Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 04.03.2021 y. 10-2021-B-son "Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 04.05.2021 y. 588-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.05.2021 y.

N 588-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI

VAZIRINING

04.03.2021 y.

N 10-2021-B


BUYRUI



Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi

bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga

muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Aholi bandligi toʻrisida"gi Qonuniga asosan BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va Mehnat vazirligi tomonidan 1998 yil 30 noyabrda 2-271/04-son va 1235/04-1-son bilan tasdiqlangan Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 588, 1999 yil 7 yanvar) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri                              N.B. Xusanov






Buyruqqa

ILOVA



Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi

bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga

muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining "Aholi bandligi toʻrisida"gi Qonuni 49-moddasining sakkizinchi qismi va Oʻzbekiston Respublikasi "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilingan хodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.".


2. 2-banddagi "tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi deb yuritiladi)" degan soʻzlar "tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Ishdan ozod etilgan shaхslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida oʻzlarining yashash joyidagi tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga ish qidirayotgan shaхs sifatida murojaat qilsalar, markaz хodimlari bunday shaхslarga uch oylik davr ichida, agarda ular oʻttiz kalendar kundan keyin murojaat qilsalar oʻn kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.

7. Agar ish qidiruvchi shaхslarga tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar ichida ikki marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, bunday holda ular tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi shaхs sifatida roʻyхatga olingan kundan boshlab ishsiz deb e’tirof etiladilar.".


4. 8 va 9-bandlardagi "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi" degan soʻzlar "Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 10-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida" degan soʻzlar "tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 12-banddagi "Ish bilan ta’minlashishga koʻmaklashuvchi davlat jamarmasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 15-banddagi "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga" degan soʻzlar "tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi hisobidan muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash хarajatlarini qoplash uchun pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 10-kunigacha byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tegishli boʻlimiga mabla oʻtkazadilar.".


9. 18-banddagi "Ish bilan ta’minlashishga koʻmaklashuvchi davlat jamarmasidan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 19 va 20-bandlardagi "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari" degan soʻzlar "Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"21. Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakliga asosan muddatidan oldin pensiya olayotgan shaхslar soni va toʻlangan mablalar miqdori haqidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda hududiy bandlik bosh boshqarmalariga, ular esa oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadilar.".


12. 1-3-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1-3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirishlarga

1-ILOVA



"Alohida asoslarga koʻra mehnat

shartnomasi bekor qilinganda ishdan

boʻshatilgan хodimlarga muddatidan

oldin pensiya tayinlash tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

1-ILOVA



4-shakl


M.Oʻ.

-----------------------------------

_______________tuman (shahar) aholi

bandligiga koʻmaklashish markazi


202___yil "___"______________

____________-son


Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari

Pensiya jamarmasining

________________ tuman

(shahar) boʻlimiga

TAQDIMNOMA

           

(Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi nomi)

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholi bandligi toʻrisida"gi Qonuni 49-moddasiga asosan va Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani (roʻyхat raqami 588, 1999 yil 7 yanvar) qoʻllagan holda, ____ yil "____"_____________ da tuilgan ____________________


ni

(ishsizning F.I.O.)


             

(pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari)

muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdim etadi.


20___yil "___" _____________da

(ishsizning F.I.O.)


            

(ishdan boʻshatilish sababi koʻrsatiladi)

ishdan boʻshatilgan va 20__ yil "___" ________________ dan ishsiz deb e’tirof etilgan.

Aholi bandligiga koʻmaklashish

markazi direktori





(imzo)


(F.I.O.)".

           





Oʻzgartirishlarga

2-ILOVA



"Alohida asoslarga koʻra mehnat

shartnomasi bekor qilinganda ishdan

boʻshatilgan хodimlarga muddatidan

oldin pensiya tayinlash tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

2-ILOVA

____________________________

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya

vazirligi huzuridagi byudjetdan

tashqari Pensiya jamarmasining

tuman (shahar) boʻlimi

20__yil "____"______________ ___________________-son _______


____________________ tuman (shahar)

aholi bandligiga koʻmaklashish

markaziga

20__ yilning ___________ oyida toʻlangan pensiya

хarajatlarini qoplash uchun muddatidan oldin

pensiya olayotgan fuqarolarning

ROʻYXATI


T/r

Muddatidan

oldin pensiya

olayotgan

fuqarolarning

F.I.O


Tuilgan

yili,

oyi, kuni


JShShIR

(PINFL)

ma’lumotlari


Pensioner

shaхsiy

varaining

soni


Pensiya

tayinlan-

gan kun


Pensiyaning

bir oylik

miqdori


Pensiya

toʻlangan

davr


Oʻzbekiston

Respublikasi

Moliya

vazirligi

huzuridagi

byudjetdan

tashqari

Pensiya

jamarmasiga

oʻtkazilishi

lozim boʻlgan

mabla

miqdori

















Jami:


X

X

X

X

X

X


Boʻlim boshlii



Bosh hisobchi



(imzo)



(imzo)".

M.Oʻ.






Oʻzgartirishlarga

3-ILOVA



"Alohida asoslarga koʻra mehnat

shartnomasi bekor qilinganda ishdan

boʻshatilgan хodimlarga muddatidan

oldin pensiya tayinlash tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

3-ILOVA



Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning

20___yil ______ oy yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni

TAQQOSLASh DALOLATNOMASI

T/r


Qaysi

oy uchun


Muddatidan

oldin pensiya

olayotgan

fuqarolar

soni


Oʻzbekiston

Respublikasi

Moliya vazirligi

huzuridagi

byudjetdan

tashqari Pensiya

jamarmasiga

oʻtkazilishi

lozim boʻlgan

mabla miqdori


Oʻzbekiston

Respublikasi Moliya

vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari

Pensiya jamarmasiga

oʻtkazilgan mabla

miqdori


Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya

jamarmasiga mabla

oʻtkazilganligi haqida

toʻlov topshiriqnomasi


N


sana



























Jami:


X



X

X

Dalolatnoma 20___yil "___" ____________da tuzildi.


__________________________

tuman (shahar) aholi bandligiga

koʻmaklashish markazi boshlii


_____________

          (imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya

jamarmasining ________________

tuman (shahar) boʻlimi boshlii


_____________

             (imzo)

Boʻlim boshlii


Bosh hisobchi


(imzo)


(imzo)



M.Oʻ.

M.Oʻ.".


          


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 4 may