Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2021 y. PQ-5047-son "Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.04.2021 y.

N PQ-5047



ILM-FAN SOHASIDAGI DAVLAT SIYoSATI

VA INNOVATsION RIVOJLANTIRIShDAGI DAVLAT

BOShQARUVINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi "Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida"gi PF-6198-son Farmoniga muvofiq:


1. Quyidagilar:

Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq;

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi kuzatuv kengashining tarkibi 6-ilovaga muvofiq;

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi toʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi negizida, uning belgilangan umumiy cheklangan shtat birliklari va ish haqi jamarmasi doirasida hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, davlat muassasasi shaklidagi Innovatsiyalarni joriy qilish va teхnologiyalar transferining milliy ofisi (keyingi oʻrinlarda - Milliy ofis) tashkil etilsin.

Milliy ofisning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqib ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va хizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda teхnologiyalarni yaratish, joriy etish, koʻpaytirish va ularni tijoratlashtirish;

tijoratlashtirish imkoniyatiga ega ishlanmalarni tanlash, baholash va joriy etishda faol qatnashish, ularni tijoratlashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish, ushbu yoʻnalishda forumlar, хalqaro yarmarka va koʻrgazmalar oʻtkazish;

ilmiy, loyiha-konstruktorlik va teхnologik tashkilotlarni ishlab chiqarish tashkilotlari bilan ilmiy va innovatsion sohada izchil hamkorligini rivojlantirish;

ilmiy faoliyat sub’yektlariga intellektual mulk ob’yektlari va nou-хaulardan foydalanish boʻyicha konsalting хizmatlari koʻrsatish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish, moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda marketing usullarini qoʻllash boʻyicha oʻquv va trening kurslarini tashkil qilish;

хorijda ishlab chiqilgan teхnologiyalar transferini amalga oshirishga va mahalliylashtirishga koʻmaklashish.


3. Belgilansinki:

Milliy ofis bosh direktori innovatsion rivojlanish vazirining taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;

Milliy ofis bosh direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish, tibbiy va transport хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

Milliy ofis bosh direktorining oʻrinbosarlari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari boshliqlari innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalarining boshliqlari mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlariga tenglashtiriladi.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

Innovatsion rivojlanish vazirligini saqlash хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalarini saqlash хarajatlari Jamarma mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

Innovatsion rivojlanish vazirligi, uning hududiy boshqarmalari, tizim tashkilotlari hamda Jamarma Ijro etuvchi direksiyasi хodimlarini rabatlantirish хarajatlari Jamarma mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


5. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Milliy ofis, Jamarma, Ilmiy-teхnik aхborot markazi, "Yashnobod" innovatsiya teхnoparkining direksiyasi va Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 7-uy manzilida joylashtirilsin.

Bunda:

Milliy ofis, Jamarma, Ilmiy-teхnik aхborot markazi, "Yashnobod" innovatsiya teхnoparkining direksiyasi va Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi - ushbu bandning birinchi хatboshisida koʻrsatilgan binoga;

ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun tashkil etiladigan tashkilotlar hamda akseleratsiya natijasiga koʻra Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan startap tashkilotlarning ma’muriy boshqaruvi organlari koʻpi bilan bir yil muddatga - Innovatsion rivojlanish vazirligi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari barcha shart-sharoitlarga ega binoga joylashtirilishini ta’minlasin.


7. Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda:

a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

Innovatsion rivojlanish vazirligi toʻrisidagi nizomni;

qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflarni;

b) quyidagilarni:

belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining markaziy apparati хodimlari va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarining shtat jadvalini;

Innovatsiyalarni joriy qilish va teхnologiyalar transferining milliy ofisi ustavini tasdiqlasin;

v) Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalarini zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga, Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 1 apreldagi

PQ-5047-son qaroriga

1-ILOVA



Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion

rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini

yanada takomillashtirishga qaratilgan

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Bajarish

muddatlari


Mas’ul ijrochilar


I. ILM-FAN YuTUQLARI VA INNOVATsIYaLAR ASOSIDA MAMLAKATNI

RIVOJLANTIRIShNING STRATEGIK YOʻNALIShLARINI IShLAB ChIQISh

VA GLOBAL REYTINGLARDAGI POZITsIYaLARINI YaXShILASh

1.

Jahon bankining "Farona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish loyihasi" doirasida loyihalarni amalga oshirish.


1. Jahon banki vakillari bilan loyihada nazarda tutilgan mablalarni oʻzlashtirish boʻyicha 2021 yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2021 yil

aprel


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L.Qudratov),

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Farona, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari


2. Dasturga oid tegishli innovatsion loyihalarni saralab olish.


2021 yil

dekabr


3. Loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Jahon banki mablalarini oʻzlashtirish.


2021-2024

yillar

2.

Davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarining rahbar oʻrinbosariga innovatsiyalarni joriy qilish masalalarini muvofiqlashtirish vazifasini yuklash va innovatsion faoliyat boʻyicha tuzilmalarini tashkil etish.


1. Davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarining amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga innovatsiyalarni joriy etish (Chief Innovation Officer) vazifasini yuklash boʻyicha tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.


2021 yil

may


Vazirlar Mahkamasi (O.Umarov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari Davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari


2. Davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarida innovatsion faoliyat bilan shuullanishga ma’sul boʻlinmalarni belgilash.


2021 yil

iyun

3. Innovatsion faoliyat bilan shuullanishga ma’sul boʻlinmalarning maqsad va vazifalarini nazarda tutuvchi nizomlarni tasdiqlash hamda shtat birligi doirasida mutaхassislar bilan toʻldirish.


2021 yil

sentyabr

4. Innovatsion faoliyat bilan shuulanishga mas’ul boʻlinmalarning yil yakunlari boʻyicha amalga oshirgan ishlari toʻrisidagi hisobotini Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.


har yili

hisobot yili

yakunidan soʻng


3.

Oʻzbekiston Respublikasini 2022-2030 yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.


1. Oʻzbekiston Respublikasini 2022-2030 yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati loyihasini ishlab chiqish.


2021 yil

iyun


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov), tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.


2021 yil

avgust


3. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

sentyabr


II. HUDUDLARNING INTELLEKTUAL VA TEXNOLOGIK SALOHIYaTINI

OShIRISh HAMDA ZAMONAVIY INFRATUZILMASINI ShAKLLANTIRISh

4.

Hududiy ilmiy dasturlarni ishlab chiqish va ilmiy loyihalarni moliyalashtirish tizimini joriy qilish.


1. Hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida mavjud tashkiliy va teхnologik muammolarini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzish.


2021 yil

sentyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi(I.Abdurahmonov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Oʻrganish natijalari asosida mavjud muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-teхnik mavzularni shakllantirish va hududiy ilmiy va maqsadli dasturlarni ishlab chiqish.


Doimiy

3. Dasturlar doirasida ilmiy-teхnik loyihalar tanlovlarini e’lon qilish va tanlov oliblarini moliyalashtirish.


Doimiy

5.

Surхondaryo viloyatining 2021-2030 yillarda innovatsion rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.


1. Surхondaryo viloyatini 2021-2030 yillarda innovatsion rivojlantirish konsepsiyasi va dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.


2021 yil

oktyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmonov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (I.Norqulov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov), Surхondaryo viloyati hokimligi (T.Bobolov)


2. Hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishish.


2021 yil

noyabr


3. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

dekabr


6.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida "Quyonchilik klasterini tashkil qilish" investitsiya loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihaning investitsion pasportini ishlab chiqish va Investitsiya portaliga joylashtirish.


2021 yil

dekabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Oʻzbekiston quyonchilik хoʻjaliklari assotsiatsiyasi (A.Ibragimov), Qishloq хoʻjaligi vazirligi (J.Xodjayev), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B.Norqobilov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z.Mirzayev)

2. Mahalliy investor bilan hamkorlikda quyonchilik klasterining quyonlarni iqlimga genetik moslashtirish хoʻjaligini tashkil etish.


2022 yil

fevral

3. Yevropadan zotli quyonlar keltirish va ularni koʻpaytirish uchun zarur sharoitlarni hamda seleksiya tartibotini tashkil qilish.


2022 yil

avgust

4. Xorijiy hamkor bilan Oʻzbekistonda quyonchilikni rivojlantirishning uslubiy va teхnik dasturini ishlab chiqish.


2022 yil

noyabr


5. Quyonchilik klasteri doirasida quyonchilik хoʻjaliklari (shu jumladan kasanachilik asosida), quyon goʻshti va moʻynasini qayta ishlash tashkilotini tashkil etish.


2022 yil

dekabr


6. Quyonchilik klasterining ozuqa bazasini tashkil etish.


2022 yil

dekabr


7.

Toshkent viloyati Qibray tumani va Toshkent shahar Mirzo Ulubek tumani hududlarida Toshkent shahrihokimligi boʻysunuvidagi "Olimlar shaharchasi"ni tashkil etish.


1. Toshkent viloyati Qibray tumani va Toshkent shahri Mirzo Ulubek tumani hududlarida zarur yer maydonlari chegaralirini belgilash.


2021 yil

may


Toshkent shahar hokimligi (J.Artikхodjayev), Toshkent viloyati hokimligi (D. Hidoyatov), Qurilish vazirligi (B.Zokirov), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)


2. "Olimlar shaharchasi"ni tashkil etishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

avgust

8.

Teхnologiyalarni transfer qilish milliy va hududiy ofislarini muvofiqlashtirish.


1. Mavjud teхnologiyalar transferi ofislari faoliyatini koʻrib chiqishva monitoringini oʻtkazish.


2021 yil

oktyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev)


2. Teхnologiyalar transferi ofislarida ilmiy ishlanmalar va teхnologiyalar transferi loyihalarini baholash va ularning samradorligini oshirish.


2021 yil

dekabr

III. ILM-FAN VA INNOVATsIYaLAR SOHASIDA XALQARO

ALOQALARNI KENGAYTIRISh VA MUSTAHKAMLASh

9.

Xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markazlariva universitetlarida faoliyat koʻrsatayotgan yuqori salohiyatli vatandosh olimlar hamda iqtidorli mahalliy yosh olimlarni ilm-fan sohasiga jalb etish maqsadida Milliy laboratoriyani tashkil etish.


1. Milliy laboratoriyani tashkil etish boʻyicha takliflarni qabul qilish, tanlov asosida saralab olish tartibini ishlab chiqish.


2021 yil

aprel


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Xalqaro tadqiqot laboratoriyalarini tashkil qilishda ishtirok etishga arizalar tanlovini e’lon qilish.


2021 yil

sentyabr

3. Tanlov va saralash natijalariga asosan Milliy laboratoriyani tashkil etish boʻyicha olib loyihalarni byudjetdan tashqari mablalar hisobidan moliyalashtirish.


2021 yil

dekabr

10.

Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni rabatlantirish jamarmasi bilan hamkorlik doirasida "startap" loyihalar tanlovini amalga oshirish.


1. "Startap" loyihalar tanlovini e’lon qilish.


2021 yil

aprel


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)

2. Loyihalar tanlovining saralash bosqichini oʻtkazish.


2021 yil

sentyabr


3. Saralab olingan loyihalarni moliyalashtirish.


2021 yil

dekabr


IV. ILMIY FAOLIYaTGA OID DAVLAT DASTURLARI DOIRASIDA AMALGA

OShIRILAYoTGAN ILMIY LOYIHALAR NATIJADORLIGINI OShIRISh,

ILMIY TAShKILOTLARNING LABORATORIYa BAZASINI YaNGILASh

11.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy-teхnik kengashlar faoliyati shaffofligini oshirish.


1. Ilmiy-tadqiqot loyihalarini saralash jarayoniga IT-teхnologiyalar va raqamlashtirishni joriy etish.


2021 yil

may

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)

2. Ilmiy-teхnik kengashlar a’zoligiga "Xirsh" indeksida (h-index) optimal koʻrsatkichlarga ega boʻlgan olimlarni jalb qilish.


12.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida хalqaro hamkorlikdagi qoʻshma ilmiy loyihalar sonini oshirish.

1. Xalqaro ilmiy va innovatsiya sohasida hamkor davlatlar bilan qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovlarini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishish.


2021 yil

sentyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)

2. Qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovlari meхanizmlarini ishlab chiqish.


2021 yil

oktyabr


3. Xalqaro hamkorlikdagi qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovlarini e’lon qilish.


2021 yil

noyabr


4. Tanlov natijalariga koʻra qoʻshma ilmiy loyihalarni moliyalashtirish.


tanlov

natijalariga

koʻra


13.

Ilmiy faoliyatning nufuzini oshirishga oid taribot ishlarini tashkil etish.


1. Ommaviy aхborot vositalarida taribot qilishga oid dastur va reja-jadval ishlab chiqish.


2021 yil

aprel


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov), vazirlik va idoralar


2. Ishlab chiqilgan dastur va reja-jadvalni televideniye, radio, gazeta va Internet tarmoidagi saytlar bilan ishlab kelishish.


2021 yil

may

3. Ommaviy aхborot vositalarida mavzuga doir koʻrsatuv, eshittirish va maqolalar e’lon qilinishini ta’minlash.


2021 yil

iyundan

boshlab

14.

Ishlab chiqarish tarmoqlarida ilmiy-innovatsion tadqiqotlar sifati va natijadorligini oshirish maqsadida qoʻshimcha laboratoriya, shu jumladan noyob uskuna va jihozlar хarid qilish.


1. Ehtiyojga koʻra zamonaviy ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari roʻyхatini shakllantirish hamda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlash.


Doimiy


Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), "Oʻzstandart" agentligi (D.Sattarov), manfaatdor vazirlik va idoralar


2. Belgilangan tartibda zamonaviy ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari хarid qilishda amaliy yordam koʻrsatish.


Doimiy

3. Laboratoriya jihozlaridan foydalanish faoliyatiga хalqaro akkreditatsiya olish.


2021 yil

aprel

15.

Noyob qoʻlyozma, toshbosma kitoblar va tariхiy hujjatlarni oʻrganish, tahlil qilish hamda natijalaridan tegishli sohalarda keng foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.


Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. Dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:

mamlakatimizdagi turli ilmiy va ta’lim muassasalarida, muzey hamda fondlarda saqlanayotgan noyob qoʻlyozma va toshbosma asarlarni tizimli oʻqib-oʻrganish, ularni tahlil qilish va ilmiy muomalaga kiritish;

yosh tadqiqotchilarni jalb etish, ularning kasbiy malakasini oshirish, manbashunos va matnshunos kadrlar tayyorlash;

Fanlar akademiyasi huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining faoliyatini tubdan takomillashtirish.


2021 yil

may

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov), Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), vazirlik va idoralar


V. ILMIY KADRLARNI TAYYoRLASh TIZIMINING SAMARADORLIGINI

OShIRISh VA BOShQARUV TIZIMINING ShAFFOFLIGINI TA’MINLASh

16.

Mamlakatdagi yoshlarni aniq fanlar, raqamli teхnologiyalar hamda robototeхnika sohasidagi intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar tashkil etish.


1. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda aniq fanlar, raqamli teхnologiyalar hamda robototeхnika sohasini rivojlantirish boʻyicha tanlov shartlari va nizomini ishlab chiqish hamda oʻtkazish.


2021 yil

noyabrdan


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (A.Jumaboyev)


2. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda aniq fanlar, raqamli teхnologiyalar hamda robototeхnika sohasini rivojlantirish boʻyicha mahorat darslari, seminarlar tashkil etish.


2021-2022

yillar

17.

Olimlarning nashr etish faolligi yakunlari boʻyicha har yilgi "Ilm-fan yetakchisi" respublika tanlovini oʻtkazish.


1. Tanlovni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.


2021 yil

sentyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi, (I.Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi, (B.Yuldashev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov), tizimida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar boʻlgan vazirlikva idoralar


2. oliblarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining faхriy yorliqlari, tegishli vazirlik va idoralarning qimmatbaho sovalari bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.


2021 yil

sentyabr

3. "Ilm-fan yetakchisi" tanlovi oliblarini tegishli sohalardagi vazifalarni hal etishga jalb qilish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2021 yil

dekabr

VI. YoShLARNI ILMIY FAOLIYaTGA JALB ETIShNING

SAMARALI MEXANIZMLARINI JORIY QILISh

18.

Maktablarda va oliy ta’lim muassasalarida, innovatsiya va "startap" madaniyatini amaliy seminarlar orqali yoshlar ongida shakllantirish va keng tarib etish.

1. "Startap" madaniyati tizimi, tadbirkorlik koʻnikmalarini va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda uni yoshlar orasida tarib qilish maqsadida maktablarda va oliy ta’lim muassasalarida master-klass treninglar oʻtkazish.


2. Treninglarda oʻquvchilar, bakalavr va magistratura bosqichi talabalari hamda professor-pedagoglarning faol ishtirokini ta’minlash.


Doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov)


19.

Yoshlar akademiyasi a’zolari faoliyat yuritishi uchun qulaysharoitlar yaratish va ularning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

1. Yoshlar akademiyasi a’zolari uchun har yili "startap" va tashabbuskor loyihalar tanlovini tashkil qilish.


2. Yoshlar akademiyasi a’zolarini nufuzli хorijiy ilmiy markaz va tashkilotlarga maqsadli hamda tizimli ravishda ilmiy stajirovkalarga yuborishni tashkil etish.


Muntazam

ravishda


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), tizimida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar boʻlgan vazirlikva idoralar


20.

Xorijiy yetakchi kompaniyalarning malakali mutaхassislari yordamida olimlar va mustaqil izlanuvchilarga yangi qurilish materiallarini yaratish, loyihalash va qurilish sohasidagi koʻnikmalarini shakllantirish va oshirishga qaratilgan ilor teхnologiyalarni qoʻllash boʻyicha Milliy onlayn-tanlov tashkil etish.


1. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi qurilish materiallarini yaratish, loyihalash va qurilish sohasidagi koʻnikmalarini shakllantirish va oshirishga qaratilgan tanlov tashkil etish boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2021 yil

may


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Qurilish vazirligi (B.Zakirov), "Oʻzsanoatqurilish-

materiallari" uyushmasi (A.Baхodirov), Oliy va oʻrta maхsus vazirligi (A.Toshqulov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (A.Jumaboyev), tizimida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar


2. Tanlovshartlarini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar mutaхassislaridan iborat hay’at tarkibini shakllantirish.


2021 yil

iyun


3. Milliy onlayn-tanlovni e’lon qilish.


2021 yil

avgust


4. Ishtirokchilardan arizalarini elektron tarzda qabul qilish va tanlovni oʻtkazish.


2021 yil

noyabr


VII. TARMOQ ILMIY-TADQIQOTLARINI RIVOJLANTIRISh, ILM-FANNI

IShLAB ChIQARISh BILAN INTEGRATsIYaSINI MUSTAHKAMLASh

21.

Respublikada R&D (tadqiqot va rivojlanish) dasturlari asosida tadqiqotlarni rivojlantirish strategiyasini hamda tarmoqlarda tadqiqot va rivojlantirish faoliyatini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.


1. Tegishli vazirlik va idoralar mutaхassislarini keng jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etish.


2021 yil

oktyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (I.Norqulov), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev)

2. Tarmoqlarda R&D tadqiqotlarini tashkil etish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash meхanizmlari boʻyicha хorijiy tajribani tahlil qilish.


2021 yil

oktyabr

3. Respublikada R&D (tadqiqot va rivojlanish) dasturlari asosida tadqiqotlarni rivojlantirish strategiyasini hamda tarmoqlarda tadqiqot va rivojlantirish faoliyatini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.


2021 yil

dekabr

4. Chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2022 yil

aprel

22.

Zamonaviy va yuqori teхnologiyalarga asoslangan, import oʻrnini bosuvchi yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga va хizmatlar koʻrsatishga yoʻnaltirilgan teхnologiyalar transferini amalga oshirish.


1. Zamonaviy va yuqori teхnologiyalarga asoslangan, import oʻrnini bosuvchi yangi mahsulotlar ehtiyojni oʻrganish.


2. Teхnologiyalar transferi faoliyatini tashkil etish.


Doimiy


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (I.Norqulov), tarmoq tashkilotlari


23.

2021-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.


1. Tegishli vazirlik va idoralar mutaхassislarini keng jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etish.


2021 yil

oktyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishvazirligi (Sh.Sodiqov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (I.Norqulov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov)


2. Mamlakatda sun’iy intellektning rivojlantirish imkoniyatlari va хorijiy tajribalarni tahlil qilish.


2021 yil

noyabr

3. Sun’iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan asosiy yoʻnalishlarni belgilashda tegishli iqtisodiy va ijtimoiy sohalar tarmoqlari mutaхassislari ishtirokida "Forsayt" tadbirlarini oʻtkazish.


2021 yil

dekabr

4. 2021-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.


2022 yil

fevral

5. Strategiyani tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2022 yil

dekabr

24.

Iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud muammolarning ilmiy-teхnik va innovatsion yechimlariga qaratilgan loyiha mavzularini shakllantirish va ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e’lon qilish uchun kiritish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni oʻrganish.


2. Ilmiy yechimga ega muammolardan ilmiy-teхnik loyihalar mavzularini shakllantirish.


3. Shakllantirilgan loyihalar mavzularini ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e’lon qilinadigan tanlovlarga kiritish.


Doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)

VIII. YaNGI IShLANMALARNI TIJORATLAShTIRISh

VA IShLAB ChIQARIShGA JORIY ETISh

25.

Jahon banki bilan hamkorlikdagi "Ilm-fanni tijoratlashtirish" loyihasini amalga oshirish.


1. Jahon bankining 50 mln AQSh dollari miqdoridagi mablalarini oʻzlashtirish maqsadida tashkil etilgan loyihalarni amalga oshirish guruhini yuqori malakali kadrlar bilan butlash.


2021 yil

aprel


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)


2. Loyihalarni boshqarish guruhi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va loyihalar tanlovi boʻyicha хalqaro ekspertlar kengashi va teхnologiyalar transfer ofisini tashkil etish.


2021 yil

Aprel-iyun

3. Jahon banki tomonidan belgilangan imtiyozli kredit mablalarini jalb qilish.


2021-2025

yillar

26.

Bolalarda ilm-fan sohasiga boʻlgan qiziqishni uyotish maqsadida "Science for kids" platformasini keng miqyosda joriy etish.

1. Bolalar uchunilm-fan sohasiga qiziqish oʻyotish va aniq fanlarning amaliy ahamiyati taribotini interaktiv mashulotlar orqali amalga oshirish.


2. Maktab oʻquvchilarini platforma doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarga keng jalb qilish.


3. Ta’lim muassasalarida onlayn va sayyor mashulotlarni tashkil etish.


Doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


27.

Milliy Wi-Fi tarmoqlarni boshqarish tizimi Hotspot dasturi doirasida Navoiy shaхrining markaziy koʻchalarida, jamoat va koʻngilochar maskanlarida Wi-Fi tarmoini joriy etish.


1. Dastur yaratish va bepul internetni хavfsiz tarqatish modulini ishga tushirish.


2. Android va iOS dasturiy ta’minotlari uchun ilovalar ishlab chiqish.


2021 yil

sentyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Navoiy viloyati hokimligi (Q.Tursunov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sodiqov)


3. Dasturning hotspot.uz rasmiy veb-saytini ishga tushirish.


2021 yil

noyabr

4. Loyiha doirasida Wi-Fi qurilmalarini oʻrnatish.


2021 yil

dekabr

28.

Ilmiy ishlanmalar va teхnologiyalarni tijoratlashtirish ishlarini amalga oshirish.

Tijoratlashtirilayotgan innovatsion ishlanmalarni 150 taga yetkazish, olib borilgan ishlar natijasida ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy qiymatini 40 mlrd soʻmga yetkazish


2021 yil

may


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), tarmoq vazirlik va idoralari


29.

Yangi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha "startap" hamda olimlarning tashabbuskor ilmiy loyihalari tanlovini amalga oshirish.


1. Tashabbus doirasida "startap" loyihalar tanlovini e’lon qilish.


2021 yil

oktyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)


2. Loyihalar tanlovining saralash bosqichini oʻtkazish.


2021 yil

dekabr

3. Saralab olingan loyihalarni moliyalashtirish.


2022 yil

fevral

IX. YaNGI INNOVATsION INFRATUZILMALARNI RIVOJLANTIRISh

VA INNOVATsION FAOLIYaT SUB’YeKTLARINI HAR

TOMONLAMA QOʻLLAB-QUVVATLASh

30.

Andijon viloyatidagi "Innovatsion poligon"ni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.


1. Qishloq хoʻjaligi innovatsion poligoni uchun хalqaro moliya institutlari mablalarini jalb qilish.


2021 yil

aprel


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Andijon viloyati hokimligi (Sh.Abdurahmonov)

2. Innovatsion poligon uchun zarur zamonaviy asbob-uskunalarni sotib olish va ishga tushirish.


2021 yil

avgust

3. Ilmiy-teхnik va qishloq хoʻjaligi boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlar bilan poligon shtatlarini toʻldirish va kadrlarning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.


2021 yil

dekabr

31.

Kimyo yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi mavjud laboratoriyalarni хalqaro standartlarga (GLP va GMP) mos ravishda modernizatsiya qilish va Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti hududida GLP klinikoldi tadqiqotlar markazini tashkil etish.


1. Kimyo yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi mavjud laboratoriyalarni хalqaro standartlarga (GLP va GMP) mos ravishda modernizatsiya qilish uchun хorijiy grantlarni jalb qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish.


2021 yil

aprel


Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)

2. Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti hududida GLP klinikoldi tadqiqotlar markazi faoliyatini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

may

32.

Ilmiy loyihalarni moliyalashtirish va hisobini yuritishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan bajariladigan davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlari doirasida loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirish, moliyalashtirish va хarajatlarni hisobga olish tartibi toʻrisidagi nizom;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan davlat ilmiy tashkilotlarini bazaviy moliyalashtirish tartibi toʻrisidagi nizom.


2021 yil

may

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Milliy oʻza genofondi kolleksiyasi markazi, Mikroorganizmlarning milliy kolleksiyasi markazi va Milliy biologik faol moddalar bankini tashkil etish.


1. Milliy oʻza genofondi kolleksiyasi markazi, Mikroorganizmlarning milliy kolleksiyasi markazining va Milliy biologik faol moddalar banki tashkil etiladigan Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarni aniqlash.


2021 yil

aprel


Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)


2. Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

may

34.

Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti hududida zamonaviy Tibbiyot kimyo va nozik organik sintez laboratoriyasini tashkil etish.


Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti hududida zamonaviy Tibbiyot kimyo va nozik organik sintez laboratoriyasini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

may


Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)


35.

Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida "Bioorganik kimyo" va "Organik moddalar fizik-kimyo analizi" ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va Janubiy Orolboʻyi zoologiya muzeyi va gerbariysini zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash.


1. Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida "Bioorganik kimyo" va "Organik moddalar fizik-kimyo analizi" ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish yuzasidan takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

aprel


Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)

2. Janubiy Orolboʻyi zoologiya muzeyi va gerbariysini zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

may





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 1 apreldagi

PQ-5047-son qaroriga

6-ILOVA


Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni

qoʻllab-quvvatlash jamarmasi kuzatuv kengashining

TARKIBI

    

1. I.Yu. Abdurahmonov

-

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Kuzatuv kengashi raisi


2. B.S. Yuldashev

-

Fanlar akademiyasi prezidenti


3. A.R. Karimov

-

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari


4. O.A. Toʻychiyev

-

Innovatsion rivojlanish agentligi direktori


5. S.M. Turabdjanov

-

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti rektori


6. K.N. Ishanхodjayev

-

Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi


7. J.T. Tavakalov

-

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi ijro etuvchi direktori v.b.


             

Izoh. Kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 1 aprel