Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.07.2021 y. 419-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari, Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatlari hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.07.2021 y.

N 419




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh VAZIRINING

IJTIMOIY RIVOJLANTIRISh MASALALARI BOʻYIChA

OʻRINBOSARINING FUNKSIONAL VAZIFALARI HAMDA

TA’LIM VA SOLIQNI SAQLASh MASALALARI, YoShLAR,

JAMOAT TAShKILOTLARI, MAHALLA VA OILANI QOʻLLAB-

QUVVATLASh MASALALARI KOTIBIYaTLARI HAMDA

MA’NAVIYaT VA DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISh

MASALALARI DEPARTAMENTI TOʻRISIDAGI

NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son, "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 6 apreldagi PF-6199-son farmonlari hamda "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Ta’lim va soliqni saqlash masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev oʻn kun muddatda Kotibiyatlar va Departament rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 5 iyuldagi

419-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Davlat tilini rivojlantirish departamenti toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2019 yil 12 dekabrdagi 984-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2020 yil 15 apreldagi 225-son qarori.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 6 iyul