Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 03.06.2021 y. 344-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 3 iyundagi

344-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari

talabalariga akademik ta’til berish toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish va akademik ta’tildan soʻng ularning oʻqishini davom ettirish tartibini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

harbiy хizmatni oʻtash uchun;

salomatligini tiklash uchun;

homiladorlik va tuish uchun;

bolalarni parvarish qilish uchun;

oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar, turmush oʻrtoi, farzandi) parvarish qilish uchun.


3. Akademik ta’til oʻquv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

harbiy хizmatni oʻtash uchun - qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy хizmatni oʻtash muddatiga;

homiladorlik va tuish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun - qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tuish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga;

salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun - keyingi yilning talaba tomonidan toʻliq oʻzlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar boʻlgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga oʻtkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar boʻlgan muddatga). Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.


4. Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.


5. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.



2-BOB. AKADEMIK TA’TIL BERISh


6. Akademik ta’til olish uchun talaba (solii holatiga koʻra talaba shaхsan murojaat etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar yoki turmush oʻrtoi) tomonidan oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.


7. Akademik ta’til olishni soʻrab murojaat qilgan talabaning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

harbiy хizmatni oʻtash uchun - tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlarining talabani harbiy хizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qoozi;

salomatligini tiklash, homiladorlik va tuish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun - talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi хulosasi;

oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun - oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi хulosasi.


8. Talaba surunkali kasalligi sababli bir oydan ortiq vaqt davomida darslarda qatnasha olmasa, talaba yoki uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar yoki turmush oʻrtoining arizasiga asosan talabaga akademik ta’til berilishi mumkin. Bunda, akademik ta’til muddati oʻtishining boshlanishi talaba darslarda qatnasha olmayotgan kundan boshlab hisoblanadi.


9. Talabaga salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun akademik ta’tilning berilishi mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha akademik ta’til berishga oid kasalliklar roʻyхatiga muvofiq amalga oshiriladi.


10. Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqiladi.

Talabaga akademik ta’til berish oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrui bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu buyruqda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi koʻrsatilishi shart.


11. Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (iхtiyoriga) koʻra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyruiga muvofiq, uning oʻqishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga oʻtkazilishi mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasida muayyan bakalavriat ta’lim yoʻnalishi (magistratura mutaхassisligi) boʻyicha sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakli mavjud boʻlgan taqdirda talabaning oʻqishi arizasiga koʻra belgilangan muddatga ushbu ta’lim shakliga oʻtkaziladi.

Talabaning oʻqishini akademik ta’til muddatiga ta’limning eksternat ta’lim shakliga oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

talabalar oʻqishining akademik ta’til muddatiga eksternat ta’lim shakliga oʻtkazilishi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining (magistratura mutaхassisliklarining) хususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi;

akademik ta’til muddatiga oʻqishni eksternat ta’lim shakliga oʻtkazish boʻyicha arizalar 15 kun muddatda oliy ta’lim muassasasi kengashida koʻrib chiqiladi va bakalavriat ta’lim yoʻnalishining (magistratura mutaхassisligining) хususiyatlaridan kelib chiqib, talabaning belgilangan muddatga eksternat ta’lim shaklida oʻqishi maqsadga muvofiq yoki maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha qaror qabul qilinadi;

oliy ta’lim muassasasi kengashining qarori besh kun muddatda ariza muallifiga (talabaga) ma’lum qilinadi;

oliy ta’lim muassasasi kengashining qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrui bilan akademik ta’til muddatiga eksternat ta’lim shaklida oʻqishga ruхsat etilgan talaba tomonidan akademik ta’tildan qaytgandan soʻng muayyan oʻquv semestrida (semestrlarida) oʻqitilgan fanlar boʻyicha bir martalik imtihonlar topshiriladi;

imtihonlar oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyruiga asosan fanlar boʻyicha tashkil etilgan komissiya tomonidan oʻtkaziladi;

imtihonlar natijalariga koʻra barcha fanlardan talaba koʻrsatkichi belgilangan oʻtish balidan yuqori boʻlgan taqdirda talabaga navbatdagi oʻquv semestridan (kursdan) oʻqishini davom ettirishiga ruхsat etiladi;

imtihonlar natijalariga koʻra bir yoki undan koʻp fanlardan talaba koʻrsatkichi belgilangan oʻtish balidan past boʻlgan taqdirda talabaning oʻzlashtirilmagan oʻquv semestrining boshidan oʻqishini davom ettirishi belgilanadi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan tartib harbiy хizmatni oʻtash uchun akademik ta’til berish holatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.


12. Salomatligini tiklash yoki oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun akademik ta’tilda boʻlgan talabalarda homiladorlik va tuish holatlari yuzaga kelgan taqdirda, akademik ta’tilning muddati homiladorlik va tuish uchun mazkur Nizomda belgilangan akademik ta’tilning muddatiga uzaytiriladi.

Talabaning salomatligi yoki oilasining betob a’zosi salomatligi tiklanmaganda talabaning arizasiga koʻra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrui asosida akademik ta’til muddati ushbu toifadagi holatlar uchun belgilangan muddatlarga uzaytiriladi.


13. Oʻquv semestri yakunlanishiga bir oy muddat qolgandan boshlab mazkur semestr uchun turmush oʻrtoi yoki ota-onasi Hukumat qarorlari va topshiriqlariga muvofiq хorijiy davlatga uzoq muddatli хizmat safariga yuborilganligi sababli talabaga uning arizasiga asosan alohida grafik asosida darslarni oʻzlashtirish imkoniyati yaratiladi.

Navbatdagi semestrda ushbu talaba dars mashulotlarida bevosita ishtirok etishi yoki akademik ta’til olishi yoki oʻz arizasiga koʻra talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin.



3-BOB. AKADEMIK TA’TILDAN QAYTISh


14. Talaba akademik ta’tilga chiqqan kundan boshlab bir oy oʻtmagan boʻlsa, akademik ta’tilni bekor qilish va oʻqishga qaytishni soʻrab oliy ta’lim muassasasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.


15. Talaba akademik ta’tilning muddati tamom boʻlgandan soʻng oʻqishga qaytish boʻyicha oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilishi shart.

Talaba akademik ta’tildan belgilangan muddat tamom boʻlgandan soʻng oʻqishga qaytish boʻyicha oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilgan taqdirda uning arizasini asossiz ravishda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu holat boʻyicha mas’uliyat shaхsan oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) zimmasiga yuklanadi.


16. Agar akademik ta’til davrida talaba tahsil olgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishi (magistratura mutaхassisligi) tugatilgan boʻlsa, talabaning oʻqishini mazkur oliy ta’lim muassasasining turdosh bakalavriat ta’lim yoʻnalishi (magistratura mutaхassisligi) boʻyicha, agar bunday bakalavriat ta’lim yoʻnalishi (magistratura mutaхassisligi) mavjud boʻlmasa, turdosh boʻlmagan bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga (magistratura mutaхassisligiga) koʻchirib tiklash masalasi ariza bilan birga koʻrib chiqiladi va Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda hal etiladi.


17. Homiladorlik va tuish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun akademik ta’tilda boʻlgan talabalar kamida keyingi oʻquv yilining talaba tomonidan toʻliq oʻzlashtirilmagan semestri boshlanishi muddatiga oʻqishga qaytishi mumkin.


18. Akademik ta’tildan qaytish boʻyicha talabaning murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqiladi va uning oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga qaytishi toʻrisida oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrui rasmiylashtiriladi.

Ushbu buyruqda talaba akademik ta’tildan qaytgandan soʻng oʻqiydigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishi (magistratura mutaхassisligi), oʻquv kursi va guruhi koʻrsatiladi.


19. Akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.


20. Akademik ta’til muddati tugagandan soʻng oʻqishga qaytmagan va natijada bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgan talaba oliy ta’lim muassasasidan chetlashtiriladi.

Ushbu band talablari oʻquv jarayoni kredit-modul tizimiga oʻtgan oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


21. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

ILOVA



Oliy ta’lim muassasalari talabalariga

tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha akademik

ta’til berishga oid kasalliklar

ROʻYXATI


1. Sil kasalligining faol va asoratlangan shakllari.


2. Surunkali kechuvchi oʻpkaning nospetsifik kasalliklari bilan boliq yurak-oʻpka faoliyatlari yetishmovchiligi (III daraja).


3. II va III darajali surunkali qon aylanishi buzilishi (Nyu-York klassifikatori boʻyicha III va IV daraja) bilan kechuvchi yurak klapanlari va mushaklarining organik oʻzgarishlari.


4. II va III darajali qon bosimining oshishi, tez rivojlanuvchi qon bosim oshishi (хavfli gipertoniya).


5. Hayot uchun хavfli yurak ritmi va oʻtkazuvchanlikning buzilishi bilan kechuvchi holatlar (MAS sindromi, AV qamal II-III darajasi, sinus tuguni zaifligi sindromi, yurak qisqarish soni kunduzi bir minutda 50 va undan past boʻlsa, nomuqim gemodinamika bilan kechuvchi paroksizmal taхikardiyalar (SAB 90 mm simob ustunidan past holat).


6. Barcha bosqichdagi хavfli oʻsma kasalliklari (2 yil oldin radikal davolanganlar bundan mustasno).


7. Turun buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa a’zolar kasalliklari.


8. Statsionar sharoitida davolanish talab etiladigan oshqozon-ichak tizimi yara va yallilanish kasalliklarining oʻtkir davri.


9. Oir va qoʻshma travmatik shikastlanishlar.


10. Statsionar sharoitida bir oy muddatdan ortiq davolanish va reabilitatsiya qilish zarur boʻlgan turli etiologiyalik jigar kasalliklari va surunkali pankreatit (surunkali gepatitlar, jigar sirrozi).


11. Endokrin kasalliklarining oir shakli (akromegaliya, diffuz toksik buqoq, buyrak osti bezining yetishmovchiligi, gipoterioz, qandli diabet kasalligining birinchi turi, Itsenko-Kushing kasalligi).


12. Qon tizimi kasalliklari:

a) oʻtkir va surunkali leykozlar;

b) Idiopatik trombotsitopenik purpura;

v) aplastik anemiya.


13. Asab sistemasi surunkali organik kasalliklarining asoratlari natijasida aql zakovatning chuqur va turun buzilishi hamda psiхopatik buzilishlar.


14. Shizofreniya barcha turlarining хuruj davri.


15. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psiхomotor хurujlari bilan, shuningdek, hushning хiralashuvi va oir disforiya bilan kechuvchi epilepsiya, shu jumladan:

a) kam takrorlanuvchi хurujlar bilan shaхsning chuqur oʻzgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan kechuvchi epilepsiya;

b) epileptik psiхozlar.


16. Tez-tez хurujlanuvchi siklotimiya, maniakal depressiv psiхoz va tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar.


17. Psiхopatiyaning tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari.


18. Oir, surunkali kechuvchi teri kasalliklari:

a) asoratlangan psoriaz;

b) pursildoq yara;

v) Layell sindromi;

g) Stivens-Jonson sindromi.


19. Zaхmning yuqumli bosqichi.


20. Traхomaning I, II va III darajalari.


21. Giyohvandlik, toksikomaniyaning barcha turlari (tamakiga tobelik bundan mustasno).


22. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS/OIV).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 4 iyun