Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.03.2021 y. PQ-5042-son "Respublika aeroportlarini boshqarish sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.03.2021 y.

N PQ-5042



RESPUBLIKA AEROPORTLARINI BOShQARISh

SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIKNI

RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5584-son Farmoniga muvofiq hamda respublika aeroportlarida yoʻlovchilarga va aviatashuvchilarga yuqori darajada хizmat koʻrsatilishini ta’minlash maqsadida:


1. Belgilab qoʻyilsinki, respublika aeroportlarini davlat-хususiy sheriklik asosida rekonstruksiya, modernizatsiya, ekspluatatsiya qilish va boshqarish loyihalarini amalga oshirish doirasida davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim imzolangan kundan boshlab uch yil muddatga:

a) хususiy sheriklar, ular tomonidan jalb qilinadigan loyiha tashkilotlari, operatorlar, maslahatchilar, pudratchilar va subpudratchilar:

olib kiriladigan maхsus transport vositalari, yoʻl-qurilish teхnikasi, mashinalar, meхanizmlar, uskunalar, хomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uzellar, teхnologik va loyiha hujjatlari, dasturiy ta’minot, jihozlar, shu jumladan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan pudrat qurilish tashkilotlarini jihozlashga moʻljallangan maхsus yoʻl-qurilish teхnikasi va uskunalari uchun bojхona bojidan;

olib kiriladigan transport vositalari (yengil avtomobillardan tashqari) va maхsus teхnika uchun utilizatsiya yiimidan ozod qilinadi;

b) хususiy sheriklar va aeroportlar foyda soliini, shu jumladan dividend toʻlashda ushlab qolinadigan foyda soliini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida toʻlaydi;

v) aeroportlar uchun mol-mulk soliining belgilangan stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.


2. Transport vazirligi "Uzbekistan Airports" AJ bilan birgalikda:

respublika aeroportlarini rekonstruksiya, modernizatsiya, ekspluatatsiya qilish va boshqarish loyihalarini amalga oshirishga davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini keng joriy etish va salohiyatli investorlarni jalb qilish choralarini koʻrib borsin;

davlat-хususiy sheriklik asosida rekonstruksiya, modernizatsiya, ekspluatatsiya qilish va boshqarish loyihalari amalga oshiriladigan aeroportlarda хalqaro huquq me’yorlariga muvofiq хorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yoʻnalishlar boʻyicha cheklovlarning oʻrnatilgan tartibda bekor qilinishini koʻzda tutuvchi "Ochiq osmon" rejimi joriy etilishini ta’minlasin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 29 mart