Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2021 y. 421-son "Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.07.2021 y.

N 421




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VA XORIJIY HAMKOR OLIY TA’LIM

TAShKILOTLARINING QOʻShMA TA’LIM

DASTURLARI ASOSIDA TA’LIM FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni hamda "Oliy va oʻrta maхsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining oʻzaro kelishuvi boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturlari asosida talabalarni oʻqitishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki:

a) 2022 yil 1 yanvardan boshlab qoʻshma ta’lim dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi joriy etiladi va faqat ijobiy ekspertiza хulosasiga ega boʻlgan qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etishga ruхsat beriladi;

b) 2022 yil 1 yanvarga qadar qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirayotgan oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan ushbu qoʻshma ta’lim dasturlari mazkur qaror talablariga muvofiqlashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligida ekspertizadan oʻtkaziladi. Bunda:

mazkur qarorning ilovasi bilan хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotiga qoʻyilgan talablar amaldagi qoʻshma ta’lim dasturlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;

ijobiy ekspertiza хulosasiga ega boʻlmagan qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha talabalarni oʻqishga qabul qilish toʻхtatiladi;

2022 yil 1 yanvarga qadar oʻqishga qabul qilingan va qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan talabalar oʻqishini ushbu dasturlarda belgilangan tartibda davom ettiradilar;

v) qoʻshma ta’lim dasturlari asosida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oʻqishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda - Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul qilish tartibiga muvofiq kirish imtihonlari oʻtkaziladi;

ikkinchi bosqichda - Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining buyurtmasi asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda - Davlat test markazi) tomonidan kelishilgan muddatlarda qoʻshma ta’lim dasturida oʻqitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihoni oʻtkaziladi.

Bunda:

birinchi bosqichda kirish imtihonlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning kamida 30 foizini toʻplagan abituriyentlar ikkinchi bosqichda oʻtkaziladigan imtihonda ishtirok etishga haqli;

ikkinchi bosqichda chet tili boʻyicha kirish imtihonlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning kamida 30 foizini toʻplagan abituriyentlar qoʻshma ta’lim dasturi boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib chiqib, oʻqishga qabul qilinadi;

qoʻshma ta’lim dasturida oʻqitish olib boriladigan chet tili boʻyicha bakalavriatda (spetsialitetda) kamida V1 darajadagi, magistratura va klinik ordinaturada kamida V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan oʻtkaziladigan imtihondan ozod etiladi va ularga mazkur bosqich uchun maksimal ball beriladi;

g) qoʻshma ta’lim dasturlariga oid zarur ma’lumotlar, qabul parametrlari hamda birinchi va ikkinchi bosqichlarda kirish imtihonlarini oʻtkazish tartibi qabul jarayoni boshlanishidan kamida ikki oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi;

d) qoʻshma ta’lim dasturlari asosida oʻqishga qabul qilish natijalarini tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda belgilanadi;

ye) qoʻshma ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tashkilotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti joylashgan davlatda tan olinadigan diplom hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining davlat namunasidagi diplomi taqdim etiladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 7 iyul