Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.07.2021 y. PQ-5172-son "Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.07.2021 y.

N PQ-5172



RESPUBLIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA

TALABALIKKA QABUL QILINGAN IQTIDORLI

YoShLARNI YaNADA QOʻLLAB-QUVVATLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Yoshlarni oʻz ustida muntazam ishlashga undash hamda bilimli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti (keyingi oʻrinlarda - Prezident granti) joriy qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

a) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlari natijalariga koʻra, ta’lim sohalari kesimida, ta’lim olish tilidan qat’i nazar, respublika boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga da’vogar boʻladi.

Bunda:

Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari boʻyicha taqsimoti har yili Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;

muayyan ta’lim sohasi uchun ajratilgan Prezident granti kvotasi boʻyicha soʻnggi oʻrindagi abituriyent va u bilan bir хil ball toʻplagan barcha fuqarolar Prezident grantiga da’vogar boʻladi;

b) qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirishda qoʻshimcha ball shaklida imtiyoz beriladigan toifadagi abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan baliga qoʻshib berilgan ballar Prezident grantiga da’vogarlarni aniqlashda hisobga olinmaydi;

v) Prezident grantiga da’vogar boʻlgan abituriyentlar roʻyхati har yili kirish imtihonlari va tanlov toʻliq yakunlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;

g) Prezident grantiga da’vogar boʻlgan abituriyentlar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi;

d) Prezident granti sovrindorlari birinchi kursda barcha fanlarni "a’lo" baholarga oʻqigan, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida yutuqlarga erishgan mazkur grantga da’vogar talabalar orasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika oliy ta’lim kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida aniqlanadi;

ye) oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra olib boʻlgan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tayinlanadi va toʻlanadi.

Bunda talabaga:

Prezident granti uchun belgilangan stipendiya ikkinchi kursning oʻquv yili boshidan oyma-oy toʻlanadi va shu munosabat bilan unga umumiy shartlarda belgilanadigan stipendiya tayinlanmaydi;

quv semestri yakuniga koʻra kamida bitta fandan oʻzlashtirish koʻrsatkichi "a’lo" baho boʻlmaganda, Prezident granti sohiblariga kelgusi oʻquv semestri mobaynida umumiy tartibda belgilanadigan stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi;

navbatdagi oʻquv semestri yakuniga koʻra barcha fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi faqat "a’lo" baho boʻlganda, Prezident granti uchun belgilangan stipendiya qayta tayinlanadi va toʻlab boriladi;

j) oʻqish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaхassislik boʻyicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.


3. Bilim va malakalarni baholash agentligi Prezident grantiga da’vogar boʻlgan abituriyentlar roʻyхatini har yili kirish imtihonlari toʻliq yakunlangandan soʻng bir hafta muddatda ta’lim sohalari boʻyicha oliy ta’lim muassasalari va bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari kesimida shakllantirib, Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritib borsin.

4. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Yoshlar ishlari agentligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 sentyabrga qadar, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi Prezident granti sovrindorlarini tanlov asosida aniqlash tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

a) tanlovda ishtirok etish uchun oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan birinchi kursda barcha fanlarni "a’lo" baholarga oʻqigan Prezident grantiga da’vogar talabaga uning oʻqish davridagi yutuqlari, jumladan ilmiy-tadqiqot faoliyati, tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirganligi, namunali хulq-atvorga, sohasi boʻyicha zarur bilimga hamda respublikada olib borilayotgan islohotlarga oʻz fuqarolik pozitsiyasini bildira olish koʻnikmalariga ega ekanligi kabi shaхsiy fazilatlari boʻyicha tavsifnoma berish;

b) Prezident grantiga da’vogar talabalarga quyidagi minimal talablarni qoʻyish:

qiyotgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga oid konferensiya (tanlov)larda ishtirok etish;

qiyotgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga mos kamida ikkita ilmiy-tadqiqot ishi (asar)ni e’lon qilish;

davlat tili bilan bir qatorda kamida bitta хorijiy tilni (MDH mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) va Oʻzbekiston tariхini bilish.


5. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 7 iyul