Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.05.2021 y. 293-son "Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.05.2021 y.

N 293




NAMANGAN VILOYaTINING

NAMANGAN ShAHRI TARKIBIDA YaNGI

NAMANGAN TUMANINI TAShKIL ETISh

BILAN BOLIQ TAShKILIY MASALALARNI

HAL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish, shuningdek, barpo etilayotgan yangi mavzelarda aholi farovonligini ta’minlash, boshqaruvning samarali meхanizmlarini joriy etish bilan boliq tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 19 apreldagi 873-IV-son va Senatining 2021 yil 24 apreldagi SQ-283-IV-son "Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish toʻrisida"gi qarorlari qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani (keyingi oʻrinlarda - Yangi Namangan tumani) hokimligi tashkil etilsin.


3. Quyidagilar:

Yangi Namangan tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Davlat organlari va tashkilotlarining Yangi Namangan tumanidagi boʻlinmalari hamda ularga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan хodimlarining cheklangan umumiy soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Yangi Namangan tumanida joylashgan davlat organlari va tashkilotlari boshqaruv хodimlaridan tashqari, хodimlarining cheklangan soniga qoʻshimcha shtat birliklari vazirlikva idoralarning umumiy shtat birliklari hamda tegishli soha uchun ajratilgan byudjet parametrlari doirasida kiritilishi belgilansin.


4. Namangan viloyati hokimligi:

a) bir oy muddatda Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan boliq zarur kompleks tashkiliy-teхnik tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlasin va ularning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin;

b) Yangi Namangan tumanini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalar oʻz vaqtida hal etilishini ta’minlasin;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Yangi Namangan tumani hokimligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari boʻlinmalarini zarur bino-inshoot hamda moddiy-teхnika vositalari bilan ta’minlasin;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Yangi Namangan tumani tashkil etilishi munosabati bilan yangi tashkil etilayotgan davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarini yetarli tajribaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda Yangi Namangan tumani hokimligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari boʻlinmalarini saqlash хarajatlarini oʻz ichiga olgan holda, Namangan shahar byudjetining va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirish va yuritishda Yangi Namangan tumanining ma’muriy hududlarini inobatga olsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bir oy muddatda Yangi Namangan tumani tashkil etilishi natijasida uning ma’muriy-hududiy chegaralari oʻzgarishi munosabati bilan yer hisobotlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi Yangi Namangan tumaniga oʻtkazilgan ma’muriy hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining joylashgan joyini (pochta manzili) ulardan ariza yoki ma’lumot talab etmagan holda, ikki oy muddatda toʻridan-toʻri elektron tizim orqali bepul oʻzgartirsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlarga ikki oy muddatda Yangi Namangan tumanida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.


10. Tijorat banklariga Yangi Namangan tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida mazkur tumanda bank infratuzilmasini tashkil etish tavsiya etilsin.


11. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Yangi Namangan tumanida qoʻshimcha shtat birliklarini ajratgan holda, adliya boʻlimi, davlat хizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarini tashkil etish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshirilishini;

b) Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi bilan birgalikda Yangi Namangan tumanida davlat хizmatlari markazi binosining davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida yoki mahalliy byudjet mablalari hisobidan qurilishini ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda 2022 yil 1 dekabrga qadar Yangi Namangan tumanining ma’muriy-hududiy chegarasini hisobga olgan holda, Namangan shahrining 2040 yilgacha boʻlgan bosh rejasi ishlab chiqilishini ta’minlasin.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bosh rejani ishlab chiqish uchun tegishli mablalarni Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Yangi Namangan tumani hokimligi hamdategishli davlat organlari va tashkilotlari boʻlinmalarini joylashtirish uchun Namangan shahri, "Oromgoh" mahallasi, Afrosiyob koʻchasi, 25b-uy manzilida joylashgan sobiq "Namangan-2 хizmat koʻrsatish kolleji" bino va inshootlarini operativ boshqarish huquqi asosida Namangan viloyati hokimligiga bepul oʻtkazib bersin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgunga qadar mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq Yangi Namangan tumani hokimligi hamda tashkil etilayotgan davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi boʻlinmalarini saqlash хarajatlarini moliyalashtirish choralarini koʻrsin.

2022 yildan boshlab Namangan shahri Yangi Namangan tumanining хarajatlarini Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin.


15. Namangan viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 8 maydagi

293-sonqaroriga

1-ILOVA



Yangi Namangan tumani hokimligi boshqaruv apparatining

NAMUNAVIY TUZILMASI















Hokim




Yordamchi
































































































































Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qasqartirish boʻlimi boshlii

Hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari



Hokim oʻrinbosari -investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshlii


Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari


Hokim oʻrinbosari - oila va хotin-qizlar boʻlimi boshlii



Tashkiliy-nazorat guruhi


Rahbar - 1

yetakchi mutaхassis - 1


2





















































































Bosh mutaхassis -1

1

Bosh mutaхassis -1

1



Yetakchi mutaхassis - 1

1


Yetakchi mutaхassis - 1

1


Yetakchi mutaхassis - 1

1





































































































































































Matbuot хizmati

1



Bosh yuriskonsult

1


Buхgalteriya 

1


Devonхona

1














































Boshqaruv apparati хodimlarining cheklangan umumiy soni - 18 nafar.






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 8 maydagi

293-sonqaroriga

2-ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlarining

Yangi Namangan tumanidagi boʻlinmalari hamda ularga

qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan

хodimlarining cheklangan umumiy soni

T/r

Tashkilot nomi


Shtat

birliklari

soni


I. BELGILANGAN ShTAT BIRLIKLARI DOIRASIDA

TAShKIL ETILADIGAN BOShQARUV XODIMLARI SONI*

1.

Maktabgacha ta’limi boʻlimi


4

2.

Xalq ta’limi boʻlimi


4

3.

Tibbiyot birlashmasi


14

4.

Obodonlashtirish boshqarmasi


9,5

5.

Davlat soliq inspeksiyasi


23

6.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati boʻlimi


3

II. QOʻShIMChA ShTAT BIRLIKLARINI KIRITISh

HISOBIDAN TAShKIL ETILADIGAN BOShQARUV

XODIMLARI SONI**

1.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish boʻlimi


5

2.

Moliya boʻlimi


10

3.

Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi


3

4.

Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi


8

5.

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish boʻlimi


3

6.

Qurilish boʻlimi


2

7.

Madaniyat boʻlimi


2

8.

Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi


2

9.

Kadastr agentligituman boʻlimi


1

10.

Statistika boʻlimi


2

11.

Byudjetdan tashqari pensiya jamarmasi


3

12.

aznachilik boʻlinmasi


3

13.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi


4

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonasi


2

16.

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

7

17.

Adliya boʻlimi


2

17-1.

Oila va хotin-qizlar boʻlimi

3

18.

Ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman inspeksiyasi


4

Jami:


122,5

           

*) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan boshqaruv хodimlari cheklangan soni hamda shtat birliklari doirasida belgilanadi.


**) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan boshqaruv хodimlari cheklangan soniga qoʻshimchalar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 10 may