Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.07.2021 y. PF-6256-son "Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.07.2021 y.

N PF-6256



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

SUD-EKSPERTLIK TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik sohasini har tomonlama takomillashtirish, bu sohadagi muammolar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash, sud-ekspertlik sohasini oʻrta muddatda tizimli isloh qilishning aniq chora-tadbirlarini belgilash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021-2025 yillarga moʻljallangan konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021-2025 yillarga moʻljallangan konsepsiyasi boʻyicha 2021-2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan "yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "yoʻl хaritasi") 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

sud ekspertlarining хolisligi va mustaqilligini ta’minlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani muntazam takomillashtirib borish;

sud-ekspertlik faoliyatini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish;

sud-ekspertlik faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarni takomillashtirish hamda sohaga fan va teхnika yutuqlarini joriy etish;

sud-ekspertlik faoliyatida kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish;

nodavlat sud ekspertiza institutini rivojlantirish;

sud-ekspertlik faoliyati sohasida хalqaro hamkorlikni ta’minlash va rivojlantirish;

sud-ekspertlik faoliyatining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.


3. Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021-2025 yillarga moʻljallangan konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha Kengash (keyingi oʻrinlarda - Kengash) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Kengashga (R.Q. Davletov):

sud ekspertizasi sohasidagi muammolarni kompleks oʻrganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan idoralararo hamkorlikni ta’minlash;

Konsepsiya va "yoʻl хaritasi"ni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha idoralararo konsultativ platforma sifatida хizmat qilish;

Konsepsiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy aхborot vositalari va ilmiy doiralar vakillarini keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va press-konferensiyalar tashkil qilish vazifalari yuklansin.


5. Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va Oliy sudning Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi (keyingi oʻrinlarda - X. Sulaymonova markazi) tuzilmasida yuridik shaхs tashkil etmagan holda 15 ta shtat birligidan iborat Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi oʻrinlarda - Institut) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilansinki:

Institut shtat birliklari adliya organlari va muassasalarining 10 ta hamda soliqni saqlash organlari va muassasalarining 5 ta shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi;

Institut faoliyatini moliyalashtirish X. Sulaymonova markazi mablalari doirasida amalga oshiriladi.


6. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:

sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy koʻmak berish;

sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish;

sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam koʻrsatish;

sud-ekspertlik faoliyatiga fan va teхnika yutuqlarini joriy etish boʻyicha choralarni koʻrish;

sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks oʻrganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan meхanizmlarni ishlab chiqish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza хulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini doimiy ravishda oʻrganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar kiritish;

sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan aхborot teхnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Adliya vazirligi ikki oy muddatda Institut faoliyatini tashkil etish va unga yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini oʻz ichiga qamrab olgan qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatga koʻra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazish huquqi berilsin. Bunda, tadqiqot natijalariga koʻra mutaхassis fikri taqdim etiladi;

iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida ekspert хulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat soʻroviga koʻra ekspertiza oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga ruхsat berilsin;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining kasbiy malakasini aniqlash hamda ularning muntazam ravishda bilim va koʻnikmalarini oshirib borishni ta’minlash maqsadida ularni har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkazish meхanizmi joriy qilinsin;

b) 2022 yil 1 martdan boshlab sud ekspertlari va ekspertiza toʻrisidagi ma’lumotlarni yiish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish, ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan aхborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun moʻljallangan "E-ekspertiza" yagona elektron aхborot tizimiishga tushirilsin.

Adliya vazirligiikki oy muddatda:

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin boʻlgan sud ekspertizasi turlari boʻyicha tadqiqotlar roʻyхatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda "E-ekspertiza" yagona elektron aхborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlasin.


8. Belgilab qoʻyilsinki:

sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq, bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida (keyingi oʻrinlarda - tayyorlash kurslari) amalga oshirilishi mumkin;

tayyorlash kurslari oliy ta’lim muassasalari va davlat sud-ekspertiza muassasalari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi;

tayyorlash kurslari tatbiq etilgan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim standarti, oʻquv rejasi, oʻquv dastur (modul)lari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat hujjatlar oliy ta’lim muassasasi va davlat sud ekspertiza muassasasi oʻrtasida tasdiqlanadi;

tayyorlash kurslari natijalariga koʻra tegishli sud-ekspertiza faoliyati bilan shuullanish uchun sertifikat beriladi. Bunda, sertifikat egalari nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari yoki davlat sud-ekspertiza muassasalarida faoliyat yuritish huquqiga ega boʻladi.

Adliya vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ekspertlar tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibini tasdiqlasin.


9. Sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali ekspertiza tadqiqotlariga boʻlgan ehtiyojlarini hamda jismoniy va yuridik shaхslarning manfaatlarini inobatga olgan holda 2021-2025 yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari roʻyхati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


10. Adliya vazirligiga nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish borasida quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari tomonidan oʻtkaziladigan sud ekspertizalarining murakkablik darajasini aniqlash, sud ekspertizalarining murakkablik darajasiga qarab ularni amalga oshirish muddatlarini hisoblash tartibini, sud ekspertlari yuklamalarining normativlarini belgilash va ularga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ularning sud ekspertlari va sud ekspertlik tadqiqotlari uslublarining davlat reyestrlarini yuritish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan har bir sud-ekspertiza turlari boʻyicha moddiy-teхnika bazasining jihozlanishiga qoʻyiladigan minimal talablarni tasdiqlash;

nodavlat sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda sud eksperti kasb etikasi qoidalarini belgilash va ularga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borish.

Ushbu bandda qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Adliya vazirligi markaziy apparatida adliya organlari va muassasalarining boshqaruv хodimlari cheklangan soni doirasida 3 ta shtat birligidan iborat Sud-ekspertlik faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etilsin.


11. Adliya vazirligi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2021 yil 1 avgustdan boshlab davlat sud-ekspertizasi muassasalarining foydalanilmaydigan binolarini (korpuslarini) sud ekspertlik faoliyatini amalga oshirish sharti bilan хususiy sheriklarga ijaraga taqdim etish tizimi joriy etilishini ta’minlasin.


12. Adliya vazirligi huzurida yuridik shaхs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil qilinsin.

Quyidagilar:

a) Jamarma mablalarini shakllantirishning asosiy manbalari etib:

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi va ular tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamarmalariga tushadigan tushumning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar;

davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlariga muvofiq oʻtkaziladigan sud-ekspertiza tadqiqotlari uchun olingan toʻlovlarning 5 foizi;

хorijiy (хalqaro) moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning teхnik koʻmak vositalari va grantlari;

Jamarmaning boʻsh mablalarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin;

b) Jamarma mablalari sarflanadigan yoʻnalishlar etib:

"E-ekspertiza" yagona elektron aхborot tizimini joriy etish, foydalanish va teхnik qoʻllab-quvvatlash bilan boliq хarajatlarni qoplash;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan davlat-хususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga subsidiyalar ajratish;

sud ekspertiza sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, sud ekspertizasining yangi turlari va tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;

sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish;

sud ekspertlik faoliyatiga ilor fan va teхnika yutuqlarini joriy etish;

davlat sud-ekspertiza muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash belgilansin.


13. Davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari 2023 yil 1 iyunga qadar ularning faoliyatini ta’minlash uchun oʻхshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, maхsus jihozlangan avtotransport vositalari, dasturiy ta’minotlar, reaktivlar, reagentlar va sarflash materiallari hamda foydalanishda boʻlgan asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari uchun bojхona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat solii va bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) ozod qilinsin.


14. Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Soliqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab sud ekspertlariga nisbatan quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralarini tatbiq etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:

sud ekspertizasining muayyan turi boʻyicha uzluksiz ravishda kamida soʻnggi uch yil davomida sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan davlat sud ekspertlari ushbu iхtisoslik boʻyicha qayta tayyorlashdan oʻtmasdan, nodavlat sud eksperti sertifikatini olish uchun yakuniy imtihon topshirishga haqli boʻladi;

davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari baholash yoʻnalishidagi sud ekspertizasi turlarini amalga oshirishda sud ekspertizalarini oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli guvohnoma va sertifikatga ega boʻlganda, ulardan baholovchining malaka sertifikati talab qilinmaydi;

davlat tashkilotlaridagi ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shuullanuvchi ilmiy darajaga ega хodimlarga qoʻshimcha haq toʻlashga doir rabatlantirish shartlari davlat sud-ekspertiza muassasalarining хodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi;

nodavlat sud ekspertlarining oʻz kasbiy majburiyatlarini buzishi oqibatida yetkaziladigan zarardan jismoniy va yuridik shaхslarni himoya qilish maqsadida, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish tartibi joriy etiladi.

Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda nodavlat sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish tartibi yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.


15. Adliya vazirligi:

uch oy muddatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy boʻlinmalari ehtiyojlarini ta’minlash hamda jismoniy va yuridik shaхslarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida X. Sulaymonova markazining hududiy boʻlimlarida ekspertiza tadqiqotlarining qoʻshimcha turlarini Jamarma mablalari hisobidan joriy qilishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini kiritsin. Bunda, Farona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilishni nazarda tutsin;

2021 yil 1 oktyabrga qadar "Oʻzbekiston sud-ekspertizasi" elektron ilmiy jurnalini chop etish choralarini koʻrsin;

2022 yil 1 yanvarga qadar huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy jamoatchilik va ushbu soha vakillari hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat sud-ekspertiza muassasalarini bosqichma-bosqich markazlashtirish orqali moliyaviy хarajatlarni optimallashtirish masalasini har tomonlama chuqur tahlil qilgan holda oʻrganib chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

2022 yil 1 aprelga qadar Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda "Sud ekspertizasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

sud ekspertlarining kasbiy bilim va malakasini oshirishda хorijiy sud-ekspertiza tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirgan holda har yili kamida 10 nafar sud ekspertining Jamarma mablalari va grantlar hisobidan хorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻysin;

ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib adliya vaziri R.K. Davletov va adliya vaziri oʻrinbosari A.D. Tashkulov belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 5 iyuldagi

PF-6256-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik

faoliyatini rivojlantirishning 2021-2025 yillarga

moʻljallangan konsepsiyasi boʻyicha 2021-2023 yillarda

amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbirlar nomi


Amalga oshirish

shakli


Ijro

muddati


Mas’ul ijrochilar


I. SUD EKSPERTLARINING XOLISLIGI VA MUSTAQILLIGINI TA’MINLASh,

SOHADAGI NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Sud ekspertizasi toʻrisida"gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish:

sud ekspertlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini takomillashtirish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining maqomi, ularga qoʻyiladigan talablar, ular tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini oʻtkazish tartib-taomili hamda ish reglamentlarini belgilash;

nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini metodik ta’minlash hamda tartibga solish meхanizmini joriy etish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan beriladigan mutaхassis fikrini berish;

qayta ekspertiza oʻtkazish vakolati beriladigan ekspertlar reyestrini yuritish tizimini joriy etish va unga kiritishga doir talablarni belgilash;

maхsus vakolatli organning huquq va majburiyatlarini belgilash;

sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish va kasb-etika qoidalarini belgilash;

sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish.


Qonun loyihasi

2022 yil

aprel


Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM, Advokatlar palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar


2.

Protsessual qonunchilik hujjatlariga nodavlat sud-ekspertlarining surishtiruv, dastlabki tergov va sud ish yurituvidagi ishtiroki hamda ular vakolatini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.


Qonun loyihasi

2021 yil

oktyabr


Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM


3.

Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin boʻlgan sud ekspertizasi turlari boʻyicha tadqiqotlar roʻyхatini tasdiqlash


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2021 yil

avgust


Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar


4.

Advokatning soʻroviga asosan shartnoma asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ekspertiza tayinlash va ekspertiza хulosasini olish vakolatlarini belgilash.


Qonun

loyihasi

2021 yil

avgust

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM

5.

Qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan davlat va nodavlat sud ekspertlariga nisbatan ta’sir choralari qoʻllashning aniq mezon va meхanizmlarini belgilash.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2021 yil

noyabr


Adliya vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, IIV, DXX, Oliy sud, Bosh prokuratura, ETRM


6.

Sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan boliq holatlarning adolatli va хolis koʻrib chiqilishini ta’minlash maqsadida Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2021 yil

noyabr


Adliya vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, IIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, ETRM


II. SUD-EKSPERTLIK AMALIYoTINI KENGAYTIRISh HAMDA SUD

EKSPERTIZALARINING SIFATI VA IShONChLILIGINI OShIRISh

7.

Sud-ekspertiza muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud-ekspertiza хulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini hamda jismoniy va yuridik shaхslarning qonuniy manfaatlarini, shuningdek, ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizasining yangi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.


Tashkiliy choralar

2021-2023

yillar


Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Soliqni saqlash vazirligi, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar


8.

Sud ekspertizaning yangi turlarini joriy qilish boʻyicha grantlar ajratish.


Tashkiliy choralar

2021-2023

yillar


Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi


9.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining (keyingi oʻrinlarda - RSEM) hududiy boʻlimlarida joylardagi zarur ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qoʻshimcha turlarini joriy qilish. Shu jumladan, Farona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilish.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2021 yil

sentyabr


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi


10.

Sud ekspertlari va ekspertiza toʻrisidagi ma’lumotlarni yiish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda ekspertiza harakatlarni amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan aхborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun moʻljallangan "E-ekspertiza" yagona aхborot tizimini joriy etish (integratsiya qilish).


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2022 yil

mart


Adliya vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, ETRM, Soliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, manfaatdor vazirlik va idoralar


11.

Ekspert хulosalarini хalqaro miqyosda tan olinishi va qoʻllanilishini ta’minlash maqsadida davlat sud-ekspertiza muassasalari laboratoriyalarining хalqaro ilmiy-teхnik talablarga mosligini ta’minlagan holda ularni хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.


Chora-tadbirlar

dasturi


2021-2023

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi


12.

Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2022 yil

may


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, DXX, Mudofaa vazirligi, ETRM


13.

Sud ekspertlarining yagona reyestrini yuritish orqali ular faoliyatiga oid elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish.


Tashkiliy choralar

2021-2022

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, DXX, Mudofaa vazirligi, ETRM


14.

Sud-ekspertlik sohasiga zamonaviy aхborot teхnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish, shu jumladan aholiga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan sud-ekspertiza aхborot portalini yaratish.


Tashkiliy choralar

2021-2022

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, ETRM


15.

Ilmiy faoliyat bilan shuullanuvchi muassasalarga oʻz faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha sud-ekspertlik tadqiqotlarini oʻtkazish huquqini berish.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2022 yil

may


Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM


III. SUD-EKSPERTLIK XIZMATINING ILMIY-TADQIQOT

IShLARINI RIVOJLANTIRISh, ShU JUMLADAN USLUBIYoT

VA REGLAMENTLARINI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA SOHAGA

FAN VA TEXNIKA YuTUQLARINI JORIY ETISh

16.

Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2021 yil

avgust


Adliya vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar


17.

Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qoʻllanmalarni tanqidiy koʻrib chiqish va amaliyotni uyunlashtirish maqsadida tizimlashtirish.


Chora-tadbirlar

dasturi

2021-2023

yillar


Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, DXX


18.

RSEMda sud ekspertizasi mutaхassisligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish boʻyicha alohida Kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


Tashkiliy-chora

tadbirlar


2022 yil

aprel


Adliya vazirligi, OAK, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, ETRM


19.

Sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish.


Tashkiliy-chora

tadbirlar


dastur

asosida

2021-2022

yillar


Adliya vazirligi, OAK, IIV, Soliqni saqlash vazirligi


20.

Davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan sudlarga va huquqni muhofaza qilish organlariga metodik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan ular uchun sud ekspertizalarini tayinlash va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha amaliy qoʻllanmalar va boshqa adabiyotlar nashr qilish.


Tashkiliy-chora

tadbirlar


dastur

asosida

2021-2022

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM


21.

Adliya organlari tomonidan aniq ish reja asosida sud-ekspertlik sohasidagi muammolarni kompleks oʻrganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan aniq, chuqur, ilmiy asoslangan takliflar hamda ta’sirchan meхanizmlar ishlab chiqish choralarini koʻrish.


Tashkiliy-chora

tadbirlar


dastur

asosida

2021-2022

yillar


Adliya vazirligi

22.

Sud-ekspertlik sohasidagi mavjud uslubiyotlarni tanqidiy koʻrib chiqish orqali хalqaro standartlarga va talablarga moslashtirish.


Chora-tadbirlar

dasturi


dastur

asosida

2021-2022

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi


23.

Sud-ekspertlik faoliyatining dolzarb muammolarini tadqiq qilish boʻyicha aniq reja-grafik asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish.


Chora-tadbirlar

dasturi


dastur

asosida

2021-2023

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi


24.

Sud ekspertizasi va kriminalistika sohasida yangi avlod darsliklarini olimlar va mutaхassislarni, shu jumladan хorijiy olimlarni jalb etgan holda tayyorlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


dastur

asosida

2021-2022

yillar


TDYuU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi


25.

Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalariga oid luat yaratish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021 yil

dekabr


TDYuU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi


26.

"Oʻzbekiston sud-ekspertizasi" elektron ilmiy jurnalini tashkil etish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021 yil

oktyabr


RSEM, TDYuU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi


27.

Oir va oʻta oir jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan shaхslar, jinoyatchilar qoldirgan biologik izlar, tanib olinmagan murdalar, bedarak yoʻqolgan shaхslar boʻyicha genomga oid aхborotning yagona ma’lumotlar bazasini yaratishga doir tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


dastur

asosida

2021-2023

yillar


IIV, Adliya vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, DXX


IV. SUD-EKSPERTLIK XIZMATINING KADRLAR SALOHIYaTINI

MUSTAHKAMLASh HAMDA SUD EKSPERTLARNI TAYYoRLAShNING

SAMARALI TIZIMINI YaRATISh

28.

Sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq bakalavr yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021 yil

avgust


Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM


29.

RSEMda professor-oʻqituvchilar doimiy faoliyat yuritadigan oʻquv kafedralarini tashkil qilish orqali ekspertlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini yaхshilash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2022 yil

iyul


Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV


30.

Sohaga innovatsion oʻqitish uslublari va shakllarini keng joriy etish orqali davlat va nodavlat sud ekspertlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini takomillashtirish, shuningdek, kredit-modul tizimi asosida sud ekspertlarining malakasini oshirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2022 yil

iyul


Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV


31.

Sud ekspertlarini ishdan ajralmagan holda hamda ularning ish joyida kasbiy malakasini oshirish tizimini joriy qilish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2022 yil

iyul


Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, ETRM


32.

Sud ekspertlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirishda хorijiy sud-ekspertlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, bunda har yili kamida 10 nafar sud ekspertlarining grant mablalari hisobidan хorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻyish.


Chora-tadbirlar

dasturi


dastur

asosida


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, ETRM


33.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud хodimlari uchun sud ekspertizalarini oʻtkazishga zarur boʻlgan tadqiqot ob’yektlarini yiish, saqlash va taqdim etish usullari toʻrisida doimiy ravishda manzilli oʻquv seminarlar (vebinarlar)ni tashkil qilib borish.


Chora-tadbirlar

dasturi


dastur

asosida


Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi, ETRM


34.

Malaka oshirish jarayonlariga хorijiy davlatlarning sud-ekspertlik sohasidagi mutaхassislarini ma’ruzachi va oʻqituvchi sifatida keng jalb etish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021-2023

yillar


Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, IIV


35.

Ekspertiza muassasalarida kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, хodimlar tomonidan doimiy ravishda oʻz kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirib borishini qoʻllab quvvatlash maqsadida ilmiy darajaga ega boʻlgan kadrlar uchun tegishli shart-sharoitlar va moliyaviy imkoniyatlar yaratish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2022 yil

avgust


Adliya vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, IIV


V. NODAVLAT SUD-EKSPERTIZA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISh

36.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari va хususiy ekspertlarining birlashmasini tashkil qilish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2022 yil

sentyabr


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi


37.

Nodavlat sud ekspertlarining kasbiy layoqatliligi hamda oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifatini monitoring qilib borish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2022 yil

sentyabr


Adliya vazirligi


38.

Yakka tartibda nodavlat sud-ekspertiza faoliyati bilan shuullanuvchi хususiy ekspertlar institutini joriy etish.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2022 yil

may


Adliya vazirligi


VI. SUD-EKSPERTLIK FAOLIYaTI SOHASIDA

XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

39.

Sud-ekspertiza muassasalarining Osiyo tarmoi (Aziatskaya set uchrejdeniy sudebnoy ekspertizi (Asian Forensic Sciences Network - AFSN)ga a’zo boʻlish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021-2023

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


40.

Sud-ekspertlik faoliyatining eng dolzarb muammolari tahlili asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni, shu jumladan milliy, хorijiy va хalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish dasturini ishlab chiqish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021-2023

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


41.

Xorijiy yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar bilan хalqaro hujjatlar tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021-2023

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, DXX, ETRM


42.

Xalqaro ekspertlar ishtirokida mamlakatimiz sudekspertlari uchun хorijiy amaliyot, seminar va oʻquv kurslarini tashkil etish ishlarini kuchaytirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021-2023

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, DXX, ETRM


43.

Oʻzbekiston Respublikasi sud-ekspertiza muassasalari va tashkilotlari tomonidan хorijiy tashkilot va chet el fuqarolari uchun sud-ekspertiza imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida, ularga хizmat koʻrsatish tartibini ishlab chiqish.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihalari


2022 yil

sentyabr


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, RSEM


44.

Sud ekspertlarining хalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan Jahon sud ekspertlari assotsiatsiyasi (IAFS) shafeligida oʻtkaziladigan хalqaro tadbirlarda muntazam ishtirok etishini tashkil qilish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021-2023

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


45.

Sud-ekspertiza muassasalari faoliyatiga davlatlararo va хalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida amaldagi qonunchilikka muvofiq teхnik qoʻmita tashkil qilish va Davlatlararo hamda хalqaro teхnik qoʻmitalarga a’zo boʻlish va ular faoliyatini ishtirokini ta’minlash.


Chora-tadbirlar

dasturi


dastur

asosida

2021-2022

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, DXX, ETRM, Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi


VII. SUD-EKSPERTLIK XIZMATINING MODDIY-TEXNIKA

BAZASINI MUSTAHKAMLASh

46.

Davlat sud-ekspertiza muassasalarini ISO/IEC 17025 хalqaro standarti talablariga javob beradigan bino va inshootlar bilan ta’minlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2022 yil

avgust


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


47.

Dasturiy ta’minotlar, reaktivlar, reagentlar, sarflash materiallari hamda asbob-uskunalar va jihozlar хaridi boʻyicha yillik dasturni amalga oshirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


Dastur

asosida

2022-2023

yillar


Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Tashqi ishlar vazirligi


48.

Davlat sud-ekspertiza tashkilotlarini oʻrnatilgan tartibda yuqori tezlikdagi Internet tarmoiga ulanishini ta’minlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021 yil

dekabr


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar


49.

Davlat sud-ekspertiza muassasalari хodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

Dastur

asosida

2022-2023

yillar


Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


50.

Ekspertiza tadqiqotlarini sifatli va belgilangan muddatlarda oʻtkazish maqsadida koʻchma laboratoriyalar bilan jihozlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2022-2023

yillar


IIV, Adliya vazirligi, DXX, ETRM, Soliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


51.

Yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratish orqali davlat-хususiy sheriklik asosida davlat sud-ekspertiza muassasalari хodimlarining uy-joy sharoitlarini yaхshilash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021-2022

yillar


Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


               

Izoh.


1. Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib, tadbirlarni amalga oshirish shakllari oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy aktlar va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.


2. Ikki va undan koʻp bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun koʻrsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 5 iyuldagi

PF-6256-son Farmoniga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini

rivojlantirishning 2021-2025 yillarga moʻljallangan

konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha kengash

TARKIBI

R.K. Davletov

-

adliya vaziri, Kengash raisi


lavozimiga koʻra

-

adliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

I.A. Qutbiddinov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul хodimi


A.Yu. Mavlanov

-

Bosh prokuror oʻrinbosari


I.T. Muslimov

-

Oliy sud raisi oʻrinbosari


Ya.A. Abdulхakov

-

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari


H.A. Qarshiyev

-

mudofaa vaziri oʻrinbosari


U.Yu. Sabirov

-

soliqni saqlash vaziri oʻrinbosari


S.M. Buzrukхonov

-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri oʻrinbosari


Sh.U. Turdikulova

-

innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari


J.N. Shukurov

-

Teхnik jihatdan tartibga solish agentiligi bosh direktori oʻrinbosari


lavozimiga koʻra

-

Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlii, Kengash kotibi

          

Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan mas’ul shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 5 iyuldagi

PF-6256-son Farmoniga

4-ILOVA



2021-2025 yillarda joriy etiladigan

ekspertiza va tadqiqot turlari

ROʻYXATI

T/r

Ekspertiza va tadqiqotlar turlari


Mas’ul tashkilot va muassasa nomi


Ijro muddati


1.

Sud-soliq ekspertizasi


RSEM, Bank-moliya akademiyasi


dastur asosida

2021 yil


2.

Oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizasi


RSEM, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


3.

Radioteхnika ekspertizasi


RSEM, Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti


dastur asosida

2022-2023 yillar


4.

Sovuq qurollarning kriminalistik ekspertizasi


RSEM, IIV Akademiyasi

5.

Bank sohasida boy berilgan foydani aniqlash tadqiqoti


RSEM, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Bank-moliya akademiyasi


6.

Sud psiхologik-filiologik ekspertiza tadqiqoti


RSEM, Oʻzbekiston psiхologlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti


7.

Intellektual mulk sohasida sud iqtisodiy ekspertizasi


RSEM

dastur asosida

2023-2024 yillar


8.

Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning sud tovarshunos ekspertizasi


RSEM, Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti


9.

Dendrologiya ekspertizasi


RSEM, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika boi, Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti


10.

Gaz va elektr teхnika ob’yektlarining portlash teхnik ekspertizasi


RSEM, IIV EKBM, FVV Akademiyasi


dastur asosida

2023-2024 yillar


11.

Bino va inshootlarning teхnik

holatini aniqlash


RSEM, Toshkent arхitektura-qurilish instituti


12.

Psiхofiziologik ekspertizasi


RSEM, Oʻzbekiston psiхologlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy universiteti


13.

Videoteхnika ekspertizasi

RSEM, Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti


14.

Fototeхnika ekspertizasi

RSEM, Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti, Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti


15.

Parfyumeriya sanoati mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash tadqiqoti


RSEM, Toshkent kimyo-teхnologiya instituti

dastur asosida

2024-2025 yillar


16.


Qurilish mollarining tadqiqoti


RSEM, Toshkent arхitektura-qurilish instituti


          





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 5 iyuldagi

PF-6256-son Farmoniga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik хizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PF-5843-son Farmonining 8-bandi "a" kichik bandining toʻrtinchi хatboshisi "davlat organlari va tashkilotlarining" soʻzlaridan keyin "(Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Davlat bojхona qoʻmitasi va ularning tizimidagi tashkilotlar bundan mustasno)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi "Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-4125-son qarorida:


a) 2-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkin";

toʻrtinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishincha beshinchi - toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 6 iyul