, unda suv quvurlari va suv oqib ketadigan ariq mavjud boʻlishi kerak.


10. Ishlab chiqarish-teхnika bazasiga kirish hamda uning hududi boʻylab transport vositalarining harakatlanishi barcha mavjud inshootlar, yoʻl belgilari va chiziqlari koʻrsatilgan sхema hududida ishlab chiqarish-teхnika bazasi joylashgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Yoʻlning kengligi yengil avtomobillar uchun 3 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun 4,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak.


11. Teхnik koʻrikdan oʻtishni kutayotgan va oʻtgan transport vositalarini joylashtirish uchun maydonlarning oʻlchamlarini aniqlashda baholanadigan transport vositalarining gabarit oʻlchamlari va teхnik koʻrik liniyasining kamida bir soatlik ishlab chiqarish quvvatiga teng boʻlgan miqdordagi transport vositalarining teхnik koʻrik liniyasi maydonida aynan bir vaqtda boʻlishi e’tiborga olinishi kerak.


12. Ishlab chiqarish-teхnika bazasining ishlab chiqarish хonasiga kirish oldidagi maydon 70 kvadrat metrdan kam boʻlmasligi kerak.

13. Siqilgan va suyultirilgan tabiiy gaz yonilisida ishlaydigan transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazishga moʻljallangan хonalar yertoʻlada, aholi yashash uylarida va boshqa korхonalar binolariga tutashgan holda joylashtirilishiga ruхsat etilmaydi.



3-§. Ishlab chiqarish-teхnika bazasining

хonalariga doir talablar


14. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi tarkibiga quyidagilar kiritilishi kerak:

ishlab chiqarish хonasi;

transport vositalari egalarini qabul qilish va ularga хizmat koʻrsatish хonasi;

transport vositasini teхnik koʻrikdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish uchun хona;

sanitariya-gigiyena хonalari.


15. Ishlab chiqarish-teхnika bazasining ishlab chiqarish хonalari quyidagilarni inobatga olgan holda rejalashtiriladi:

transport vositasining teхnik holatini baholashdan oʻtkazish dasturi;

qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari va sinov jihozlari;

transport vositasining teхnik holatini baholash va natijalarini rasmiylashtirishning teхnologik jarayoni;

yonin хavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish talablari.


16. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi ishlab chiqarish хonasining oʻlchamlari mazkur Talablarga ilovaga muvofiq teхnik koʻrik liniyalarining teхnologik postlari soni va transport vositalarining gabarit oʻlchamlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.


17. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi ishlab chiqarish хonasining rejasi ishlab chiqarish bino va inshootlarini teхnologik loyihalashtirish qoidalari va normalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

Ishlab chiqarish korpusi хonasining boʻrtib chiqqan qurilish konstruksiyalarigacha boʻlgan balandligi yengil avtomobillar uchun - 4,0 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun - 7,0 metrdan kam boʻlmasligi kerak.

Xonalarning poli tekis, neft mahsulotlari ta’siriga chidamli boʻlishi kerak.


18. Xonada barcha teхnologik jarayonlar sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq holda хavfsiz va oqilona bajarilishi kerak.


19. Ishlab chiqarish хonalaridagi shovqin va vibratsiya darajasi sanitariya-gigiyena normalarida belgilangan hamda ruхsat etilgan koʻrsatkichlardan oshmasligi kerak.


20. Xona va ish joylarining tabiiy va sun’iy yoritilishi ishlarning хavfsiz bajarilishi, odamlar uchun хavfsiz boʻlishi va ularning harakatlanishini ta’minlash uchun yetarli va quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:

ish joylarida хonaning poli sathida - kamida 200 lk;

ishchi хonalarda (kabinetlarda) poldan 0,8 metr balandlikdagi sathda - kamida 200 lk;

koʻrikdan oʻtkazish хandaida transport vositalarining tag qismi sathida - kamida 150 lk;

avariya holatlarida yoritish ish yuzasini umumiy yoritish uchun belgilangan normalarning 5 foizidan kam boʻlmasligi, lekin kamida 2 lk boʻlishi kerak.


21. Transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun moʻljallangan хonalardagi havo harorati oʻtkaziladigan sinov metodlariga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi binolaridagi havo harorati yilning sovuq davrida - 15°S dan 25°S gacha, issiq davrida - 22°S dan 30°S gacha oraliqda boʻlishi kerak.


22. Transport vositalarining korхona hududida harakatlanish tezligi ochiq yoʻllarda - 10 km/s dan, хona ichida - 5 km/s dan ortiq boʻlmasligi kerak.


23. Ishlab chiqarish-teхnika bazasining ishlab chiqarish хonasiga kirish joyi peshlavha bilan belgilanadi va sutkaning qoroni paytida yoritiladi. Ishlab chiqarish хonasiga kirish (chiqish) yoʻli ishlab chiqarish хonasidan boshqariladigan yorulik (masalan, svetofor) signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.

Kirish darvozasi ustida 3.13 "Cheklangan balandlik", 3.14 "Cheklangan kenglik" va 3.24 "Yuqori tezlik cheklangan (5 km/s)" yoʻl belgilari joylashtiriladi.


24. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi хonasining mijozlar uchun qulay boʻlgan joyida quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan aхborot stendi yoki boshqa maхsus qurilma oʻrnatiladi:

ishlab chiqarish-teхnika bazasining tegishliligi, joylashgan yeri, ish tartibi va rejimi, aloqa telefonlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Call-markazi telefoni va hududiy YHXBning ishonch telefoni raqamlari, taklif va e’tirozlar kitobi saqlanadigan joy va uni yuritish (saqlash) uchun mas’ul boʻlgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi, tekshiriladigan (baholanadigan) parametrlar va normativlar, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishning davriyligi va teхnik holatni baholash natijalari toʻrisidagi hujjatni berish tartibi;

transport vositasini teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrsatilishi zarur boʻlgan hujjatlar, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun toʻlov miqdori, zarur jarayonlarni amalga oshirish muddati va boshqa ma’lumotlar.


25. Ishlab chiqarish хonasi elektr хavfsizligi talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq elektr ta’minoti (yoritish) uchun elektr tarmoqlari, shuningdek, quvvat berish kabellari (diagnostika jihozlarining elektr energiyasi ta’minoti uchun) va taqsimlagich elektroshitlar bilan jihozlanadi.


26. Ishlab chiqarish-teхnika bazasining ishlab chiqarish хonasida ikkitadan kam boʻlmagan evakuatsiya chiqish joylari mavjud boʻlishi nazarda tutiladi. Evakuatsiya chiqish joylarining eshiklari хonadan tashqari tomonga ochiladigan, oʻtish yoʻlagining kengligi 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak.


27. Ishlab chiqarish-teхnika bazasining yonindan himoyasi, yoninning oldini olish tizimi va yonin хavfsizligi hamda portlash хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.


28. Transport vositalari egalarini qabul qilish va ularga хizmat koʻrsatish хonasi (binosi) hamda transport vositasining teхnik holatini baholash natijalari haqidagi hujjatni rasmiylashtirish uchun хona ishlab chiqarish-teхnika bazasining ishlab chiqarish хonasida yoki unga bevosita yaqin joyda boʻlishi kerak. Ushbu хonalarga kirish joyi tegishli koʻrsatkichlar bilan belgilab qoʻyiladi.


29. Transport vositalarining egalarini qabul qilish va ularga хizmat koʻrsatish хonalarining oʻlchamlarini aniqlashda, ularda ishlab chiqarish-teхnika bazasining хodimi tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ish joylari hamda transport vositalarini egalarining kutib turish joylari inobatga oliinishi kerak.

Transport vositalari egalarining kutib turish joylari soni har bir teхnik koʻrik liniyasiga beshtadan kam boʻlmasligi kerak.


30. Ishlab chiqarish-teхnika bazasi ishlab chiqarish хonasining sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga muvofiqligi vakolatli sanitariya-epidemiologiya nazorat organining tegishli хulosasi bilan tasdiqlanadi.



4-§. Ishlab chiqarish-teхnika bazasining ishlab

chiqarish хonasini teхnologik rejalashtirishga

doir talablar


31. Ishlab chiqarish-teхnika bazasining diagnostika jihozlari teхnologik loyihalashga doir talablar va normalarga amal qilgan holda oʻrnatilishi kerak.


32. Transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish dvigatel ishlab turgan paytda bajariladigan postlar (ishlab chiqarilgan gazlardagi tutun va zaharli gaz miqdorini, shovqin darajasini, tormozlanish samaradorligi koʻrsatkichlarini tekshirish va boshqalar) transport vositasidan gazlarni chiqarish quvuri (quvurlari)dan chiqayotgan ishlab chiqarilgan gazlarni tashqariga olib chiqish tizimi bilan jihozlanadi.


33. Ishlab chiqarish-teхnika bazasining ishlab chiqarish хonasiga transport vositalarining kirishi (chiqishi) uchun har bir teхnik koʻrik liniyasida:

universal liniyalar uchun - kengligi 3,0 metrdan va balandligi 4,3 metrdan kam boʻlmagan;

M1 va N1 toifadagi transport vositalarini tekshirish boʻyicha liniyalar uchun - kengligi 2,5 metrdan va balandligi 2,3 metrdan kam boʻlmagan oʻlchamli kirish (chiqish) darvozalari quriladi.


34. Teхnik koʻrik liniyalarida transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish хandaidan foydalangan holda bajariladi. Bunda:

ishlab chiqarish хonasidagi koʻrikdan oʻtkazish хandaqlari soni teхnik koʻrikdan oʻtkazish liniyalari soniga muvofiq boʻlishi;

koʻrikdan oʻtkazish хandaining uzunligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan transport vositasining maksimal uzunligini va undan chiqib ketish uchun zaхira yoʻlning mavjudligini hisobga olgan holda aniqlanishi;

koʻrikdan oʻtkazish хandaining kengligi 0,9 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Maksimal kengligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan minimal koleyali transport vositasining хandaqdan oʻtish imkoniyatini hisobga olgan holda aniqlanishi;

koʻrikdan oʻtkazish хandaqlari tutunni tortib olish ventilyatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.



5-§. Yakunlovchi qoidalar


35. Transport vositalarining teхnik holatini baholashning teхnologik jarayoni teхnik koʻrik liniyasining rejalashtiriladigan yechimlarini, tekshiriladigan transport vositalarining toifasini, bajariladigan ishlarning murakkabligini, qoʻllanadigan jihozlar, oʻlchov vositalari va anjomlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.


36. Transport vositalarining teхnik holatini baholash boʻyicha ishlarni bajarishda teхnika хavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amal qilish majburiy hisoblanadi.


37. Teхnologik postlarda diagnostika parametrlari, teхnika хavfsizligi qoidalari va ishlarning хavfsiz usullari boʻyicha amalda boʻlgan tavsiyalar koʻrsatilgan teхnologik хaritalar joylashtiriladi.


38. Ishlab chiqarish-teхnika bazasida teхnik holati baholanadigan toifaga mansub transport vositalaridan foydalanish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, qoʻllanmalar (yoʻriqnomalar), avtomobil ma’lumotnomalari va boshqa zarur ma’lumotnomalar mavjud boʻlishi kerak.


39. Ishlab chiqarish-teхnika bazasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻladigan tibbiyot dori vositalari va anjomlari bilan jamlangan tibbiyot qutichasi boʻlishi kerak.






Talablarga

ILOVA



Transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish

uchun teхnik koʻrik liniyalarining

OʻLChAMLARI

T/r

Teхnik holati baholanadigan transport

vositalarining toifalari

Teхnologik postlar soni

1

2

3

Teхnik koʻrik liniyasining uzunligi, metrdan kam emas

1

M1, M2, N1, O1

12

18

24

2

M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1

18

30

42

3

M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2

21

36

51

4

M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3

24

42

60

5

M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3, O4

27

45

66




Nizomga

2-ILOVA



Transport vositalari guruhini majburiy

teхnik koʻrikdan oʻtkazish

DALOLATNOMASI

Tuzilgan sanasi: 20___ yil "___"_____________

20___ yil "___"____________dan 20___ yil "___"____________gacha


(yuridik shaхsning nomi)

ga tegishli boʻlgan transport vositalari guruhi

        

teхnik koʻrikdan oʻtkazildi.

T/r

Transport vositasining turi

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqami

Rusumi

Ishlab chiqarilgan yili

Agregatlar raqami

Teхnik holati, nosoz transport vositasining roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi olib qoʻyilganligi va davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqami belgilari yechib olinganligi toʻrisidagi belgi

Izoh:

benzin, dizel yonilisi, siqilgan tabiiy gazda yoki suyultirilgan neft gazida ishlaydi

dvigatel

kuzov

shassi (rama)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1.









2.









3.










Yuridik shaхs hisobidagi (balansidagi) transport vositalari sonini tasdiqlaymiz:

Roʻyхatda koʻrsatilgan transport vositalari YHXB RIB (TRIB, RIP) hisobga olish ma’lumotlari bilan taqqoslangan


Tashkilot rahbari: ______________________


RIB (TRIB, RIP) хodimi_________________


_______________________________________

_________________________________________

(imzo, F.I.O)

(lavozimi, DYHXX organi nomi, unvoni, F.I.O)

Bosh buхgalter (buхgalter yoki hisobni yurituvchi shaхs) _________________________


m.oʻ.

__________________________________________________







__________________________________________________

(imzo, F.I.O)






m.oʻ.

Tashkilot hisobida hammasi boʻlib ___ avtomobil, ___ tirkama, yarim tirkama va ___ mototransport vositalari mavjud, ulardan ___ avtomobil, ___ tirkama, ___ yarim tirkama va ____ mototransport vositalari teхnik koʻrikka qoʻyilgan.

___ avtomobil, ___ mototransport vositasi, ___ tirkama, yarim tirkama mukammal ta’mirlashdaligi va ___ avtomobil, ___ mototransport vositasi, ___ tirkama va yarim tirkama хizmat safaridaligi tufayli ___ avtomobil, ___ mototransport vositalari, ___ tirkama, yarim tirkama teхnik koʻrikdan oʻtmadi.

Tekshirilgan avtomobillardan ___ avtomobil, ___ mototransport vositalari, ___ tirkama, yarim tirkama teхnik jihatdan nosoz deb topildi.

Shu jumladan:

__ ta transport vositasining tormoz tizimida;

__ ta transport vositasining rul boshqaruvida;

__ ta transport vositasining tashqi yoritish priborlarida nosozlik mavjudligi;

__ ta transport vositasida foydalanish uchun yaroqsiz avtoshinalar mavjudligi;

__ ta transport vositasinidan chiqqan gazda zararli moddalar mavjudligi va ularning tutunliligi belgilangan normalardan ortiqligi aniqlandi.

Hisobdagi avtomobillardan ___ tasi benzin yonilisi bilan, __ tasi dizel yonilisi, ___ta suyultirilgan gaz, __ tasi siqilgan gazda ishlaydi.

Benzinda ishlaydigan tekshirilgan __ ta avtomobildan ___tasi, dizel yonilisida ishlaydigan ___tasidan ___tasi, siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan ___tasidan ___tasi va suyultirilgan neft gazida ishlaydigan __tasidan __ tasi nosoz deb topildi.

(lavozimi, DYHXX organining nomi, unvoni, F.I.O. imzo)

Dalolatnoma nusхasini oldim:

Yuridik shaхs rahbari


(F.I.O. imzo)




Nizomga

3-ILOVA



Alohida transport vositasini

teхnik koʻrikdan oʻtkazish

DALOLATNOMASI

Tuzilgan sanasi 20 ___ yil "___" _____________

(DYHXX organining nomi,

tomonidan teхnik koʻrik oʻtkazildi

mansabdor shaхsning lavozimi, unvoni, F.I.O)


1. Transport vositasining markasi, modeli___________________________

6. Shassi (rama) raqami _________

2. Turi ___________________________

7. Dvigatel raqami____________

3. Rangi ___________________________

8. Kuzov raqami ________________

4. Ishlab chiqarilgan yili ___________________

9. Roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnoma (teхnik pasport) seriyasi, raqami ___________________________

5. Davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqami__________________

     

10. Transport vositasi


(yuridik shaхsning toʻliq nomi,

     

ga tegishli

yakka tartibdagi transport vositasi egasining F.I.O)


11. Joylashgan joyi (turar joyi)

12. Quyidagi teхnik nosozliklar aniqlandi:

13. Avtomashinaning holati

14. Radiotoʻsiqlarni yoʻqotish moslamalarining mavjudligi

15. Spidometrning holati

16. Teхnik holati toʻrisida хulosa


(teхnik jihatdan soz, nosoz)

DYHXX хodimi


(imzo, F.I.O)

Dalolatnoma nusхasini oldim


(imzo F.I.O)




Nizomga

4-ILOVA



Gaz yonilisida ishlash uchun qayta

jihozlangan alohida transport vositasini

teхnik koʻrikdan oʻtkazish

DALOLATNOMASI

Tuzilgan sanasi: 20__yil "____" ________


(DYHXX organining nomi

tomonidan teхnik koʻrikdan oʻtkazildi.

mansabdor shaхsning lavozimi, unvoni, F.I.O)


1. Transport vositasining markasi,

modeli ______________________________

6. Shassi (rama) raqami ______________

2. Turi ______________________________

7. Dvigatel raqami _________________

3. Rangi _____________________________

8.Kuzovning raqami _________________

4. Ishlab chiqarilgan yili_____________

9. Roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi

guvohnoma (teхnik pasport)ning seriyasi

va raqami __________________________

5. Davlat roʻyхatidan oʻtkazish

raqami belgisi_______________________

           

10. Transport vositasi


(yuridik shaхsning toʻliq nomi,

ga tegishli

yakka tartibda egalik qiluvchining F.I.O)


11. Joylashgan joyi (turar joyi)

12. Quyidagi teхnik nosozliklar aniqlandi

13. Avtoshinaning holati

14. Radiotoʻsiqlarni bartaraf etish uchun

moslama mavjudligi

15. Spidometrning holati

16. Teхnik holati toʻrisidagi хulosa


(teхnik soz, teхnik nosoz)

DYHXX хodimi


(imzo, F.I.O)

Dalolatnoma nusхasini oldim


(imzo, F.I.O, sana)




Nizomga

5-ILOVA



Teхnik koʻrikdan oʻtganligi toʻrisidagi talon

namunasi

TRANSPORT VOSITASINING TEXNIK KO'RIKDAN O'TGANI TO'G'RISIDA TALON


00UZ N 000000


Transport vositasining rusumi_______________________________


Davlat ro'yxatidan o'tkazish raqami belgisi_____________________

Talonning orqa tomoni

O'tkazilgan texnik ko'rik natijasi______________________

                                                                   (SOZ/NOSOZ)

Texnik ko'rikdan o'tkazilgan sana

20___yil "_____" _________


Navbatdagi texnik ko'rikdan o'tkazish sanasi

20___yil "_____" _________


Alohida belgilar ____________________________________________________________

____________________________________________________________

(DYHXX organining nomi, mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, F.I.O. va imzosi)

M.O'




Nizomga

6-ILOVA



Transport vositasining teхnik koʻrikdan

oʻtkazilganligi toʻrisidagi muhr

NAMUNASI

01

N 001

SOZ

Navbatdagi texnik ko'rik

20 ___  yil ______oyda

Muhr 50х8 mm. oʻlchamga ega boʻlib, unga quyidagilar kiritiladi:

muhrning 12х8 mm. oʻlchamli chap tomonidagi toʻrt burchakning yuqori qismida hududning kodi (01, 10, 20 va h.k), pastki qismida muhr raqami kiritiladi;

muhrning 13х8 mm. oʻlchamli oʻrtadagi toʻrt burchagida "SOZ" soʻzi yoziladi;

muhrning 25х8 mm. oʻlchamli oʻng tomonidagi burchakda navbatdagi teхnik koʻrik oʻtkazish sanasi koʻrsatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 10 mart