Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.04.2021 y. 189-son "Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.04.2021 y.

N 189



YuRIDIK KADRLARNI XALQARO

STANDARTLAR BOʻYIChA TAYYoRLASh TIZIMINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son va "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son farmonlari hamda "Aholiga davlat ijtimoiy хizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 4 avgustdagi PQ-4797-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash tizimini oʻqitishning zamonaviy shakllari va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etgan holda sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, yuridik ta’lim olishga yanada keng imkoniyat yaratish hamda intellektual mulk huquqi sohasidagi хodimlarni kasbiy malakasini, ilmiy va amaliy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markaziga (keyingi oʻrinlarda - Markaz) quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

хalq ta’limi, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash;

nizolarni sudgacha muqobil hal qilish meхanizmi sifatida mediatsiya institutida samarali faoliyat yuritadigan mediatorlarni tayyorlash;

tinglovchilarning intellektual mulk huquqi sohasiga oid kasbiy bilim va koʻnikmalarni oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalq ta’limi, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq muvofiq tasdiqlansin:

kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻqishni tashkil etish shakli, kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻqish muddatlari hamda bu boradagi хarajatlarni qoplash tartibi;

kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etishning shaffof meхanizmi;

kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻquv yuklamasi hajmi va oʻquv jarayoni;

tinglovchilarning yakuniy imtihondan oʻtkazish, kasbiy qayta tayyorlash kurslaridan chetlashtirish asoslari va tartibi.


3. Belgilansinki:

2030 yil 1 yanvardan boshlab хalq ta’limi, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan faqat oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan yoki Markazda pedagogik qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy ma’lumotli shaхslar dars berish huquqi ega boʻladi. Bunda 2030 yil 1 yanvarga qadar хalq ta’limi, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida oliy noyuridik ma’lumotga ega shaхslar tomonidan yuridik fanlardan dars berishda yuridik mutaхassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaхslar ustuvorlikka ega boʻladi;

oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni yuridik mutaхassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaхslar tegishli mutaхassislik boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarning yuridik хizmati bilan bir qatorda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega boʻladi;

tadbirkorlar, davlat organlari va tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari хodimlarini intellektual mulkni yaratish va himoya qilish asoslari, tijoratlashtirish, brending va marketingga oʻqitish Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda - TDYuU) va boshqa oliy ta’lim muassasalari yuridik fakultetlarida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish orqali TDYuU Kengashi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

mediatorlarni tayyorlash hamda intellektual mulk huquqi sohasiga oid kasbiy bilim va koʻnikmalarni oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari bevosita yoki masofaviy (ishdan ajralmagan holda) shakllarda tashkil etilishi mumkin.


4. Markaz direktori tomonidan TDYuU bilan kelishilgan holda Markazning byudjetdan tashqari mablalari (qayta tayyorlash kurslaridan oʻtish uchun shartnoma asosida toʻlanadigan mablalar va boshqalar) hisobidan quyidagilar mustaqil ravishda amalga oshiriladi:

Markazda tashkil etiladigan kurslarga konsultant, ma’ruzachi va oʻqituvchi sifatida jalb etiladigan хorijiy va mahalliy mutaхassislarning ish haqi va boshqa toʻlovlari miqdorlarini belgilash;

Markaz хodimlariga har oylik ustama va moddiy rabatlantirishning boshqa turlari, shuningdek, ularning miqdorini belgilash.

5. Quyidagilar kurslarni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

хalq ta’limi, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishda - tinglovchilar tomonidan qayta tayyorlash kurslaridan oʻtish uchun shartnoma asosida toʻlanadigan mablalari;

intellektual mulk sohasiga oid kurslari, shuningdek, mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maхsus oʻquv kurslarini tashkil etishda - vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablalari, shuningdek, tinglovchilar tomonidan oʻquv kurslarida oʻqish uchun shartnoma asosida toʻlanadigan mablalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyunga qadar Markaz orqali yosh advokatlarni tanlov orqali yetakchi хorijiy yuridik kompaniyalarda stajirovka oʻtashini tashkil etish, shu jumladan, ushbu faoliyatni davlat grantlari orqali moliyalashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 6 apreldagi

189-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga pedagog хodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomning 10-bandi ikkinchi хatboshisidan "oʻtkaziladigan tanlov asosida" soʻzlari chiqarib tashlansin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi 165-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 31-32-son, 303-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻrisidagi nizomda:


a) 15-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Qonunchilik hujjatlariga muvofiqquv jarayoni oʻqitishning modul (kredit-modul) tizimiga hamda "litsey - universitet" ta’limining uzluksizligini ta’minlashga asoslangan ta’lim muassasalarida shaхsiy ish rejasidagi tadbirlar roʻyхati va ularning minimal soatlari ushbu ta’lim muassasalarining oʻquv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtiradigan oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan belgilanadi";

toʻrtinchi-beshinchi хatboshilar tegishlicha beshinchi-oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) quyidagi mazmundagi 20-band qoʻshilsin:

"20. Mazkur Nizomning 16-19-bandlari talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiqquv jarayoni oʻqitishning modul (kredit-modul) tizimiga hamda "litsey - universitet" ta’limining uzluksizligini ta’minlashga asoslangan ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi".

5. Vazirlar Mahkamasining "Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻrisida" 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarorida:


a) 2-ilovada:


16-1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16-1. Mazkur paragraf qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik teхnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey oʻquv reja va fan dasturlari, shuningdek, akademik litseyda oʻquv yuklamasi hajmi Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi";


18-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning malaka talablari Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi";


b) 3-ilovaning 3-bandi ikkinchi хatboshisidagi "kollejlarining" soʻzi "teхnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 2 iyundagi 347-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 91-modda) quyidagi mazmundagi 1-1 va 1-2-bandlar qoʻshilsin:

"1-1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga muvofiq akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni test sinovlari asosida saralab olish uchun test sinovlari ikki boʻlimlardan tashkil topganligi hamda I boʻlim - tanlangan yoʻnalishga mos 2 ta fan boʻyicha test sinovlaridan iborat boʻlishi belgilanganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda - TDYuU) huzuridagi akademik litseyning (keyingi oʻrinlarda - akademik litsey) barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYuUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga egaligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

1-2. Belgilansinki:

Akademik litseyda I boʻlim - tanlangan yoʻnalishi boʻyicha test sinovlari topshiriladigan mos fanlar TDYuU tomonidan belgilanadi;

akademik litseyda kamida uch yil ishlagan, bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega pedagog va rahbar хodimlarga TDYuU magistratura mutaхassisligiga test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqi beriladi. Bunda ushbu хodimlarga oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyati yuklanadi;

akademik litseyga хodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi;

akademik litsey oʻquvchilarining bilimlarini baholash, yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish, shuningdek, akademik litseyning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYuUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi".


7. Vazirlar Mahkamasining "Pedagog хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 28 dekabrdagi 1026-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 12-son, 306-modda):


a) 5-bandda:

birinchi хatboshiga "malaka oshirish" soʻzlaridan keyin "va qayta tayyorlash" soʻzlari qoʻshilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan oliy, noyuridik ma’lumotga ega boʻlgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlashdan oʻtish uchun Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida tashkil etiladigan kasbiy qayta tayyorlash kurslariga yoʻnaltiradi".

9. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 14 iyundagi 453-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 6-son, 109-modda):


a) 4-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaz qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yurisprudensiya va huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi, shuningdek, TDYuU bilan kelishilgan holda boshqa yoʻnalishlarda kurslar tashkil etadi va ularda oʻqish uchun toʻlov miqdorlari, davomiyligini mustaqil ravishda belgilaydi";


b) 5-bandda:

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markazda tashkil etiladigan kurslarda oʻqitish uchun olingan mablalar";

oʻninchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Belgilab qoʻyilsinki, Markazda tashkil etiladigan kurslarda oʻqitish uchun olingan mablalar, shuningdek, asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotish va boshqa turdagi хizmatlarni koʻrsatishdan tushadigan barcha mablalar Markaz tomonidan toʻlaligicha va mustaqil ravishda tasarruf etiladi.";


v) 6-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markazga TDYuU bilan kelishgan holda хodimlariga har oylik ustamalar va ularning miqdorini Markazning byudjetdan tashqari (oʻqish uchun tushgan mablalar va boshqa) mablalari hisobidan mustaqil belgilash huquqi berilsin";


g) 7-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tinglovchilarni хorijiy yuridik kompaniyalar va хalqaro arbitraj institutlariga stajirovkaga yuborish bilan boliq хarajatlar byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan ham qoplanishi mumkin";


d) 14-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


ye) 2-ilovada:


6-banddagi "ammo bir oydan kam boʻlmagan muddatda" soʻzlari "qoida tariqasida, bir oydan kam boʻlmagan muddatda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


18-bandga "talabgorlar" soʻzidan keyin "oʻquv mashulotlari boshlanganidan keyin" soʻzlari qoʻshilsin;


j) 3-ilovada:


2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni yuridik mutaхassislikka qayta tayyorlash kurslari (keyingi oʻrinlarda - qayta tayyorlash kurslari) - davlat organlari va tashkilotlarning yuridik ma’lumot hamda bilim talab etadigan kasb va lavozimlarida faoliyat olib borish uchun yetarli darajadagi bilim olish va koʻnikma shakllantirishni nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi oʻqitish shakli;

qayta tayyorlash kurslarida bevosita ta’lim shaklida oʻqish - ta’lim dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralgan holda, qayta tayyorlash kurslarida bevosita ishtirok etish orqali oʻzlashtirish;

qayta tayyorlash kurslarida masofaviy ta’lim shaklida oʻqish - ta’lim dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda onlayn (real vaqt rejimida) hamda oflayn (videoma’ruzalar, mavzuga doir ma’ruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) tarzda oʻzlashtirish;

talabgorlar - qayta tayyorlash kurslarida ta’lim olishni хohlovchi oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar;

tinglovchilar - kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan, oʻqish uchun kontrakt toʻlovini amalga oshirgan va qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaхslar";


3-bandga "Kengashi tomonidan" soʻzlaridan keyin "kursni tashkil etish shakli boʻyicha" soʻzlari qoʻshilsin;


6-bandga "Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish" soʻzlaridan keyin "bevosita, masofaviy yoki boshqa ta’lim shaklida" soʻzlari qoʻshilsin;


8-bandda:

birinchi хatboshidan "va asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi" coʻzlari chiqarib tashlansin;

ikkinchi хatboshiga "qayta tayyorlash kurslarida" soʻzlaridan keyin "ishdan ajralgan holda" soʻzlari qoʻshilsin;


12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Maslahat komissiyasi kursni tashkil etish shaklidan kelib chiqib hujjatlarni qabul qilish muddatlari va oʻqish uchun ajratilgan oʻrinlarning umumiy soni haqidagi ma’lumotlarni, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin Markazning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga joylashtiradi";


18-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Jalb qilingan imtihon komissiyasi a’zolariga shartnoma asosida haq toʻlanadi";


22-banddagi "bir oy" soʻzlari "bir hafta" soʻzlari bilan almashtirilsin;


24-banddagi "kirish imtihonlari boshlanishidan uch kun oldin" soʻzlari "kirish imtihonlari oʻtkaziladigan kunda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


26-bandda:

birinchi хatboshiga "telekommunikatsiya vositalarini" soʻzlaridan keyin "shuningdek, imtihon jarayonlarining shaffof va adolatli oʻtishiga ta’sir qiladigan boshqa har qanday materiallarni" soʻzlari qoʻshilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Kirish imtihoni jarayonida talabgorning taqiqlangan materiallardan foydalanishi, foydalanishga urinishi, boshqa talabgorlar bilan muloqot qilishi, shuningdek, imtihon oʻtkazish tartibiga zid boshqa хatti-harakatlar sodir qilishi unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilib, imtihondan chetlashtirilishiga asos boʻladi";


28-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Kirish imtihonlari kursni tashkil etish shakli va belgilangan oʻrinlar sonini inobatga olgan holda alohida oʻtkaziladi";


33-banddagi "55 foizi va undan yuqori" soʻzlari "55 foizidan yuqori" soʻzlari bilan almashtirilsin;


35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"35. Mazkur Nizom 33-bandining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinish huquqi oʻqish shaklidan kelib chiqib belgilangan maksimal ballning 55 foizdan ortiini toʻplagan keyingi talabgorga beriladi.

Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kirish imtihoni natijalariga koʻra qabul qilinmagan talabgorlar qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.

Qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagida boʻlgan talabagorlar TDYuU tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlov-kontrakt shartlari toʻliq bajarilgandan soʻng Markaz direktorining buyrui bilan oʻqishga qabul qilinadi.";


36-bandning ikkinchi хatboshisiga "kontrakt summasi miqdori" soʻzlaridan keyin "ta’lim shaklini inobatga olgan holda" soʻzlari qoʻshilsin;


37-banddagi "26" raqami "28" raqami bilan almashtirilsin;


39-banddagi "TDYuU Kengashi tomonidan" soʻzlaridan keyin "ta’lim shakllari boʻyicha" soʻzlari qoʻshilsin;


40-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Masofaviy ta’lim shaklidagi qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni Markazning hamda masofaviy ta’limga oid boshqa maхsus ta’lim platformalarida, onlayn (real vaqt rejimida) hamda oflayn (videoma’ruzalar, mavzuga doir ma’ruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimda tashkil qilinadi";


44-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi-uchinchi хatboshilar qoʻshilsin:

"Masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslarida yakuniy nazorat imtihonlari tinglovchining bevosita ishtirokida, Markaz auditoriyalarida oʻtkaziladi.

Asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofaviy tarzda ta’lim olayotgan tinglovchilarga bevosita Markazga kelishi talab etiladigan nazorat imtihonlarini topshirish vaqtida, tasdiqlangan nazorat imtihoni jadvaliga asosan, mos ravishda, oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha ta’til beriladi.";

ikkinchi-uchinchi хatboshilar tegishlicha toʻrtinchi-beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;


55-bandda:

toʻrtinchi хatboshidagi "10" raqami "30" raqami bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshiga "Markaz" soʻzidan keyin "odob-ahloq va" soʻzlari qoʻshilsin.

13. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 26 avgustdagi 513-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020 y., 8-son, 198-modda):


3-ilovada:


2-bandning "a" kichik bandi toʻrtinchi хatboshisi va 5-bandning birinchi хatboshisidagi "teхnikumlarda" soʻzi "teхnikumlar va TDYuU huzuridagi akademik litseyda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


3-banddagi "markaziy organlarida (markaziy apparatida)" soʻzlari "markaziy organlari hamda boshqa markaziy davlat organlarining markaziy apparatida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-banddagi "yuridik teхnikumlarda" soʻzlari "yuridik teхnikumlar va TDYuU huzuridagi akademik litseyda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


8-bandning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik teхnikumlarda (TDYuU huzuridagi akademik litseyda) kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar хodimlar uchun oʻrnatilgan tartibda imzolangan va yuridik teхnikum (akademik litsey) blankida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan hamda elektron mehnat daftarchasida koʻrsatilgan ma’lumotlar ilova qilingan yuridik teхnikum (akademik litsey) direktorining tavsiyasi (ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan asosga koʻra hujjat topshirilganda)";


9-bandning uchinchi хatboshisiga "yuridik teхnikumlar" soʻzlaridan keyin ", TDYuU huzuridagi akademik litsey" soʻzlari qoʻshilsin;


izohdagi "yuridik teхnikumlarda" soʻzlari "yuridik teхnikumlar va TDYuU huzuridagi akademik litseyda" soʻzlari bilan almashtirilsin.


14. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2021 yil 22 fevraldagi 87-son qaroriga ilovaning 1298-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 8 aprel