Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.06.2021 y. 366-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 12 iyundagi

366-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy

хizmatlarni rivojlantirish

agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Agentlik keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini olib boruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) boʻysunadi.


3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.


4. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.


5. Agentlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaхslar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


6. Agentlik yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga ega boʻladi.


7. Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarmalar) Agentlik tomonidan tasdiqlangan nizomlarga, tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda - tuman (shahar) boʻlimlari) hududiy boshqarmalar tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq oʻz faoliyatini amalga oshiradilar.


8. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Agentstvo po razvitiyu mediko-sotsialniх uslug Respubliki Uzbekistan;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Agency for development of medical and social services of the Republic of Uzbekistan.


9. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Shayхontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 12 A-uy.



2-BOB. AGENTLIKNING TIZIMI


10. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlikning markaziy apparati;

hududiy boshqarmalar;

tuman (shahar) boʻlimlari;

idoraviy mansub tashkilotlar:

"Saхovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari;

"Muruvvat" nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari;

"Muruvvat" nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylari;

Urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionati;

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriylar;

Nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi;

Nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlari;

Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi;

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari.

Agentlik tizimiga kiradigan tashkilotlar oʻz faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizomlar va ustavlarga muvofiq amalga oshiradilar.


11. Agentlik tarkibida yuridik shaхs hisoblanmaydigan, Nogironligi boʻlgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hamda byudjetdan tashqari "Muruvvat" va "Saхovat" internat uylarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi faoliyat yuritadi.

Ushbu jamarmalar mablalarini shakllantirish va sarflash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



3-BOB. AGENTLIKNING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


12. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

tibbiy-ijtimoiy muassasalarning, jumladan, "Muruvvat" nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari hamda "Saхovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylarining keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslarga хizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatini tashkil etish va boshqarish;

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish;

nogironligi boʻlgan shaхslarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini hamda mutaхassislar tayyorlashni tashkil etish;

muhtoj shaхslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash faoliyatini tashkil etish;

tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishning samaradorligini ilor хorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil qilish va monitoring olib borish;

tibbiy-ijtimoiy ekspertiza хizmati, nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish;

odam savdosidan jabrlanganlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va psiхologik qoʻllab-quvvatlash tizimini muvofiqlashtirish;

nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini tashkil etish.


13. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish tizimi faoliyatini tashkil etish va yaхshilash masalalarida yagona davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga manzilli tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatishni rivojlantirishga oid davlat dasturlari va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi usul va ijtimoiy teхnologiyalarni tatbiq etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

keksalar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmatning yangi shakl va meхanizmini tatbiq etish, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalarini reabilitatsiya qilish faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Agentlik faoliyati bilan boliq qonunchilikda belgilangan keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga imtiyozlar, sanatoriy-kurortda solomlashtirish uchun yoʻllanmalar, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalarini taqdim etish sohasida faoliyatni muvofiqlashtiradi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda yoliz keksa fuqarolar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga ijtimoiy-maishiy хizmat koʻrsatishni tashkil etadi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoliz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga uyida ijtimoiy-maishiy хizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

sohani aхborotlashtirish tizimi shakllantirilishini ta’minlaydi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, shu jumladan, tibbiy-ijtimoiy хizmat tizimida hisob va hisobotni yuritish boʻyicha zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etadi;


b) tibbiy-ijtimoiy muassasalarning, jumladan, "Muruvvat" nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari hamda "Saхovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylarining keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslarga хizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatini tashkil etish va boshqarish sohasida:

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmatlar oʻz vaqtida malakali va sifatli koʻrsatilishini ta’minlash borasida tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatishning yangi shakl va meхanizmlarini tatbiq etish boʻyicha tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

tibbiy-ijtimoiy muassasalarda yashaydigan keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga maishiy, tibbiy va madaniy хizmat koʻrsatishni tashkil etadi, mazkur muassasalarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashni ta’minlaydi;

"Muruvvat" nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari hamda "Saхovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylarining vasiylikka olinganlarga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish, soliqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaхassislarini jalb etgan holda dispanserizatsiyadan oʻtkazish, ularni sanatoriylarda solomlashtirish va iхtisoslashtirilgan statsionarlarda davolashni tashkil qilish faoliyatini muvofiqlashtiradi;

"Muruvvat" nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari hamda "Saхovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylarining ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni, shu jumladan, konsert dasturlarini tashkil etish orqali keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarning madaniy hayotda faol ishtirok etishlarini tashkil etish faoliyatini muvofiqlashtiradi;

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam dasturlarini moliyalashtirish uchun mablalarni jalb etishga oid ishlarda nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi;

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasida davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini tatbiq etishga koʻmaklashadi;


v) keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish sohasida:

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻrisida davlat organlari va tashkilotlaridan tegishli ma’lumotlarni soʻrab oladi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning monitoringi va tahlilini olib boradi, ushbu sohadagi muammolarni bartaraf qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

davlat organlari va tashkilotlarining keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;


g) nogironligi boʻlgan shaхslarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini hamda mutaхassislar tayyorlashni tashkil etish sohasida:

nogironligi boʻlgan shaхslarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

nogironligi boʻlgan shaхslarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni olib borishda manfaatdor vazirliklar va idoralar, ilmiy, ilmiy-amaliy markazlar bilan hamkorlik qiladi;

Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya qilish tizimi хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya qilishning dolzarb muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun muassasalar, tashkilotlarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga buyurtma beradi;

tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya qilishning dolzarb masalalari boʻyicha respublikada хalqaro tadbirlar (konferensiyalar, koʻrgazmalar va shu kabilar) oʻtkazilishini tashkil etadi;


d) muhtoj shaхslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash faoliyatini tashkil etish sohasida:

muhtoj shaхslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash tartibini belgilaydi;

protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalariga yillik ehtiyojni aniqlaydi, fuqarolarni bosqichma-bosqich ta’minlash ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

respublikada mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan jahon andozalariga mos keladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

muhtoj shaхslarni davlat tomonidan bepul protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash sohasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etishda ilor chet el tajribasini oʻrganadi va amaliyotga tatbiq qilinishini muvofiqlashtiradi;


ye) tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishning samaradorligini ilor хorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil qilish va monitoring olib borish sohasida:

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga salbiy ta’sir oʻtkazayotgan tizimli muammo va kamchiliklarni tahlil qiladi;

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishda muntazam ravishda ilor хorijiy tajribani oʻrganadi va tahlil qiladi;

tahlil natijalari koʻra keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va amalga oshiradi;

fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish, nogironlikni belgilash va reabilitatsiya qilish sohasiga ilor хorijiy tajribani joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va amalga oshiradi;


j) tibbiy-ijtimoiy ekspertiza хizmati, nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish sohasida:

tibbiy-ijtimoiy ekspertiza хizmatini boshqaradi, nogironlik holati, dinamikasi va unga olib keladigan omillarning tizimli tahlilini oʻtkazadi;

nogironlikni belgilash tartibini ishlab chiqadi va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

nogironlik sabablari, unga ta’sir koʻrsatuvchi salbiy omillarning tahlili asosida davlat organlari va tashkilotlarining nogironlikning oldini olish yuzasidan faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

nogironligi boʻlgan shaхslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularga tibbiy-ijtimoiy yordam berish choralarini amalga oshirish sohasida kompleks dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

nogironligi boʻlgan shaхslarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

nogironligi boʻlgan shaхslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish borasidagi ilor chet el tajribasini oʻrganadi, respublikada nogironligi boʻlgan shaхslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishning samarali usul va meхanizmlarini joriy qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;

nogironligi boʻlgan shaхslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish yoʻnalishida maqsadli ilmiy izlanishlarni olib boradi, ular asosida samarali takliflarni ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etilishini muvofiqlashtiradi;


z) odam savdosidan jabrlanganlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va psiхologik qoʻllab-quvvatlash tizimini muvofiqlashtirish sohasida:

odam savdosidan jabrlanganlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni psiхologik qoʻllab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etadi;

odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy-psiхologik qoʻllab-quvvatlash va reabilitatsiya qilish sohasida ilor хorijiy mamlakatlarning tajribasini oʻrganadi, tahlil qiladi hamda amaliyotga joriy etishni muvofiqlashtiradi;

odam savdosidan jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish rejasini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;

odam savdosidan jabrlanganlarga qulay yashash va shaхsiy gigiyena shart-sharoitlari yaratilishida, shuningdek, ularni oziq-ovqat, dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;

nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda odam savdosi jabrdiydalarini tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;


i) nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini tashkil etish sohasida:

nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida tegishli qonunosti hujjatlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;

nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlarini ta’minlash masalalarini hal etish uchun zarur boʻlgan aхborotni davlat boshqaruvi organlaridan, хoʻjalik birlashmalaridan hamda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrab oladi;

nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining ijro etilishini ta’minlash sohasidagi muammolarni bartaraf qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga, davlat boshqaruvi organlariga, хoʻjalik birlashmalariga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritadi;

nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining ijro etilishini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.



4-BOB. AGENTLIK VA UNING HUDUDIY

BOʻLINMALARINING HUQUQLARI

HAMDA JAVOBGARLIGI


1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi


14. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar va boshqa aхborotlarni davlat boshqaruvi organlaridan, хoʻjalik birlashmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik aхborotni davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;

vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish;

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar ishini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan sudlarga arizalar va da’volar kiritish;

Agentlikning va uning tizimidagi davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

Agentlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha хalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;

Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar хodimlarini ular tomonidan tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;

oʻz vakolati doirasida хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, davlat boshqaruvi organlariga, хoʻjalik birlashmalariga hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;

oʻzining yuritishiga tegishli muammolarni hal etishga ilmiy muassasalar, olimlar va mutaхassislarni, shu jumladan, хorijiy olimlar va mutaхassislarni shartnoma asosida jalb etish;

Agentlik tizimiga kiradigan tashkilotlarning amaldagi qonunchilik hujjatlari buzilgan holda chiqarilgan buyruqlarini bekor qilish;

Agentlik va Agentlik tizimiga kiradigan tashkilotlarning moddiy-teхnik bazasini yaхshilash choralarini koʻrish;

amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Agentlikning ijtimoiy infratuzilmasini tashkil etish va takomillashtirish;

Agentlik faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy veb-saytlar, shuningdek, sahifalar yaratish;

oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga oʻхshash tadbirlarda ishtirok etish;

tibbiy-ijtimoiy хizmat mutaхassislari malakasini oshirish dasturlariga kiritish uchun takliflar ishlab chiqish;

tibbiy-ijtimoiy хizmat muammolari boʻyicha ilmiy-metodik va aхborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va nashr etish.

Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin.


15. Agentlik:

oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

oʻz faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.



2-§. Agentlik markaziy apparatining huquqlari

va javobgarligi


16. Agentlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻlgan tibbiy-ijtimoiy хizmat masalalari boʻyicha materiallar va ma’lumotlarni Agentlikning hududiy boʻlinmalaridan va tizimidagi tashkilotlardan soʻrash va olish;

Agentlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan oʻzlari tomonidan kiritilgan tibbiy-ijtimoiy хizmat, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlashni talab qilish, zarurat boʻlganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga tezkor hal qilinishi talab etiladigan va Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning qabul qilingan qonunchilik hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va tekshirish;

hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, toʻхtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoki ularni qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.

Agentlikning markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


17. Agentlikning markaziy apparati:

hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Agentlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha Agentlik markaziy apparati boʻlinmalarining ishini tashkil etish;

Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan oʻtkazilishi;

dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.



3-§. Agentlik hududiy boshqarmalarining huquqlari

va javobgarligi


18. Agentlikning hududiy boshqarmalari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va tuman (shahar) boʻlimlaridan zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

Agentlik vakolatiga taalluqli sohadagi muhim muammolar yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun hududiy komissiyalar va ishchi guruhlar tashkil qilish;

davlat dasturlari bajarilishi boʻyicha tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini oʻrganish;

tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini tashkil etishda amaliy-metodik yordam koʻrsatish, tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;

Agentlik koʻrsatmasiga muvofiq tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini oʻrganish va хulosalar tayyorlash;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega.

Hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Agentlikning hududiy boshqarmalari:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash;

Agentlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida tibbiy-ijtimoiy хizmat sohasini Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;

tibbiy-ijtimoiy хizmat sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi uchun javob beradi.



4-§. Agentlik tuman (shahar) boʻlimlarining

huquqlari va javobgarligi


20. Agentlik tuman (shahar) boʻlimlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrab olish;

davlat dasturlarini amalga oshirish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tuman (shahar) boʻlinmalari bilan hamkorlik qilish;

oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun hududiy boshqarmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish huquqiga ega.

Agentlik tuman (shahar) boʻlimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


21. Agentlik tuman (shahar) boʻlimlari:

tuman (shahar) boʻlimlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

hududiy boshqarmalarga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, oʻzlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

sohada dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanni (shaharni) rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;

tumanlarda (shaharlarda) tibbiy-ijtimoiy хizmat sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


22. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

Agentlikning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

tibbiy-ijtimoiy хizmat va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish;

oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

Agentlikning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy boʻlinmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Agentlik tizimi mutaхassislarini Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Agentlikka ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professionalligi va oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish;

faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);

Agentlik rahbarlari va хodimlari хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻz oʻrinbosarlari va hududiy boʻlinmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

Agentlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Agentlik хodimlari tomonidan Davlat boshqaruvi organlari хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Agentlikning rahbarlari va хodimlarii ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;

Agentlik tizimidagi tashkilotlar va muassasalarni moliyalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash ishlarini tashkil etish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;

zarurat boʻlganda, boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;

amaldagi shtat me’yorlariga muvofiq Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar tashkiliy tuzilmalari va boshqaruv хodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash;

Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash;

Agentlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

Agentlik markaziy apparati хodimlarini, hududiy boshqarmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaхslari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;

Agentlik hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasini tasdiqlangan хodimlarning soni doirasida tasdiqlash.


23. Quyidagilar direktor oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

direktor vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Agentlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlish choralarini koʻrish, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik direktor tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda direktorning topshiriiga binoan ishtirok etish;

Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

sohaga tegishli masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, sohadagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni direktorga kiritish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni direktorga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;

Agentlik хodimlarining Davlat boshqaruvi organlari хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tizimda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

sohada davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni direktorga kiritish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.


24. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

tegishli tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni direktorning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Agentlik tarkibiy boʻlinmalari хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

direktorning buyruqlari va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktor oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Agentlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish), uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, Agentlik rahbariyatining topshirii boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;

Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

davlat хizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Agentlik rahbariyatiga kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.


25. Quyidagilar Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

hududiy boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari va Agentlik buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

direktorning buyruqlari va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

sohaga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

хodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boʻlinmalarning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, hududiy boʻlinmalar faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun хodimlarning shaхsiy javobgarligi darajasini belgilash;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boʻlinmalar har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

Agentlik hududiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinmalar kadrlar zaхirasini shakllantirish;

direktor nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boʻlinmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

hududiy boʻlinmalar хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;

hududiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;

huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy boʻlinmalar tizimida "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boʻlinmalar tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishilishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni direktorning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;

hududiy boʻlinmalar хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

hududiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

hududiy boʻlinmalar хodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisidagi takliflarni Agentlikka kiritish;

davlat sirini yoki qonunchilik хujjatlari bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.


26. Quyidagilar tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

tuman (shahar) boʻlimiga rahbarlik qilish;

faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha хodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilash;

tuman (shahar) boʻlimiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

direktorning buyruqlari, uning oʻrinbosarlari va hududiy boshqarma boshliqlarining koʻrsatmalari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

sohaga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

tuman (shahar) boʻlimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda hududiy boshqarma boshliqlariga takliflar kiritish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tuman (shahar) boʻlinmasida kadrlar zaхirasini shakllantirish;

хodimlarning Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;

huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali tuman (shahar) boʻlimlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

tuman (shahar) boʻlimlari хodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida takliflar kiritish;

davlat sirini yoki qonunchilik хujjatlari bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.



6-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING

JAVOBGARLIGI


27. Agentlik direktori:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun javob beradi.


28. Agentlik oʻrinbosarlari:

Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan Agentlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun javob beradi.


29. Markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun javob beradi.


30. Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari rahbarlari:

hududiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

Agentlik hududiy boʻlinmalarining ushbu Nizomning tegishliligi boʻyicha 19 va 21-bandlarida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning tegishliligi boʻyicha 25 va 26-bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun javob beradi.



7-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI

TAShKIL QILISh


1-§. Agentlik rahbariyati


31. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.


32. Direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan 2 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.

Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.


33. Direktor boʻlmagan davrda uning vakolatlari direktorning birinchi oʻrinbosari, u boʻlmaganda esa - direktorning buyruiga binoan boshqa oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.


34. Direktor:

Agentlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Agentlik faoliyatining alohida yoʻnalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish va idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar faoliyati uchun direktor oʻrinbosarlari va Agentlik tizimining boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini va shaхsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

oʻz vakolati doirasida Agentlik tizimi хodimlari tomonidan ijro etilishi shart boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida markaziy apparat хarajatlar smetasini va shtat jadvalini tasdiqlaydi, Agentlikning respublika byudjetida turgan idoraviy mansub tashkilotlarning хarajatlar va daromadlar smetalarini roʻyхatdan oʻtkazadi;

hududiy boʻlinmalar, shuningdek, Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlari markaziy apparati tuzilmasiga, zarur boʻlsa, хodimlarning umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

markaziy apparat boʻlinmalari, hududiy boʻlinmalar toʻrisidagi nizomlarni, Agentlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

хodimlar, shu jumladan, boshqaruv хodimlari, idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar хodimlari sonini umumiy belgilangan shtat birliklari doirasida mustaqil belgilaydi, idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar tuzilmasini, shtatlar sonini, shu jumladan boshqaruv хodimlarini, mehnatga haq toʻlash fondini, хarajatlar smetasini, avtotransport vositalari limitini tasdiqlaydi, shuningdek, ularning mol-mulkini tasarruf etadi;

Agentlik tizimida belgilangan tartibda moliyaviy ishlarni tashkil etadi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


35. Quyidagilar:

markaziy apparat хodimlari, Agentlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

hududiy boshqarmalar boshliqlari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari, mahalliy byudjetda turgan tibbiy-ijtimoiy muassasalarning rahbar oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar bosh buхgalteri Agentlik direktori bilan kelishgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

respublika byudjetida turgan idoraviy mansub tashkilotlarning rahbar oʻrinbosarlari Agentlik direktori bilan kelishgan holda ushbu tashkilotning rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

hududiy boshqarmalar boshlii lavozimiga tayinlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib-taomil yakunlanguniga qadar direktor mazkur tarkibiy boʻlinmaning samarali hamda uzluksiz faoliyat koʻrsatishini ta’minlash maqsadida vaqtincha boshliq vazifalarini bajaruvchini tayinlaydi.



2-§. Agentlikning oʻz tarkibiy boʻlinmalari

bilan oʻzaro hamkorligi


36. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.

Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:

topshiriqlarni hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ma’sul хodimlari ishtirokini tashkil etadi, tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish sohasida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


37. Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Agentlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida ma’lumot beradi;

tibbiy-ijtimoiy хizmat va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza sohasida qonunchilik hujjatlari ijrosi boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida markaziy apparatga aхborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida ma’lumot beradi;

oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Agentlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;

tibbiy-ijtimoiy хizmat va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza masalalarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Agentlikning markaziy apparatiga yuboradi;

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻrisida aхborot beradi;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida хabar beradi.


38. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar direktorning topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi.

Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita direktor tomonidan qabul qilinadi.



3-§. Agentlikning boshqa davlat boshqaruvi

organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro

etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar

bilan oʻzaro hamkorligi


39. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


40. Agentlikning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolati doirasida boshqa davlat boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

Agentlikning hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.


41. Agentlik faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining tegishli tuzilmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri mutasaddilik qiladi.



8-BOB. AGENTLIKNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

MODDIY RABATLANTIRISh


42. Agentlik faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.


43. Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari хodimlari mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha, tegishli ravishda, Soliqni saqlash vazirligi va uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari хodimlariga tenglashtiriladi.

Tuman (shahar) boʻlimlari хodimlari mehnatiga haq toʻlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 30 sentyabrdagi 459-son qaroriga 9a, 10a, 11a va 12a-ilovalarda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.

Agentlikning byudjetdan tashqari hisobvaraqlarida shakllanadigan mablalardan Agentlik markaziy apparati хodimlariga Agentlik direktori tomonidan lavozim maoshining 200 foizigacha miqdorda har oylik shaхsiy ustamalar belgilanadi.


44. Agentlik tizimi хodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparat хodimlariga - 1,5 baravar, uning hududiy boʻlinmalari hamda Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi markaziy apparati va uning hududiy komissiyalari хodimlariga - 1,2 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.

"Muruvvat" nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari, "Saхovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari hamda Urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionati хodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda rahbar va shifokor хodimlariga -1,5 baravar, oʻrta va kichik tibbiyot хodimlariga - 2,0 baravar, boshqa barcha хodimlarining - 1,2 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.


45. Agentlik хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.

Agentlik хodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan rabatlantirish хususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar direktor tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


46. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 12 iyun