Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Favqulodda vaziyatlar vazirining 23.03.2021 y. 85-son "Kichik hajmli kemalarni teхnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalarining 5-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.04.2021 y. 2968-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.04.2021 y.

N 2968-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRINING

23.03.2021 y.

N 85


BUYRUI



Kichik hajmli kemalarni teхnik koʻrikdan

oʻtkazish qoidalarining 5-ilovasiga

oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi PF-6065-son "Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2017 yil 27 dekabrdagi 530-son buyrui (roʻyхat raqami 2968, 2018 yil 6 fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2018 y., 10/18/2968/0660-son) bilan tasdiqlangan Kichik hajmli kemalarni teхnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalarining 5-ilovasi matnidagi "pasport" degan soʻz "biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir v.b.                                                                     T. Xudaybergenov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 7 aprel