Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 31.03.2021 y. 295/13-son "Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 09.04.2021 y. 2665-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.04.2021 y.

N 2665-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

31.03.2021 y.

N 295/13


QARORI



Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini

rasmiylashtirish qoidalariga oʻzgartirishlar

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son "Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015 yil 20 martdagi 214/8-son qarori (roʻyхat raqami 2665, 2015 yil 14 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 15-son, 185-modda) bilan tasdiqlangan Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                                 A.T. Yusupov






Qarorga

ILOVA



Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini

rasmiylashtirish qoidalariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy) hamda fan doktori (Doctor of Sciences) dissertatsiyasi (bundan buyon matnda dissertatsiya deb yuritiladi) va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini belgilaydi.".


2. 8-bandning oltinchi хatboshisidagi "oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining" degan soʻzlar "ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 40-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"birinchi boʻlimda - tegishli ilmiy nashrlarda chiqarilgan ilmiy ishlar va olingan patentlar koʻrsatiladi;".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 9 aprel