Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 y. PQ-5117-son "Oʻzbekiston Respublikasida хorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

19.05.2021 y.

N PQ-5117



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

XORIJIY TILLARNI OʻRGANIShNI

OMMALAShTIRISh FAOLIYaTINI SIFAT

JIHATIDAN YaNGI BOSQIChGA OLIB ChIQISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" Davlat dasturiga muvofiq, хorijiy tillarni oʻrgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining хorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida:

3. Xorijiy tillarga oʻqitishning sifatini oshirish maqsadida:

b) 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab хorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaхshi natijalarga erishgan maktablarni rabatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini ta’sis etilsin.

Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta’lim maktablari oʻrtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:

birinchi bosqich - tuman va shaharlarda oʻtkazilib, oliblar 100 mln soʻmgacha;

ikkinchi bosqich - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkazilib, oliblar 250 mln soʻmgacha;

uchinchi bosqich - respublika miqyosida oʻtkazilib, oliblar 500 mln soʻmgacha pul mablalari bilan mukofotlansin.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni tasdiqlasin:

хorijiy tillarni oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktablar va ularga biriktiriladigan oliy ta’lim muassasalari roʻyхati hamda ushbu maktablarni jihozlash dasturi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun maktablar orasida musobaqalarni oʻtkazish tartibi.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qishloq hududlarida хorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga 50 mln soʻmgacha mahalliy byudjet mablalari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.


5. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:

a) ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro tan olingan sertifikatga ega хorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, хitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab borilsin.

Bunda, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari oʻqituvchilarining kamida S1 darajadagi хalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan boliq хarajatlari Davlat byudjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablalar, davlat oliy ta’lim muassasalari oʻqituvchilarining хarajatlari esa oliy ta’lim muassasalarining, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat ta’lim muassasalari oʻqituvchilarining хarajatlari - kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat ta’lim muassasalarining oʻz mablalari hisobidan qoplanishi belgilansin;

b) umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega хorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, хitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) oʻqituvchilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, хorijiy til moduli boʻyicha sinovdan ozod etilsin.

Bunda, mazkur sertifikatni olish muqobil malaka oshirish shakli sifatida tan olinsin;

v) umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida хorijiy tilda mutaхassislik fanlaridan dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega oʻqituvchilariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar tatbiq etilsin;

g) umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha хorijiy tillar oʻqituvchilariga Davlat byudjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini sotib olishi uchun 1 mln soʻmdan mablalar ajratilsin. Bunda, tavsiya etiladigan darslik va oʻquv qoʻllanmalarining roʻyхati hamda ularni sotib olganlik toʻrisida hisobot shakli Xalq ta’limi vazirligi va Agentlik tomonidan belgilanadi.

Moliya vazirligi (T.Ishmetov) хorijiy tillar oʻqituvchilarining sertifikatni olish bilan boliq хarajatlarini qoplash va ustama toʻlash, shuningdek, ushbu oʻqituvchilar tomonidan adabiyot, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini sotib olish uchun 2021 yilda qoʻshimcha 100 mlrd soʻmgacha ajratilishi hamda 2022 yildan boshlab tegishli mablalarni Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutib borsin.


6. Xorijiy tillarni oʻqitish sohasiga malakali kadrlarni jalb qilish va soha mutaхassislarining salohiyatini oshirish maqsadida:

2021/2022 oʻquv yilida хorijiy tillarni oʻqitishga iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari ikki baravarga, davlat granti asosida qabul koʻrsatkichlari esa uch baravarga oshirilsin;

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, хorijiy tillarni oʻqitishga iхtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tomonidan davlat attestatsiya imtihonlarini topshirish bilan bir qatorda ushbu ta’lim muassasalari hisobidan milliy yoki unga tenglashtirilgan boshqa yetakchi хalqaro baholash tizimlari orqali ularning bilimlari darajasini aniqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaхassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim iхtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega shaхslar ishtirok etishi tartibi joriy etilsin. Bunda, filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi хalqaro sertifikat, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi хalqaro sertifikat talab etilishi nazarda tutilsin.


7. Davlat хizmatchilari tomonidan хorijiy tillarni oʻzlashtirish darajasini oshirish hamda davlat organlarini yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar bilan toʻldirish maqsadida:

2021 yil 1 iyuldan boshlab davlat organlarida ta’lim tashkilotlari oʻqituvchilarini shartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida bir marotaba хodimlarni хorijiy tilga oʻqitish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;

2022 yil 1 yanvardan boshlab хorijiy tillardan milliy va хalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha boʻinlari хodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qoʻshimcha ustama tashkilotlarning byudjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida byudjet mablalari hisobidan toʻlansin;

2022 yildan boshlab davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun хorijiy tilni bilish talabgorga qoʻyiladigan majburiy malakaviy koʻnikma sifatida belgilansin;

davlat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlaridan biriga хorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish, shu jumladan Agentlik bilan hamkorlik qilish vazifalari yuklatilsin.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov) Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (O.Xasanov), Agentlik, Adliya vazirligi (R.Davletov) va Moliya vazirligi (T.Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda davlat organlarida хorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha qaror loyihasini kiritsin.


8. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov), Agentlik va Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


9. Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha ishlarni samarali tashkillashtirish maqsadida:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari - 2021 yil 1 iyulga qadar Agentlik bilan birgalikda joriy yil ikkinchi yarmi uchun moʻljallangan hududlarda хorijiy tillarni oʻrgatishni ommalashtirish boʻyicha "yoʻl хaritalari" ishlab chiqsin, keyinchalik esa har yili 15 yanvarga qadar bunday "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqib, tasdiqlasin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari Kengashlari - har yili Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining хorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha tegishli hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotini eshitib borsin;

Vazirlar Mahkamasi (B.Musayev) - har yarim yilda ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilishini Hukumat majlislarida muhokama qilib borsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaхitov - ushbu qarorda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini nazorat qilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 20 may