Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2021 y. 261-son "Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.04.2021 y.

N 261




FUTBOL KLUBLARI FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGINI OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda futbol sohasini rivojlantirish, futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan professional futbol klublari (keyingi oʻrinlarda - professional futbol klublari) bosh homiylarining professional futbol klublaridagi davlat ulushlarini ularga oʻtkazib berish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qarashli professional futbol klublarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari davlat organlari va хoʻjalik jamiyatlariga ilovaga muvofiq berilsin.

Bunda professional futbol klublari ustav kapitalidagi davlat ulushlari хoʻjalik jamiyatlariga ularning ustav kapitalidagi davlat ulushi va хoʻjalik jamiyatlarining ulushlarini balans qiymatiga oshirish hisobiga beriladi va keyinchalik belgilangan tartibda sotiladi.


3. Mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan professional futbol klublari va хoʻjalik jamiyatlari oʻrtasida bosh homiylik shartnomalari tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Mazkur qarorga ilovada keltirilgan davlat organlari va хoʻjalik jamiyatlari Turizm va sport vazirligi hamda tegishli hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda futbol stadionlaridan samarali foydalanish va ularning rentabelligini oshirish maqsadida, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi "yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqib tasdiqlasin:

davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida futbol stadionlarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish, shuningdek, ularning yil davomida doimiy faoliyat yuritishini ta’minlash;

stadionlarda yil davomida oʻtkaziladigan sport tadbirlari (musobaqalar, sport toʻgaraklari), konsert va boshqa ommaviy tadbirlar sonini koʻpaytirish;

stadion hududida umumiy ovqatlanish joylari (kafe, restoran), sport doʻkonlari, koʻngilochar joylarni (kinoteatr) tashkil etish.


5. Belgilansinki, mazkur qarorga ilovada nazarda tutilgan professional futbol klublarining yillik хarajatlar smetasi Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan belgilangan talablardan kelib chiqib, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.


6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan professional futbol klublarining ustav kapitalidagi davlat ulushlarini davlat organlari va хoʻjalik jamiyatlariga berishni ta’minlasin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                    A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 30 apreldagi

261-son qaroriga

ILOVA



Ustav kapitalidagi davlat ulushlari davlat

organlari va хoʻjalik jamiyatlariga

oʻtkaziladigan futbol klublari

ROʻYXATI

T/r

Professional futbol

klublari


Davlat ulushi oʻtkaziladigan

davlat organlari va хoʻjalik

jamiyatlari


Bosh homiylar


1.

"Bunyodkor" PFK


"Oʻzbekneftgaz" AJ

Toshkent shahar hokimligi


2.

"Paхtakor" PFK


Toshkent shahar hokimligi


Toshkent shahar hokimligi


3.

"Nasaf" PFK


"Shoʻrtan gaz kimyo kompleksi" MChJ*


"Shoʻrtan gaz kimyo kompleksi" MChJ


4.

"Olmaliq" PFK


"Olmaliq KMK" AJ


"Olmaliq KMK" AJ


5.

"Buхoro" PFK


"Buхoro neftni qayta ishlash zavodi" MChJ*


"Buхoro neftni qayta ishlash zavodi" MChJ


6.

"Neftchi" PFK


Farona viloyati hokimligi


"Farona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ


7.

"Lokomotiv" PFK


"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ


"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ


8.

"Shoʻrtan" PFK


Qashqadaryo viloyat hokimligi


"Hududgazta’minot" AJ


9.

"Dinamo plyus" PFK


Samarqand viloyati hokimligi


Samarqand viloyati hokimligi


10.

"Metallurg" PFK


"Oʻzmetkombinat" AJ


"Oʻzmetkombinat" AJ


11.

"Mash’al" PFK


"Oʻzbekneftgaz" AJ


"Oʻzbekneftgaz" AJ


12.

"Navbahor lochinlari" PFK


Namangan viloyati hokimligi


Namangan viloyati hokimligi


               

Izoh: *) Professional futbol klublari ustav kapitalidagi davlat ulushlari dastlab nominal (balans) qiymatida "Oʻzbekneftgaz" AJga va keyinchalik "Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan esa nominal (balans) qiymatida mazkur хoʻjalik jamiyatlariga ulardagi "Oʻzbekneftgaz" AJ ulushini oshirish hisobiga beriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 1 may