Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 16-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-16-son "Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida"gi 16.03.2021 y. Qarori (AV tomonidan 20.03.2021 y. 3288-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.03.2021 y.

N 3288

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

16.03.2021 y.

N 16


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

16.03.2021 y.

N 2021-16


 

QARORI



Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish

va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi 327-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni joriy etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 106, 2019-59-son "Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 3188, 2019 yil 29 oktyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2019 y., 10/19/3188/3969-son);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020 yil 22 sentyabrdagi 43, 2020-37-son "Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 3188-1, 2020 yil 29 sentyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020 y., 10/20/3188-1/1335-son).


3. Mazkur qaror 2021 yil 20 martdan kuchga kiradi.

Moliya vaziri

T. Ishmetov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Sh. Kudbiyev

           





Qarorga

ILOVA



Alkogol mahsulotlari* uchun eng kam

ulgurji-sotish va chakana narхlar

Sotilayotgan tovarning nomi


Ishlab chiqaruvchi

korхonalarning eng kam

ulgurji-sotish narхi


Eng kam chakana narх


Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


11 200

13 200

Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


41 200

49 400

Aroq va boshqa alkogol mahsulotlari, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


28 600

34 400

*) Pivodan tashqari



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 20 mart