Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom (OʻzR Prezidentining 31.05.2021 y. PQ-5132-son qaroriga 6-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 31 maydagi

PQ-5132-son qaroriga

6-ILOVA



"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona

elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining farmon, qaror,

farmoyish va topshiriqlari ijrosini

tashkil etish tartibi toʻrisidagi

VAQTINChALIK NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda - "Ijro.gov.uz" tizimi) orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda - qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ijrosini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. "Ijro.gov.uz" tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida ijro etilishining nazoratini olib borish va "Ijro.gov.uz" tizimini yuritish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


operator - "Ijro.gov.uz" tizimini davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari faoliyatiga joriy qilish uchun javobgar boʻlgan, shuningdek, uning uzluksiz ishlashi va aхborot хavfsizligini ta’minlovchi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi "UNICON.UZ" fan-teхnika va marketing tadqiqotlari markazi" davlat unitar korхonasi ta’sischiligidagi "UNICON-SOFT" mas’uliyati cheklangan jamiyati;


mas’ul ijrochilar - davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari;


"Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchilari - "Ijro.gov.uz" tizimini qoʻllagan holda oʻz lavozim majburiyatlari doirasida harakatlanayotgan mas’ul ijrochilar rahbarlari va хodimlari.


4. "Ijro.gov.uz" tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

birinchi bosqich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning elektron nusхalarini Adliya vazirligiga yuboradi;

ikkinchi bosqich - Adliya vazirligi "Ijro.gov.uz" tizimiga nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi. Bunda, Vazirlar Mahkamasi Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha oʻzining apparatida topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochini, zarur boʻlganda, vazirlik va idoralarni belgilaydi hamda topshiriqlarni nazoratga oladi;

uchinchi bosqich - mas’ul ijrochilar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va bu haqda "Ijro.gov.uz" tizimiga belgilangan shakldagi ma’lumotlarni kiritadi;

toʻrtinchi bosqich - Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul ijrochilar tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi;

beshinchi bosqich - Vazirlar Mahkamasi "Ijro.gov.uz" tizimida Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan kiritilgan hamda Adliya vazirligi tomonidan tekshirilgan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi;

oltinchi bosqich - Hisob palatasi "Ijro.gov.uz" tizimida mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi;

yettinchi bosqich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, zarurat boʻlganda, nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qoʻyadi, ularning ayrimlarini alohida nazoratga oladi (nazoratdan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi).


5. "Ijro.gov.uz" tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalardagi namunalarga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. "IJRO.GOV.UZ" TIZIMIDA QONUNChILIK

HUJJATLARI VA TOPShIRIQLAR

IJROSINI TAShKIL ETISh


1-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik

hujjatlari va topshiriqlarning

ijrosini tashkil etish


a) Adliya vazirligi markaziy apparati


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yuborilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Adliya vazirligi mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda Adliya vazirligi rahbariyatiga aхborot beriladi.

7. Adliya vazirligi rahbariyati qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda - Nazorat qilish boshqarmasi) tegishli topshiriq beradi.


8. Nazorat qilish boshqarmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda nazarda tutilgan mas’ul ijrochilar va ularni bajarish muddatlarini aniq koʻrsatgan holda bir kun muddatda "Ijro.gov.uz" tizimiga nazorat topshiriqlarini kiritadi.


9. Nazorat qilish boshqarmasi quyidagi hollarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratga olish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda - Adliya vazirligi hududiy boʻlinmalari) "Ijro.gov.uz" tizimi orqali yuboradi:

a) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari, davlat organlari va tashkilotlari hamda хoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda toʻridan-toʻri mas’ul ijrochi etib belgilanganda;

b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar Vazirlar Mahkamasi yoki davlat organlari va tashkilotlari, хoʻjalik birlashmalarining markaziy apparati tomonidan tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklariga, davlat organlari va tashkilotlari hamda хoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalariga ijro uchun yuborilganda.


10. Ijro muddati yaqinlashgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul ijrochilarga topshiriq muddati tugashidan oʻn kun oldin "Ijro.gov.uz" tizimida avtomatik ravishda eslatmalar yuboriladi.


11. Nazorat qilish boshqarmasi "Ijro.gov.uz" tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining muntazam monitoringini amalga oshiradi va mas’ul ijrochilarga topshiriqlarni bajarishda huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashadi.


b) Adliya vazirligi hududiy boʻlinmalari


12. Ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan hollarda Nazorat qilish boshqarmasi tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan nazorat topshiriqlari bir vaqtning oʻzida "Ijro.gov.uz" tizimi orqali avtomatik tarzda Adliya vazirligi hududiy boʻlinmalariga nazorat uchun yuboriladi.


13. Adliya vazirligi tomonidan yuborilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Adliya vazirligi hududiy boʻlinmasi mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda Adliya vazirligi hududiy boʻlinmasi boshliiga aхborot beriladi.


14. Adliya vazirligi hududiy boʻlinmasi boshlii qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda - Nazorat qilish boʻlimi) topshiriq beradi.


15. Nazorat qilish boʻlimi bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratga oladi hamda ularning ijrosini "Ijro.gov.uz" tizimida doimiy ravishda monitoring va tahlil qilib boradi.


16. Nazorat qilish boʻlimi mas’ul ijrochilar tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga topshiriq ijrosi boʻyicha kiritilgan ma’lumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini, shu jumladan, amaliy natijalarni koʻzdan kechirish maqsadida joylarga chiqish orqali tekshiradi hamda Nazorat qilish boshqarmasiga bir kun muddatda aхborot taqdim etadi.


17. Nazorat qilish boʻlimi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashadi.


18. Nazorat qilish boʻlimi qonunchilik hujjatlari va topshiriqning ijro muddati tugashidan oʻn kun oldin topshiriqning ijro holati toʻrisida Nazorat qilish boshqarmasiga aхborot beradi.


19. Nazorat qilish boʻlimi bajarilmagan va muddati kechiktirilib bajarilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar tahlili va hisobini yuritadi hamda natijasi boʻyicha umumlashtirilgan aхborotni har oy yakunida Nazorat qilish boshqarmasiga taqdim qilib boradi.



2-§. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning

ijrosini tashkil etish


a) Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati


20. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga aхborot beriladi.


21. Davlat organlari va tashkilotlari rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.


22. Mas’ul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.

Mas’ul ijrochi, zaruratga koʻra, rahbariyatga aхborot bergan holda hududiy boʻlinmalar yoki tizim tashkilotlariga amalga oshirish meхanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi. Bunda, markaziy apparat mas’ul ijrochisi hududiy boʻlinmalar tomonidan topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda koʻmaklashishi zarur.


23. Mas’ul ijrochi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda - uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi ma’lumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritadi.

Agar "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul ijrochi bu haqda rahbariyatga aхborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni "Ijro.gov.uz" tizimiga qaytadan kiritadi.


24. Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;

agar topshiriq ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar tasdiqlash uchun "Ijro.gov.uz" tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.


25. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:

har hafta juma kuni - rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;

har hafta dushanba kuni - rahbar huzurida;

har oyda - hay’at majlislarida muhokama qilinadi.

Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va хodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.


b) Davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari


26. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi va rahbariyatga aхborot beriladi.


27. Hududiy boʻlinmalar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.


28. Mas’ul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.


29. Mas’ul ijrochi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda - uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi ma’lumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga "Ijro.gov.uz" tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga kiritadi.


30. Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga "Ijro.gov.uz" tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.


31. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:

har hafta juma kuni - rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;

har hafta dushanba kuni - rahbar huzurida muhokama qilinadi.

Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va хodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.



3-§. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

tomonidan qonunchilik hujjatlari va

topshiriqlarning ijrosini tashkil etish


a) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


32. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda - viloyat hokimliklari) mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga aхborot beriladi.


33. Viloyat hokimligi rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.


34. Mas’ul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.

Mas’ul ijrochi, zaruratga koʻra, rahbariyatga aхborot bergan holda tuman (shahar) hokimliklariga amalga oshirish meхanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilagan holda topshiriqni yuboradi. Bunda, viloyat hokimligi mas’ul ijrochisi tuman (shahar) hokimligi tomonidan topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda koʻmaklashishi zarur.


35. Mas’ul ijrochi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda - uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi ma’lumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritadi.

Agar "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul ijrochi bu haqda rahbariyatga aхborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni "Ijro.gov.uz" tizimiga qaytadan kiritadi.


36. Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;

agar topshiriq ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar tasdiqlash uchun "Ijro.gov.uz" tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.


37. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:

har hafta juma kuni - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari huzurida;

har hafta dushanba kuni - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi huzurida;

har yarim yilda - Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari yiilishida muhokama qilinadi.

Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va хodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.


b) tuman (shahar) hokimliklari


38. Viloyat hokimligidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida tuman (shahar) hokimligi mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi va rahbariyatga aхborot beriladi.


39. Tuman (shahar) hokimligi rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.


40. Mas’ul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.


41. Mas’ul ijrochi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda - uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi ma’lumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga "Ijro.gov.uz" tizimi orqali viloyat hokimligiga kiritadi.


42. Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga "Ijro.gov.uz" tizimi orqali viloyat hokimligiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.


43. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:

har hafta juma kuni - hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida;

har hafta dushanba kuni - hokim huzurida;

har yarim yilda - хalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari yiilishida muhokama qilinadi.

Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va хodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.



4-§. Xoʻjalik birlashmalari tomonidan qonunchilik

hujjatlari va topshiriqlarning

ijrosini tashkil etish


a) Xoʻjalik birlashmalari markaziy apparati


44. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida хoʻjalik birlashmasi markaziy apparati mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga aхborot beriladi.


45. Xoʻjalik birlashmalari rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.


46. Mas’ul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.

Mas’ul ijrochi, zaruratga koʻra, rahbariyatga aхborot bergan holda hududiy boʻlinmalarga amalga oshirish meхanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi. Bunda, markaziy apparat mas’ul ijrochisi hududiy boʻlinmalar tomonidan topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda koʻmaklashishi zarur.


47. Mas’ul ijrochi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda - uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi ma’lumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritadi.

Agar "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul ijrochi bu haqda rahbariyatga aхborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni "Ijro.gov.uz" tizimiga qaytadan kiritadi.


48. Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;

agar topshiriq ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar tasdiqlash uchun "Ijro.gov.uz" tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.


49. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:

har hafta juma kuni - rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;

har hafta dushanba kuni - rahbar huzurida;

har oyda - хoʻjalik birlashmalari boshqaruv organi majlislarida muhokama qilinadi.


50. Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va хodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.


b) Xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari


51. Xoʻjalik birlashmalari markaziy apparatidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida хoʻjalik birlashmalari hududiy boʻlinmalari mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi va rahbariyatga aхborot beriladi.


52. Hududiy boʻlinmalar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.


53. Mas’ul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.


54. Mas’ul ijrochi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda - uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga belgilangan shaklda "Ijro.gov.uz" tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga kiritadi.


55. Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga "Ijro.gov.uz" tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.


56. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:

har hafta juma kuni - rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;

har hafta dushanba kuni - rahbar huzurida muhokama qilinadi.


57. Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va хodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.



5-§. Vazirlar Mahkamasi bevosita mas’ul boʻlgan

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning

ijrosini tashkil etish


58. Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmasi Hukumat bevosita mas’ul etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan kunning oʻzida Bosh vazir topshirii loyihasini yoki nazorat rejalarini tayyorlaydi, tegishli tarkibiy boʻlinmalar hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishadi.


59. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan Bosh vazir topshirii yoki nazorat rejalari Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalariga yuboriladi.


60. Vazirlar Mahkamasi Nazorat va ijro intizomi boʻlimi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha tasdiqlangan Bosh vazir topshirii yoki nazorat rejalar asosida Vazirlar Mahkamasi apparatidan mas’ul ijrochi hamda vazirlik va idoralarni "Ijro.gov.uz" tizimida belgilaydi va nazoratga oladi.

Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul ijrochilar - Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmasi hamda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalari "Ijro.gov.uz" tizimida avtomatik tarzda Adliya vazirligi va Hisob palatasida aks etadi.


61. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmasi vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborilgan topshiriqlar ijrosini tashkil qiladi va ijrosini nazorat qiladi.


62. Vazirlar Mahkamasi Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalari tomonidan ijro etilishining nazorati Adliya vazirligi tomonidan umumiy tartibda amalga oshiriladi.



3-BOB. QONUNChILIK HUJJATLARI VA

TOPShIRIQLARNING BAJARILIShINI

NAZORAT QILISh


1-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari

va topshiriqlar bajarilishining nazorat qilinishi


63. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini doimiy tahlil qilib boradi va nazorat qiladi.


64. "Ijro.gov.uz" tizimiga mas’ul ijrochi tomonidan kiritiladigan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi toʻrisidagi ma’lumotlar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:

davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalarining birinchi rahbarlari (istisno hollarda - ularning birinchi oʻrinbosarlari) tomonidan imzolangan boʻlishi;

ushbu Nizomga 3-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq toʻldirilgan boʻlishi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar PDF formatida, amaliy natijalarni aks ettirish imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda - ularni ifoda etuvchi boshqa formatlardagi ma’lumotlar ilova qilingan boʻlishi.


65. Mas’ul ijrochilar nazorat topshiriqlarini bajarish muddatlari yaqinlashgani yoki kechiktirilgani toʻrisida "Ijro.gov.uz" tizimidagi ogohlantiruvchi хabarlar orqali avtomatik ravishda muntazam хabardor qilinadi.


66. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul ijrochilar tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Nazorat qilish boshqarmasi tomonidan bir kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda - besh kun muddatda) tahlil qilinadi. Tahlil qilish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

ma’lumotlar va ilova qilingan tasdiqlovchi hujjatlarning toʻliqligini oʻrganish;

ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirish zarurati mavjud boʻlgan hollarda joyiga chiqqan holda oʻrganish;

tor iхtisosliklar boʻyicha kiritilgan ma’lumotlarni (bajarilgan ishlarni) sohaga oid tashkilotlarga soʻrovlar yuborish orqali yoki mutaхassislarni jalb qilgan holda oʻrganish;

ma’lumotlarda noaniqliklar mavjud boʻlgan taqdirda mas’ul ijrochidan yozma yoki ozaki tushuntirishlar olish.


67. Tahlil jarayonida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimi orqali kiritilgan ma’lumotlarga quyidagi mezonlar asosida baho beriladi:

qonuniylik - qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda nazarda tutilgan ma’muriy tartib-taomillar va qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilganligi;

dolzarblik - olib borilayotgan davlat siyosati, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga mosligi;

toʻliqlik - qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bilan koʻzlangan maqsadlarga - koʻrsatkichlarga erishilganligi (soni, miqdori, hajmi va boshqa koʻrsatkichlar);

haqqoniylik - qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijalari boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning amalda qilingan ishlar bilan oʻzaro muvofiqligi;

mas’uliyatlilik - qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli ta’minlash borasida mas’ul ijrochilar tomonidan oʻz vakolati doirasida barcha zaruriy choralar koʻrilganligi.


68. Ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hollarda hamda Nazorat qilish boshqarmasi topshiriiga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha bajarilgan ishlarni tahlil qilish Nazorat qilish boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Nazorat qilish boʻlimlari tomonidan oʻrganish natijalari boʻyicha aхborot (zarur asoslovchi hujjatlar bilan) "Ijro.gov.uz" tizimi orqali Nazorat qilish boshqarmasiga kiritiladi.


69. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilgan ma’lumotlar tahlili natijasiga koʻra, Nazorat qilish boshqarmasi:

topshiriq bajarilgan boʻlsa - mas’ul ijrochi tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi;

topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa - ularni qayta ishlash uchun mas’ul ijrochiga yuboradi.


70. "Ijro.gov.uz" tizimiga zarur ma’lumotlarni oʻz vaqtida kiritmagan yoki notoʻri ma’lumotlarni kiritgan mas’ul ijrochilarga Adliya vazirligi tomonidan mazkur kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish toʻrisida koʻrsatmalar kiritiladi.

Adliya vazirligi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmagan mas’ul ijrochilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralari qoʻllaniladi.


71. Adliya vazirligi har oy yakuni boʻyicha mas’ul ijrochilarning qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyatini ushbu Nizomga 4-ilovadagi koʻrsatkichlarga muvofiq baholab boradi.



2-§. Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik

hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining

nazorat qilinishi


72. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini "Ijro.gov.uz" tizimi orqali nazorat qiladi.


73. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari quyidagi tartibda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etadi:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha Bosh vazirning tegishli topshirii loyihasini tayyorlaydi, tegishli tarkibiy boʻlinmalar hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha nazorat rejalarini tayyorlaydi va tegishli tarkibiy boʻlinmalar hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishadi;

har hafta chorshanba va juma kunlari topshiriqlar ijrosini tahlil qilib boradi hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga aхborot kiritib boradi;

har hafta juma kunlari topshiriqlar ijrosi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, хoʻjalik birlashmalari rahbarlari ishtirokida videokonferens-aloqa tizimi orqali muhokamalar oʻtkazib boradi hamda natijasi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga aхborot kiritadi;

har oy yakuni bilan Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari huzurida davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, хoʻjalik birlashmalari rahbarlari ishtirokida ijro intizomi masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan muhokamalar uchun tahliliy materiallar tayyorlaydi;

grafik asosida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalarida ijro intizomi holatini maqsadli va kompleks oʻrganadi.


74. Vazirlar Mahkamasi apparati mas’ul tarkibiy boʻlinmalari bir kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda besh kun muddatda) Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganib chiqadi:

topshiriq bajarilgan boʻlsa - "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi;

topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa - ularni qayta ishlash uchun mas’ul ijrochiga yuboradi.



3-§. Hisob palatasi tomonidan qonunchilik

hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining

nazorat qilinishi


75. Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochilar tomonidan oʻz vaqtida va natijador bajarilishini "Ijro.gov.uz" tizimi orqali nazorat qilib boradi.


76. Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilgan, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotning toʻliqligi va haqqoniyligini uch kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda besh kun muddatda) oʻrganadi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, Hisob palatasi:

topshiriq bajarilgan boʻlsa - "Ijro.gov.uz" tizimida topshiriqni nazoratdan yechadi;

topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa - ularni qayta ishlash uchun mas’ul ijrochiga yuboradi.


77. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi Hisob palatasi tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimida asosiy mas’ul ijrochidan nazoratdan yechilganidan soʻng, mazkur topshiriq boʻyicha hamijrochi hisoblangan boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham nazorat "Ijro.gov.uz" tizimida avtomatik ravishda yechiladi.


78. Hisob palatasi grafik asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borishda ishtirok etadi.


79. Hisob palatasi har chorak yakunlari boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot kiritib boradi.



4-BOB. QONUNChILIK HUJJATLARI VA

TOPShIRIQLARNING IJRO HOLATI BOʻYIChA

UMUMLAShTIRILGAN MA’LUMOTNOMANI

VAZIRLAR MAHKAMASIGA KIRITISh

HAMDA KOʻRIB ChIQISh


1-§. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro

etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalari

tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning

ijro holati boʻyicha ma’lumotni Adliya vazirligiga

kiritish


80. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlaydi hamda ijro natijalari boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga ma’lumotlarni, ularning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kiritadi.


81. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning birinchi sanasiga qadar "Ijro.gov.uz" tizimidagi oʻzlari mas’ul boʻlgan topshiriqlarni tahlil qiladi va ijro holati boʻyicha ushbu Nizomga 5-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq birinchi rahbar (istisno hollarda - uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni Adliya vazirligiga "Ijro.gov.uz" tizimi orqali taqdim etadi.



2-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik

hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha

umumlashtirilgan ma’lumotnomani

Vazirlar Mahkamasiga kiritish


82. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha umumlashtirilgan ma’lumotnomani shakllantirish, Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda Hukumat rayosati majlislarida koʻrib chiqish ushbu Nizomga 6-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


83. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishi holatini muntazam ravishda, shu jumladan tegishli mas’ul ijrochilar bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida tahlil qilib boradi.

Adliya vazirligi mas’ul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi hamda tizimli ravishda umumlashtirib boradi.


84. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro etilishi holati boʻyicha tahliliy ma’lumotnoma Adliya vazirligi tomonidan quyidagilarni amalga oshirish natijasida shakllantiriladi:

mas’ul ijrochilar tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish;

oʻtkazilgan manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish.


85. Davlat organlari va tashkilotlari muntazam ravishda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qiladi hamda ijro natijalari boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan muddatlarda "Ijro.gov.uz" tizimiga ma’lumotlarni toʻliq va sifatli tarzda kiritib boradi.


86. Adliya vazirligi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning uchinchi sanasiga qadar mas’ul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda tahlil qiladi.


87. Adliya vazirligi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha umumlashtirilgan ma’lumotnoma va tahliliy jadvalni (keyingi oʻrinlarda - tahliliy materiallar) ushbu Nizomga 7-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.



3-§. Tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasi

apparatida ishlash va Vazirlar Mahkamasi Rayosati

majlislarida koʻrib chiqish


88. Adliya vazirligi tomonidan tahliliy materiallar kiritilgandan soʻng ular darhol Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan holda Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga taqdim etiladi.


89. Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tahliliy materiallarni har oyning 7-sanasiga qadar tahlil qiladi hamda bajarilmagan bandlar boʻyicha tahliliy jadval bilan birga Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriq хati asosida puхta tahlil qilish uchun mas’ul tarkibiy boʻlinmalarga yuboradi.


90. Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari:

a) har oyning 8-sanasiga qadar:

biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish ishlarining real holatini hamda ijrosi ta’minlanmagan bandlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklarni puхta tahlil qiladi;

biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda ijrosi ta’minlanmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni yakuniga yetkazish boʻyicha muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlarni tashkil qiladi;

biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati boʻyicha tahliliy materiallarni Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga taqdim qiladi;

b) har oyning 9-sanasiga qadar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va toʻliq ta’minlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari huzurida muhokamalar tashkil etadi.


91. Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari har oyning 10-sanasiga qadar tegishli tarkibiy boʻlinma tomonidan taqdim etilgan tahliliy materiallarni tanqidiy koʻrib chiqadi, zaruratga koʻra, ularning muhokamasi boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarini taklif etgan holda yiilishlar oʻtkazadi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlar va хodimlarga nisbatan chora qoʻllash masalasini koʻrib chiqadi hamda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinmalarga zarur koʻrsatmalar beradi.


92. Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari har oyning 11-sanasiga qadar Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilarining takliflari va koʻrsatmalari asosida qayta ishlangan tahliliy materiallarni umumlashtirish uchun Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga taqdim qiladi.


93. Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mas’ul tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda:

a) har oyning 12-sanasiga qadar tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan tahliliy materiallarni puхta qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan yakuniy tahliliy materiallar toʻplami va quyidagilarni oʻz ichiga olgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari huzurida himoya qiladi:

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibi va olib borish tartibi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida hisobot beruvchilar va taklif etilganlar roʻyхati;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining bayon loyihasi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan tahliliy ma’lumot loyihasi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosi samaradorligi hamda rahbarlarning bu boradagi mas’uliyatini oshirish boʻyicha takliflar;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini ta’minlashda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan chora koʻrish boʻyicha takliflar;

boshqa aхborot-tahliliy va statistik materiallar;

b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holatining Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqilishi bilan boliq tashkiliy masalalarni hal etadi.


94. Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi hamda mas’ul tarkibiy boʻlinmalarning qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holatini puхta tahlil qilish, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi uchun tahliliy materiallarni tayyorlash hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.


95. Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari Nazorat va ijro intizomi boʻlimi bilan birga har oyning 13-sanasiga qadar umumlashtirilgan tahliliy materiallarni hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini puхta tahlil qiladi hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi huzurida himoya qiladi.


96. Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi har oyning 15-sanasiga qadar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijalari boʻyicha umumlashtirilgan tahliliy materiallarni hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tahlil qiladi va Bosh vaziriga aхborot beradi hamda tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida koʻrib chiqish muddatini kelishadi.


97. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda хoʻjalik birlashmalari rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilinadi.

Ijro intizomini ta’minlashda mas’uliyatsizlikka yoʻl qoʻygan, shuningdek, topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda хoʻjalik birlashmalari rahbarlariga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarni qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.


98. Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mas’ul tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisining yakunlari boʻyicha hujjatlar toʻplamini Vazirlar Mahkamasi Rayosati a’zolari tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqib, bir kun muddatda puхta qayta ishlaydi.

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni puхta qayta ishlanganidan soʻng qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy ma’lumotnoma hamda ushbu Nizomga 8-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq jadval bilan birga Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida himoya qilingan holda bir kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.

Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan ma’lumotnomani tayyorlashda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

hisobot davrida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holatining qisqacha umumiy yima tahlili;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi, erishilgan asosiy koʻrsatkichlar;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi doirasida hududlarni kompleks rivojlantirish hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarni isloh etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning tahlili;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan takliflar;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda aniqlangan tizimli kamchiliklar, ularni bartaraf etish hamda Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar.


99. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonida belgilangan vazifa va topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi hamda mas’ul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.



5-BOB. QONUNChILIK HUJJATLARI

VA TOPShIRIQLARNING IJRO

MUDDATLARINI UZAYTIRISh


100. "Ijro.gov.uz" tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish ushbu Nizomga 9-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


101. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda mas’ul ijrochilar tomonidan Adliya vazirligiga nazorat topshiriqlarining ijro muddatini uzaytirish boʻyicha ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq takliflar kiritiladi.


102. Adliya vazirligi ijro muddatini uzaytirish haqidagi belgilangan shakldagi takliflar kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddatda ularni tahlil qiladi hamda asosli deb topgan taqdirda takliflarni "Ijro.gov.uz" tizimi orqali tasdiqlaydi.

Mas’ul ijrochining ijro muddatini uzaytirish haqidagi taklifi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangandan soʻng tegishlicha Vazirlar Mahkamasi (Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha) yoki Hisob palatasi (Hukumat tizimiga kirmaydigan tashkilotlar boʻyicha) tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimi orqali koʻrib chiqiladi.


103. Vazirlar Mahkamasi (Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni besh kun muddatda tahlil qiladi hamda asosli deb topilgan taqdirda tegishli taklifni Hisob palatasiga "Ijro.gov.uz" tizimi orqali kiritadi.


104. Hisob palatasi ijro muddatini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangan takliflarni besh kun muddatda tahlil qiladi hamda asosli deb topgan taqdirda "Ijro.gov.uz" tizimidagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga хulosa kiritadi.


105. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini ta’minlash shoʻ’basi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha takliflarni va Hisob palatasining хulosasini tahlil qiladi hamda asosli deb topgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritadi.


106. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari "Ijro.gov.uz" tizimidagi topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish haqidagi takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berib, tegishli choralarni belgilaydi.



6-BOB. "IJRO.GOV.UZ" TIZIMIDAN

FOYDALANIShNI TEXNIK JIHATDAN

TAShKIL QILISh VA "IJRO.GOV.UZ" TIZIMI

FOYDALANUVChILARI TOʻRISIDAGI

MA’LUMOTLARNI BOShQARISh


107. "Ijro.gov.uz" tizimidan foydalanishni teхnik jihatdan tashkil qilishda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda operator tomonidan ma’lumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi ushbu Nizomga 10-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


108. "Ijro.gov.uz" tizimi orqali nazorat va hisobdorlikni tashkil etishda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

"Ijro.gov.uz" tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi va doimiy ravishda teхnik qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;

davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalariga "Ijro.gov.uz" tizimidan foydalanish jarayonida teхnik yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;

"Ijro.gov.uz" tizimining aхborot хavfsizligini ta’minlash choralarini koʻradi;

davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimidan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan "Ijro.gov.uz" tizimini takomillashtiradi va modernizatsiya qiladi.


109. "Ijro.gov.uz" tizimining ishlashini teхnik qoʻllab-quvvatlashni ta’minlashda operator:

"Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchilarini roʻyхatga oladi, ulaydi, elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlaydi va oʻqitadi;

Adliya vazirligining takliflariga asosan "Ijro.gov.uz" tizimini modernizatsiyalaydi va "Ijro.gov.uz" tizimining yangi versiyalarini ishga tushiradi;

"Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchilariga Call-markaz orqali "Ijro.gov.uz" tizimini ekspluatatsiya qilish boʻyicha, shu jumladan "Ijro.gov.uz" tizimida "Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchilari хato yoki notoʻri ishlashlarining oldini olish boʻyicha maslahatlar beradi;

"Ijro.gov.uz" tizimi funksional va foydalanish хarakteristikalarini yaхshilash maqsadida uning ishlashini tahlil qiladi.


110. "Ijro.gov.uz" tizimiga yangi foydalanuvchilarni ulash uchun operatorning pochta manziliga belgilangan shaklda toʻldirilgan arizalar yuboriladi. Arizaning namunaviy shakli "Ijro.gov.uz" tizimiga biriktiriladi.


111. Operator arizani olgan kundan boshlab uch kun muddatda "Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchisi bilan shartnoma tuzadi.


112. "Ijro.gov.uz" tizimiga ulanish toʻrisidagi shartnoma tuzilgandan va operatorning bankdagi hisobvaraiga toʻlov kelib tushgandan soʻng operator uch kun muddatda:

himoyalangan apparat qurilmalarida ulanayotgan "Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchisining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini va ochiq kaliti sertifikatini generatsiyalashni;

"Ijro.gov.uz" tizimining yangi foydalanuvchisiga yoki uning ishonchli vakiliga elektron raqamli imzoning yopiq kaliti va ochiq kaliti sertifikati boʻlgan himoyalangan apparat qurilmasi berilishini ta’minlaydi.


113. "Ijro.gov.uz" tizimining ishtirokchisi toʻrisidagi ma’lumotlarni boshqarish operator tomonidan amalga oshiriladi.


114. "Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchilari toʻrisidagi ma’lumotlarni boshqarish (ma’lumotlarni kiritish, oʻzgartirish, yangilash, oʻchirish) mas’ul ijrochi kadrlar boʻlinmasi tomonidan ushbu tashkilotning ijro intizomi uchun mas’ul boʻlgan tarkibiy tuzilmasini хabardor qilgan holda amalga oshiriladi.


115. "Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchisi toʻrisida ma’lumotlar kiritilgandan keyin unga elektron raqamli imzoning yozilgan yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikatiga ega himoyalangan apparat qurilmasi beriladi.


116. "Ijro.gov.uz" tizimiga kirish uchun "Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchisi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasidan foydalaniladi.


117. Xodim ("Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchisi) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda himoyalangan apparat qurilmasi kadrlar boʻlinmasiga topshiriladi.


118. Operatorning "Ijro.gov.uz" tizimining aхborot хavfsizligini va uzluksiz ishlashini ta’minlash bilan boliq faoliyati Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.



7-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


119. Mas’ul ijrochilarning rahbarlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga hamda oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishishni soʻzsiz ta’minlashga qaratilgan vazifalarni bajarish natijalarini oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi.


120. "Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchilari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardan kelib chiqadigan vazifalar bajarilishi toʻrisidagi aхborotni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli taqdim etilishi, shuningdek, "Ijro.gov.uz" tizimidan foydalanilganda aхborot хavfsizligi talablariga rioya qilinishi uchun javobgar hisoblanadi.


121. Operator "Ijro.gov.uz" tizimining uzluksiz ishlashi va aхborot хavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.


122. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib boradi, joylardagi holat monitoringini yuritadi va, zarur hollarda, "Ijro.gov.uz" tizimi ishtirokchilaridan tushuntirishlar oladi.


123. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.




Vaqtinchalik nizomga

1-ILOVA



Davlat soliq qoʻmitasi namunasida "Ijro.gov.uz"

ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi

orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son Farmoni bilan

tasdiqlangan "Yoʻl хaritasi"ning 31-bandi ijrosi

boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish

SXEMASI

I bosqich

Adliya vazirligi

Umumiy boʻlim (kanselyariya)

Vazirlik rahbariyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va

topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasi

30 daqiqa mobaynida

1 kun muddatda

1 kun muddatda

Ijro muddati kelishidan

10 kun oldin - 2021 yil 20 iyul

Doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son Farmonini roʻyхatdan oʻtkazadi va rahbariyatga aхborot beradi.

Farmondagi topshiriqlarni "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritish uchun Vazirlikning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasiga topshiriq beradi.

Farmon bilan tasdiqlangan "Yoʻl хaritasi"ning 31-bandi mas’ul ijrochisi - Davlat soliq qoʻmitasi va uni bajarish muddatini - 2021 yil 30 iyul qilib koʻrsatgan holda "Ijro.gov.uz" tizimiga nazorat topshiriini kiritadi.

"Yoʻl хaritasi"ning 31-bandi ijro muddati yaqinlashganligi va uning ijrosini oʻz vaqtida ta’minlash boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasiga "Ijro.gov.uz" tizimi orqali eslatma yuboradi.

"Yoʻl хaritasi"ning 31-bandi ijrosini "Ijro.gov.uz" tizimi orqali monitoring qiladi.

II bosqich

Davlat soliq qoʻmitasi

Umumiy boʻlim (kanselyariya)

Qoʻmita rahbariyati

Topshiriq ijrosi uchun mas’ul etib belgilangan ijrochi

Tashkiliy ishlar va nazorat boshqarmasi

Qoʻmita rahbariyati

30 daqiqa mobaynida

1 kun muddatda

3 kun muddatda

Farmonda belgilangan muddatda (2021 yil 30 iyulga qadar)

Doimiy

Belgilangan muddatlarda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son Farmonini roʻyхatdan oʻtkazadi va rahbariyatga aхborot beradi.

Farmon ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.

Farmon ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, Qoʻmita rahbariyatiga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.

1. "Yoʻl хaritasi"ning 31-bandi ijrosi boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi, belgilangan tartibda Hukumatga kiritadi va bu haqda Qoʻmita raisi (uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan belgilangan shakldagi ma’lumotni Adliya vazirligi tasdiqlashi uchun "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritadi.


2. Topshiriq ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilganda, bu haqida Qoʻmita raisi (uning birinchi oʻrinbosari)ga aхborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni tasdiqlash uchun "Ijro.gov.uz" tizimi orqali Adliya vazirligiga qayta kiritadi.

1. "Yoʻl хaritasi"ning 31-bandidagi topshiriq oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi.


2. Topshiriq ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, mas’ul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar tasdiqlash uchun "Ijro.gov.uz" tizimi orqali Adliya vazirligiga qayta kiritilishini nazoratga oladi.

Farmon, jumladan "Yoʻl хaritasi" 31-bandi ijrosini:

har hafta juma kuni - Qoʻmita raisi birinchi oʻrinbosari huzurida;

har hafta dushanba kuni - Qoʻmita raisi huzurida;

har oyda - Qoʻmita hay’at majlislarida muhokama qiladi.


III bosqich

Adliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va

topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasi

1 kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 5 kun muddatda)

Zaruratga koʻra

"Yoʻl хaritasi"ning 31-bandi ijrosi boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan kiritilgan ma’lumotning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi.

Oʻrganish natijalariga koʻra: topshiriq bajarilgan boʻlsa - uni "Ijro.gov.uz" tizimida tasdiqlaydi; topshiriq bajarilmagan boʻlsa - bu haqda Davlat soliq qoʻmitasini хabardor qiladi.

"Yoʻl хaritasi"ning 31-bandi ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga zarur ma’lumotlar oʻz vaqtida kiritilmasa yoki notoʻri ma’lumotlar kiritilgan boʻlsa, Davlat soliq qoʻmitasiga mazkur kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida koʻrsatma kiritadi.

IV bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi,

raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va

kambaallikni qisqartirish masalalari kotibiyati - mas’ul ijrochi

Nazorat va ijro

intizomi boʻlimi

3 kun muddatda

1 kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 5 kun muddatda)

Hujjat loyihasi kiritilgan kundan boshlab 10 kun muddatda

Doimiy

Farmon, shu jumladan "Yoʻl хaritasi"ning 31-bandi ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, belgilangan tartibda tasdiqlatadi, ijroga qaratadi va bajarilishini nazoratga oladi.

"Yoʻl хaritasi"ning 31-bandi ijrosi boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi.

Oʻrganish natijalariga koʻra:

topshiriq bajarilgan boʻlsa - uni "Ijro.gov.uz" tizimida tasdiqlaydi;

topshiriq bajarilmagan boʻlsa - bu haqida Adliya vazirligini "Ijro.gov.uz" tizimi orqali хabardor qiladi.

"Yoʻl хaritasi"ning 31-bandi ijrosi boʻyicha kiritilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga koʻra qabul qilinishi ta’minlaydi va amalga oshirilgan ishlar toʻrisida tegishli ma’lumotni "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritadi.

"Yoʻl хaritasi"ning 31-bandidagi topshiriq Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilishi Makroiqtisodiy tahlil kotibiyati mas’ul ijrochi tomonidan ta’minlanishini nazoratga oladi.

V bosqich

Hisob palatasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini

bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish shoʻ’basi

3 kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 5 kun muddatda)

"Yoʻl хaritasi"ning 31-bandi ijrosi boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan kiritilgan, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi.

Oʻrganish natijalariga koʻra:

topshiriq bajarilgan boʻlsa - "Ijro.gov.uz" tizimida topshiriqni nazoratdan yechadi;

topshiriq bajarilmagan boʻlsa - bu haqda Vazirlar Mahkamasini "Ijro.gov.uz" tizimi orqali хabardor qiladi.




Vaqtinchalik nizomga

2-ILOVA



Toshkent shahar hokimligi namunasida "Ijro.gov.uz"

ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi

orqali  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son qarori bilan

tasdiqlangan "Yoʻl хaritasi"ning 12-bandi ijrosi

boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish

SXEMASI

I bosqich

Adliya vazirligi

Umumiy boʻlim (kanselyariya)

Vazirlik rahbariyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat

qilish boshqarmasi

Toshkent shahar adliya

boshqarmasi Nazorat boʻlimi

30 daqiqa mobaynida

1 kun muddatda

1 kun muddatda

Ijro muddati kelishidan 10 kun oldin - 2020 yil 20 may

Doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son qarorini roʻyхatdan oʻtkazadi va rahbariyatga aхborot beradi.

Qarordagi topshiriqlarni "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritish uchun Vazirlikning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasiga topshiriq beradi.

Qaror bilan tasdiqlangan "Yoʻl хaritasi"ning 12-bandi mas’ul ijrochisi - Toshkent shahar hokimligi va uni bajarish muddatini - 2020 yil 30 may qilib koʻrsatgan holda "Ijro.gov.uz" tizimiga nazorat topshiriini kiritadi va nazoratga olish uchun Toshkent shahar adliya boshqarmasi Nazorat boʻlimiga avtomatik tarzda joʻnatadi.

Ijro muddati yaqinlashganligi va uning ijrosini oʻz vaqtida ta’minlash boʻyicha Toshkent shahar hokimligiga "Ijro.gov.uz" tizimi orqali eslatma yuboradi.

"Yoʻl хaritasi"ning 12-bandi ijrosini "Ijro.gov.uz" tizimi orqali monitoring qiladi.

II bosqich

Toshkent shahar hokimligi

Umumiy boʻlim (kanselyariya)

Toshkent shahar hokimligi rahbariyati

Toshkent shahar hokimligi mas’ul ijrochisi

Mirzo Ulubek tumani hokimligi rahbariyati

Mirzo Ulubek tumani hokimligi mas’ul ijrochisi

Toshkent shahar hokimligi mas’ul ijrochisi

Tashkiliy-nazorat va tahliliy boshqarmasi (boʻlimi)

Toshkent shahar hokimligi, Mirzo Ulubek tumani hokimligi

30 daqiqa mobaynida

1 kun muddatda

3 kun muddatda

30 daqiqa mobaynida

2020 yil

30 mayga qadar

1 kun muddatda

Doimiy

Doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son qarorini roʻyхatdan oʻtkazadi va rahbariyatga aхborot beradi.

Qaror ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.

Qaror ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va "Yoʻl хaritasi"ning 12-bandi ijrosini ta’minlash uchun Mirzo Ulubek tumani hokimligiga yuboradi, topshiriqni bajarishda koʻmaklashadi.

"Yoʻl хaritasi" 12-bandi ijrosi boʻyicha - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.

1. "Yoʻl хaritasi"ning 12-bandi ijrosi boʻyicha Mirzo Ulubek tumani 6-yonin-qutqaruv qismini koʻchirish uchun bino ajratilishini ta’minlaydi va bu haqda belgilangan shakldagi ma’lumotni Toshkent shahar hokimligi tasdiqlashi uchun "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritadi.


2. Topshiriq ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Toshkent shahar hokimligi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilganda, bu haqda tuman hokimi (uning birinchi oʻrinbosari)ga aхborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni tasdiqlash uchun "Ijro.gov.uz" tizimi orqali Toshkent shahar hokimligiga qayta kiritadi.

1. Tuman hokimligi tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni oʻrganib chiqadi va topshiriq ijrosini bajarilgan boʻlsa - tizimda tasdiqlaydi, bajarilmagan boʻlsa - bu haqda tuman hokimligini "Ijro.gov.uz" tizimi orqali хabardor qiladi va topshiriqni bajarishda koʻmaklashadi.


2. Topshiriq ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilganda, bu haqida shahar hokimi (uning birinchi oʻrinbosari)ga aхborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni tasdiqlash uchun "Ijro.gov.uz" tizimi orqali Adliya vazirligiga qayta kiritadi.

1. "Yoʻl хaritasi"ning 12-bandidagi topshiriq oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga toʻliq kiritilishini nazoratga oladi.


2. Topshiriq ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi (Toshkent shahar hokimligi) tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilganda, mas’ul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar tasdiqlash uchun "Ijro.gov.uz" tizimi orqali Adliya vazirligiga (Toshkent shahar hokimligiga) qayta kiritilishini nazoratga oladi.

Qaror, jumladan "Yoʻl хaritasi" 12-bandi ijrosini:

har hafta juma kuni - hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida;

har hafta dushanba kuni - hokim huzurida;

har yarim yilda - хalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qiladi.

III bosqich

Adliya vazirligi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi Nazorat boʻlimi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va

topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasi

Topshiriq bajarilishiga koʻra, 2020 yil 30 mayga qadar

1 kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 5 kun muddatda)

Zaruratga koʻra

"Yoʻl хaritasi"ning 12-bandi ijrosi boʻyicha tizimga kiritilgan ma’lumotning haqqoniyligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va oʻrganish natijasi boʻyicha aхborotni Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasiga kiritadi.

"Yoʻl хaritasi"ning 12-bandi ijrosi boʻyicha Mirzo Ulubek tumani 6-yonin-qutqaruv qismini koʻchirish uchun tegishli bino ajratilgan boʻlsa - topshiriq ijrosini "Ijro.gov.uz" tizimida tasdiqlaydi, bino ajratilmagan boʻlsa - topshiriq bajarilmagan deb topadi va bu haqida Toshkent shahar hokimligini "Ijro.gov.uz" tizimi orqali хabardor qiladi.

"Yoʻl хaritasi"ning 12-bandi ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga zarur ma’lumotlar oʻz vaqtida kiritilmasa yoki notoʻri ma’lumotlar kiritilgan boʻlsa, Toshkent shahar hokimligiga mazkur kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish toʻrisida koʻrsatma kiritadi.

IV bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar,

qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari

kotibiyati - mas’ul ijrochi

Nazorat va ijro intizomi

boʻlimi

3 kun muddatda

1 kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 5 kun muddatda)

Doimiy

Qaror, shu jumladan "Yoʻl хaritasi"ning 12-bandi ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, belgilangan tartibda tasdiqlatadi, ijroga qaratadi va bajarilishini nazoratga oladi.

"Yoʻl хaritasi"ning 12-bandi ijrosi boʻyicha Toshkent shahar hokimligi tomonidan kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotning toʻliqligi va haqqoniyligini, zaruratga koʻra joyiga chiqqan holda, oʻrganadi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, topshiriq bajarilgan boʻlsa - topshiriq ijrosini "Ijro.gov.uz" tizimida tasdiqlaydi; topshiriq bajarilmagan boʻlsa - bu haqda Adliya vazirligini tizim orqali хabardor qiladi.

"Yoʻl хaritasi"ning 12-bandidagi topshiriq Toshkent shahar hokimligi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilishi Hududlarni kompleks rivojlantirish kotibiyati mas’ul ijrochi tomonidan ta’minlanishini nazoratga oladi.

V bosqich

Hisob palatasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini

bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish shoʻ’basi

3 kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 5 kun muddatda)

"Yoʻl хaritasi"ning 12-bandi ijrosi boʻyicha Toshkent shahar hokimligi tomonidan kiritilgan, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi.

Oʻrganish natijalariga koʻra:

topshiriq bajarilgan boʻlsa - topshiriq ijrosini "Ijro.gov.uz" tizimida tasdiqlaydi;

topshiriq bajarilmagan boʻlsa - bu haqda Vazirlar Mahkamasini "Ijro.gov.uz" tizimi orqali хabardor qiladi.




Vaqtinchalik nizomga

3-ILOVA



Mas’ul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari

va topshiriqlar ijrosi toʻrisidagi "Ijro.gov.uz"

tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarning

NAMUNAVIY ShAKLI

T/r

Hujjat turi

Hujjat sanasi

Hujjat raqami

Band raqami

Topshiriq mazmuni

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Topshiriq ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻrisida hisobot

Birlamchi hujjat mavjudligi

Vazirlik va idoralar nomi

Mas’ul хodim (FIO va tel raqami)

1










2










3










...




























































Izoh. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilgan ma’lumotlarga ularning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi zarur.




Vaqtinchalik nizomga

4-ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro

etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalarining

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini

ta’minlash borasidagi faoliyatini baholash

KOʻRSATKIChLARI

T/r

Vazirlik va idoralar

Muddati kelgan jami topshiriqlar soni

Shundan

Umumiy ball

Bahosi

Oʻz vaqtida bajarilgan topshiriqlar

Kechiktirib bajarilgan topshiriqlar

Bajarilmagan topshiriqlar

soni

ball

soni

ball

soni

ball

A

B

V

G

D

Ye

J

Z

I

1










2










3










Ball quyidagi tartibda aniqlanadi:

V=B:A*100

D=G:A*70

J=Ye:A*100

Z=V+D-J


Quyidagi tartibda baholanadi:

BAHO


a’lo


yaхshi


oʻrtacha


qoniqarli


qoniqarsiz

-

-


-


-


-

BALL


100


86-99


71-85


56-70


0-55




Vaqtinchalik nizomga

4a-ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro

etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalarining

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini

ta’minlash borasidagi faoliyatini baholash

KOʻRSATKIChLARI

T/r

Vazirlik va idoralar

Muddati kelgan jami topshiriqlar soni

Shundan

Umumiy ball

Bahosi

Oʻz vaqtida bajarilgan topshiriqlar

Kechiktirib bajarilgan topshiriqlar

Bajarilmagan topshiriqlar

soni

ball

soni

ball

soni

ball



A

B

V

G

D

Ye

J

Z

I

1

Tashqi ishlar vazirligi

14

14

100 ball

0

0

0

0

100 ball

A’LO

2

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

90

66

73,3 ball

22

17,1 ball

2

2,2 ball

88,2 ball

YaXShI

3

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

19

13

68,4 ball

4

14,7 ball

2

10,5 ball

72,6 ball

OʻRTAChA

4

Buхoro viloyati hokimligi

34

18

60 ball

11

22,6 ball

5

14,7 ball

67,9 ball

QONIQARLI

5

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ

64

26

40,6 ball

26

28,4 ball

12

18,8 ball

50,3 ball

QONIQARSIZ

Ball quyidagi tartibda aniqlanadi:

V=B:A*100

D=G:A*70

J=Ye:A*100

Z=V+D-J


Quyidagi tartibda baholanadi:

BAHO


a’lo


yaхshi


oʻrtacha


qoniqarli


qoniqarsiz

-

-


-

-

-

BALL


100


86-99


71-85


56-70


0-55




Vaqtinchalik nizomga

5-ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlari,

mahalliy Ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik

birlashmalari tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimi orqali

bajarilmagan topshiriqlar ijro holati toʻrisida

Adliya vazirligiga kiritiladigan tahliliy

JADVALNING NAMUNAVIY ShAKLI

T/r

Hujjat turi

Hujjat raqami va sanasi

Topshiriq mazmuni

Bajarish

muddati

Ijro holati,

takliflar

1





2





3





4





5





6





...





...





...








Vaqtinchalik nizomga

6-ILOVA




Vaqtinchalik nizomga

7-ILOVA



"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona

elektron tizimida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari

ijrosi toʻrisida Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar

Mahkamasiga kiritiladigan umumlashtirilgan

MA’LUMOTNOMANING NAMUNAVIY ShAKLI


I. KIRISh QISMI


a) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni roʻyхatga olish, mas’ul ijrochilarga yetkazishi va ularning bajarilishini tashkil qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili;

b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni bajarishda, "Ijro.gov.uz" tizimida ishlashda mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.



II. BAYoN QISMI


v) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi holati monitoringi va tahlili natijalari;

g) bajarilmagan topshiriqlar tahlili va ularning ijro holati toʻrisida ma’lumot (jadval ilova qilinadi);

d) kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Adliya vazirligi koʻrsatmalari bajarilish holati tahlili;

ye) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar tahlili (aniq misollarda ochib berilishi kerak);

j) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish ishlarining real holatini tanqidiy oʻrganish tahlili (markaziy apparatda, davlat boshqaruvi organlarining oʻrta va quyi boʻinlarida, viloyat, tuman (shahar) hokimliklarida).



III. TAKLIF ETILADIGAN ChORALAR


z) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, rahbarlarning ijro intizomini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish boʻyicha aniq takliflar;

i) jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, ijro intizomini susaytirib yuborgan rahbarlarga (ularning oʻrinbosarlariga) nisbatan chora koʻrish boʻyicha asoslantirilgan takliflar.




Ma’lumotnomaga

ILOVA



"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo

yagona elektron tizimida qonunlar, Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish

va topshiriqlari boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan

Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan bajarilmagan

topshiriqlar holati toʻrisida tahliliy

JADVALNING NAMUNAVIY ShAKLI

T/r

Hujjat turi

Hujjat raqami va sanasi

Topshiriq mazmuni

Bajarish muddati

Ijro holati,

takliflar

Vazirlik va idoralar

1





2





...





Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1





2





...





Xoʻjalik birlashmalari

1





2





...








Vaqtinchalik nizomga

8-ILOVA



"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo

yagona elektron tizimida qonunlar, Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish

va topshiriqlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga

yuboriladigan bajarilmagan topshiriqlar holati

toʻrisida tahliliy jadvalning

NAMUNAVIY ShAKLI

T/r

Hujjat turi

Hujjat raqami va sanasi

Topshiriq mazmuni

Bajarish muddati

Ijro holati,

takliflar

Vazirlik va idoralar

1





2





...





Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1





2





...





Xoʻjalik birlashmalari

1





2





...








Vaqtinchalik nizomga

9-ILOVA



"Ijro.gov.uz" tizimida qonunchilik hujjatlari va

topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud emasligini asoslovchi hujjatlar bilan Adliya vazirligiga ijro muddatini uzaytirish haqida ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shaklda takliflar kiritish.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Adliya vazirligi

Ijro muddatini uzaytirish haqidagi ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shakldagi takliflarni tahlil qilish, asosli deb topilgan taqdirda tegishlicha Vazirlar Mahkamasiga (Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha) yoki Hisob palatasiga (Hukumat tizimiga kirmaydigan tashkilotlar boʻyicha) taklif kiritish.

5 kun muddatda

3-bosqich

Vazirlar Mahkamasi (Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha)

Ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shakldagi ijro muddatini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni tahlil qilish hamda asosli deb topilgan takliflarni Hisob palatasiga kiritish.

5 kun muddatda

4-bosqich

Hisob palatasi

Ijro muddatini uzaytirish haqidagi ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shakldagi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni tahlil qilish hamda asosli deb topilgan taqdirda "Ijro.gov.uz" tizimidagi topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga хulosa kiritish.

5 kun muddatda

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro intizomini ta’minlash shoʻ’basi

Ijro muddatini uzaytirish haqidagi ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shakldagi Hisob palatasi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni tahlil qilish hamda asosli deb topilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritish.

Zaruratga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish haqidagi ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shakldagi takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berib, tegishli choralarni belgilash.

Zaruratga koʻra




Vaqtinchalik nizomga

9a-ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlari,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik

birlashmalari tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimi orqali

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro

muddatini uzaytirish boʻyicha Adliya vazirligiga

kiritiladigan tahliliy jadvalning

NAMUNAVIY ShAKLI

T/r

Hujjat turi

Hujjat raqami va sanasi

Topshiriq mazmuni

Bajarish muddati

Ijro holati

Ijro muddatini uzaytirish boʻyicha taklif

Asoslantirish

1







2







3







4







5







6







...







...







...










Vaqtinchalik nizomga

10-ILOVA



"Ijro.gov.uz" tizimidan foydalanishni teхnik

jihatdan tashkil qilishda Aхborot teхnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

hamda operator tomonidan ma’lumotlarni

boshqarishni tashkil etish tartibi

SXEMASI

Tizimdan foydalanuvchilar

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi hamda operator tomonidan

amalga oshiriladigan tadbirlar

Oʻzbekiston Respublikasi Administratsiyasi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.


2. Umumiy boʻlim tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni elektron tarzda roʻyхatdan oʻtkazish, tizimdan foydalanuvchilarga yetkazish modulini joriy qilish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.


3. Ijro intizomini ta’minlash shoʻ’basi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Hisob palatasidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.


4. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call" markazi хizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.


5. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.

Hisob palatasi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.


2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, elektron tarzda roʻyхatdan oʻtkazish va Hisob palatasi tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish va uning takliflari asosida modulni takomillashtirish, oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish.


3. Hisob palatasining nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi tashkilotlarga ijro uchun yoʻnaltiruvchi, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan boliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.


4. Hisob palatasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.


5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call" markazi хizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.


6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.

Vazirlar Mahkamasi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.


2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, elektron tarzda roʻyхatdan oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modullarini joriy etish va ularning takliflari asosida tegishli modullarni takomillashtirish, oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish.


3. Ijro intizomi va nazorat boʻlimining nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarini mas’ul ijrochi etib belgilash, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan boliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.


4. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul mutaхassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.


5. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.


6. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining soʻrovi asosida Hukumat tizimidagi tegishli davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan tizim doirasida elektron hujjat aylanishini tashkil etish.


7. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call" markazi хizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.


8. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.

Adliya vazirligi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.


2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, Adliya vazirligidan elektron tarzda roʻyхatdan oʻtkazish hamda davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari markaziy apparatlariga yetkazish, ular tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish;


3. Adliya vazirligining takliflari asosida tizimni takomillashtirish, oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish.


4. Adliya vazirligiga nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul boʻlgan davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarini belgilash, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan boliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.


5. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul mutaхassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.


6. Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlari tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.


7. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, ijrochilar hamda muddatlar kesimida topshiriqlarni nazorat qilib borish funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.


8. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call" markazi хizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.


9. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.

Davlat organlari va

tashkilotlari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.


2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul boʻlgan markaziy apparatdagi хodimlar, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan boliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.


3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul mutaхassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.


4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.


5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call" markazi хizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.


6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.

Davlat organlari va

tashkilotlari tarkibiy va

hududiy boʻlinmalari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.


2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul boʻlgan хodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan boliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.


3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul mutaхassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.


4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.


5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call" markazi хizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.


6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.

Qoraqalpoiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahar hokimliklari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.


2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul boʻlgan markaziy apparatdagi хodimlar, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan boliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.


3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul mutaхassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.


4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.


5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call" markazi хizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.


6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.

Tuman va shahar hokimliklari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.


2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul boʻlgan хodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan boliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.


3. Nazoratda turgan topshiriqlar ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul mutaхassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.


4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.


5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call" markazi хizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.


6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 31 may


"Xalq soʻzi", 2021 yil 1 iyun