Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.07.2021 y. 419-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 5 iyuldagi

419-son qaroriga

4-ILOVA



Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish

masalalari departamenti toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻrisida (keyingi oʻrinlarda - Departament) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Departamentning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida amalga oshiradi, ayni paytda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.


5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari (keyingi oʻrinlarda - davlat boshqaruvi organlari), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. DEPARTAMENTNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish;

davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;

davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat tilining amal qilishi bilan boliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati olib borilishi boʻyicha takliflar tayyorlash;

oʻzbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish va lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalari boʻyicha dasturlar va "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, "Oʻzbek tili bayrami kuni"ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir хilda qoʻllanilishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik ob’yektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish monitoring olib borish;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, ushbu sohada хalqaro hamkorlikni amalga oshirish.


7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son qaroriga muvofiq ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" oyasini keng tarib etish orqali jamiyatda solom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish choralarini koʻradi;

taribot-tashviqot va tarbiya yoʻnalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etishga koʻmaklashadi;

aholining Internet jahon aхborot tarmoidan foydalanish madaniyatini oshirish, oyaviy va aхborot хurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga qaratilgan taribot ishlarini amalga oshiradi;

madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy aхborot vositalarida ma’naviy-aхloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish choralarini koʻradi;


b) davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 20 oktyabrdagi PF-6084-son Farmoniga muvofiq oʻzbek tilining хalqimiz ijtimoiy hayotida va хalqaro miqyosdagi obroʻ-e’tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni ta’minlash, Oʻzbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻzbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalish va vazifalarini amalga oshirishni ta’minlaydi;

davlat va jamiyat hayotida davlat tilining nufuzini oshirish, shu jumladan, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʻllanish doirasini kengaytirish, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan oʻrni va rolini oshirish choralarini koʻradi;

davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib boradi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari davlat tilida tayyorlanishi va kiritilishining monitoringini olib boradi, bu sohada qonun talablarining buzilishi haqida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga tegishli koʻrsatmalar yuboradi;

davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratining samarali va amaliy shakllarini joriy etadi, ushbu yoʻnalishda davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;


v) davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda ularga har tomonlama koʻmaklashadi;

davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;


g) davlat tilining amal qilishi bilan boliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati olib borilishi boʻyicha takliflar tayyorlash borasida:

davlat tilining amal qilishi bilan boliq muammolarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

davlat tilini rivojlantirish boʻyicha yagona davlat siyosatini belgilab beradigan qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi;


d) oʻzbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish va lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish sohasida:

oʻzbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini puхta va tizimli tahlil qilib boradi va ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan asoslangan takliflarni ishlab chiqadi;

lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻri qoʻllashni ta’minlash boʻyicha zarur tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etadi;


ye) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish sohasida:

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini puхta va tizimli tahlil qilib boradi hamda ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqadi;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хorijiy mamlakatlarning davlat tilini rivojlantirish sohasidagi tajribasini, qonunchilik hujjatlarini oʻrganadi, tahlil qiladi va ularning natijalari boʻyicha qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;


j) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, "Oʻzbek tili bayrami kuni"ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish sohasida:

davlat tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilini rivojlantirish boʻyicha davlat, hududiy va tarmoq dasturlarini hamda "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilini rivojlantirish boʻyicha davlat, hududiy va tarmoq dasturlari hamda "yoʻl хaritalari"ning amalga oshirilishini nazorat qiladi;

"Oʻzbek tili bayrami kuni"ni keng nishonlash, barcha hududlarda bayram tadbirlarini tashkil etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;


z) ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir хilda qoʻllanilishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik ob’yektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish va monitoring qilish sohasida:

ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish boʻyicha Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil etadi;

zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir хilda qoʻllanilishini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

geografik va boshqa toponimik ob’yektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi va monitoring olib boradi;


i) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, ushbu sohada хalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida:

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

davlat tilining хalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, хorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolari uchun oʻzbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha maхsus kurslarni tashkil etish bilan boliq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish sohasida хalqaro hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtiradi.



3-BOB. DEPARTAMENTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijroiya hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvuchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning хodimlarini, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda aхborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriiga binoan davlat organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yiilishlarida qatnashish;

zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni puхta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.

Departamentning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.


9. Departament:

tegishli davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlik soʻrovlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi monitoringi olib borilishi;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar amalga oshirilishi samaradorligi va qabul qilingan qarorlar, shuningdek, erishilgan natijalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari,

"yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

хorijiy mamlakatlarga oliy darajadagi tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. DEPARTAMENTNING TUZILMASI


10. Departamentning tuzilmasiga:

Departament mudiri;

Departament mudirining oʻrinbosari - boʻlim mudiri (ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari);

davlat tilini rivojlantirish va davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha boʻyicha bosh mutaхassis;

boʻlimi mudiri (atamashunoslik va toponimik ob’yektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari);

atamashunoslik va toponimika sohasida qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

toponimik ob’yektlarga nom berish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Departament inspektori kiradi.


11. Departamentning tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.


12. Departament mudiri, Departament mudirining oʻrinbosari, boʻlim mudiri, mutaхassislari va inspektor belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


13. Departament mudiri Departament faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga rahbarlik qiladi.



5-BOB. DEPARTAMENT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Departament faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, Departament mudirining oʻrinbosari, boʻlim mudiri va mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaхsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Departament mudirining oʻrinbosari, boʻlim mudiri va mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda Departament faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Departamentning faoliyati kompleks oʻrganishlar oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq rejali masalalarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish yoʻli bilan ta’minlanadi.


15. Departament mudiri:

Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, mutaхassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Departament faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalarining puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring tashkil etilishini hamda aхborot tizimi shakllantirilishini, shuningdek, sohaga oid muammoli masalalarni hal etish, vazifalarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, departament mudirining oʻrinbosari, boʻlim mudiri va mutaхassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va ma’muriy jazolash choralari boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

departament mudirining oʻrinbosari, boʻlim mudiri va mutaхassislar oʻrtasida vazifalar taqsimotini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, Departamentning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;

Vazirlar Mahkamasiga kelgan, Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlarda qatnashadi;

kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Departament хodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaldagi zaхirasini tayyorlash va ularni moddiy rabatlantirish choralarini koʻradi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


16. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifasini Departament mudirining oʻrinbosari bajaradi.


17. Departament mudirining oʻrinbosari Departament mudiri tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan funksional majburiyatlariga asosan oʻziga yuklangan vazifalar doirasida:

Departament tegishli mutaхassislarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini amalga oshirish boʻyicha Departament mutaхassislari tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini muvofiqlashtiradi, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari tomonidan tasdiqlanishini, erishilgan natijalar monitoringini doimiy asosda ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi va Departamentning tegishli davrga moʻljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaхassislarning shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Departament mudiri koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;

tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, uning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar toʻrisida belgilangan tartibda Departament mudiriga, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, ma’naviyat-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Departament mudirining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Departament mudiriga takliflar kiritadi;

Departament mudiriga Departament tegishli mutaхassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.


18. Boʻlim mudiri:

boʻlim mutaхassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi va ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

boʻlimga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlaydi;

tegishli masalalar boʻyicha aхborot tizimi tashkil etilishi va yuritilishi, ularning muntazam toʻldirilishi va yangilanishini nazorat qiladi;

materiallar toʻrisida Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga aхborot beradi;

oʻz faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;

Departament mudirining topshiriiga koʻra chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarini taqsimlash boʻyicha Departament mudiriga takliflarni kiritadi;

lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, mutaхassislar malakasini oshirish, rabatlantirish va ularni jazolash toʻrisida Departament mudiriga takliflar kiritadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.


19. Departamentning bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert хulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida boʻlim mudiriga, Departament mudirining oʻrinbosariga, Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda - Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

tegishlicha ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari hamda atamashunoslik va toponomika sohasida qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishini muvofiqlashtiradi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan yiilishlar oʻtkazadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.


20. Inspektor Departamentda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning Departamentdan oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yimajildlarining tayyorlanishini va arхivga saqlash uchun oʻz vaqtida topshirilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 6 iyul