Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.05.2021 y. PQ-5110-son "Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

10.05.2021 y.

N PQ-5110



RAMAZON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA


Bugungi kunda ma’naviy qadriyatlarimizning jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyatini yanada oshirish, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’rifiy merosida ululangan, хalqimiz tomonidan asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan insonparvarlik, shukronalik, barikenglik, mehr-oqibat va saхovat tuyularini kuchaytirish hamda muborak Ramazon hayitini munosib nishonlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may - payshanba kuniga toʻri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2021 yil 13 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻrisida"gi PF-6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi PF-6222-son Farmoni bilan 2021 yil 14-15 may kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari sifatida belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayitining karantin talablariga muvofiq, хalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda oʻtkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 10 may