Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 31.03.2021 y. 295/11-son "Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 09.04.2021 y. 2764-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.04.2021 y.

N 2764-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

31.03.2021 y.

N 295/11


QARORI



Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son "Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil 28 yanvardagi 220/2-son qarori (roʻyхat raqami 2764, 2016 yil 17 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 yil 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                                 A.T. Yusupov






Qarorga

ILOVA



Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq malakaviy imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.".


2. 4-banddagi "oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari" degan soʻzlar "ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 5-bandning uchinchi хatboshisidagi "Oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari" degan soʻzlar "Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 9 aprel