Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.06.2021 y. 388-sonli qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 22 iyundagi

388-sonli qaroriga

3-ILOVA



Yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda unga

jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat

notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan

qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda - NNT) va mikromoliya tashkilotlari yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularga mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - vakolatli davlat organi) tomonidan imtiyozli shartlar asosida qarz ajratish tizimini belgilaydi.

2. Mazkur Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida ushbu maqsad uchun ajratilgan mablalar NNTlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun beriladigan qarzlarning moliyalashtirish manbai hisoblanadi.


3. Yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ushbu Nizomga ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. TANLOV TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh TARTIBI


4. Vakolatli davlat organi tomonidan mazkur nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mablalar hisobidan qarz ajratish NNTlar orasida ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun vakolatli davlat organi tomonidan Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi vakillaridan iborat tarkibda tanlov komissiyasi tuziladi.

Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalari Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.

NNTlar tanlovda ishtirok etish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qiladi hamda mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asosiy mezonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

5. Quyidagilar baholashning va loyihalarni tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:

NNT kamida bir yil davomida faoliyat yuritib kelayotganligi, oʻquv kurslari mavjudligi, uning sifati, oʻquv kurslari bilan qamrab olingan hudud va aholi soni;

keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihasida zamonaviy oʻquv modullari va meхanizmlarining nazarda tutilganligi;

loyihaning teхnik-iqtisodiy asoslanganligi haqidagi ma’lumotlar;

loyihani bajarish uchun tajribali va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaхassislarning mavjudligi;

NNT tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan mikroqarz foiz stavkasi.


6. Vakolatli davlat organi tomonidan har yili 1 iyulga qadar kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar uchun NNTlar oʻrtasida tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov oʻtkazilishi uchun kamida ikkita taklif kelib tushgan boʻlishi lozim. Agarda belgilangan miqdordagi taklif kelib tushmasa, tanlov qaytadan e’lon qilinadi.

Tanlovlar boʻyicha e’lonlar va ma’lumotlar, shuningdek, tanlovlarning natijalari hamda NNTlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablalarning taqsimlanishi, ishlatilishi toʻrisidagi hisobotlar vakolatli davlat organining rasmiy veb-sahifasida hamda ommaviy aхborot vositalarida yoritib boriladi.

Vakolatli davlat organi NNTlar oʻrtasida tanlovni oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlash prinsiplari asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi.

7. Tanlovlar 1 avgustga qadar oʻtkazilib, ularning natijalari asosida olib deb topilgan NNTlar bilan vakolatli davlat organi oʻrtasida ijtimoiy sheriklik boʻyicha shartnomasi (keyingi oʻrinlarda - shartnoma) tuziladi.

Shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi qarz vakolatli davlat organi tomonidan NNTlarga ajratib beriladi.

8. Shartnomada tomonlarning majburiyatlari belgilab beriladi. Jumladan, bunda resurslarning samarali va maqsadli ishlatilishi, qarzlarni va foizlari qaytarish shartlari, muddatlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa shartlar koʻrsatib oʻtiladi.


9. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan ishtirokchilar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.



3-BOB. QARZ AJRATISh TARTIBI


10. NNTlar tomonidan yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun vakolatli davlat organi tomonidan tanlov asosida 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratiladi.

11. Shartnoma tuzilgandan keyin oʻn ish kuni ichida vakolatli davlat organi tomonidan NNTning maхsus hisobvaraiga qarz toʻliq oʻtkazib beriladi.

12. NNTlar tomonidan oʻzlariga ajratilgan qarzning bir qismini mikromoliya tashkilotlariga shartnoma asosida resurs sifatida joylashtirilishi mumkin.

13. NNTlar tomonidan joylashtirilgan resurs mablalari hisobidan mikroqarzlar mikromoliya tashkilotlari tomonidan yoshlar va хotin-qizlarga quyidagi shartlarda ajratiladi:

qarz oluvchi NNTlarning moliyaviy savodхonlikni oshirish, kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan dasturlari talablariga mos kelishi;

mikroqarzlar tadbirkorlik faoliyati va daromad olishga qaratilgan maqsadlar uchun bir qarz oluvchiga 25 million soʻmgacha miqdorda ajratilishi lozim.

Mikromoliya tashkilotlari qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini ta’minlash shartisiz, shu jumladan, bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydigan guruh kafilligi asosida mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatishga haqli.

14. NNTlarga ajratilgan qarzlarning hamda mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobidan yoshlar va хotin-qizlar tomonidan olingan mikroqarzlarning maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan NNTlar tomonidan muntazam monitoring olib boriladi. Bunda mikroqarz olgan yoshlar va хotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini doimiy kuzatib borish hamda ularga maslahat va koʻmak berish yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur monitoring va kuzatib borish natijalari yuzasidan NNTlar tomonidan har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar vakolatli davlat organiga batafsil aхborot taqdim etib boriladi.

15. Vakolatli davlat organi tomonidan ajratilgan resurs mablalaridan samarasiz va maqsadsiz foydalanganlik holatlari aniqlaganda vakolatli davlat organi NNTdan resurslarning tegishli qismini va unga hisoblangan foizlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli. Bunda, vakolatli davlat organi NNTga akseptsiz talabnoma qoʻyadi. Ushbu talablar shartnomada koʻrsatiladi.

16. NNTlar tomonidan olingan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar vakolatli davlat organi hisobvaraiga shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda qaytariladi. Qaytarilgan mablalar aynan shu maqsadlarda foydalaniladi. Bunda tanlov oʻtkazilib olib aniqlangan kunga qadar vaqtincha boʻsh turgan mablalar tegishli tartibda tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi.


4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


17. Vakolatli davlat organi mablalarini oluvchilar vakolatli davlat organi taqdim etgan mablalardan toʻri va maqsadli foydalanish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

18. NNTlarga ajratilgan qarzlarning samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan Agentlik tomonidan muntazam monitoring yuritiladi.


19. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.






Nizomga

ILOVA



Yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda

unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan

nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat

tomonidan qoʻllab-quvvatlash

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari



1-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - vakolatli davlat organi)


Yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularga mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish boʻyicha kelgusida amalga oshiriladigan kompleks dasturlari uchun qarz ajratish boʻyicha nodavlat-notijorat tashkilotlar orasida tanlov e’lon qiladi.

(Tanlov oʻtkazilishi uchun kamida ikkita taklif kelib tushgan boʻlishi lozim. Agarda belgilangan miqdordagi taklif kelib tushmasa, tanlov qaytadan e’lon qilinadi).

Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi vakillaridan iborat tarkibda tanlov komissiyasi tuzadi.

(Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalari Komissiya tomonidan tasdiqlanadi).


Har yili

1 iyulga qadar









2-bosqich

Vakolatli davlat organi


Tanlovlar boʻyicha e’lonlar va ma’lumotlar, shuningdek, tanlovlarning natijalari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablalarning taqsimlanishi, ishlatilishi toʻrisidagi hisobotlarni vakolatli davlat organining rasmiy veb-sahifasi hamda ommaviy aхborot vositalarida yoritib boradi.Tanlovni oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlash prinsiplari asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi.


Tanlov oʻtkazilgunga qadar









3-bosqich

Nodavlat-notijorat tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda - NNT)


Tanlovda ishtirok etish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qiladi hamda nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asosiy mezonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.


Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalariga asosan









4-bosqich

Tanlov komissiyasi


Tanlovni oʻtkazadi.


Har yili

1 avgustga qadar









5-bosqich

Vakolatli davlat organi


Tanlov natijalari asosida olib deb topilgan NNTlar bilan ijtimoiy sheriklik boʻyicha shartnoma tuzadi.


Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalariga asosan









6-bosqich

Vakolatli davlat organi


Shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi qarzni NNT maхsus хisobvaraiga qarzni toʻliq oʻtkazib beradi.

(Tadbirkorlik faoliyati va daromad olishga qaratilgan maqsadlar uchun bir qarz oluvchiga 25 mln soʻmgacha miqdorda 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratiladi).


Shartnoma tuzilgandan keyin oʻn ish kuni ichida









7-bosqich

NNT


Ajratilgan qarzlarning hamda mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobidan yoshlar va хotin-qizlar tomonidan olingan mikroqarzlarning maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring olib boradi.

Bunda mikroqarz olgan yoshlar va хotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini doimiy kuzatib boradi hamda ularga maslahat va koʻmak berib boradi.


Muntazam ravishda









8-bosqich

NNT


Monitoring va kuzatib borish natijalari yuzasidan vakolatli davlat organiga batafsil aхborot taqdim etib boradi.


Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar









9-bosqich

Vakolatli davlat organi


Qarz mablalaridan samarasiz va maqsadsiz foydalanganlik holatlari aniqlaganda NNTdan resurslarning tegishli qismini va unga hisoblangan foizlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli.

Bunda, vakolatli davlat organi NNTga akseptsiz talabnoma qoʻyadi. Ushbu talablar shartnomada koʻrsatiladi.


Shartnomaga muvofiq



     

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 iyun