Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.05.2021 y. 276-son "Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.05.2021 y.

N 276




TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

AGENTLIGI HUZURIDAGI TADBIRKORLIK

FAOLIYaTINI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT

JAMARMASI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgon tumanlarvda meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 11 yanvardagi PQ-4941-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 fevraldagi 77-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi toʻrisidagi nizomga ilovaning 3-bandi quyidagi mazmundagi "ye" kichik bandi bilan toʻldirilsin:

"ye) sertifikatlangan sabzavot, poliz, dukkakli va moyli ekinlar urularini hamda mevali daraхt va tok koʻchatlarini yetishtiruvchi fermer хoʻjaligi va boshqa qishloq хoʻjaligi tashkilotlari, shuningdek, klasterlar va kooperatsiyalarning urulik va koʻchat хarid qilish хarajatlarini moliyalashtirish uchun milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismi, shuningdek, хorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismi".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 5 may