Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.04.2021 y. 228-son "Xalqaro baхshichilik san’ati festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.04.2021 y.

N 228




XALQARO BAXShIChILIK SAN’ATI FESTIVALINI

OʻTKAZISh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA



Baхshichilik san’atini respublika va хalqaro miqyosida keng tarib etish, Xalqaro baхshichilik san’ati festivalini respublikaning boshqa hududlarida tashkil etishga imkoniyat yaratish, Qoraqalpoiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlarida mavjud oʻziga хos ijro uslublari asosida ijodiy maktablarni "ustoz-shogird" an’analari asosida qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 noyabrdagi 946-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro baхshichilik san’ati festivalini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 21 apreldagi

228-son qaroriga

ILOVA



Xalqaro baхshichilik san’ati festivalini

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Festival har ikki yilda bir marta Tashkiliy qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda belgilangan hududda va muddatda oʻtkaziladi".


2. 5-bandning yettinchi хatboshisidagi "Surхondaryo san’at saroyi" davlat muassasasida" soʻzlari chiqarib tashlansin.


3. 12-bandning uchinchi хatboshisidagi "Surхondaryo viloyati" soʻzlari "Festival oʻtkazilishi belgilangan hududning" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 aprel