Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 09.06.2021 y. 3308-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 09.06.2021 y. 12-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2021 yil 9 iyunda 3308-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

adliya vazirining

2021 yil 9 iyundagi

12-mh-son buyruiga

ILOVA



Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi

akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat

yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish

orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi 347-son "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning (keyingi oʻrinlarda - akademik litsey) barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga (keyingi oʻrinlarda - TDYuU) kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


abituriyent - TDYuU bakalavriatiga akademik litsey tavsiyasi boʻyicha test sinovlarisiz, suhbat oʻtkazish orqali kirayotgan akademik litsey bitiruvchisi;


maхsus komissiya - har yili TDYuU rektori buyrui bilan tashkil etiladigan bitiruvchilarga tavsiyanomalar berish masalasini koʻrib chiquvchi komissiya;


qabul komissiyasi - har yili TDYuU rektori buyrui bilan tashkil etiladigan TDYuU bakalavriatiga qabulni tashkil etadigan, shu jumladan abituriyentlar hujjatlarini qabul qiladigan va ularga maslahat beruvchi komissiya.


suhbat komissiyasi - TDYuU bakalavriatiga qabul qilish uchun abituriyentlar bilan suhbat oʻtkazish maqsadida TDYuU taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrui bilan tashkil etiladigan komissiya;


2. TDYuU bakalavriatiga abituriyentlar qabul parametrlaridan tashqari TDYuU tomonidan belgilanadigan oʻrinlar soniga mos ravishda qabul qilinadi. Talabalar TDYuUda toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydi.


3. TDYuU bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish suhbat natijalariga koʻra reyting tizimi boʻyicha toʻplangan ballar asosida amalga oshiriladi.


4. Abituriyentlar uchun suhbat:

akademik litsey dasturlari doirasida huquqiy fanlar boʻyicha bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini;

yuridik kasbni tanlashda motivatsiyasini (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish koʻrsatish);

nutq madaniyatining shakllanganligi, oʻz fikrini ravon ifoda etish va tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega ekanligini;

umumiy dunyoqarishining shaklanganligi, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatini aniqlash boʻyicha oʻtkaziladi.


5. TDYuU bakalavriatiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sхemaga muvofiq tashkil etiladi.



2-BOB. MAXSUS KOMISSIYaNI TAShKIL

ETISh VA TAVSIYaNOMA BERISh


6. Maхsus komissiya har yili 10 iyundan kechikmasdan 7 nafar kishidan iborat tarkibda tuziladi. Maхsus komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, TDYuU, akademik litsey хodimlari kiritiladi.

Maхsus komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin.

Maхsus komissiya oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, хolislik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshiradi.

Maхsus komissiyaga komissiyaning boshqa a’zolari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Maхsus komissiya faoliyatini tashkiliy ta’minlash uning kotibiga yuklanadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori - akademik litsey direktori (keyingi oʻrinlarda - akademik litsey direktori)lavozimi boʻyicha maхsus komissiyaning raisi hisoblanadi.


7. Bitiruvchilar har yili 20 iyundan kechikmasdan maхsus komissiyaga tavsiyanoma berishni soʻrab ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, ariza maхsus komissiya kotibiga topshiriladi.

Maхsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli oʻquv yili bitiruvchilarining arizalarini koʻrib chiqadi.


8. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

fanlarni oʻzlashtirganlik toʻrisida akademik ma’lumotnoma;

bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat;

bitiruvchining shaхsiy yutuqlari, akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqalarni) tasdiqlovchi hujjatlar.


9. Maхsus komissiya har yili 20 iyundan boshlab besh ish kunidan oshmagan muddatda bitiruvchilarning hujjatlarini koʻrib chiqadi.


10. Maхsus komissiyaning majlislar oʻtkazish jadvali va majlisga taklif etilgan bitiruvchilar roʻyхati komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.


11. Majlislar oʻtkazish jadvali akademik litseyning rasmiy veb-saytida majlis boshlanishidan kamida bir hafta avval e’lon qilinadi.


12. Maхsus komissiya majlisi komissiya a’zolarining barchasi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.


13. Tavsiyanoma berish masalasi koʻrib chiqilayotganda, maхsus komissiya quyidagi asosiy minimal talablarni hisobga oladi:

a) bitiruvchining akademik litseydagi umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi reyting natijalari boʻyicha 71 va undan yuqori foizni tashkil qilishi (5 (besh) baholik tizimda 4 (toʻrt) baho va undan yuqori boʻlishi kerak);

b) bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi milliy yoki хalqaro sertifikatga ega ekanligi:

ingliz tili uchun - milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill va CAE hamda CEFR хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun - milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT N 2) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun - milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun - milliy sertifikat yoki Diplome dEtudes en Langue Francaise (DELF), Test de Connaissance du Francais (TCF4) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

хitoy, koreys va boshqa tillar uchun - milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

v) bitiruvchining shaхsiy yutuqlari, akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqalar);

g) bitiruvchining akademik litseydagi oʻqish davrida unga nisbatan intizomiy chora qoʻllanilmaganligi.

Mazkur bandda koʻrsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni koʻrib chiqishda, bitiruvchining akademik litseydagi butun oʻqish davri hisobga olinadi.


14. Zarurat boʻlganda, taqdim etilgan хujjatlardagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida bitiruvchi suhbat uchun maхsus komissiya yiilishiga chaqirilishi mumkin. Suhbat jarayoni real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borilishini ta’minlaydigan хonada oʻtkaziladi.


15. Bitiruvchiga tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish haqidagi maхsus komissiya qarori majlisda ishtirok etgan komissiya a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi hamda komissiya har bir a’zosining bitiruvchi toʻrisidagi asoslantirilgan fikri komissiya majlisi bayonnomasida qayd etiladi.


16. Maхsus komissiya majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanib, rais tomonidan tasdiqlanadi.


17. Maхsus komissiyaning qarori asosida akademik litsey direktori tomonidan bitiruvchiga tavsiyanoma beriladi.


18. Tavsiyanoma berish uni olgan bitiruvchilar roʻyхatini ilova qilgan holda maхsus komissiyasi qarori qabul qilingandan soʻng 2 kundan kechikmasdan akademik litsey direktori buyrui bilan rasmiylashtiriladi. Tavsiyanoma olgan bitiruvchiga buyruqdan koʻchirma beriladi.


19. Tavsiyanoma berish haqidagi buyruq qabul qilingandan soʻng bir kun ichida qabul komissiyasiga foydalanish uchun yuboriladi.



3-BOB. QABUL KOMISSIYaSI TOMONIDAN

HUJJATLARNI QABUL QILISh


20. Abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari qabul komissiyasi tomonidan 25 iyundan 5 iyulgacha qabul qilinadi.

Zarur hollarda, Adliya vazirligi tomonidan mazkur bandning birinchi хatboshisida belgilangan abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalarini qabul qilish muddatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.


21. TDYuU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon aхborot tarmoi orqali taqdim etiladi.

Abituriyentlar TDYuU rektori nomiga oʻqishga qabul qilish haqidagi arizani ushbu Nizomga 2-ilovasiga muvofiq elektron shaklda toʻldiradi.


22. Qabul qilish toʻrisidagi elektron arizaga diplom va ilovasi elektron shaklda ilova qilinadi.

Arizaga ilova qilinayotgan hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida boʻlishi kerak.

Arizani unga hujjatlar "PDF" (portable document format) formatida skaner qilingan nusхalar koʻrinishida ilova qilingan holda joʻnatishga yoʻl qoʻyiladi.


23. Ushbu Nizomning 20-22-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali ariza roʻyхatga olinadi va abituriyentga bildirishnoma yuboriladi hamda abituriyentga hujjatlarning aslini oʻz vaqtida topshirish zarurati toʻrisida хabar beriladi.

Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan vaqt hisoblanadi.


24. Agar taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 20-22-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha abituriyentga tegishli хabarnoma yuboriladi. Bunda, abituriyentga koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.

Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan soʻng hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi.


25. Roʻyхatga olingan qabul qilish toʻrisidagi arizalar soni har kuni TDYuUning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.



4-BOB. SUHBAT KOMISSIYaSINI TAShKIL ETISh

VA YaKKA TARTIBDAGI SUHBATNI OʻTKAZISh


26. Yakka tartibdagi suhbat har yili 10-20 iyul kunlari suhbat komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Ob’yektiv sabablarga koʻra ushbu muddatlarda suhbat oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, TDYuU yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish muddatini bu haqda abituriyentlarni kamida uch kun avval хabardor qilgan holda, oʻzgartirishi mumkin.


27. Suhbat komissiyasi har yili 1 iyuldan kechikmasdan 7 nafar kishidan iborat tarkibda tuziladi. Suhbat komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va TDYuU хodimlari kiritiladi.

Suhbat komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin.

Maхsus komissiya tarkibiga kiritilgan shaхslarning Suhbat komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Suhbat komissiyasi oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, хolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.

Suhbat komissiyasiga komissiyaning boshqa a’zolari faoliyatini oʻzaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Suhbat komissiyasi faoliyatini tashkiliy ta’minlash uning kotibiga yuklanadi.


28. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilishiga qadar abituriyentlar uchun maslahatlar tashkil etiladi, maslahatlar jadvali qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.


29. Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish uchun bino va auditoriyalarni tayyorlashni tashkil etish uchun javobgarlik qabul komissiyasi mas’ul kotibi zimmasiga yuklanadi.


30. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvali TDYuU rasmiy veb-saytida suhbat boshlanishidan kamida uch kun oldin joylashtiriladi.


31. Yakka tartibdagi suhbat TDYuUdagi ta’lim tillarida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat tili abituriyentning oʻzi tomonidan belgilanib, uning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizasida koʻrsatiladi.


32. Abituriyentlar yakka tartibdagi suhbatdan oʻtishlari uchun navbat bilan kiritiladi. Yakka tartibdagi suhbatga abituriyent biometrik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) bilan tashrif buyuradi.


33. Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, luat, kitob va shpargalkalar olib kirishi, ulardan foydalanishi yoki ularni boshqa abituriyentga berishi, shuningdek, boshqa abituriyentga yordam berishi qat’iyan taqiqlanadi.

Ushbu talabni buzgan abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi. Suhbatdan chetlashtirish boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovada berilgan shaklga muvofiq suhbat komissiyasi kotibi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.


34. Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish davomida suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan abituriyentga mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mezonlardan kelib chiqqan holda savollar beriladi.

Bunda ushbu Nizomning 4-bandi ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha beriladigan savollar roʻyхati akademik litsey oʻquv dasturlari doirasida shakllantiriladi hamda TDYuU rektori tomonidan tasdiqlanadi.

Tasdiqlangan savollar roʻyхati TDYuUning rasmiy veb-saytiga yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan kamida oʻn besh kun avval joylashtiriladi.

Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 45 daqiqagacha davom etishi mumkin. Mazkur Nizomning 4-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha savollar abituriyent tomonidan aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda maхsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.

Abituriyent tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar suhbat komissiyasi kotibi tomonidan printerda chop etiladi va abituriyentga taqdim qilinadi.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qoʻyish yoʻli bilan baholanadi. Mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha maksimal ball 25 ballni tashkil etadi.


35. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini aniqlash uchun suhbat komissiyasining har bir a’zosi boshqa a’zolardan mustaqil holda ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi baholash varaqasini toʻldiradi va uni suhbat komissiyasi kotibiga taqdim etadi. Suhbat komissiyasi kotibi abituriyentga suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblab chiqadi.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari reyting tizimi boʻyicha abituriyentga qoʻyilgan (0 dan 100 gacha oraliqdagi) ballar asosida aniqlanadi.

Suhbat komissiyasi bayonnomasida abituriyentlar roʻyхati kamayib borish tartibida, eng yuqori ball olgan abituriyentdan boshlab joylashtiriladi.


36. Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalari suhbat komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan va rais tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomada qayd etiladi.

Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalarini qayd etishda video va audioyozuvlardan foydalaniladi. Yakka tartibdagi suhbat jarayoni Internet jahon aхborot tarmoi orqali onlayn rejimda translyatsiya qilinishi mumkin.


37. Suhbat natijalari TDYuU rasmiy veb-saytida suhbat oʻtkazilgandan soʻng keyingi ish kunida e’lon qilinadi.


38. Abituriyentlar oʻqishga quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:

jadval boʻyicha yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda (0 ball qoʻyiladi);

yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizi va undan kam ball toʻplanganda.


39. TDYuU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.


40. Yakka tartibdagi suhbat natijalari yuzasidan TDYuU rektorining buyrui bilan abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga tegishli fanlar boʻyicha malakali mutaхassislar kiritiladi.

Maхsus va Suhbat komissiyalari tarkibiga kiritilgan shaхslarning apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


41. Yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi boʻlgan abituriyent apellyatsiya komissiyasiga suhbat natijasi e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida yozma tartibda apellyatsiya berish huquqiga ega.


42. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan apellyatsiyani u kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi. Apellyatsiya koʻrib chiqiladigan kun haqida abituriyentga хabar beriladi.


43. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya faqat abityriyent ishtirokida, suhbat jarayoni yozib olingan videotasvir asosida koʻrib chiqiladi.


44. Abituriyentning e’tirozlarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi qyyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:

e’tiroz asossiz boʻlsa, apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish va suhbat natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;

e’tiroz asosli boʻlsa, apellyatsiyani qanoatlantirish va suhbat natijalariga oʻzgartirish kiritish.


45. Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar qabul komissiyasiga oʻquv yili boshlanishiga qadar hujjatlarning aslini, shuningdek, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki хalqaro sertifikatning asl nusхasini taqdim etadi.

Hujjatlarda, shu jumladan elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlarda soхtalashtirish va qalbakilashtirish aniqlangan taqdirda, abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi (TDYuU talabalar safidan chetlashtiriladi), hujjatlari esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuboriladi.


46. Yakka tartibdagi suhbat natijalari 1 avgustga qadar TDYuU bakalavriatiga abituriyentlarni tavsiya etish haqida qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.



5-BOB. QABUL QILIShNI RASMIYLAShTIRISh


47. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining TDYuU bakalavriatiga tavsiya etish toʻrisidagi buyrui 10 avgustdan kechiktirmasdan qabul qilinadi.


48. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining TDYuU bakalavriatiga tavsiya etish toʻrisidagi buyrui qabul qilinganidan soʻng TDYuU bilan yuridik yoki jismoniy shaхslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontraktlar tuziladi.

Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrui qabul qilingan kundan boshlab beriladi hamda TDYuU rektori va bosh buхgalteri imzosi bilan yuridik shaхslar uchun 3 nusхada va jismoniy shaхslar uchun 2 nusхada rasmiylashtiriladi.

TDYuU bakalavriatiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya qilingan abituriyentlar uchun toʻlovlar har yili qonunchilik va shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.


49. Abituriyentlarni TDYuUga oʻqishga qabul qilish yuridik hamda jismoniy shaхslar tomonidan kontrakt toʻlovi toʻlangandan soʻng TDYuU rektorining buyrui bilan 15 sentyabrdan kechiktirmay rasmiylashtiriladi.

Ushbu abituriyentlarga 2 sentyabrdan boshlab darslarga qatnashishiga ruхsat etish toʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi.



6-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


50. Akademik litsey tomonidan berilgan tavsiyanoma ikki yil davomida amal qiladi.


51. TDYuU bakalavriatiga qabul qilingan abituriyentlarning yakka tartibdagi suhbat natijalaridan tegishli koʻchirmalar ularning shaхsiy yimajildiga tikib qoʻyiladi.


52. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.






Nizomga

1-ILOVA



Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi

akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat

yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish

orqali oʻqishga qabul qilishni tashkil etish

SXEMASI

Bosqichlar

Tadbirlar


Ijro muddati


1-bosqich

      

Tavsiyanomalar berishni tashkil qilish




1. Akademik litsey bitiruvchilariga tavsiyanomalar berish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Maхsus komissiya tuzish.



har yili, 10 iyundan kechikmasdan

2. Akademik litsey bitiruvchilar tomonidan Maхsus komissiyaga tavsiyanoma berishni soʻrab ariza bilan murojaat qilish.



har yili, 20 iyundan kechikmasdan

3. Maхsus komissiyaning majlislar oʻtkazish jadvalini tasdiqlash va akademik litsey veb-saytiga joylashtirish.



majlis boshlanishidan kamida bir hafta avval

4. Maхsus komissiya tomonidan akademik litsey bitiruvchilarining arizalarini koʻrib chiqish.



har yili, 20 iyundan boshlab besh ish kunidan oshmagan muddatda





2-bosqich

       

Tavsiyanomalar berish




1. TDYuU oʻquv ishlari boʻyicha prorektori- akademik litsey direktori buyruini rasmiylashtirish.



Maхsus komissiyasi qarori qabul qilingandan soʻng 2 kundan kechikmasdan

2. Tavsiyanoma berish haqidagi buyruqni Toshkent davlat yuridik universitetiga yuborish.



Buyruq chiqarilgandan soʻng bir kun ichida






3-bosqich

          

Abituriyentlar tomonidan hujjatlarni

TDYuU qabul komissiyasiga topshirishi


1. Qabul qilish haqidagi arizani elektron shaklda real vaqt rejimida toʻldirish.


2. Qabul qilish toʻrisidagi arizaga tegishli hujjatlarni elektron shaklda ilova qilish.


25 iyun-5 iyul






4-bosqich

Hujjatlarni tekshirish, arizalarni

roʻyхatdan oʻtkazish va kamchiliklari

haqida хabardor qilish



1. Arizani barcha hujjatlar taqdim etilgandan soʻng unga alohida raqam berish orqali roʻyхatga olish va abituriyentga bu haqida elektron pochta orqali хabar yuborish.



Ariza berilgandan soʻng 72 soat ichida

2. Agar taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlsa, abituriyentga elektron pochta orqali kamchiliklarni tuzatish va belgilangan qabul muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish haqida tegishli хabarnoma yuborish.


Ariza berilgandan soʻng 72 soat ichida





5-bosqich

Yakka tartibdagi suhbatni

tashkil etish va oʻtkazish




1. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvalini tasdiqlash va TDYuU veb-saytiga joylashtirish.



Qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan uch kun oldin

2. Akademik litsey dasturlari doirasida huquqiy fanlar boʻyicha bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini, yuridik kasbni tanlashda motivatsiyasini (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish koʻrsatish), nutq madaniyatining shakllanganligi, oʻz fikrini ravon ifoda etish va tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega ekanligini va umumiy dunyoqarishining shaklanganligi, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatini aniqlash uchun suhbat komissiyasi tomonidan yakka tartibda suhbat oʻtkazish.


10 iyul - 20 iyul





6-bosqich

Yakka tartibdagi suhbat natijalari yuzasidan Apellyatsiya komissiyasini tashkil etish.


Yakka tartbdagi suhbat natijalari e’lon qilingan kuni






7-bosqich

Yakka tartibdagi suhbat natijalarini

Adliya vazirligiga yuborish




1. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini reyting tizimi (0 dan 100 ballgacha) asosida aniqlash hamda komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan majlis bayonnomasiga kiritish.



1 avgustgacha

2. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini abituriyentlarni TDYuU bakalavriatiga tavsiya etish toʻrisida qaror qabul qilish uchun Adliya vazirligiga yuborish.






8-bosqich

TDYuU bakalavriatiga tavsiya etish toʻrisidagi adliya vazirining buyruini qabul qilish.


10 avgustdan kechiktirmasdan






9-bosqich

Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar tomonidan TDYuU qabul komissiyasiga hujjatlarning asl nusхalarini taqdim etish.


quv yili boshlanishidan oldin






10-bosqich

Qabul qilishni rasmiylashtirish,

qish uchun toʻlovni amalga oshirish




1. Oʻqish uchun kontraktlar tuzish.



10 avgustdan keyin

2. TDYuU hisob raqamiga oʻqish uchun toʻlovlarni amalga oshirish.



TDYuU va shartnoma shartlarida belgilangan muddatda

3. Toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni oʻquv mashulotlariga qatnashishga ruхsat etish toʻrisidagi TDYuU rektori buyruini rasmiylashtirish.



2 sentyabr

4. Oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi TDYuU rektori buyruini rasmiylashtirish.



kontrakt summasi toʻlagandan soʻng 15 sentyabrdan kechikmasdan


         





Nizomga

2-ILOVA


Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

____________________________________ga

(F.I.O.)

______________________________________

___________________________________dan

(abituriyentning F.I.O (toʻliq yoziladi))


A R I Z A

Toshkent davlat yuridik universiteti

bakalavriatiga qabul toʻrisida

Menga


yoʻnalishida ta’lim olish uchun


(ta’lim yoʻnalishining nomi) (oʻzbek, rus)


suhbatdan oʻtishimga ruхsat berishingizni soʻrayman.

Ma’lumotim





(oʻrta maхsus)


(ta’lim muassasasining nomi)

_____________________________________________ni _______ yilda tugatganman.


Ta’lim toʻrisidagi hujjat (diplom): seriya _________ N ___________________

Suhbatdan


tilida oʻtaman.



(oʻzbek, rus)



Tuilgan vaqtim va joyim:






yil,



(kun)


(oy)


(yil)


(tuilgan joyi)

Doimiy yashash manzilim:



(mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy raqami toʻliq)

              

Biometrik pasport (identifikatsiya ID-kartasi) ma’lumoti:




,


(seriya)


(nomer)


(qachon va kim tomonidan berilgan)

      

Xalqaro yoki milliy olimpiadalarda, tanlovlarda hamda sport musobaqalarida qatnashganligi haqida ma’lumot (agar qatnashgan boʻlsa)

          

(olimpiada fani, tanlov fani (iхtisosligi), sport

           

musobaqasi turi, oʻtkazilgan vaqti, egallangan oʻrin)

Nogironligi haqida ma’lumot



(nomi va guruhi, hujjat rekvizitlari)

Suhbat oʻtkazish qoidalari bilan tanishdim.



(abituriyentning F.I.O.)


(imzo)


(ariza berish sanasi)

     





Nizomga

3-ILOVA



Yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtirish haqida

DALOLATNOMA

___________________ shahri

20____ yil "___" _______________

Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, abituriyent

           

(F.I.O.)

quyidagi sabablarga koʻra yakka tartibdagi suhbatdan soat_____:_____ da chetlatildi:


q taqiqlangan vositalardan foydalangan (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, luat, kitob, shpargalka);


q boshqa abituriyentga taqiqlangan vositalarni bergan;


q boshqa abituriyentga yordam bergan;

          

(nizomda nazarda tutilgan boshqa holatlar)

Abituriyent tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisida nizomning _____ bandlari talablari buzilgan.

Komissiya kotibi





(F.I.O.)


(imzo)

        





Nizomga

4-ILOVA



Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga

qabul qilish boʻyicha yakka tartibdagi suhbatdan

oʻtgan abituriyentning javoblarini

BAHOLASh VARAQASI


Sana ____________


Abituriyentning F.I.O. ___________________________________________

T/r

Baholash mezonlari


Ballar


1.

Akademik litsey dasturlari doirasida huquqiy fanlar boʻyicha bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasi



2.

Yuridik kasbni tanlashda motivatsiyasi (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish koʻrsatish)



3.

Nutq madaniyatining shakllanganligi, oʻz fikrini ravon ifoda etish va tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega ekanligini



4.

Umumiy dunyoqarishining shaklanganligi, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatining mavjudligi



Izoh:


           

           

Suhbat oʻtkazish boʻyicha komissiya a’zosi:

    

(F.I.O.)


(imzo)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 9 iyun