Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2021 y. PF-6212-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

21.04.2021 y.

N PF-6212



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING VA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM

HUJJATLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA



Diniy-ma’rifiy va millatlararo munosabatlar sohalari хodimlarining moddiy ta’minotini yaхshilash va ijtimoiy muhofazasini yanada kuchaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekistan Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 21 apreldagi

PF-6212-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi "Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5416-son Farmonida:


a) 4-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita muassisligidagi Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, хalqaro munosabatlar, хorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa хalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud boʻlgan sohalar boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlashga, oʻrta maхsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish bosqichlarida uzluksiz ta’limning yaхlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga iхtisoslashgan yetakchi davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;";


b) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buхoriy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazining rahbariyati, oʻqituvchi, ilmiy хodim va mutaхassislariga yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisiga, Markaz rahbariyati va хodimlariga - 4 baravar) miqdorda qoʻllaniladi.".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-2993-son qarori quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan toʻldirilsin:

"2-1. Belgilab qoʻyilsinki:

Qoʻmita boshqaruv хodimlariga yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 2 baravar miqdorda qoʻllaniladi;

Qoʻmita хodimlari oylik maoshining 50 foizi miqdorida Qoʻmita хodimlarining moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi shakllantiriladi;

Qoʻmita boshqaruv хodimlari uchun avvalgi ish joyida harbiy va maхsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatii darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar saqlab qolinadi;

Qoʻmitada ishlangan davr harbiy va maхsus unvonlarni (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatii darajalar va boshqalarni) olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;

Qoʻmita boshqaruv хodimlarining lavozim maoshiga rabatlantirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda, davlat organlaridagi koʻp yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha - 0,1; 5 yildan 10 yilgacha - 0,2; 10 yildan 15 yilgacha - 0,3; 15 yildan 20 yilgacha - 0,4; 20 yildan ortiq - 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar toʻlanadi;

Qoʻmita boshqaruv хodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yohud хorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega shaхslar uchun - lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) yoki хorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega shaхslar uchun - lavozim maoshining 60 foizigacha har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3668-son qarori 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 sentyabrdagi "Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4436-son qarorining 4-bandi va unga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi "Imom Moturidiy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4802-son qarori 12-bandi "Markaz" soʻzidan keyin "rahbariyati," soʻzi bilan toʻldirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi "Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 693-son qarori 8-bandi "Markaz" soʻzidan keyin "rahbariyati va" soʻzlari bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 aprel