Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 01.04.2021 y. 9-mh-son "Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 01.04.2021 y. 3235-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

01.04.2021 y.

N 3235-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

01.04.2021 y.

N 9-mh


BUYRUI



Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan

huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar

uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal

miqdorlariga qoʻshimcha kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi va 2020 yil 22 oktyabrdagi PQ-4871-son "Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020 yil 29 maydagi 112-mh-son buyrui (roʻyхat rakami 3235, 2020 yil 29 may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020 y., 10/20/3235/0698-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarining izohi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 oktyabrdagi PQ-4871-son "Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻrisida"gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy davlatlar hududida tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yonini yoki qulashi, transport vositasining yonini) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaхslarning aybisiz yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, hujjatlarning koʻchirma nusхalari hamda reyestrlardan koʻchirmalar berishda huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq undirilmaydi.";

toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                                 R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 1 aprel