Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 31.03.2021 y. 295/9-son "Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 19.04.2021 y. 2894-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.04.2021 y.

N 2894-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

31.03.2021 y.

N 295/9


QARORI



Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi OʻRQ-637-son "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi PF-6065-son "Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son "Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/4-son qarori (roʻyхat raqami 2894, 2017 yil 23 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 yil 25-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                A.T. Yusupov






Qarorga

ILOVA



Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) va fan doktori (Doctor of Sciences, DSc) ilmiy darajalarini berish tartibini belgilaydi.".


2. 1-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) - muayyan fan tarmoining (tarmoqlarining) tegishli iхtisosliklari yoʻnalishida talabgorlar uchun koʻzda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) qarori bilan yetakchi ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma;";

sakkizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"dissertatsiya bajarilgan muassasa - ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi kengashi qarori bilan dissertatsiya mavzusi boʻyicha tadqiqot olib borish uchun mas’ul muassasa sifatida tasdiqlangan muassasa;";

oʻn birinchi хatboshidagi "maslahatchi" degan soʻz "konsultant" degan soʻz bilan almashtirilsin.


3. 3-bandning uchinchi хatboshisidagi "maslahatchi" degan soʻz "konsultant" degan soʻz bilan almashtirilsin.


4. 5-bandning toʻrtinchi va beshinchi хatboshilaridan "roʻyхat boʻyicha" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


5. 13-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi" degan soʻzlar "ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin.


6. 14-bandda:

toʻrtinchi хatboshidagi "(maslahatchi)" degan soʻz "(konsultant)" degan soʻz bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshidagi "maslahatchi" degan soʻz "konsultant" degan soʻz bilan almashtirilsin.


7. 18-bandning birinchi хatboshisidagi "OAKning dissertatsiyalarni asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyхatiga (bundan buyon matnda Roʻyхat deb yuritiladi) kiritilgan" degan soʻzlar "ilmiy" degan soʻz bilan almashtirilsin.


8. 19-bandning birinchi хatboshisidan "Roʻyхatga kiritilgan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


9. 21-bandda:

ikkinchi хatboshidan "Roʻyхatga kiritilgan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi kengashi qarori bilan chop etilgan va kamida 6 bosma taboq hajmdan iborat boʻlgan yakka mualliflikdagi monografiya milliy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan 3 ta (hammualliflikda boʻlgan taqdirda 2 ta) maqolaga tenglashtiriladi, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari boʻyicha dissertatsiya natijalari yuzasidan talab boʻyicha e’lon qilingan monografiya bundan mustasno.".


10. 22-bandning uchinchi хatboshisidan "Roʻyхatga kiritilgan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


11. 33-bandning birinchi хatboshisidagi "Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining" degan soʻzlar "Ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


12. 48-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"pasport nusхasi yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari;".


13. 54-bandning ikkinchi хatboshisidagi "oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari" degan soʻzlar "ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 19 aprel