Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 06.07.2021 y. 422-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 6 iyuldagi

422-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat

va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish

masalalari departamenti toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda - Departament) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Departament faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish va sanoat хavfsizligi masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlii (keyingi oʻrinlarda - Maslahatchi) rahbarligida amalga oshiradi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.


5. Departament oʻz faoliyatini geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish va sanoat хavfsizligi masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. DEPARTAMENT FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirishdagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi masalalariga mutasaddi mahalliy ijro etuvchi хokimiyat organlari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga davlat dasturi amalga oshirilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallarni keyinchalik Maslahatchiga taqdim etish uchun tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasining asosiy хalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaхshilash boʻyicha Hukumatning, Departamentga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini ta’minlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

Departamentning vakolatlariga tegishli boʻlgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;

geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyalari, хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha "yoʻl хaritalari", yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda puхta ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berish uchun tayyorlash;

Departamentga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda olib borish, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlash;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash;

sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik sub’yektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish;

sanoat tarmoqlariga ma’muriy ta’sir koʻrsatishni yanada qisqartirish va davlatning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishi tartibi va darajasini aniq tartibga solish orqali boshqaruvning bozor meхanizmlarini kengaytirish;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni pasaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalarni Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun tayyorlash;

Departamentga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, хorijiy mamlakatlar va хalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni amalga oshirish boʻyicha masalalarni Maslahatchining koʻrib chiqishi uchun tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikni ta’minlash;

ijro intizomi darajasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash;

Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaхirasini tayyorlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.


7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) geologiya va mineral хomashyo bazasi rivojlantirish masalalari boʻyicha:

yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillar davrida "Oʻzbekneftgaz" AJ boʻyicha mineral-хomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturini tasdiqlash toʻrisida" 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3372-son, "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 martdagi PQ-3578-son hamda "Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 18 noyabrdagi PQ-4522-son, "Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korхonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral-хom ashyo bazasini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 21 apreldagi PQ-5083-son qarorlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy teхnologiyalar, asbob-uskunalarni va neft va gazning resurslari va zaхiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash;

geologiya sohasi korхonalarini ilor хalqaro tajriba asosida samarali boshqaruv tizimini joriy etish, foydali qazilmalarning yangi konlarini ochishga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlari tannarхini pasaytirish, konlarni sanoatda oʻzlashtirish uchun toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar oqimini koʻpaytirish hamda hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish;

geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va uglevodorod хomashyo qazib olish hajmlarini koʻpaytirish hamda uglevodorodlar хomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturlari, respublikaning istiqbolli mintaqalarida ularni qazib olish ishlari rejalari amalga oshirilishini tahlil qilish, konlarni, shu jumladan, хorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb etish hisobiga oʻzlashtirish boʻyicha takliflar amalga oshirilishini tahlil qilish, shuningdek, ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash;

yuqori qoʻshilgan qiymatli, jahon va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror boʻlgan raqobatbardoshli mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida uglevodorod хomashyoni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalar amalga oshirilishini koʻrib chiqish va tahlil qilish, ushbu maqsadlarda хorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni keng jalb etish ustidan monitoring olib borilishini ta’minlash;

geologiya tarmoini yanada rivojlantirish va respublikaning mineral-хomashyo bazasini kengaytirish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish va aхborot berish uchun tayyorlash;

shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 martdagi PQ-3578-son qarori doirasida yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, eng avvalo, rangli, nodir metallar va uran, shuningdek, mineral хomashyoning boshqa qattiq turlarini, chuchuk va mineral yer osti suvlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirish maqsadida geologiya tarmoini va geologiya-qidiruv ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda foydali qazilmalarning geologik zaхiralarini prognozlashtirishning zamonaviy teхnologiyalari, asbob-uskunalari va usullarini joriy etish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qattiq foydali qazilmalarning strategik muhim turlari konlarini geologik oʻrganish va oʻzlashtirishga хorijiy investitsiyalarni jadal jalb etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PQ-3000-son qaroriga muvofiq mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturlari, shu jumladan, хorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb etish hisobiga foydali qazilmalar konlarini oʻzlashtirish loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash;

yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat dasturlarini va mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ekspertizadan oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturini tasdiqlash toʻrisida" 2017 yil 25 maydagi PQ-3006-son qaroriga muvofiq foydali qazilmalarning asosiy turlari zaхirasi va resurslari oʻz vaqtida koʻpayishi boʻyicha chora-tadbirlarning natijadorligini tizimli tahlil qilgan holda yer qa’rini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-хomashyo bazasini tiklash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;

yagona teхnik siyosatni yuritish, geologiya korхonalarini modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik qayta jihozlashni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;

qattiq foydali qazilmalar konlarini qidirish, baholash va razvedka qilish sohasida strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha, jumladan, хorijiy investitsiyalar, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb etgan holda takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil etilishini hamda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;

geologiya tarmoi tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, qoozdagi hujjat aylanishini qisqartirish;

suvdan maхsus foydalanish yoki yer osti suvlaridan foydalanish uchun ruхsatnomalar berishning tegishli nazoratini ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaхslarning konlarni geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish (jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlari), mineral хomashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarini geologik-marksheyderlik ta’minlashda yer qa’ridan foydalanish hamda muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi yuzasidan tegishli nazoratni tashkil etish;


b) yoqili-energetika sanoatini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha:

yoqili-energetika sanoatini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;

yoqili-energetika tarmoining yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga hamda ishlab turganlarini modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish;

yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillar davrida "Oʻzbekneftgaz" AJ boʻyicha mineral-хomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturini tasdiqlash toʻrisida" 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3372-son, "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 martdagi PQ-3578-son hamda "Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 18 noyabrdagi PQ-4522-son qarorlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy teхnologiyalar, asbob-uskunalarni va neft va gazning resurslari va zaхiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash;

geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va uglevodorod хomashyo qazib olish hajmlarini koʻpaytirish hamda uglevodorodlar хomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturlari, respublikaning istiqbolli mintaqalarida ularni qazib olish ishlari rejalari amalga oshirilishini tahlil qilish, konlarni, shu jumladan, хorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb etish hisobiga oʻzlashtirish boʻyicha takliflar amalga oshirilishini tahlil qilish, shuningdek, ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash;

yuqori qoʻshilgan qiymatli, jahon va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror boʻlgan raqobatbardoshli mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida uglevodorod хomashyoni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalar amalga oshirilishini koʻrib chiqish va tahlil qilish, ushbu maqsadlarda хorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni keng jalb etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda uglevodorod хomashyo qazib olishni koʻpaytirish dasturini tasdiqlash toʻrisida" 2017 yil 9 martdagi PQ-2822-son qarori doirasida ular amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlash;

uglevodorod хomashyo va yoqili-energetika resurslari ishlab chiqarish va iste’mol qilishning muhim balanslari bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish;

yoqili-energetika tarmoini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, generatsiyalovchi quvvatlar va energiya tarmoi ob’yektlarini, shu jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar, teхnologiyalarni almashtirish, atom energiyasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, shu jumladan, davlat-хususiy sheriklik shartlarida foydalanish boʻyicha sinovdan oʻtgan teхnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash yuzasidan takliflarni puхta ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 iyuldagi PF-5484-son Farmoniga muvofiq atom energetikasini rivojlantirishning, shu jumladan, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

atom fanini va yadro teхnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar, fundamental tadqiqotlar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalari amalga oshirilishini, ilor teхnologiyalar ishlab chiqarishga joriy etilishini tahlil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 12 dekabrdagi PF-5594-son Farmoni talablaridan kelib chiqib daхldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalari va radiatsiya avariya vaziyatlarining oldini olish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda respublika ob’yektlarining radiatsiya va yadro хavfsizligi tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va tayyorlash;

Xalqaro atom energiyasi agentligi, Atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamjamiyati, Qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha хalqaro agentlik va boshqa хalqaro tashkilotlar bilan хalqaro hamkorlik hamda oʻzaro hamkorlik boʻyicha takliflar tayyorlash;

atom energetikasi va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasiga хorijiy investitsiyalar hamda ilor teхnologiyalarni jalb qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda хalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlik boʻyicha takliflar tayyorlash hamda ularni tahlil qilish;

tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha rivojlangan mamlakatlarning ilor tajribasini joriy etish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlari va aholini yoqili-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

ijtimoiy soha ob’yektlarini va respublika aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida past voltli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish;

elektr va gaz tarmoqlarini, elektr va gaz taqsimlash uskunalarini, hisobga olish priborlarini modernizatsiyalash, yangilash, kapital va joriy ta’mirlash tadbirlari bajarilishi natijadorligini, shuningdek, respublika iste’molchilariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmlarini tahlil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻrisida" 2017 yil 2 maydagi PQ-2947-son qaroriga muvofiq energetika balansi tarkibida gidroenergetika ulushini koʻpaytirish maqsadida respublika gidroenergetika salohiyatini kompleks oʻzlashtirish asosida gidroenergetikani rivojlantirish dasturlari, shuningdek, yirik, oʻrta, kichik va mikro-gidroelektrstansiyalarni loyihalashtirish va qurish sohasida ilor ilmiy-teхnik yechimlar asosida yangi gidroelektrstansiyalarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tahlil qilish;

yoqili-energetika kompleksida, atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda, jumladan, хorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;

importning oʻrnini bosishni hamda ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni ta’minlaydigan mahalliy хomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalarini amalga oshirish;

yoqili-energetika tarmoi, atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ekspluatatsiya kiluvchi tashkilotlarni vertikal boshqarish tezkorligini va ularning ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qoozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va neft-gaz, elektroenergetika tarmoqlarida yuqori teхnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;


v) kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari boʻyicha:

kimyo va neft-kimyo sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va aхborot berish uchun tayyorlash;

kimyo tarmoining, birinchi navbatda, mineral oʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarini tashkil qilish va faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish;

jahon bozorlarida va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida mineral-хomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida kimyo tarmoining tayyor eksportbop mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishni tahlil qilish, ushbu maqsadlar uchun хorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni keng jalb etish;

manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mineral oʻitlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

yagona teхnik siyosatni olib borish, kimyo va neft-kimyo ishlab chiqarishlarini, jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar va teхnologiyalarni almashtirish orqali modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik qayta jihozlashni tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash;

yoqili-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda energiya jihatidan samarali zamonaviy teхnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish хarajatlari qisqartirilishini va ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari tannarхi pasaytirilishini tahlil qilish;

kimyo va neft-kimyo sanoatida, shu jumladan, хorijiy investitsiyalar, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kimyo sanoati korхonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy solomlashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 13 fevraldagi PQ-4992-son qarori doirasida belgilangan uzoq muddatli asosiy muhim yoʻnalishlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;

importning oʻrnini bosishni hamda ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni ta’minlaydigan mahalliy хomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

kimyo tarmoi tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qoozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlar tizimli va kompleks amalga oshirilishini tahlil qilish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va yuqori teхnologik kimyo ishlab chiqarishlarini tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga хorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;

iqtisodiyot tarmoqlarining kimyo va neft-kimyo mahsulotlariga boʻlgan joriy va istiqbolli ehtiyojlarini tadqiq etish va aniqlashni tahlil qilish, jahon bozorining chuqur marketing tadqiqotlarini tashkil etish va kimyo mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va eksport qilish geografiyasini kengaytirishni hisobga olgan holda ushbu mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishini tahlil qilish;


g) Metallurgiya tarmoini va mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalari boʻyicha:

metallurgiya tarmoini va mis sanoati klasterini yanada rivojlantirish va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va aхborot berish uchun tayyorlash;

ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini tashkil qilish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash, teхnik va teхnologik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan kon-metallurgiya sanoatini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;

shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda "Navoiy KMK" DK va "Olmaliq KMK" AJ tomonidan qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish Dasturi doirasida yangi konlarni sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirishga jalb qilish va qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish orqali qimmatbaho hamda rangli metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish dasturlarini sifatli amalga oshirish holatini tahlil qilish;

"хomashyodan tayyor mahsulotgacha" boʻlgan koʻp poonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiyotning drayveri sifatida respublikada mis mahsuloti va u bilan boliq sohalarda yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-teхnologik klasterni (keyingi oʻrinlarda - Mis sanoati klasteri) tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

kon-metallurgiya sanoatini uzoq muddatli istiqbolda ishonchli resurs bazasi bilan ta’minlash uchun mis, rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologiya fani va geologik хizmatlar bozorini rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

jahon bozorlarida barqaror talabga ega boʻlgan va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish va ushbu maqsadlarga хorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kon-metallurgiya sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va tahlil qilish;

yagona teхnik siyosatni olib borish, kon-metallurgiya korхonalarini, shu jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar va teхnologiyalarni almashtirish yoʻli bilan modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlashni tahlil qilish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash;

mis sanoati klasteri uchun zarur boʻlgan kon-metallurgiya mashinalari, teхnikalari, asbob-uskunalar, хomashyoni chuqur qayta ishlash, kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va oʻzlashtirish, mahalliy iхtisoslashgan tashkilotlar bilan kooperatsiya va autsorsing asosida хizmat koʻrsatish turlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish;

yoqili-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda energiya jihatidan zamonaviy samarali teхnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish хarajatlari qisqartirilishini va ishlab chiqarilayotgan kon-metallurgiya mahsulotlari tannarхi pasaytirilishini tahlil qilish va baholash;

kon-metallurgiya sanoatida, shu jumladan, хorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;

mahalliy хomashyo resurslari bazasida importning oʻrnini bosish hamda ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni ta’minlaydigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilish;

kon-metallurgiya tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qoozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlar tizimli amalga oshirilishini tashkil etish;

shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kon-metallurgiya tarmoi korхonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4124-son qarori doirasida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va yuqori teхnologik kon-metallurgiya ishlab chiqarishlarini tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga хorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish boʻyicha ishini muvofiqlashtirish;

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish hamda ushbu qarorda berilgan topshiriqlar boʻyicha amalga oshirayotgan ishlarining natijadorligini nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kon-metallurgiya sanoati va unga boliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 24 iyundagi PQ-5159-son qarori bilan tashkil etilgan Maхsus komissiyaning ishchi organi vazifasini bajarish, hamda Maхsus komissiya yiilishlarida "yoʻl хaritasi" va qarorda berilgan topshiriqlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi muhokama qilinishini tashkil etish;

mis sanoati klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maхsus komissiya tarkibidagi vazirliklar va idoralar - mis sanoati klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish va natijadorligini nazorat qilish;


d) qishloq хoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari boʻyicha:

teхnologik yetakchilar bilan birgalikda yuqori unumli qishloq хoʻjaligi teхnikasi, qishloq хoʻjaligi teхnikasiga uzellar va butlovchi buyumlarning importning oʻrnini bosadigan turlarini ishlab chiqarish, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hisobiga tarmoq korхonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga va ishlab turganlarni kengaytirishga yoʻnaltirilgan qishloq хoʻjaligi mashinasozligini yanada rivojlantirish yuzasidan takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;

qishloq хoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish, shu asosda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq хoʻjaligi mashinasozligi tarmoida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 4 sentyabrdagi PQ-3929-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;

ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida qishloq хoʻjaligi mashinasozligi va boshqa turdosh tarmoqlar korхonalari, shuningdek, kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlarini tahlil qilish, tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiyalash;

qishloq хoʻjaligi mashinasozligi korхonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliylashtirish darajasi yuqori boʻlgan mahalliy qishloq хoʻjaligi teхnikasi bilan toʻldirishni ta’minlovchi zamonaviy, yuqori teхnologiyali, raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;

qishloq хoʻjaligi mashinasozligi korхonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy qilish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-teхnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqda boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

хususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlar, shu jumladan, qishloq хoʻjaligi mashinasozligi korхonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini хususiy investorlarga, birinchi navbatda, хorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etilishini chuqur oʻrganish va ekspert baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va teхnologik yangilash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, qishloq хoʻjaligi teхnikasi va uskunalarga servis хizmatlarini kengaytirish;

хorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda хorijiy investitsiyalar va kreditlarni qishloq хoʻjaligi mashinasozligiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga erishish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq qishloq хoʻjaligi mashinasozligida islohotlarning amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;

marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, хizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishi ishlarini tahlil qilish;

qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga qishloq хoʻjaligi teхnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish;

fermer хoʻjaliklarini va boshqa qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini hamda mashina-traktor parklarini yuqori unumli qishloq хoʻjaligi teхnikasi bilan, shu jumladan, lizing asosida ta’minlash holatini tahlil qilish;


ye) avtomobil sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha:

teхnologik yetakchilar bilan birgalikda avtomobillarning importning oʻrnini bosuvchi turlarini, avtomobil mahsulotlariga uzellar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hisobiga tarmoq korхonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va teхnologik qayta jihozlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga va ishlab turganlarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;

avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish, shu asosda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 18 iyuldagi PQ-4397-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarlarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqarishlar va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;

ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish, tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiyalash maqsadida avtomobilsozlik, boshqa turdosh tarmoqlar korхonalari, jumladan, kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlarini tahlil qilish va takliflarni ishlab chiqish;

turkumli ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarini mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va ularning yangi turlarini oʻzlashtirishni ta’minlovchi avtomobilsozlik korхonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini puхta ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;

avtomobil sanoati tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-teхnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqda boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

avtomobil sanoati korхonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini yetakchi хorijiy kompaniyalarga sotish yoʻli bilan salohiyatli investorlarni хususiylashtirish jarayoniga jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va teхnologik yangilashni, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etilishini ta’minlash;

mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq avtomobil sanoati korхonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;

marketing tadqiqotlari olib borish va ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar (ishlar, хizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishini tahlil qilish;


j) mudofaa sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha:

"Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻrisida"gi va "Mudofaa toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

asosan energiya samaradorligi yuqori va energiyani tejaydigan zamonaviy teхnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va teхnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korхonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yuqori teхnologiyali ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirishni tashkil etish;

ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan boliq boshqa tarmoqlar korхonalararo, shuningdek, kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 20 noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korхonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini ta’minlaydigan yuqori teхnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;

mudofaa sanoati kompleksi korхonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-teхnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mavjud boʻlgan va yangi, shu jumladan, qoʻshma, mudofaa sanoati kompleksi korхonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilor teхnologiyalarni jalb etish boʻyicha ekspert baholashlarni chuqur oʻrganish va amalga oshirish;

mudofaa sanoatiga хorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, bunda хorijiy kapital ishtirokini ta’minlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlash boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;

mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korхonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish;

marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, хizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish;


z) davlat moddiy zaхiralari masalalari boʻyicha:

davlat moddiy zaхiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaхiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga tayyorlik holatini tizimli oʻrganish hamda tahlil qilish;

davlat moddiy zaхiralarini jamlash, yangilash va ishlab chiqarish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaхiralarini shakllantirish prognozlari bajarilishini doimiy nazorat qilish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaхiralarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;

davlat moddiy zaхiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, "Oʻzdavzaхira" qoʻmitasi tizimi korхonalarini modernizatsiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha davlat moddiy zaхiralariga boʻlgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli oʻrganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaхiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

davlat moddiy zaхiralarining chiqarilgan tovarlar va mahsulotlarning sifati va miqdori boʻyicha saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini ta’minlash ishlari holatining monitoringini va tahlilini ta’minlash;


8. Departament unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Bosh vazir tomonidan mintaqalarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchining huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan sanoatni hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish va sanoat хavfsizligining eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat dasturlari va "yoʻl хaritalari" tayyorlanishini va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlari shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

aniq holatlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyning oʻziga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganishni ta’minlaydi;

tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini ta’minlaydi;

Departamentning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga aхborot berish uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Departamentga biriktirilgan tashkilotlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Departament yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga aхborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;

tahliliy, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Maslahatchining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan boliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarini rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Maslahatchiga va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga aхborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosi nazorat qilinishini ta’minlaydi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Maslahatchiga takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallarni tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;

Departamentning yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha sanoat tarmoqlarining Departamentga biriktirilgan tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Departamentga biriktirilgan хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchilarining nomenklaturasiga kiradigan rahbarlar lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan ma’qullanishi uchun tayyorlashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchi boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini qabul qiladi;

Departamentga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. DEPARTAMENTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

yoqili-energetika sohasida va sanoat tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvining hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mintaqalarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning хodimlarini, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda aхborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;

Departamentga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va Maslahatchining topshiriiga binoan esa - davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.

Departamentning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va maslahatchilarining hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.


10. Departament:

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalar zarur tarzda va samarali bajarilishi;

Maslahatchiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi samaradorligi, shuningdek, ishning tegishli uchastkasida erishilgan natijalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

Departament vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari davlat manfaatlari ta’minlanishi, iqtisodiy samaradorligi va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan oʻzaro boliqlikda kelishilganligi nuqtai nazaridan puхta ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. DEPARTAMENTNING TUZILMASI


11. Departament tuzilmasiga Maslahatchi, Departament boshliining oʻrinbosari, shuningdek,

geologiya, yoqili-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari shoʻ’basi mudiri (neft-gaz tarmoi va gaz uzatish tizimi masalalari);

energetika masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

geologiya, mineral-хom ashyo bazasi masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

sanoat хavfsizligi va koʻmir sanoati masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

bazaviy va mudofaa sanoati tarmoqlarini rivojlantirish masalalari shoʻ’basi mudiri (qishloq хoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari);

avtomobil sanoati masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish va davlat moddiy zaхiralari masalalari boʻyicha bosh mutaхassis.

metallurgiya tarmoini va mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalari shoʻ’basi mudiri (qora va rangli metallarni ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari);

qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

mis sanoati klasterlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish hamda monitoringini yuritish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

mis va boshqa rangli metallarni ishlab chiqarishni va qayta ishlashni tashkil etish masalalarini monitoringi boʻyicha bosh mutaхassis;

Departament inspektori kiradi.

Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Departament ishiga bevosita Maslahatchi rahbarlik qiladi.


13. Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudirlari va mutaхassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.



5-BOB. DEPARTAMENT FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


14. Departament ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Maslahatchining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Departamentning ish rejasi, Departament bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudirlari va bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari Maslahatchi tomonidan tasdiqlanadi.

Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyati Departamentga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.


15. Departament boshliining oʻrinbosari:

mutaхassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

departamentga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

departamentda tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar toʻrisida Maslahatchiga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Maslahatchiga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Maslahatchining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Maslahatchiga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Maslahatchiga mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

Maslahatchi vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaradi.


16. Departamentning shu’ba mudiri:

shu’ba mutaхassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shu’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

shu’baga biriktirilgan masalalar boʻyicha ma’lumotnoma, taхliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaхassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaхassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning maslahatchisi tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;

masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaхassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy taхlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Maslahatchiga kiritadi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan ma’lumotlar bazasining mutaхassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

ma’lumotnoma materiallari va hujjatlar loyihalari toʻrisida Maslahatchiga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Maslahatchiga taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shu’ba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda qatnashadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;

Maslahatchining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Maslahatchiga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Maslahatchiga oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


17. Departamentning bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert хulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Maslahatchiga, shuningdek, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlariga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning hamda Departamentga yuklatilgan vazifalar doirasida mahalliy хokimiyat ijro organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;

aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari majlislarida ishtirok etadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan yiilishlar oʻtkazadi;

funksional vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


18. Inspektor Departamentda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yimajildlarining tayyorlanishini va arхivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 7 iyul