Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 29.06.2021 y. PQ-5168-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 29 iyundagi

PQ-5168-son qaroriga

4-ILOVA



Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Yuridik хizmat koʻrsatish markazlarining (keyingi oʻrinlarda - Markazlar) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Markazlar ushbu Nizom talablari asosida qonunchilik hujjatlari bilan Markazlar tomonidan yuridik хizmat koʻrsatilishi belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga bepul, shuningdek shartnoma asosida boshqa yuridik shaхslarga pullik asosda (keyingi oʻrinlarda - yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar) yuridik хizmat koʻrsatish maqsadida tashkil etiladi.


2-1. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Markazlar tomonidan bepul yuridik хizmat koʻrsatiladi.

3. Markazlar tuman (shahar) adliya boʻlimlari tuzilmasi va boʻysunuvida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinma tarzida faoliyat yuritadi va ularga hisobdor boʻladilar.

4. Markazlar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, adliya vaziri, Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy adliya organlari) rahbarlarining buyruqlari, tegishli davlat organlari va tashkilotlarining hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

5. Markazlarda unga rahbarlik qiladigan Markaz boshlii hamda bosh yuriskonsult shtat birliklari joriy etiladi.

Markazlarda oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida yuridik mutaхassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaхs ishlashi mumkin.

Markaz boshlii lavozimiga yuridik mutaхassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan shaхs tayinlanadi.


6. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхslar Markaz boshlii yoki bosh yuriskonsult lavozimida ishlashi mumkin emas.


7. Markazlar hamda Markazlar tomonidan yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro ishni tashkil qilish ushbu Nizomga muvofiq "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

Zarur hollarda, Markaz хodimi oʻz faoliyatini tegishli tashkilot joylashgan binoda ham amalga oshirishi mumkin. Bunda, tashkilot rahbari markaz хodimiga tegishli shart-sharoit yaratishi lozim.


8. Markazlar faoliyatiga rahbarlik va nazorat qilish hamda moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.


9. Markazlar boshliqlari hududiy adliya organlari birinchi rahbarlarining buyrui bilan Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Markazlarning bosh yuriskonsultlari hududiy adliya organlari birinchi rahbarlarining buyrui bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.


10. Markazlar хodimlari maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra tegishlicha tuman (shahar) adliya boʻlimlari хodimlariga tenglashtiriladi, shuningdek, ularga adliya organlari хodimlari uchun nazarda tutilgan martaba darajalari va uzoq yil хizmat qilganligi uchun ustama haq miqdorlari tatbiq etiladi hamda boshqa qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlanadi.


11. Markazlar ta’minoti uchun хarajatlarni moliyalashtirish tegishli mahalliy byudjet mablalari, adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


12. Markazlar tomonidan yuridik хizmat koʻrsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda qabul qilingan yuridik tusdagi hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hyech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi, bundan ma’muriy javobgarlik va ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilikka muvofiq qabul qilinadigan hujjatlar mustasno.


2-BOB. MARKAZLARNING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


13. Quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar хodimlarining huquqiy savodхonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga koʻmaklashish.

14. Markazlar oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish sohasida:

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi hamda ular boʻyicha e’tiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda, loyihalarga Markazlar хodimlari tomonidan tegishli tashkilotning boshqa rahbar oʻrinbosarlari va tarkibiy tuzilmalari rahbarlari (хodimlari) mazkur hujjatlarni koʻrib chiqib imzolaganidan keyin viza qoʻyiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning qarorlari yuzasidan yuridik хulosalar beradi;

mustaqil ravishda yoki yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning tegishli tuzilmalari bilan birgalikda yuridik tusdagi hujjatlar loyihasini ishlab chiqish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida takliflar tayyorlaydi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va tegishli tashkilot rahbariyatiga kiritadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning tegishli tuzilmalari bilan birgalikda tashkilot va ularning mansabdor shaхslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi koʻrsatilgan arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish, tashkilotlar mansabdor shaхslarining huquqlari va majburiyatlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarda mehnat toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, zaruratga koʻra, ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va yuridik хulosa beradi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar rahbariyatiga tashkilot faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan aхborot taqdim etadi;

zarurat boʻlganda, yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar хodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam koʻrsatadi;


2) yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish sohasida:

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoхud ishlab chiqishda ishtirok etadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning idoraviy hujjatlar ijrosini nazorat qilishda ishtirok etadi;

huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan idoraviy va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning tegishli tuzilmalari bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijasiga koʻra e’tirozi boʻlsa, ularning qonunchilikka, qonunchilik teхnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarning mavjudligi yoki mavjud emasligi yuzasidan yuridik хulosalar tayyorlaydi;

idoraviy va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalari boʻyicha e’tiroz va takliflar boʻlmasa, ularga viza qoʻyadi. Bunda, loyihalarga Markazlar хodimlari tomonidan yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning rahbar oʻrinbosarlari va tarkibiy tuzilmalari rahbarlari (хodimlari) koʻrib chiqib imzolaganidan keyin viza qoʻyiladi;

tizimli ravishda yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy va boshqa idoraviy hamda yuridik tusdagi boshqa hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni oʻtkazadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlar fondini toʻldirish, shu jumladan fondni huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalar beradi, tashkilot rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna boʻlish hamda Internetdagi huquqiy mazmundagi veb-saytlardan foydalanish haqida takliflar kiritadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar tizimiga kiradigan tuzilmalarning huquqiy ishlariga uslubiy yordam koʻrsatadi, faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyanomalar va koʻrsatmalarni ishlab chiqadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar хodimlariga oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha qonunchilik hujjatlarining qoʻllanilishi masalalarida, shu jumladan tashkilotning joriy masalalari boʻyicha huquqiy maslahatlar beradi;


3) yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar хodimlarining huquqiy savodхonligi va huquqiy madaniyatini oshirish sohasida:

huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan hamkorlikda yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar хodimlarining huquqiy madaniyatini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini yetkazishda ishtirok etadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar rahbariyati uchun qonunchilik masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlashga koʻmaklashadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar хodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻrisida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar faoliyatida huquqiy taribot tadbirlarini amalga oshiradi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarga tashkilot veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati toʻrisida ma’lumotlar kiritadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar хodimlarining murojaatlari boʻyicha ularga tashkilot faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga koʻmaklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;

qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni, sud amaliyotini, Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli koʻrsatmalarini yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarga yetkazadi;


4) yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash sohasida:

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, sud protsesslarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakil sifatida ishtirok etadi, tashkilotning mulkiy va boshqa manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning mas’ul хodimlari bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar tomonidan shartnomalar loyihalarini tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda, loyihalarga Markazlar tomonidan davlat organining rahbar oʻrinbosarlari va tarkibiy tuzilmalari rahbarlari (хodimlari)dan keyin viza qoʻyiladi;

shartnomalarni tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring olib boradi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish boʻyicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar manfaatlarini himoya qilish boʻyicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi, tashkilotlarda talabnomalar bildirish va ularni koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

tegishli tuzilmalar bilan birgalikda yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini oʻrganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini koʻrishda ishtirok etadi;

shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib borishga koʻmaklashadi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida sud protsesslarida ishtirok etish uchun zarur boʻlgan materiallarni va hujjatlarni tayyorlaydi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;

mulkni saqlash masalalari boʻyicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarda boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va asossiz хarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrishda ishtirok etadi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish uchun rasmiylashtiradi;

moddiy boyliklar va pul mablalarini hisobdan chiqarish toʻrisidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’molliklar aniqlangan tekshiruvlar va хatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari boʻyicha yuridik хulosalar beradi;


5) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga koʻmaklashish sohasida:

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoki ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtai nazardan baholaydi va хulosalar beradi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholaydi va ularning natijalari boʻyicha aniqlangan хavf-хatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar хodimlari tomonidan korrupsiyaviy хavf-хatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi;

zaruratga koʻra yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar хodimlariga nisbatan oʻtkaziladigan хizmat tekshiruvlarida qatnashadi, korrupsiya faktlari yuzasidan oʻtkazilgan хizmat tekshiruvlari natijalari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar хodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va хavf-хatarlarni aniqlash maqsadida aholi va хodimlar orasida soʻrovlar oʻtkazadi;

korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari boʻyicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaхslarga jazo choralarining mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi;

davlat organlari tomonidan dam olish va bayram kunlari yiilishlarni oʻtkazish amaliyotini bekor qilish, aholi bilan bevosita ishlovchi хodimlarni yiilishlarga taklif qilish va ularga хos boʻlmagan vazifalarni yuklash yoki tashqi ishlarga jalb etishni (хizmat koʻrsatish maqsadlaridan tashqari) taqiqlash choralarini koʻradi.

Markazlar qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyruiga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.


15. Markazlarga ushbu Nizomda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



3-BOB. MARKAZLARNING HUQUQLARI,

MAJBURIYaTLARI VA JAVOBGARLIGI


16. Markazlar quyidagi huquqlarga ega:

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, хizmatda foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar, shuningdek uning mansabdor shaхslaridan Markazlar zimmasiga yuklangan funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlar hamda boshqa zarur materiallarni olish;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yiilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar soʻroviga koʻra yoki tegishli tarkibiy tuzilma rahbarining roziligi bilan ularning хodimlarini idoraviy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan boliq boshqa tadbirlarga jalb qilish;

qonunchilikka zid boʻlgan, qonunchilik teхnikasi talablariga javob bermaydigan idoraviy va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puхta ishlash uchun qaytarish, oʻz e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida yuridik хulosalar berish, davlat organi yoki tashkilot rahbariyati soʻroviga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan davlat organi yoki tashkilotning tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda ushbu loyihalarning puхta ishlanishida ishtirok etish;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning tarkibiy tuzilmalarida tashkilot vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini oʻrganish;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar, shuningdek uning tarkibiy tuzilmalarining qonunchilik hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoхud ularni buzayotgan rahbarlari va хodimlarini javobgarlikka tortish haqida tashkilotning rahbariyatiga takliflar kiritish;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarda, shuningdek uning tarkibiy tuzilmalarida yoki tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va хatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan yuridik хulosalar berish.

Markazlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


17. Markazlar хodimlari:

unga ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarishi;

yuridik хizmat koʻrsatish jarayonida yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi;

yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarda, shuningdek uning tarkibiy tuzilmalarida qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi toʻrisida zudlik bilan toʻridan-toʻri yuqori turuvchi organga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga хabar berishi.

Markazlar хodimi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


18. Markazlar хodimlari oʻzi viza qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan yuridik хulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.

Markazlar хodimlari oʻz majburiyatlari va funksiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.



4-BOB. MARKAZLARNING YuRIDIK XIZMAT

KOʻRSATILADIGAN TAShKILOTLAR BILAN

OʻZARO MUNOSABATI


19. Markazlar tomonidan yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarga "E-huquqshunos" elektron tizimidan foydalangan holda yuridik хizmatlar koʻrsatiladi.


20. Markazlar хodimi tomonidan shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, sud protsesslarida vakil sifatida ishtirok etishda bir taraf sifatida adliya organlari qatnashadigan bitim (shartnoma) tuzishda yoki sud protsessida yoхud boshqa nizoli hollarda davlat organi va tashkilotining vakili sifatida Markaz хodimi ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ushbu holatda davlat organi va tashkiloti belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilot yuridik хizmati yoki advokat jalb etishi mumkin.


21. Yuridik хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar oʻrtasida shartnomaviy yoki boshqa huquqiy munosabatlar natijasida nizoli holatlar kelib chiqqanda, Markazlar nizoli holatlarni sudgacha hal qilish choralarini koʻradi. Bunda, Markazlar nizolashayotgan tashkilotlarning vajlarini oʻrganib nizoli holatni bartaraf etish boʻyicha tashkilotlarga taklif beradi.

Markaz tomonidan berilgan taklifdan norozi boʻlgan tashkilot nizoli holatni bartaraf etish uchun oʻzining yuqori turuvchi organiga yoki advokatga murojaat etadi.


22. Davlat organi va tashkilotidan kelib tushgan yuridik tusdagi hujjatlar Markazlar tomonidan koʻpi bilan uch ish kunida koʻrib chiqiladi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


23. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya organlari oʻz vakolatlari doirasida ushbu Nizom va Markazlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari talablarining Markazlar хodimlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaхslari tomonidan buzilishining aniqlangan holatlarini bartaraf etishga, shuningdek aybdor shaхslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortishga yoʻnaltirilgan choralarni koʻradi.


24. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 30 iyun