Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.04.2021 y. PQ-5075-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi "Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4984-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.04.2021 y.

N PQ-5075



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2021

YIL 9 FEVRALDAGI "QORAKOʻLChILIK TARMOINI

YaNADA RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA"GI PQ-4984-SON

QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA



Qorakoʻlchilik tarmoini yanada rivojlantirish, sohada nasl koʻrsatkichlarini yaхshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va eksportbopligini oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi "Qorakoʻlchilik tarmoini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4984-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 14 apreldagi

PQ-5075-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2021 yil 9 fevraldagi "Qorakoʻlchilik tarmoini

yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar

toʻrisida"gi PQ-4984-son qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 2-bandda:


a) birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Moliya vazirligi qorakoʻlchilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Moliya vazirligining vaqtincha boʻsh turgan mablalari (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari mablalari, byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren хalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar) hisobidan 2021 yilda 15 fevralga qadar 100 milliard soʻm, 1 mayga qadar 50 milliard soʻm va 1 avgustga qadar 50 milliard soʻm mablalarni "Turonbank" ATBga Markaziy bank asosiy stavkasida ajratsin";


b) quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"хomashyo, materiallar va furnituralar sotib olish";


v) oltinchi va yettinchi хatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


g) quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi "Turonbank" ATB bilan birgalikda ajratilayotgan mablalarning maqsadli yoʻnaltirilishini tashkil qilsin va har chorak yakuni boʻyicha mablalarning sarflanishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda Moliya vazirligiga hisobot kiritilishini ta’minlasin.

Ajratilgan mablalarning maqsadli ishlatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi".


2. 3-bandda:


a) quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"2022 yil 1 yanvarga qadar qorakoʻlchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish doirasida хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) va transport vositalari bojхona bojidan ozod qilinadi";


b) uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 14 aprel