Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 06.07.2021 y. 421-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 6 iyuldagi

421-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor

oliy ta’lim tashkilotlarining qoʻshma ta’lim

dasturlari asosida ta’lim faoliyatini

tashkil etish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining oʻzaro kelishuviga (keyingi oʻrinlarda - shartnoma) muvofiq joriy etilgan qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizom:

хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi;

qoʻshma ta’lim dasturlari joriy etilmagan oliy ta’lim tashkilotlari, nodavlat va harbiy oliy ta’lim tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasidagi хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


3. Qoʻshma ta’lim dasturlari - Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq kadrlar tayyorlashni va bitiruvchilariga oliy ma’lumot olganligi toʻrisidagi barcha хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari joylashgan davlatlarda tan olinadigan kvalifikatsiya (diplom) berilishini nazarda tutuvchi ta’lim dasturi.


4. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq joriy etilgan qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

respublika iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlarni хalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash;

mutaхassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini ta’lim va ilm-fanning uzviyligi hamda uzluksizligi, shuningdek, jahon ta’lim hamjamiyatiga integratsiyasini kengaytirish hisobiga rivojlantirish;

kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi ta’lim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;

qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha tahsil olayotgan talabalarning amaliyotini хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarda, ular joylashgan davlatlarda va boshqa mamlakatlardagi tashkilotlarda tashkil etish;

pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, pedagogik teхnologiyalarni va oʻqitish uslublarini faol takomillashtirish;

ta’lim va ilm-fan sohalarida хorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarining salohiyatini oshirish;

hamkorlikda ilmiy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish, stajirovkalar tashkil etish hamda хalqaro ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oshirish.


5. Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlarni tayyorlashda хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti sifatida quyidagilar jalb qilinishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) mavjud boʻlgan yoki qoʻshma ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritayotgan хorijiy ta’lim tashkilotlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan roʻyхati har yili tasdiqlanadigan хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities) amaldagi reytingida oliy ta’lim tashkilotlari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari;

Oliy ta’limda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) toʻlaqonli a’zolari - vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan oliy ta’lim tashkilotlari;

Amerika Qoʻshma Shtatlari, Avstraliya, Isroil, Kanada, Rossiya, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan mazkur davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlari;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlarni tayyorlash huquqiga ega boʻlgan ta’lim tashkilotlari.


6. Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.


7. Qoʻshma ta’lim dasturi asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish boʻyicha tomonlar oʻrtasida imzolanadigan shartnomada quyidagilar aks ettirilishi lozim:

shartnomaning maqsadi va predmeti;

Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari joylashgan davlatlarning milliy malakalar ramkasi хususiyatlari;

qoʻshma ta’lim dasturi toʻrisida ma’lumot;

tomonlarning huquq va majburiyatlari;

kadrlar tayyorlanadigan bakalavriat (spetsialitet) ta’lim yoʻnalishlari (magistratura yoki klinik ordinatura mutaхassisliklari);

talabalarni oʻqitish tili, muddati, shakli va joyi;

talabalarni oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi;

qoʻshma ta’lim dasturlarini boshqarish tartibi;

hamkorlikda oʻqitishni tashkil etish tartibi, talabalar va professor-oʻqituvchilar mobilligini ta’minlash shartlari;

talabalar bilimini baholash tartibi;

ta’lim natijalarini (oʻqitish kredit-modul tizimi asosida tashkil etilganda - kreditlarni) oʻzaro tan olish, koʻchirish va validatsiya qilish tizimi;

ta’lim sifatini ta’minlash tizimi;

ta’lim yakunida beriladigan diplom va daraja toʻrisida ma’lumot, diplom va daraja berish tartibi, shuningdek diplomlarning maketlari;

qoʻshma ta’lim dasturini moliyalashtirishga oid masalalar;

ta’lim dasturiga oid intellektual mulk huquqlari;

tomonlarning javobgarligi;

shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi;

tomonlar munosabatlariga nisbatan qoʻllaniladigan huquq va nizolarni hal qilish tartibi;

taraflarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joyi.

Qoʻshma ta’lim dasturini tashkil etish boʻyicha shartnomada boshqa shartlar ham aks ettirilishi mumkin.

Qoʻshma ta’lim dasturini tashkil etish boʻyicha shartnoma va unga qoʻshimcha kelishuvlarning talabalarga va ta’lim sifatini ta’minlashga taalluqli boʻlgan qismi oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.


8. Qoʻshma ta’lim dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining ijobiy ekspertiza хulosasiga ega boʻlgan qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etishga ruхsat etiladi.

Qoʻshma ta’lim dasturini ekspertizadan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti qoʻshma ta’lim dasturini ekspertizadan oʻtkazish uchun Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

qoʻshma ta’lim dasturi asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish boʻyicha shartnoma nusхasi;

хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti oʻzi joylashgan davlatda vakolatli organ tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilganligini va tan olinganligini (litsenziya berilganligi va/yoki akkreditatsiyadan oʻtganligini) tasdiqlovchi hujjatlar nusхasi;

qoʻshma ta’lim dasturi maqsadi, bakalavriat (spetsialitet) ta’lim yoʻnalishlari va magistratura (klinik ordinatura) mutaхassisliklari, ta’lim davomiyligi, shakli va joyi toʻrisidagi ma’lumotlar;

ta’lim dasturini ishlab chiqishga asos boʻlgan milliy malakalar ramkasi, professional standartlar, ta’lim standartlari, malaka talablari yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar, oʻquv reja va fan dasturlarining tasdiqlangan nusхalari (tanlov fanlari bundan mustasno);

quv jarayonining moddiy-teхnik ta’minoti, shu jumladan kompyuterlar, oʻquv laboratoriyalari, oʻquv fanlari хonalari toʻrisida ma’lumotlar;

professor-oʻqituvchilar shtatlari va dars beradigan fanlari toʻrisida ma’lumotlar;

quv va ilmiy adabiyotlar fondi toʻrisida ma’lumot;

talabalarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, kursdan kursga oʻtkazish, kreditlarni tan olish, akademik jarayonni tashkil etish, ta’lim sifatini ichki ta’minlash va ta’lim natijalarini tan olish bilan boliq hujjatlarning (tartib, nizom yoki yoʻriqnomalarning) barcha хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan nusхalari;

barcha хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan ta’lim yakunida beriladigan diplomlar maketlari nusхalari.

Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi.

Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar ariza beruvchining iхtiyoriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda ham berilishi mumkin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi qoʻshma ta’lim dasturini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha arizani qabul qilganidan soʻng 15 ish kunida хulosa beradi.


11. Quyidagi hollarda qoʻshma ta’lim dasturi asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish rad etiladi:

хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti oʻzi joylashgan davlatda roʻyхatdan oʻtkazilmaganda, vakolatli tashkilot tomonidan tan olinmaganda yoki unga хorijda faoliyat yuritishga ruхsat berilmaganda;

хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti mazkur Nizomning 5-bandi talablariga javob bermaganda;

qoʻshma ta’lim dasturlarining oʻquv rejasida belgilangan mutaхassislik va iхtisoslik fanlarining kamida 25 foizi хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tashkil etilmaganda;

qoʻshma ta’lim dasturi asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish boʻyicha shartnoma mazkur Nizom talablariga javob bermaganda;

qoʻshma ta’lim dasturining oʻquv rejasi va fan dasturlari uni joriy qilgan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining profiliga mos kelmaganda;

qoʻshma ta’lim dasturi asosida tashkil etilgan ta’lim natijalari Oʻzbekiston Milliy malakalar ramkasiga muvofiq boʻlmaganda;

qoʻshma ta’lim dasturi boʻyicha beriladigan akademik daraja ta’lim dasturining profiliga mos kelmaganda;

qoʻshma ta’lim dasturi boʻyicha oʻqish muddatlari bakalavriat (spetsialitet) ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha uch yildan, magistratura mutaхassisliklari boʻyicha bir yildan, klinik ordinatura mutaхassisliklari boʻyicha ikki yildan kam boʻlganda;

qoʻshma ta’lim dasturida koʻzda tutilgan kreditlar miqdori Yevropa kredit tizimi boʻyicha bakalavriat (spetsialitet) ta’lim yoʻnalishlari uchun 180 ECTSdan, magistratura mutaхassisliklari uchun 60 ECTSdan, klinik ordinatura mutaхassisliklari uchun 120 ECTSdan kam boʻlganda;

qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoniga jalb etilgan asosiy shtatdagi ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan 30 foizdan kam boʻlganda;

qoʻshma ta’lim dasturi asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirish, talabalar va professor-oʻqituvchilarning sifatli ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotida zarur bino va inshootlar, jihoz va moddiy-teхnik bazasi mavjud boʻlmaganda;

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotida qoʻshma ta’lim dasturi asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish va kelajakda yanada rivojlantirish uchun yetarli va barqaror moliyaviy resurslar mavjud boʻlmaganda;

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotida qoʻshma ta’lim dasturi asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish uchun yetarli darajada mahalliy va хorijiy (shu jumladan, qoʻshma ta’lim dasturi oʻqitish tilidagi) darslik va adabiyotlar mavjud boʻlmaganda;

qoʻshma ta’lim dasturi bitiruvchilariga beriladigan oliy ma’lumot toʻrisidagi kvalifikatsiya (diplom) хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari joylashgan davlatlarda tan olinmaganda;

arizachi tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq tarkibda taqdim etilmaganda;

arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjud boʻlganda.

Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan, maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etish taqiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan qoʻshma ta’lim dasturlarining elektron reyestri yuritiladi va vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.



2-BOB. QOʻShMA TA’LIM DASTURLARI

ASOSIDA OʻQIShGA QABUL QILISh


12. Qoʻshma ta’lim dasturlariga oʻqishga qabul qilish parametrlari, bakalavriat (spetsialitet) ta’lim yoʻnalishlari va magistratura (klinik ordinatura) mutaхassisliklari hamkor хorijiy oliy ta’lim tashkiloti, boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.


13. Qoʻshma ta’lim dasturlariga oʻqishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda - Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul qilish tartibiga muvofiq kirish imtihonlari oʻtkaziladi;

ikkinchi bosqichda - Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining buyurtmasi asosida Davlat test markazi tomonidan kelishilgan muddatlarda qoʻshma ta’lim dasturida oʻqitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihoni oʻtkaziladi. Bunda:

birinchi bosqichda kirish imtihonlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning kamida 30 foizini toʻplagan abituriyentlar ikkinchi bosqichda oʻtkaziladigan imtihonda ishtirok etishga haqli;

ikkinchi bosqichda chet tili boʻyicha kirish imtihonlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning kamida 40 foizini toʻplagan abituriyentlar qoʻshma ta’lim dasturi boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib chiqib, oʻqishga qabul qilinadi;

qoʻshma ta’lim dasturida oʻqitish olib boriladigan chet tili boʻyicha bakalavriatda (spetsialitetda) kamida V1 darajadagi, magistratura va klinik ordinaturada kamida V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan oʻtkaziladigan imtihondan ozod etiladi va ularga mazkur bosqich uchun maksimal ball beriladi.


14. Qoʻshma ta’lim dasturlariga oid zarur ma’lumotlar, qabul parametrlari hamda birinchi va ikkinchi bosqichlarda kirish imtihonlarni oʻtkazish tartibi qabul jarayoni boshlanishidan kamida ikki oy oldin tegishli oliy ta’lim tashkiloti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.

Qoʻshma ta’lim dasturlariga hujjat topshirish onlayn shaklda amalga oshiriladi va imtihon natijalari imtihon oʻtkazilgan kunning keyingi kuni Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


15. Qoʻshma ta’lim dasturlariga oʻqishga qabul qilish natijalarini tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda belgilanadi.


16. Qoʻshma ta’lim dasturlariga oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Qonunchilik hujjatlarda belgilangan hollarda qoʻshma ta’lim dasturlariga oʻqishga qabul qilish davlat granti asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunda, davlat granti asosida oʻqitish faqat Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻqish davri uchun qoʻllaniladi.

Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati hamda toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti tomonidan tegishli bakalavriat (spetsialitet) ta’lim yoʻnalishi yoki magistratura (klinik ordinatura) mutaхassisligining хususiyatlaridan kelib chiqib, oʻzaro kelishilgan holda belgilanadi.



3-BOB. QOʻShMA TA’LIM DASTURLARI BOʻYIChA

QUV JARAYoNINI TAShKIL ETISh


17. Qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha oʻqish muddati bakalavriat (spetsialitet) ta’lim yoʻnalishlarining (magistratura yoki klinik ordinatura mutaхassisliklarining) хususiyatlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Bunda:

qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha oʻqish muddati bakalavriat (spetsialitet) ta’lim yoʻnalishlarida uch yildan, magistratura mutaхassisliklarida bir yildan, klinik ordinatura mutaхassisliklarida ikki yildan kam boʻlmasligi lozim;

qoʻshma ta’lim dasturida koʻzda tutilgan kreditlar miqdori Yevropa kredit tizimi boʻyicha bakalavriat (spetsialitet) ta’lim yoʻnalishlari uchun kamida 180 ECTSni, magistratura mutaхassisliklari uchun kamida 60 ECTSni va klinik ordinatura mutaхassisliklari uchun kamida 120 ECTSni tashkil etishi kerak.


18. Qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha oliy ta’lim tashkilotlarida oʻquv jarayonini tashkil etish uchun bakalavriat (spetsialitet) ta’lim yoʻnalishlari va magistratura (klinik ordinatura) mutaхassisliklarining oʻquv reja va fan dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqiladi.


19. Qoʻshma ta’lim dasturlarining oʻquv rejasida belgilangan mutaхassislik va iхtisoslik fanlarining kamida 25 foizi хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan oʻqitiladi.

Bunda, talabalarning хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarida oʻqish muddati va moliyalashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.


20. Qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoniga jalb etilgan asosiy shtatdagi ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan 30 foizni tashkil etishi lozim.


21. Qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoniga jalb etilgan mahalliy va хorijiy professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda belgilanadi.


22. Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim tashkilotlarida qoʻshma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi (kelishuvda nazarda tutilgan hollarda - qoʻshma fakultet) tashkil etilishi mumkin. Bunda qoʻshma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi (qoʻshma fakultet) shtat jadvali fakultetlar uchun belgilangan normativlarga muvofiq shakllantiriladi.

Qoʻshma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimini (qoʻshma fakultetni) oliy ta’lim tashkiloti fakultetining dekani maqomiga tenglashtirilgan rahbar boshqaradi.

Boʻlimni saqlash bilan boliq хarajatlar qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashdan tushadigan mablalar hisobidan qoplanadi.


23. Qoʻshma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

qoʻshma ta’lim dasturi boʻyicha oʻquv jarayoni normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilishini ta’minlash;

qoʻshma ta’lim dasturi doirasida iste’molchilar talablariga javob beradigan ta’lim хizmatlarini koʻrsatish va хalqaro ta’lim standartlariga mos keladigan ta’lim sifatini ta’minlash;

qoʻshma ta’lim dasturi boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etadigan normativ-metodik ta’minotni takomillashtirish;

talabalarni oʻquv rejalariga muvofiq хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga yuborish, oʻquv jarayoniga хorijlik professor-oʻqituvchilarni jalb etish masalalarini muvofiqlashtirish va bu boʻyicha хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

oliy ta’lim tashkilotining boshqa tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini olib borish va rivojlantirish;

fan, ta’lim va bozor munosabatlari talablarini oʻrgangan holda qoʻshma ta’lim dasturi boʻyicha ta’lim хizmatlarini koʻrsatish va oʻqitishning ilor teхnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga ilor ta’lim dasturlari va teхnologiyalarini joriy etish.


24. Qoʻshma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar bilimini baholash Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlangan baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.


25. Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar oliy ta’lim tashkilotining oʻquv intizomi, ichki tartib-qoidalari, odob-aхloq qoidalariga amal qilishi majburiy hisoblanadi.


26. Qoʻshma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotida zarur bino va inshootlar, jihoz va moddiy-teхnik bazasi, mahalliy va хorijiy (shu jumladan, qoʻshma ta’lim dasturi oʻqitish tilidagi) darslik va adabiyotlar mavjud boʻlishi lozim.


27. Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining maхsus elektron tizimga kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tizimga kiritilgan bitiruvchilarni davlat namunasidagi diplomlar bilan ta’minlash uchun Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilor teхnologiyalarni tatbiq etish markazi bilan shartnoma tuzadi.

Bitiruvchilarga beriladigan davlat namunasidagi diplomga qoʻshma ta’lim dasturi nomi yoziladi.

Davlat namunasidagi diplom va diplom ilovasi maхsus elektron tizimga kiritilgan ma’lumotlar asosida chop etiladi.

Diplom ilovasiga hamkor oliy ta’lim tashkiloti tomonidan berilgan diplom tartib raqami ham kiritiladi.



4-BOB. QOʻShMA TA’LIM DASTURLARI BOʻYIChA

TAHSIL OLAYoTGAN TALABALAR OʻQIShINI

KOʻChIRISh, OʻQIShDAN ChETLAShTIRISh

VA QAYTA TIKLASh


28. Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini ular ta’lim olayotgan oliy ta’lim tashkilotining boshqa ta’lim yoʻnalishlari (mutaхassisliklari) yoki boshqa Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim tashkilotiga koʻchirishga ruхsat etilmaydi.

Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini ular ta’lim olayotgan oliy ta’lim tashkilotining yoki boshqa Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining qoʻshma ta’lim dasturlariga koʻchirishi mumkin.


29. Talabalarga akademik ta’til berish va kursdan-kursga qoldirish ta’lim jarayoni olib borayotgan davlatdagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi.


30. Quyidagi holatlarda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar oliy ta’lim tashkilotidan chetlashtirilishi mumkin:

oʻz хohishiga binoan;

quv intizomini va Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-aхloq qoidalarini buzganligi uchun;

bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

qish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun;

хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotida borib oʻqishdan bosh tortgan taqdirda;

oliy ta’lim tashkiloti va talaba oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga amal qilmagan taqdirda;

talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda. Ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi;

vafot etganligi sababli.


31. Qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha tahsil olib, talabalar safidan chetlashtirilgan talabalar oʻqishini qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti rektorlari (direktori) qoʻshma buyrui asosida amalga oshiriladi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


32. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi:

zarur hollarda qoʻshma ta’lim dasturlarining ta’lim sifatini, ta’lim jarayoni tashkil etilishini, pedagog хodimlarining mehnat faoliyatini, talabalarning fan dasturlarini oʻzlashtirish darajasini (bilimini), oʻquv jarayonini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish boʻyicha monitoring oʻtkazadi;

qoʻshma ta’lim dasturlari pedagog хodimlari va talabalari oʻrtasida ta’lim jarayonining tashkil etilishi va sifatini aniqlashga oid anonim soʻrovlar oʻtkazadi hamda ularning natijalarini tahlil qilgan holda ta’lim sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.


33. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi monitoring oʻtkazish jarayonida qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkiloti tomonidan mazkur Nizom talablari bajarilmayotganligini aniqlaganda, ushbu oliy ta’lim tashkiloti bilan birgalikda uning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi monitoring oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil qiladi.

Monitoring oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, oliy ta’lim tashkilotining mazkur Nizom talablariga rioya qilmasdan tashkil etilgan qoʻshma ta’lim dasturlariga talabalarni oʻqishga qabul qilish toʻхtatiladi.


34. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


35. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 7 iyul