Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.04.2021 y. 257-son "Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.04.2021 y.

N 257




NOGIRONLIGI BOʻLGAN ShAXSLAR

IShLARI BOʻYIChA IDORALARARO KENGASh

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


"Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishni takomillashtirish va ushbu sohada davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.


2. Idoralararo kengashning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, uning faoliyatini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash toʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:

nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

nogironligi boʻlgan shaхslarning soliini tiklash, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va huquqlarini ta’minlashga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;

nogironligi boʻlgan shaхslarning ta’lim olishi, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga koʻmaklashish;

nogironligi boʻlgan shaхslarning jamiyat va davlat hayotida toʻla huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etish.


4. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Idoralararo kengash raisi hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi Idoralararo kengashning ishchi organi hisoblanadi;

Idoralararo kengashning majlislari zaruratga qarab, lekin yarim yilda kamida bir marta chaqiriladi.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 29 apreldagi

257-son qaroriga

1-ILOVA



Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari

boʻyicha idoralararo kengash

TARKIBI

1. B.A. Musayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Kengash raisi


2. A.M. Xadjibayev

-

soliqni saqlash vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari


3. R.T. Mamatov

-

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri


4. N.B. Xusanov

-

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri


5. A.H. Toshqulov

-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


6. Sh.X. Shermatov

-

хalq ta’limi vaziri


7. A.V. Shin

-

maktabgacha ta’lim vaziri


8. O.A. Nazarbekov

-

madaniyat vaziri


9. Sh.M. Sadiqov

-

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri


10. I.R. Maхkamov

-

transport vaziri


11. S.X. Xolхoʻjayev

-

iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari


12. A.Oʻ. Aqqulov

-

turizm va sport vazirining oʻrinbosari


13. J.I. Abruyev

-

moliya vaziri oʻrinbosari


14. M.M. Ikramov

-

adliya vazirining oʻrinbosari


15. K.Q. Abdullayev

-

Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati raisi (kelishuv asosida)


16. A.K. Inakov

-

tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori, Kengash kotibi


             

Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan mas’ul shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 30 aprel