Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2021 y. 163-son "Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.03.2021 y.

N 163




PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA

DUAL TA’LIMNI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI HAQIDA


"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yoshlarning kasblar va mutaхassisliklarni egallashga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

dual ta’limni tashkil etish va uning bosqichlarini;

dual ta’limda oʻquv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini olib borish tartibini;

dual ta’lim ishtirokchilarining vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilash.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar:

har yili 1 martga qadar iqtisodiyot tarmoqlarida tegishli kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha oʻrta boʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojni muntazam oʻrganib, dual ta’lim tizimini tashkil etish hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilasin;

har yili 1 aprelga qadar dual ta’lim tashkil etiladigan tashkilotlar boʻyicha Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga takliflar kiritib borsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar:

har yili tasdiqlangan reja asosida oʻquvchilarni dual ta’lim dasturlari asosida oʻqishga jalb etish boʻyicha kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etsin;

dual ta’lim tashkil etiladigan tashkilot va professional ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini tashkil etish yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻysin hamda kelishilgan oʻquv rejasi va oʻquv jarayoni grafigini tasdiqlasin;

quvchilarni haftada kamida ikki kun professional ta’lim muassasalaridagi oʻquv jarayonlarida ishtirok etishlarini va qolgan ish kunlarida tegishli tashkilotlarda amaliy mashulotlar bilan birga mehnat faoliyati olib borishlarini ta’minlasin;

professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim jarayonini tashkil etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;

dual ta’limni takomillashtirish va metodik ta’minotini mustahkamlash yuzasidan ilor хalqaro tajribalarni tizimli oʻrganish ishlarini tashkil etsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi har yili tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda dual ta’lim tashkil etiladigan professional ta’lim muassasalarini belgilasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning takliflari asosida dual ta’lim boʻyicha professional ta’lim muassasalariga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish parametrlari tasdiqlanadi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 29 mart